Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
1.08K subscribers
3.91K photos
309 videos
20 files
1.23K links
Download Telegram
Forwarded from Baxtiyor
image_2024-02-16_16-04-55.png
319.8 KB
O'quvchilar ligasi qishgi mavsum 5-turdan keyingi umumiy reyting jadvali

Zakovat: Toshkent viloyati
#xalqaro_hamkorlik

Agentlikning mas’ul xodimlari hamda tizimdagi maktablarning bir guruh o‘qituvchilari Pekin shahrida tajriba orttirish uchun jo‘nab ketdi


Shu yilning 19-24-fevral kunlari Xitoyning Pekin shahridagi Beijing International School maktabida ozbekistonlik va xitoylik oqituvchilari ortasida tajriba almashish borasida trening tashkil etilmoqda.

Ushbu trening davomida maktab rahbarlari va o‘qituvchilari xalqaro maktabda STEM fanlarini o‘qitish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib qaytishadi.

Bundan tashqari trening davomida maktab boshqaruvi borasida seminarlar, o‘quvchilarning oliy ta’limga tayyorgarligini oshirish bo‘yicha darslar rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Zukko_kitobxon

Nurafshon shahridagi Prezident maktabida 7-sinf o'quvchilari o'rtasida Xudoyberdi To'xtaboyevning "Jannati odamlar" asari bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

🔥4 ta shart asosida bo'lib o'tgan tanlovda 7-"Blue" sinfi o'quvchilari g'olib bo'lib, keyingi bosqichga yo'l olishdi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Nurafshon shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimga vakant e’lon qiladi:

MATEMATIKA FANI O'QITUVCHISI

Talablar:
  
Oliy ma’lumotli;
Pedagogika sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
Ingliz tilini C1, kamida B2 darajada bilishi;
O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi muhim.

Imkoniyatlar:

🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar.

📁 Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi: https://t.me/NurafshonPS_bot

Qo'shimcha ma'lumot uchun:

+998975438666

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
Agentlik direktori tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganmoqda

Shu kunlarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Ishchi guruh bugun Farg‘ona viloyati Buvayda, Uchko‘prik tuman hamda Qo‘qon shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.

Agentlik direktori A.Ubbiyev maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatladi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ayrim maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2024-yilda:

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning bilimlarni baholash tizimi qo‘shimcha 1 000 ta maktabga joriy qilinadi.

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:


“Mening maktabim” loyihasi doirasida maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi;

maktab direktorlari har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi.

2024-yil 1-sentabrdan boshlab:

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida maktablarga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
🇺🇿 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni


Batafsil https://gov.uz/yoshlar/news/view/6380/

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zulfiya_tavalludining_109_yilligi

1-MART – XALQIMIZNING ATOQLI SHOIRASI ZULFIYA TAVALLUD TOPGAN KUN

Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-mart kuni Toshkentning Oʻqchi mahallasida tugʻilgan.


Zulfiya dostonlari, balladalar, elegiyalar, nasriy she’rlar, hikoyalari bilan o‘zbek adabiyotida munosib iz qoldirgan. Uning “Bahor keldi seni so‘roqlab”, “O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush”, “Ko‘rganmiding ko‘zlarimda yosh”, “Sen qaydasan yuragim” , "Sensiz” kabi go‘zal, diltortar she’rlari hali hanuz tillarda jaranglaydi.

Zulfiyaning asarlari ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, koreys, arab, fors, tojik, arman, qirgʻiz, tatar, turkman, boshqird, ozarbayjon kabi koʻplab tillarga tarjima qilingan. Shoira Nekrasov, Lermontov, Vera Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognetsvet, Marvarid Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.

Shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi ulkan xizmatlari eʼtiborga olinib Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etilgan. Agentligimiz tizimidagi ta’lim muassasalarning iqtidorli qizlari ushbu mukofotga sazovor bo’layotgani ayniqsa quvonarlidir.

2017-yilda tashkil etilgan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabimizda esa adabiyotga oshno, shoiraga izdosh bo‘lgan yoshlar kamolga yetmoqda.


Shoiraning "Koʻrganmiding koʻzlarimda yosh" sheʼrni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Kamola Komiljonova oʻqigan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Zulfiya_Isroilova_tavalludining_109_yilligi

🌷Zulfiya Isroilovaning olijanoblik, jasorat, haqqoniy xalq g‘ururi, tabiat va insonga nisbatan samimiy tuyg‘ular va hurmat, boy ranglar va kutilmagan yangi timsollar bilan bajarilgan lirikasi, kitobxon qalbini larzaga keltiradi, insoniyatning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi❗️

🔥Shu sababdan Nurafshon shahridagi Prezident maktabida shoira, inson qalb tug‘yonlarini o‘tkir bilimdoni Zulfiya Isroilova xotirasiga bag'ishlangan badiiy xotira kechasi tashkil etildi. Unda o'quvchilar tomonidan tayyorlangan raqslar va shoira ijodidan she'rlar hamda shoiraning hayotiga bag'ishlangan sahna ko'rinishlari ijro etildi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube