Keyingi bekat..?
1.54K subscribers
19 photos
4 videos
5 files
59 links
Download Telegram
Assalomu alaykum azizlar 🌸

Anchadan beri telegramda faol bo'la olmadim. Xudo xohlasa chet elda o'qish imkoniyatlari, magistratura dasturlari, grantlar haqida vebinar tashkil qilmoqchiman.

Vebinarning vaqtini esa siz bilan birgalikda aniqlaymiz.
1
Sizga vebinarda ishtirok etish uchun qaysi kun qulay?
Anonymous Poll
38%
Shanba (08.11)
62%
Yakshanba (09.11)
Qaysi vaqtda ishtirok eta olasiz?
Anonymous Poll
11%
19:00
24%
20:00
39%
21:00
26%
22:00
Qaysi mavzular ko’proq qamrab olinishini xohlaysiz?
Anonymous Poll
23%
Bakalavr uchun imkoniyatlar
64%
Magistratura uchun imkoniyatlar
12%
Almashinuv dasturlari
Vebinarni sizning ehtiyojlaringizga yanada moslashtirishimiz uchun yuqoridagi savollarga javob berishingiz kerak bo’ladi ☺️
🛎️Ovoz natijalariga ko’ra vebinarimiz 9-noyabr yakshanba kuni soat 21:00 da bo’lib o’tadi.

Qaysi mavzular qamrab olinadi:

📌 Bakalavrni chet elda o’qish imkoniyatlari;
📌 Bakalavr davomida almashinuv dasturlari (Erasmus+, NSP);
📌 Magistraturani xorijda davom ettirish imkoniyatlari;
📌 Erasmus Mundus magistratura dasturi haqida to’liq ma’lumot.

Vebinar speakeri Muxlisa Bahromova haqida:

🍀2025-yil Erasmus Mundus stipendiyasi sohibasi (ayni damda Barselonada Pompeu Fabra universitetida tahsil olmoqda);
🍀2024-yil Germaniyaning Saarland universitetida o’qish uchun Erasmus + almashinuv dasturi va stipendiyasi g’olibasi;
🍀2023-yil Polshaning Gdansk univeristetida 1 semester davomida o’qish uchun almashinuv dasturi g’olibasi.

Vebinar vaqti: 9-noyabr 21:00

📍Vebinar manzili : Link

Unutmang, keyingi yil “Kuyib o’l, Lolito” deb chet elda o’qib yurgan inson siz bo’lishingiz mumkin 😎
17
Live stream scheduled for
Vebinarimiz boshlanishiga yarim soat vaqt qoldi ❗️

Yuvinadiganlar yuvinib, qorni ochlar ovqatlanib bo’ldimi 👀
🤣7😁52
Live stream started
Ovoz?
3
Ekran va ovoz yaxshimi?
Savollar?
1
Live stream finished (1 hour)
Agar kurs bo’yicha yoki grantlar bo’yicha qandaydir savollaringiz bo’lsa, marhamat quyidagi accountga yozishingiz mumkin:

@muxlisa_admin01
2🔥2
Kanal linkini do’stlaringizga ulashish esingizdan chiqmasin😌

Chunki keyingi bekat Erasmus Mundus / NSP / YEVROPA 🙃

Keyingi bekat..?
7
Ustoz darsga sal kechiksa hamma o’quvchi qochib ketyotgan paytida “yo’q men qochmayman domlani kutaman 🥸 deydigan bitta vatan o’quvchi bo’ladi-ku sinfda, ana shunaqa o’quvchilarimizdan bugungi darsning konspekti 😁👇🏻

Darsga kelmaganlar uchun
😁6
Kechagi chatdan so'ng ERASMUS MUNDUS magistratura dasturiga qiziqqanlar ko'p bo'ldi.

⁉️Xop, bu dasturga kimlar topshira oladi?

❗️Ayni damda 4-kursda o'qiyotgan talabalar yoki allaqachon universitetni bitirganlar;
❗️Yosh chegarasi mavjud emas;
❗️IELTS 6.5 yoki undan yuqorilar (ba'zi dasturlar 6.0 ni ham qabul qiladi).
💶 Erasmus Mundus sizga necha pul foyda olib keladi?
Keling, birgalikda hisoblab chiqamiz 👇

🎓 Erasmus Mundus — bu Yevropa Ittifoqining eng nufuzli magistratura dasturlaridan biri. Agar siz tanlansangiz, quyidagilarni olasiz:

1️⃣ O‘qish to‘lovi: 15,000–20,000 yevro
➡️ Siz uchun to‘liq qoplanadi

2️⃣ Viza va tibbiy sug‘urta: ~2,000 yevro
➡️ Bu ham grant tomonidan qoplanadi

3️⃣ Stipendiya: Oyiga 1,400 yevro
➡️ Yiliga 16,800 yevro × 2 yil = 33,600 yevro! 💸

💰 Umumiy hisobda sizga kamida 50,000 yevro foyda keltiradigan dastur haqida gap ketyapti! Bu o’zbek so’mida 700 mln ga teng 🫠

🌍 Bundan tashqari siz:

❗️Bir vaqtning o‘zida 3 ta dasturga topshira olasiz, demak bittasiga kira olmasangiz sizda yana ikkita imkoniyatingiz bor!

❗️Har biri — 3-4 ta Yevropa davlatida o‘qish imkonini beradi

❗️Va dunyoning eng yaxshi universitetlaridan diplom olasiz

🎓Endi o‘ylab ko‘ring:
Bu imkoniyatdan foydalanmaslik — 50,000 yevrolik yoki 700 million so’mlik shansni qo‘ldan boy berish degani 😅

📍Keyingi bekat - 🇪🇺 Erasmus Mundus
💘74🔥3
Forwarded from ©Abdulaziz Eshonkulov🇺🇿
Shaxsan meni keysimda Tuition Fee o'zi 33,600 EUR bo'lgandi
😱2