Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
976 subscribers
4.52K photos
331 videos
22 files
1.37K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.me/NurafshonPS_bot
Download Telegram
#new_Uzbekistan_university

⚡️Yurtimizda birinchi marta tashkil etilayotgan “Startup Weekend Central Asia”ga barcha ixtirochi yoshlarni taklif etamiz!

📶 Markaziy Osiyo startap hamjamiyatlarini birlashtirish maqsadida tashkil etilayotgan "Startup Weekend Central Asia" tadbiriga barcha ixtirochi yoshlarni taklif etamiz.

Tadbirda siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lasiz:

🔺gipotezalarni tekshirish va mahsulot yaratish;
🔺jamoangizga bilimli yoshlarni jalb qilish;
🔺muvaffaqiyat qozongan startap loyihalar bilan tanishish;
🔺xalqaro mentorlar bilan tajriba almashish.

📆 Sana: 1-2-3 mart.
🗺 Manzil: “Yangi O‘zbekiston” universiteti.
📝 Batafsil ma'lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish: startupweekend.uz

Barcha ixtirochi yoshlarni “Startup Weekend Central Asia” tadbirda kutib qolamiz.

#StartupWeekend #CentralAsia

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Estafeta
#5_tashabbus

Nurafshon shahridagi Prezident maktabining 5-sinf o'quvchilari o'rtasida estafeta o‘tkazildi. Maqsad: sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish
❗️

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
Toshkent viloyati o'quvchilar ligasi qishgi mavsum 5-turidan lavhalar

Zakovat: Toshkent viloyati
Forwarded from Baxtiyor
image_2024-02-16_16-04-55.png
319.8 KB
O'quvchilar ligasi qishgi mavsum 5-turdan keyingi umumiy reyting jadvali

Zakovat: Toshkent viloyati
#xalqaro_hamkorlik

Agentlikning mas’ul xodimlari hamda tizimdagi maktablarning bir guruh o‘qituvchilari Pekin shahrida tajriba orttirish uchun jo‘nab ketdi


Shu yilning 19-24-fevral kunlari Xitoyning Pekin shahridagi Beijing International School maktabida ozbekistonlik va xitoylik oqituvchilari ortasida tajriba almashish borasida trening tashkil etilmoqda.

Ushbu trening davomida maktab rahbarlari va o‘qituvchilari xalqaro maktabda STEM fanlarini o‘qitish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib qaytishadi.

Bundan tashqari trening davomida maktab boshqaruvi borasida seminarlar, o‘quvchilarning oliy ta’limga tayyorgarligini oshirish bo‘yicha darslar rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Zukko_kitobxon

Nurafshon shahridagi Prezident maktabida 7-sinf o'quvchilari o'rtasida Xudoyberdi To'xtaboyevning "Jannati odamlar" asari bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

🔥4 ta shart asosida bo'lib o'tgan tanlovda 7-"Blue" sinfi o'quvchilari g'olib bo'lib, keyingi bosqichga yo'l olishdi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Nurafshon shahridagi Prezident maktabi quyidagi lavozimga vakant e’lon qiladi:

MATEMATIKA FANI O'QITUVCHISI

Talablar:
  
Oliy ma’lumotli;
Pedagogika sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
Ingliz tilini C1, kamida B2 darajada bilishi;
O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi muhim.

Imkoniyatlar:

🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Xalqaro konferensiya va treninglar.

📁 Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi: https://t.me/NurafshonPS_bot

Qo'shimcha ma'lumot uchun:

+998975438666

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
Agentlik direktori tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganmoqda

Shu kunlarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Ishchi guruh bugun Farg‘ona viloyati Buvayda, Uchko‘prik tuman hamda Qo‘qon shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.

Agentlik direktori A.Ubbiyev maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatladi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube