Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
1.03K subscribers
3.93K photos
309 videos
21 files
1.24K links
Download Telegram
🇺🇿Istiqlol tufayli xalqimizning turmush tarzi, an’analari, urf-odatlari va umumbashariy qadriyatlari qayta tiklanayotgan bir davrda, yoshlar qalbiga Vatan tuyg‘usini jo etish, ma’naviyatini shakllantirish va ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.

Nurafshon shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan maktab direktorlarining yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va chaqiriqqacha harbiy tayyorlash bo’yicha o’rinbosarlari uchun o’quv amaliy mashg’ulot tashkil etildi.

🔥Mashg’ulotlar davomida psixologik treninglar, saf tayyorgarligi, mashg’ulot o’tish rejalari ko’rib chiqildi. Direktor o’rinbosarlariga yoshlarni barkamol inson etib kamol toptirish, harbiy kasbga qiziqtirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo’yicha kerakli ko’rsatmalar berib o’tildi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#5_tashabbus
#Sport

Maktabimizda o’quvchilar o'rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqish, o’quvchilar uchun kamondan o'q otish va ot sporti bo’yicha mashg’ulotlarni doimiy tashkil etish borasida tizimli ishlar yo’lga qo’yilgan.

🔥Yurtimizga iliq havoli kunlar kirib kelishi bilan bir qatorda Nurafshon shahridagi Prezident maktabida ot sporti va kamondan o’q otish sporti bo’yicha mashg’ulotlar davom etmoqda.


📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
Bahorni yutuqli olimpiadalar bilan qarshi oling!

5 kun davomida 9 ta fandan olimpiadalar marafoni!

Marafon 1-5 mart kunlari soat 11:00 dan 21:00 gacha o‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida bo‘lib o‘tadi.

Marafonning o‘tkazilish va g‘oliblarning aniqlanish tartibi: ➡️ BATAFSIL

🎁 G‘oliblar Respublika ta'lim markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida nashr etilgan "Mantiqiy matematika" va "Matematikadan olimpiada testlari" kitoblari bilan taqdirlanadi!

Ro‘yxatdan o‘tish:
➡️ @khiso_uz_bot

❗️ Olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul!

💡Platformadan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishni unutmang.

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
#Tavallud_kun
#Ardoğimizdasiz

E’zozlar, ardog'lar uchun tashakkur,
Asli Siz oftobim, men ziyosiman.
Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,
Baxtim shul — o'zbekning Zulfiyasiman.

Bugun nafaqat o’z she’rlari, balki butun hayoti bilan o’zbek ayolining ma’naviy qiyofasini
namoyon etgan atoqli shoiramiz
Zulfiya Isroilovaning tavallud
kuni.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
🏆 OLIMPIADANING FINAL BOSQICHI VA TAQDIRLASH MAROSIMI BO'LIB O'TDI

🔊 Barcha bilimli yoshlar uzoq kutgan Matematikadan Respublika fan olimpiadasining "Final bosqichi" kuni kecha PDP University'da bo'lib o'tdi!

Natijalar:
Premium ligasi
Gold ligasi
Silver ligasi

🎁 Ligalar bo'yicha 1-o'rinni qo'lgan kiritgan ishtirokchilar 50, 20 va 10 millionlik naqd pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi!

🎁 2- va 3-o'rinni qo'lga kiritgan ishtirokchilar noutbuk va televizor kabi esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi!

🎉 Jami 30 dan oshiq g'olib va sovrindorlar diplom, esdalik sovg'alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar!

Tantanaviy "Taqdirlash marosimi" ko'tarinki ruhda tashrif buyurgan mehmonlar ko'z o'ngida bo'lib o'tdi!

🔜 PDP University'ni kuzatishni davom eting. Oldinda ko'plab loyihalar sizni kutmoqda!