Нилуфар Анвар блоги
341 subscribers
83 photos
56 videos
7 files
103 links
📃 Ўзини ўйлаганга ўзига етадиган берилади.
Халқни ўйлаганга халқга етадиган берилади.

○ Нилуфар Анвар - Педагог, тадбиркор .

♻️ Фикр-мулоҳазаларни : @Nilufar_aloqa_bot га юборишингиз мумкин.
Download Telegram
🕵️‍♂️Kasb tanlashda qiyinchiliklarga duch kelyapsizmi?

Ko'pincha kasb tanlash vaqti kelganda, odamlar muhimi muvaffaqiyatga erishishishing uchun, qilayotgan ishingni sevishing kerak deyishadi, lekin sevish yo sevmaslikni tushunishga yoshlar qiynaladilar.

Menimcha, biror bir kasbni tanlashdan oldin, siz o'zizni insonlar orasida qanday his etishingizga, jamiyatga bo'lgan munosabatingizga e'tibor berishingiz kerak. Siz qanday insonsiz? Siz xalqingizni o'ylaydigan, unga foyda keltiraman, xudbinlik qilmayman degan insonmisiz; yo faqat o'zizni foydangizni o'ylaydigan, o'zizni xursand etadigan ishlarni qilishni istaydigan insonmisiz?

Kasb tanlash - bu ulkan ma'suliyat. Oilamga, yashayotgan jamiyatimga, atrofdagi insonlarga foydam tegadi deb yashasangiz, shuni o'z maqsadingiz deb belgilasangiz, unda qilayotgan ishingizga o'zgacha mehr va ma'suliyat bilan qaraysiz, bu sizni nafaqat muvaffaqiyatga, balki ruhiy qoniqishga ham yetaklaydi.

Ho'sh, jamiyatga qanday qilib foyda keltirmoqchisiz?

📝 Nilufar Anvarovna

🌸 Psixolog @Nilufar_Anvar kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Ertangi vebinar qaysi mavzuda bo'ladi?

Biz kattalar, muammolarimiz turmush o'rtog'imizdami , rahbarimizdami yoki xodimimizdami , yoki atrofimizdami,sog'lig'imizdami deb o'ylab qolamiz aslida...

Ushbu seminar trening seriyasining navbatdagi soni ertaga 20-dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Seminar mavzusi: "O'zingni angla".
Trening o'tuvchilar : Nilufar Umrzoqova va Nilufar Anvarovna .

📍Manzil: Andijon shahar, Nodira ko'chasi-1,
ZMB Universal Academy.

Tadbir kuni: 20-dekabr, Yakshanba.
Vaqti: 11:00 dan 16:00
gacha

Qatnashish uchun joylarni band qilishga ulgurib qoling.
-Hoziroq ushbu manzil orqali joyingizni band qiling:
📬 Telegram : @YM_Manager
📲 Tel: +998903559494

| @ZMB_Events - tadbirlar zali
| @Nilufar_Anvar blogi
​​Orzuimga erishishi uchun nimalar qilishim kerak?

📌
Bir narsaga ega bo'lishni istasangiz sizda kuchli istak bo'lishi kerak, shu narsani hohlashingiz kerak.

🔻Unda, orzu qilayotgan yo'nalishingiz bo'yicha bilmga ega bo'lishingiz kerak. Chunki hohish bilan orzuingizga erishib qolmaysiz.

🔻Mehnat. Barcha muvaffaqiyatlar zamirida harakat va ulkan mehnat yotadi.

🔻Va nihoyat, Egamdan yordam so'rang. Zikr qilayotgan paytizda orzularingizni aytib, yolvorib so'rang.

Ba'zida bu narsalarga amal qilsangiz ham istaklaringiz ro'yobga chiqmasligi mumkin. Nega? Chunki bizlar sinovdan o'tmoqdamiz. Barcha bo'layotgan ishlar sizni yomonliklardan saqlayotganiga ishonishingiz kerak. Yolg'iz Egam siz uchun nima yahshiligini biladi va albatta, harakatlaringizga yarasha mukofotlaydi.

🔗
@Nilufar_Anvar blogi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😕 Nega meni tushunishmaydi?

20
-dekabr kuni bo'lib o'tgan seminar treningimizdan qisqa lavha.

Ushbu mavzu bo'yicha Toshkent shahrida yana 26-dekabr kuni trening bo'lib o'tadi.

Ps: Uzoq vaqtdan beri Andijonga kela olmayotgan muhlislarimiz uchun.

🌸 Psixolog
@Nilufar_Anvar kanali
Forwarded from GroundZero
Do‘stlar, sizlarni
Hayot «laboratoriyasi» deb nomlangan treningiga taklif etamiz!

Bu treningda siz ajoyib bilimlarni orttirasiz ya’ni quyidagilar haqida suhbat tinglaysiz.
Xotirjamlik manzili sizdadir
Qalb ovozini eshita olish
Ichki konfliktdan qutulish

Faqat bilimgina insonni yahshilikka yetkazib yomonlikdan qutqaradi.

Spiker - Nilufar Anvarovna

Davlat mukofoti “Do‘stlik” ordeni sohibasi .
Toshkent shahridagi “Lily Education" O‘quv markazi ,
Andijon shahridagi “Zahiriddin Muhammad Bobur Universal Academy” xususiy maktab
va “Muvakkalli” brendlarni asoschisi va rahbari.
TEA Program qatnashuvchisi ( AQSH, Kaliforniya shtati 2012 yil).
Yil O‘qituvchisi g‘olibi, Respublika bosqichida, 2008 yil(II o‘rin)
30 yil pedagogikada , 16 yil psixologiyada, 8 yil biznesda .
2 farzandni onasi .


Yahshi ko‘rgan savoli: Kimman? Kim meni yaratgan? Vazifalarim nimadan iborat?


📆Sana : 26- dekabr
🕐Vaqti : 17:30 gan - 21:00 gacha
💴Narxi : 200 000 so‘m

Ma'lumot uchun +998909559969
​​🌸 Muammolardan qutulishingiz uchun qalbingizga razm soling.

Hayotda hammamiz qiyinchilik va muammolarga duch kelamiz va shunday hollarda ko'pincha tushkunlikka tushib, bu dunyoda faqat bizda shunday muammolar bor deb siqilamiz. Lekin, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, barcha - buyuk, boy-badavlat, mashhur bo'lishidan qat'i nazar, qiyinchilikka duch keladi. Bundan hech kim qochib qutula olmaydi.

Asosiysi, siz o'zingizni bunday vaziyatlarda qanday tutasiz? To'g'ri, oson emas, muammoni kulib qarshi olish uchun esa, har doim ham yetarli darajada kuch topilmasligi mumkin. Bunday vaziyatlarda ko'z-yosh to'kishingiz ham mumkin, lekin bu sizni muammoingizga yechim bo'la oladimi?

Muammoga uchradingizmi, undan chiqib ketish uchun yechim izlang, ko'p qayg'urib, tushkunlikka kirmang. Har bir yomonlik, muammo - yahshilikka erishishimiz uchun beriladi. Qalbimiz mehr, sevgi va shukronalikka to'la bo'lsa, unda muammodan qutilishimiz shunchalik oson bo'ladi.


🔗 @Nilufar_Anvar blogi
Forwarded from GroundZero
Do‘stlar, sizlarni
Hayot «laboratoriyasi» deb nomlangan treningiga taklif etamiz!

Bu treningda siz ajoyib bilimlarni orttirasiz ya’ni quyidagilar haqida suhbat tinglaysiz.
Xotirjamlik manzili sizdadir
Qalb ovozini eshita olish
Ichki konfliktdan qutulish

Faqat bilimgina insonni yahshilikka yetkazib yomonlikdan qutqaradi.

Spiker - Nilufar Anvarovna

Davlat mukofoti “Do‘stlik” ordeni sohibasi .
Toshkent shahridagi “Lily Education" O‘quv markazi ,
Andijon shahridagi “Zahiriddin Muhammad Bobur Universal Academy” xususiy maktab
va “Muvakkalli” brendlarni asoschisi va rahbari.
TEA Program qatnashuvchisi ( AQSH, Kaliforniya shtati 2012 yil).
Yil O‘qituvchisi g‘olibi, Respublika bosqichida, 2008 yil(II o‘rin)
30 yil pedagogikada , 16 yil psixologiyada, 8 yil biznesda .
2 farzandni onasi .


Yahshi ko‘rgan savoli: Kimman? Kim meni yaratgan? Vazifalarim nimadan iborat?


📆Sana : 26- dekabr
🕐Vaqti : 17:30 gan - 21:00 gacha
💴Narxi : 200 000 so‘m

Ma'lumot uchun +998909559969
🍃 Qalbingiz qay holatda?

Yaqinda televizordagi bir kino qulog'imga eshitilib qolgandi, umuman televizor ko'rmayman lekin bu jumla meni o'ziga tortdi.
Farzand va otaning janjali bo'layotgan edi.

Bola o'z otasiga shunday gaplarni aytmoqda:
"Yelkamning chuquri ko'rsin" .

Bu narsaning o'zi ham farzandda kibr ishlashi , yani otani aybdor qilishi va otaning ustidan agressiya...

Bu kabi filmlar bizning farzandimizga qanchalik tasir qiladi deb o'ylaysiz?

⭕️ Davomini tomosha qiling :
https://youtu.be/u7AnXdPDYOk

🔗
@Nilufar_Anvar blogi
​​📈 Dangasalikdan qutilishning siri.

Hayotimizda bizga yoqmaydigan o'zgarishlar bo'lsa, biz boshqalarni aylablashga tushamiz, yoki, muammolarimizga eng oson yechim topishga tushamiz. Nega, chunki boshqalarni ayblash o'zingizni ayblashdan, sizda bo'lgan kamchiliklarni to'g'irlashdan osonroq.

Avvalo, fikrlashingizni o'zgartiring, negativ fikrlaringizdan qutiling, o'zingizga pozitiv fikrlarni singdiring. Shunda, siz barcha qilayotgan ishlaringiz, hayotingiz uchun ma'suliyatni o'z bo'yningizga olasiz. Odamlar menga berishga majbur, men uchun qilishi kerak deb, o'zingizni egoistga aylantirmang. Atrofdagilarga mehr ulashishga harakat qiling. Boshqalardan kutib yashagandan ko'ra, siz ularga yahshilik ulashing. Atrofdagilarga foyda keltirishga harakat qiling. Shundagina, siz ma'suliyat nima ekanligini tushunib yetasiz, va insoniyatni rivojlanishiga hissa qo'shasiz.

🔗 @Nilufar_Anvar blogi
⭕️ Vizualizatsiya qilish zararmi?

Vizualizatsiya orqali orzuga erishish mumkin-ku,nega menda bo'madi?

Siz vizualizatsiyani boshlasangiz sizdagi vibratsiyalar bir ko'tarilib bir tushadi. Keyin esa...

🔻 Davomini ko'ring: https://youtu.be/wW_4BjQUWxk

Ushbu
mavzuning davomini 26-dekabr kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan jonli seminar treningimizda o'rganning.

Bu treningda siz ajoyib bilimlarni orttirasiz ya’ni quyidagilar haqida suhbat tinglaysiz.
- Xotirjamlik manzili sizdadir
- Qalb ovozini eshita olish
- Ichki konfliktdan qutulish

📆 Sana : 26- dekabr
🕐 Vaqti : 17:30 dan - 21:00 gacha

Ro'yxatdan o'tish : +998909559969

🌸 Psixolog
@Nilufar_Anvar kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ Vizualizatsiya qilish zararmi?

Vizualizatsiya orqali orzuga erishish mumkin-ku, nega menda bo'madi?

Siz vizualizatsiyani boshlasangiz sizdagi vibratsiyalar bir ko'tarilib bir tushadi. Keyin esa...

Ushbu mavzu davomini Nilufar Anvarovnaning 26-dekabr kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan jonli seminar treningida tinglang.
Ushbu treningga kelib :
- " Xotirjamlik manzili sizdadir"
- " Qalb ovozini eshita olish "
- " Ichki konfliktdan qutilish " haqida bilib olasiz.

📆 Sana : 26- dekabr (shanba)
🕐 Vaqti : 17:30 dan - 21:00 gacha

Ro'yxatdan o'tish : +998909023933
Qo'shimcha ma'lumot :
@YM_Manager

- Nilufar Anvarovna:
Psixolog-trener, psixologiyada 16 yillik tajribaga, 30 yillik pedagogik stajga ega pedagog, filolog, tadbirkor, “Lily education”, «Zahiriddin Muhammad Bobur Universal Academy», “Muvakkalli” brendlarining asoschisi va rahbaridir.

🌸 Psixolog @Nilufar_Anvar kanali
⭕️ Nilufar Anvarovna MY5 telekanalida!

Butun bir tanangiz va atrofingizda bo'layotgan o'zgarishlar 95% bu sizning ruhingizga bog'liq.

Maktab va bog'chalarda meni miya ekanligimni o'rgatishdi. Miyya bizga biror ishni qilish va bilim olish uchun berilgan. Biz aslida miya emasmiz, Miya bizga foydalanish uchun berilgan. Biz ruhmiz. Bizning eng kuchli tarafimiz ruhda. Biz shuni unutib qo'yayapmiz.

🔻 Davomi : https://youtu.be/uV0nTmmbh5s

🌸 Psixolog
@Nilufar_Anvar kanali
👮🏻‍♀️ Kuni kecha Nilufar Anvarovna Andijon shahrida Ichki Ishlar xodimlariga "Hayot Laboratoriyasi” deb nomlangan seminar-treining o’tkazdi.Tashrif buyurganlar xalqimizga xizmat qilishda ma’naviy boy bo’lishni birinchi o’ringa qo’yganliklari yaqqol ko’rinib turdi.

Azizlar sizning qadriyatingiz nima?

Moddiy boylikmi? Yangi yilni qanday kutib olmoqchisiz?

3 soatlik restoranda o’tkazgan vaqtingiz ,300.000 so'mga sotib olgan kiyimingizdan olgan quvonchni qancha vaqtga yetkaza olasiz?

🏃🏻‍♀️ Shoshiling!

Bugun Nilufar Anvar Toshkent shahrida “Kitoblar Olami”da seminar-trening o’tkazadi. Balki bu uch soatlik trening sizga uch yilga yoki o’ttiz yilga yetadigan quvonchga sababchi bo’lib qolar.

Faqatgina ma’naviy boylik, ilm va bilimli bo’lishlik sizni kasallikdan, qashshoqlikdan va baxtsizlikdan qutqaradi.

📆 Sana : 26- dekabr (shanba)
🕐 Vaqti : 17:30 dan - 21:00 gacha
📍Manzil: GroundZero Kitoblar Olami
Qatnashish to'lovi : 200.000 so'm

Ro'yxatdan o'tish : +998909559969
📝 Savollarni yuborish uchun :
@Nilufar_Aloqa_bot
Assalomu alaykum azizlar,
Savollaringizga javob berishni boshlayman.
Assalom aleykum Nilufar opa. Mehnatizdan Olloh rozi bòlsin. Iltimos shu savolimga bir qalbim taskin topadgan Javob beriwizi sòrab qolaman. Man ozim psixoligiyani uncha buncha chunaman bilaman qanaqa fikrlaw kere qando qib eriwiw kere I manda oxwagan ham Ollohga shukur Olloh bergan. Qalbimi tozalawim kereligini bilaman nomozga kirdim faqat yahshi narsani oylawga harakat qilaman lekin qaynana qaynatami korsam yana gazabim qozib ketadi. Ula hichnarsa qimasayam oldin qigan yomonlilari esimga tuwib ketib yomon korib ketvuraman umuman korgim kemidi. Maksimal darajada kormasliga harakat qib yuraman. Sal gaplawib qose gaplaridan ovozidan gazabim qòzib ketadi ichimda qargab ham yuvoraman bilaman bu notogri ozimga ziyon bop qovoti sezdim ham. Qalbimi gazabdan tozalomayaman. Nomoz ham yordam beromayapti. Kechirish kere bilaman yahshili tilash kere bilaman lekin manda oxwamayapti azgina vaqtga yetadi yana esimga tuwadi yana korgim kemidi. Erim yahshi u uchun bolam uchun chidawga majburman aslida mustaqil erkin yawagim keladi. Mani kuzatib turiwlariga kònikomiman. Kelinli mangamasligini bilardim òzi lekin er bola kere manga oila kere. Hozi dekretaman ishga tuwib ketsam yahshi bolar dib kutib yawavoman.