Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
1.03K subscribers
3.93K photos
309 videos
21 files
1.24K links
Download Telegram
#Zulfiya_Isroilova_tavalludining_109_yilligi

🌷Zulfiya Isroilovaning olijanoblik, jasorat, haqqoniy xalq g‘ururi, tabiat va insonga nisbatan samimiy tuyg‘ular va hurmat, boy ranglar va kutilmagan yangi timsollar bilan bajarilgan lirikasi, kitobxon qalbini larzaga keltiradi, insoniyatning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi❗️

🔥Shu sababdan Nurafshon shahridagi Prezident maktabida shoira, inson qalb tug‘yonlarini o‘tkir bilimdoni Zulfiya Isroilova xotirasiga bag'ishlangan badiiy xotira kechasi tashkil etildi. Unda o'quvchilar tomonidan tayyorlangan raqslar va shoira ijodidan she'rlar hamda shoiraning hayotiga bag'ishlangan sahna ko'rinishlari ijro etildi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#new_Uzbekistan_university

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.


Maʼlumot oʻrnida, mazkur universitetda bugungi kunda tahsil olayotgan talabalar soni 657 nafar boʻlib, shundan 152 nafarini qizlar tashkil etadi. 272 o‘ringa moʻljallangan ushbu talabalar turar joyida hozirda istiqomat qilayotgan 258 nafar talabaning 86 nafarini qizlar tashkil etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Muhtarama onaxonlar!
Munis opa-singillar!
Ilmga chanqoq, zukko o‘quvchi qizlarimiz!

Siz azizlarni bahorning ilk bayrami – 8-mart “Nafosat va go‘zallik” ayyomi bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlarga eng samimiy va ezgu tilaklarimizni izhor etib, baxt, mehr-muhabbat doim hamrohingiz bo‘lsin, deymiz!

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona timsoli, munis ayollarimizning beqiyos o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda mushkul vazifa.

Mana shunday qutlug‘ kunlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Qarorga ko‘ra, taqdirlangan 28 nafar nomzodlar orasida Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Zulfiya Shomurotovaning borligi, ayniqsa, quvonarli.

Shu o‘rinda alohida mamnuniyat bilan ta’kidlash joizki, bugungi kunda Agentligimiz tizimida 4 mingdan ortiq xotin-qizlar faoliyat ko‘rsatib, har tomonlama yetuk va barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Qolaversa, "Yangi Oʻzbekiston" universiteti, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarimizning 30 mingga yaqini o‘quvchi qizlardir.

Ular orasida mamlakatimiz va xorijning nufuzli universitetlari ta’lim grantlariga sazovor bo‘lgan, xalqaro va milliy olimpiadalar hamda dasturlarda yuqori natijalar ko‘rsatayotgan zukko qizlarmiz borligi bizga cheksiz iftixor bag‘ishlaydi.

Aziz opa-singillar!
Bilimga chanqoq o‘quvchi qizlarimiz!

Yana bir bor sizlarni bayramingiz bilan samimiy muborakbod etib, Sizlarga sog‘lik-salomatlik, baxt-u saodat, tilaymiz.

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi
#Bayram

💐Nurafshon shahridagi Prezident maktabi ayol xodimlari bayramona kayfiyat ila kutib olindi!

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube