Nurafshon shahar hokimligi
2.13K subscribers
36.3K photos
3.36K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
#Haj_2024

TOSHKENT VILOYATI ZIYORATCHILARI HAJGA YOʻL OLISHDI

Bugun Toshkent viloyatidan hajga boruvchi ziyoratchilarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga joʻnab ketdi.

Kuzatishga chiqqan viloyat masʼullari hajga ketishayotgan yurtdoshlarimizni kuzatib duolar qildilar. Ziyoratchilar dastlab Madina munavvarada, soʻngra, Makkai mukarramada boʻlishib, haj arkonlarini toʻliq va mukammal etishadi.

Bu yil Toshkent viloyatidan jami 1000 dan ziyod kishi haj ibodatlarini ado etadi.

Bilamizki, haj kvotasi 5 200 tani tashkil etgan boʻlsa, 2019-yilda bu raqam 7 200 tani, 2022-yilda esa 12 ming taga yetdi. Joriy yilda Oʻzbekiston fuqarolari uchun umumiy kvota 15 ming ta etib belgilandi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
🗣Tadbirkorlar va ishbilarmonlar DIQQATIGA!!!

E-auksion.uz savdo platformasida Toshkent viloyati hududidan 2000 dan ortiq bo'lgan Tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 208 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 1 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 35 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 32 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 12 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 139 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 237 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 22 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 37 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 266 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 68 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 157 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 400 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 75 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 186 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 27 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 65 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Inson
#xayriya_tadbiri

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi doimo e'tiborda


Bugun Nurafshon shahar "Tong" madaniyat saroyida Nurafshon shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Pak Viktor Nikolayevich, Nurafshon shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, O'zLiDeP Toshkent viloyati Kengash raisi T.Fayziyev, Nuroniy jamg'armasi raisi Dj.Axmedqulov hamda bir guruh mutasaddilar ishtirokida “Inson qadri uchun” shiori ostidagi xayriya tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda ishtirok etgan yolg'iz va yolg'iz yashovchi hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar va extiyojmand oila a'zolariga deputat V.N.Pak va "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan reabilitatsiya qilishning texnik vositalari hamda oziq-ovqat maxsulotlari. estalik sovg'alari taqdim etildi.

Yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat ulashish maqsadida shahar Madaniyati bo'limi tomonidan sahnalashtirilgan teatr chiqishlari, kuy qo'shiqlar ijro qilindi. Koreys milliy madaniyat markazi tomonidan milliy raqslar ijro qilindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#TATU_Nurafshon
#Profilaktik_tadbir

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida payshanba profilaktika kuni munosabati bilan "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida "Radikallashuv va uning oqibatlari"  mavzusida ma’naviy, huquqiy-profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

💬 Tadbirda filial Yoshlar masalalari, ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi  o‘rinbosari B.Boboyorov, Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning Nurafshon shahar bosh mutaxassisi Q.Rasulov, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Toshkent viloyati Nurafshon shahar bosh imom xatibi A.Rustamov, filial ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i K.Pardaboyeva, professor-o‘qituvchilar hamda talaba- yoshlar ishtirok etishdi.

🎙 Tadbirda so‘zga chiqqanlar talabalarda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishda dunyoviy ilmlarning ahamiyati, dunyoviy davlat va din munosabatlari, O‘zbekiston Respublikasi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonunning mazmun-mohiyati, radikalizmning turli ko‘rinishlari, jumladan diniy radikalizm, diniy mutaassiblik, ekstremistik-radikal guruhlarning zararli mafkuralari va g‘oyalarining jamiyat a’zolari, xususan yoshlar uchun xavfli oqibatlari va ulardan himoyalanish yo‘llari haqida batafsil ma’lumotlar berishdi. Yurtimizda diniy bag‘rikenglik hamda adashganlarni sog‘lom hayotga qaytarishga bag‘ishlangan videofilm namoyish etildi. Profilaktik tadbir savol-javoblar asnosida yuqori saviyada o‘tkazilib, mazkur tadbir talaba-yoshlarni g‘oyaviy asrab- avaylash, ma’naviy immunitetini mustahkamlash hamda ma’naviy raqobatbardoshlik fazilatlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook