Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
977 subscribers
4.55K photos
334 videos
22 files
1.37K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.me/NurafshonPS_bot
Download Telegram
#exam_2023
#New_Uzbekistan_University

Nurafshon shahridagi Prezident maktabida bo‘lib o'tayotgan
Yangi O‘zbekiston universitetiga 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul imtihonlarining ro'yxatga olish jarayonlaridan lavhalar.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#exam_2023
#New_Uzbekistan_University
#Fotoreportaj

Nurafshon shahridagi Prezident maktabida Yangi O‘zbekiston universitetiga 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul imtihonlari boshlandi❗️


Imtihon jarayonlarini bu yerda kuzatishingiz mumkin👇👇👇👇

Camera 1
Camera 2

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#xalqaro_ilmiy_konferensiya

⚡️ Agentligimiz tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti “International Conference on Information, System and Convergence Applications” (ICISCA 2023) nomli xalqaro ilmiy konferensiyaga mezbonlik qiladi.

➡️ Konferensiya joriy yilning 3-6-iyul kunlari offlayn tarzda universitetda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu konferensiyada dunyo bo‘ylab axborot texnologiyalariga qiziquvchi yoshlar, tadqiqotchilar o‘zaro tajriba almashishadi.

❗️Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni – 25-may.

Batafsil ma’lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://icisca.newuu.uz/

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarni malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida pedagoglarni sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni, ishga kirayotgan pedagog 1 yil davomida o‘qituvchi-stajyor sifatida faoliyat yuritib, shu muddatda sertifikat olishi kerak bo‘ladi.

O‘qituvchilarga malaka toifasini berish bo‘yicha sinovlar 2 bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani bo‘yicha bilimi, ikkinchisida pedagogik mahorati baholanadi.

Malaka sertifikati olgan pedagoglarning oylik maoshiga 70 foizgacha miqdorida ustama to‘lanishi mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Умумий ўрта таълим мактабларининг битирувчи ёшларига табрик

Поздравление выпускникам общеобразовательных школ

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Maktablarimizning aziz bitiruvchilari!

Sizlarni maktablarimizni muvaffaqiyatli tamomlab, begʻubor oʻquvchilik yillaringizni ortda qoldirib mustaqil hayot sari ilk qadam tashlayotganingiz bilan chin dildan tabriklayman.

Mustaqil hayot goʻzal va jozibali, albatta. Shu bilan bir qatorda sizdan katta masʼuliyat va ulkan shijoat ham talab etadi. Ishonamanki, jonajon maktablaringizda mehribon ustoz-murabbiylaringizdan olgan taʼlim-tarbiyangiz hayot yoʻllaringizni oʻchmas mashʼala misol hamisha yoritib turadi.

Maktabni tamomlamasdan turib Garvard, Chicago, California, Pennsylvania, Cardiff, Arizona, Nottingham kabi dunyoning nufuzli Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilinganingiz bilan tabriklayman.

Yurtimizda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi zamonaviy Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni joriy yilda 4293 nafar yigit-qizlarimiz tamomlamoqda. Prezidentimiz aytganlaridek, sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz – bizning ishonchimiz va tayanchimiz, Yangi Oʻzbekistonning oltin fondi, bebaho xazinasidir.

Qadrli oʻqituvchi va ustozlarimiz!

Shunday hayajonli daqiqalarda Sizlarning sharafli va masʼuliyatli kasbingizga sadoqat va fidoiylik bilan yondashib, har bir oʻquvchini oʻz farzandingizday bilib ularga bilim berganingizni alohida taʼkidlab oʻtmoqchiman.

Muhtaram muallim va murabbiylar Sizlarning zamon bilan hamnafas fikrlashingiz, oʻz ustingizda tinimsiz mehnat qilayotganingiz, izlanish va talabchanligingiz, qolaversa, mashaqqatli xizmatlaringiz sabab oʻquvchilarimiz barcha sohalarda yuksak marralarni qoʻlga kiritib kelmoqda.

Aziz oʻquvchilar!

“Soʻngi qoʻngʻiroq” sadolarini katta hayotga kirish uchun chalingan bong deb qabul qiling.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, sizlar inson har tomonlama erkin, ozod va farovon yashaydigan yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar.

Oʻrganish va izlanishdan aslo charchamang!

Barchangizga oʻqish va ishlaringizda omad tilayman.

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari
agentligi direktori
#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar, viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etishmoqda.

❗️Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova so’zga chiqib, bu kabi treninglarning ahamiyati hamda ta’limda boshqaruvning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi naqadar muhimligi haqida so’z yuritdi.

⚡️ Shundan so’ng, seminar-treninglarning amaliy qismiga start berilib, vazir “motivatsion kouching”larni boshlab berdi.

Unda hududiy rahbarlarning ish faoliyatini yo’lga qo’yish, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish kabi mavzularda so’z bordi.

📌 Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar uchun sho’balarga bo’lingan holda seminar-treninglar bo’lib o’tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube