Nurafshon shahar hokimligi
1.93K subscribers
30.9K photos
3.05K videos
41 files
9.29K links
Download Telegram
Аkademik Kvint Nurafshonga keldi

Kecha Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, fan va texnika sohasida Ikkinchi darajali Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati, temurshunos olim Vladimir Kvint Nurafshon shahriga keldi.

Аkademik Kvint 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi qoshidagi Yosh strateglar maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Rossiyalik mehmonlar: akademik V.Kvint, iqtisod fanlari doktori, dotsent I.Novikova, iqtisod fanlari nomzodlari M.Alimuradov va N.Sasaev 2021/2022-oʼquv yilida ish boshlagan ushbu maktab oʼquvchilari bilan uchrashdi.
Shuningdek, Moskva davlat universitetida onlayn malaka oshirgan 1-IDUMning 4 nafar oʼqituvchisi va maktab direktori Natalya Liga maxsus sertifikatlarni topshirdi.
Qayd etish lozim, ular ushbu sertifikat orqali Yosh strateglar maktabida taʼlim berishlari mumkin boʼladi.
Mehmonlarga Nurafshon shahri tashkil topganining 5 yilligiga bagʼishlab chop etilgan «Nurafshon shahri: Qadim oʼtmishdan nurli kelajakka» kitob-albomi taqdim etildi.
“Mehnat yarmarkasi”

Toshkent viloyati Prokraturasi tashabbusi bilan, joriy yil
14 fevral kuni ishsiz aliment toʻlovchilar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan hamda probatsiya hisobida turuvchi ishsiz boʻlgan fuqarolar uchun, shahar hokimligi, shahar prokraturasi, shahar IIB hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi bilan hamkorlikda boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.
Nurafshon shahar 3-sektor binosida oʻtkazilgan "mehnat yarmarkasi"da 20 dan ortiq korxona va tashkilotdar 300 ga yaqin boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi.
Oʻtkazilgan mehnat yarmarkasiga kelgan ishsizlardan 9 nafar fuqaroga doimiy va 12 nafariga mavsumiy ishga joylashish yuzasidan yoʻllanmalar berildi (6 nafari probatsiya hisobidan turuvchilar, 15 nafari aliment toʻlovchilar).
⚡️Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
☑️☑️ Toshkent viloyatining sanoati qanchaga o‘sdi?

〽️2022 yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 42 981,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,1 % ga o‘sdi.

👉
Batafsil...

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
Yangi O‘zbekiston - inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat

📚Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi tomonidan shahar gaz taʼminoti korxonasida "Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat" mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

🔰Tadbirni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi rahbari O. Zakirov ochib berdi. Respublika Maʼnaviyat targ‘ibotchisi, tarix fanlari nomzodi, dotsenti
S. Sulaymonova tomonidan tadbir ishtirokchilariga bugungi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar, davlatimiz rahbari tomonida yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda yurtimizda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.
⚡️Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Bugun Nurafshon shahar hokimligi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutasaddilari hamda toshqinga qarshi hududiy komissiya a’zolari bilan birgalikda profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Mazkur amaliy tadbirlar davomida tegishli mutasaddilar ishtirokida Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining funksional xizmatlari mas’ullari tomonidan sel, suv toshqiniga qarshi amalga oshirilgan ishlar tahlili muhokama qilindi.
Shuningdek, shahar hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv toshqinlari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar belgilanib, tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
⚡️Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Nurafshon shahar Degantepa mahalla fuqaprolari yig‘ini Qoraqo‘yli ko‘chasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrda “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli qarori ijrosi bo`yicha hamda, “Inson qadri ulug‘” tamoyili asosida ichimlik suvi inshooti qurish ishlari olib borilmoqda
⚡️Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
QUTLOV!
Bugun Nurafshon shahar hokimligi Devonxona 1-toifali mutaxasisi Aldanov Nurlan Alimkulovichning tavalludi kuni.
Nurafshon shahar hokimligi jamoasi nomidan hamkasbimizni samimiy qutlaymiz. Unga uzoq umr, mustahkam salomatlik, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Tabriklaymiz!