Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
977 subscribers
4.55K photos
334 videos
22 files
1.37K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.me/NurafshonPS_bot
Download Telegram
#Umumiy_majlis

⚡️Nurafshon shahridagi Prezident maktabida ota-onalarning umumiy yig'ilishi o'tkazildi. Yarim yillik yuzasidan tashkil etilgan mazkur majlisda yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi.

Yig'ilishdan so'ng, "Fanlar yarmarkasi" ham tashkil etildi. Mazkur yarmarka doirasida ota-onalar farzandlari past o'zlashtirayotgan mahalliy va xorijiy fan o'qituvchilari bilan muloqot qilib, fikr almashishdi va kerakli tavsiyalar olishdi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🏆Nurafshon shahridagi Prezident maktabining 5-GREEN sinf o'quvchisi Asrorxo'ja Abdullayev sportning "Qo'l jangi" turi bo'yicha Toshkent viloyati birinchiligida faxrli 1-o'rinni egalladi va keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi
❗️

Maktab jamoasi nomidan Asrorxo'jaga keyingi bosqichda omad va zafarlar tilaymiz.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
🟢GALAKTIKADA BIR KUN❗️

⚡️ Nurafshon shahridagi Prezident maktabida “Zukko kitobxon” ko‘rik tanlovining 5-6-sinflar o‘rtasidagi saralash bosqichi O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, bolalar yozuvchisi, ijodkor - Sa'dullo Quronovning “Galaktikada bir kun” asari yuzasidan o‘tkazildi.

🔥 O'quvchilar “Ko‘kkezarlar”, "Yulduzlar", "Kitobxonlar" va “Koinot yulduzlari” kabi jamoalarga bo'linib, 4 ta shart asosida bellashdilar.

📝Ular:
1.Tanishtirish;
2.Tezkor savol-javob;
3. Sahna ko‘rinishi;
4. Kelajak kashfiyotim (Agar men Ahmadni o'rnida bo'lsam).


Bellashuv natijalariga ko‘ra, 6-GREEN sinfining “Yulduzlar” jamoasi g‘olib deb topildi va keyingi final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube