Keyingi bekat..?
1.64K subscribers
48 photos
7 videos
5 files
68 links
Download Telegram
Bundan tashqari Linkedinda ham chet ellik talabalar bilan birga konsultinglar olib bordim. Ular orasidan ham EMLE dasturi uchun admission va Erasmus Mundus grantini yutish nasib qildi

Shundan so’ng meni Globalscholarships.com asoschisi o’z tajribalarim bilan bo’lishish uchun ham taklif qildi 🫠
🔥63
Shunday qilib o’zim grantlarga topshirish jarayonida va mentorlik tajribalarimda anglab yetgan haqiqatlarim 👇🏻

• Sizda juda ko'p tajriba bo'lishi mumkin, lekin uni CV'da to'g'ri ko'rsata olmasangiz — komissiya buni ko'rmasligi mumkin.

• Siz juda kuchli nomzod bo'lishingiz mumkin, lekin motivation letter'ingiz buni isbotlamasa — kuchingiz qog'ozda qolib ketadi.

• Aksincha, to'g'ri yondashuv bilan siz ilgari oddiy deb hisoblagan tajribangizni ham kuchli advantage'ga aylantirishingiz mumkin.

Kursda aynan mana shu narsalarni o'rganamiz:

→ Profilingizdagi kuchli tomonlarni qanday topish va ularni strategik ko'rsatish;
→ Tajribangizni shunchaki sanab o'tmasdan, uni grant uchun qiymatga aylantirish;
→ CV'ni "men nimalar qildim?" emas, "nega aynan meni tanlashingiz kerak?" degan savolga javob beradigan qilib yaratish;
→ Motivation Letter'ni chiroyli gaplar yig'indisi emas, sizning hikoyangiz va maqsadingizni isbotlaydigan hujjatga aylantirish;
→ Qaysi grantga topshirish siz uchun mantiqli ekanini va kuchingizni qayerga sarflash kerakligini aniqlash;
→ Va eng muhimi — grantga shunchaki topshiruvchi emas, strategiya bilan topshiruvchi applicant bo'lish.

📌 Qabul yopilishiga 6 kun qoldi. Joylar soni chegaralangan 🫶🏻

Murojaat uchun: @Muxlisa_admin01
6❤‍🔥3👍2
Ko'pchilik "faqat magistratura uchun kurs ochyapsizmi, bakalavrga topshirish yoki exchange programmalar haqida ham ma'lumot bering" deb yozishyapti. Nima deysizlar maktab o'quvchisidan tortib universitet bitiruvchilarigacha umumiy barcha Grantlar, imkoniyatlar haqida bepul Webinar tashkillashtiramizmi?
🔥6❤‍🔥2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6🥰2🎉21
Biz vebinarga tayyormiz 🤩

Agar siz maktab o’quvchisi, bakalavr talabasi yoki universitet bitiruvchisi bo’lsangiz ushbu vebinar aynan siz uchun!

Balki shu orqali o’z “baxt”ingizni topib ketarsiz 😅

Ishtirok etish mutlaqo TEKIN.

Vebinar vaqtini birgalikda aniqlaymiz 👇🏻
🔥84
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hayotiy

Yaqinda bir qizdan shunday xabar oldim:

"Muxlisa, nimaga sizda hamma narsa darrov o‘xshaydi? Nimaga harakat qilsangiz, oxirida erishasiz? Menda esa hech narsa o‘xshamayapti. 5 oydan beri Toshkentga kelib ish qidiryapman, topolmayapman. Grantlarga topshiryapman — birortasi o‘xshamayapti. Chet elda o‘qish orzum ham armon bo'lib qoladigandek endi..."

Menimcha, bu holatni juda ko‘pchiligimiz boshdan kechiramiz. Ayniqsa bakalavrni tugatganimizdan keyin.

Universitetda hammasi aniq edi: o‘qiysan, imtihon topshirasan, kredit yig‘asan, diplom olasan.

Keyin esa birdan hamma narsa noaniq bo‘lib qoladi.

“Ish topishim kerak.”

Qayerdan?

“Magistraturaga topshirishim kerak.”

Qayerga?

“Chet elga chiqishim kerak.”

Qanday?

Va eng yomoni, sen biror narsani chin dildan xohlaysan, harakat qilasan, lekin natija kelmaydi.

Bir marta.

Ikki marta.

O‘n marta.

20 yoshlar atrofida, universitetdan keyin hayotning keyingi bosqichiga o‘tishda ko‘pchilik boshdan kechiradigan noaniqlikni ko‘pincha quarter-life crisis deb atashadi.

Bu davrda odam nafaqat ish yoki o‘qish haqida, balki “men aslida nima qilmoqchiman?”, “hayotim qayerga ketyapti?”, “boshqalar mendan oldinda ketib qolmadimi?” degan savollar bilan ham kurashadi.

Shundan so'ng social comparison, ya'ni o'z hayotini boshqalarniki bilan solishtirish boshlanadi. Katta ehtimol instagramdagi videolar orqali ko'pchilikda shunday holatga sabab bo'lganman. Grantlar, sayohatlar, baxtli hayot, doimo xursandchilik...

Lekin biz doim winnerni finish chizig'idagina ko'ramiz. Men ham juda ko‘p joylardan rad javobi olganman.

Men ham “balki bu safar ham bo‘lmas” degan paytlarni boshdan kechirganman.

Siz mening bitta yutug'imni ko'rasiz, lekin o'nta mag'lubiyatimni emas.

Hatto pul topishim kerak bo‘lgan bir paytimda IELTS'dan 7.5 olgan bo‘lsam ham, 30 ga yaqin o‘quv markaziga ishga topshirganman.

Va o‘tolmaganman.

30 ta.

Tasavvur qiling.

Men pul topishim kerak edi.

Ishlashim kerak edi.

Lekin hech qayerga kira olmayotgandim.

Bugun esa o‘sha vaqtni eslab, “yaxshiyam o‘sha paytda ishga joylashib ketmagan ekanman” deb o‘ylayman.

Chunki agar o‘sha paytda biror o‘quv markaziga ishga kirib, o‘sha hayotimda qolib ketganimda, ehtimol bugungi hayotimni yashamayotgan bo‘lardim.

Balki O‘zbekistondan ham chiqolmay qolgan bo‘lardim.

Balki bugun men uchun oddiy bo‘lib qolgan ba’zi narsalar umuman sodir bo‘lmagan bo‘lardi.

O‘sha paytda esa men buni bilmasdim.

Men faqat “nega hech narsa o‘xshamayapti?” deb o‘ylardim.

Keyin hayotimda hech narsa o‘xshamayotgan bir davrda bitta narsani o‘zgartirdim.

Niyatimni.

“Men albatta mana shu ishga kirishim kerak” degan fikrdan chiqib, “menda hozir nima bor va men shu narsalar bilan nima qila olaman?” deb o‘ylay boshladim.

Men “amallar niyatlarga bog‘liq” degan tushunchaga juda qattiq ishonganman.

Lekin bu faqat yaxshi niyat qilib, hech narsa qilmaslik degani emas.

Aksincha.

Niyatni to‘g‘rilab, keyin qo‘lingizdagi imkoniyat bilan harakat qilish.

Men o‘sha paytda o‘zimda bor narsalarni sanab chiqdim.

Til bilaman.

Telefonim bor.

Internetim bor.

Ingliz tilidan bilimim bor.

Demak, men uchun yagona yo‘l o‘quv markaziga ishga kirish emas ekan.

Kanallarga e’lon joylab, ingliz tilidan online dars bera boshladim.

Va qiziq tomoni…

O‘sha paytda o‘quv markazida olsam bo‘ladigan oylikdan ham ko‘proq pul topa boshladim.

Keyin shu pulni yig‘ib, birinchi exchange dasturim uchun Polshaga ketdim.

Agar o‘sha paytda “30 ta joyga topshirdim, o‘tolmadim, demak men hech narsaga qodir emasman” deb o‘tirib qolganimda-chi?
17🔥13👍7
Negadir uzuuuun post yozsam baribir hech kim o’qimaydi degan xayolga kelaveraman 😅

Media zamonida miyamiz qisqa -qisqa videolarga, postlarga o’rganib qolgan.

Qisqa qilib aytsam, agar siz hozir o’zingizni “bir joyda qotib qolganman, hech narsam o’xshamayapti” deb siqilib yurgan bo’lsangiz bu post siz uchun 🤍
🔥10👍5💘53
Bu o’sha 3 yil avval “crisis” vaqtida umidsizlikning tubiga cho’kib ketgan Muxlisaning yozganlari 😅

Ba’zan hammasi tugamasdek, xuddiki hayotimiz doimo shunday davom etadigandek tuyulaveradi.

Lekin hozir ko’ryapsizki, hammasi o’tkinchi. Dunyo ham ko’rdim, turmush ham qurdim, oilam bilan baxtli hayotim ham bor Alhamdulillah.

Chiroyli niyat qilib shunga yarasha harakat qilsak va Allohdan eng xayrlisini so’rasak berishiga ishonaman 🤍
8💘5❤‍🔥1👀1
Shuning uchun hozir menga yozayotgan qizga ham, ayni paytda hayotida “hech narsa o‘xshamayapti” deb o‘ylayotgan har bir insonga ham bitta narsani aytmoqchiman:

Balki sizning muammoingiz qobiliyatingiz yo‘qligida emasdir. Balki siz faqat bitta eshikni taqillatishda davom etayotgandirsiz.

Siz ish qidiryapsiz.

Lekin balki o‘zingiz ish yaratishingiz mumkindir?

Siz grant kutyapsiz.

Lekin balki hozircha boshqa bir yo‘l orqali o‘zingizni kuchaytirishingiz mumkindir?

Siz chet elga chiqishni xohlaysiz.

Lekin balki aynan hozirgi rad javoblari sizni keyingi imkoniyatingizga tayyorlayotgandir?

Men “hamma narsaga harakat qilsangiz, albatta erishasiz” demoqchi emasman.

Hayot buncha oddiy emas.

Ba’zan juda ko‘p harakat qilasiz va baribir o‘xshamaydi.

Ba’zan siz xohlagan narsa umuman sodir bo‘lmaydi.

Lekin bu — hayotingiz tugadi degani emas.

Ba’zan biz “yo‘q” deb qabul qilayotgan narsa aslida “hozir emas” bo‘lishi mumkin.

Ba’zan esa butunlay boshqa eshik ochilishi uchun birinchi eshik yopilishi kerak bo‘ladi.

Allohning har bir ishida xayr borligiga ishonaman.

Faqat o‘sha xayrni o‘sha paytda ko‘ra olmasligimiz mumkin.
14🔥9👍2💘1
Mayli, sizlarni ham boshlaringizni qotirmay 😅

Ertaga 21:00 da Vebinarda ko’rishguncha 🫶🏻

Xudo xohlasa barcha uchun manfaatli bo’ladi. O’qish bo’yicha savollaringizni ham tayyorlab qo’yib o’sha vaqti so’rashingiz mumkin.

Mentorlik kursiga qabul esa 14-avgustga qadar davom etyapti.

Joyingizni band qilish uchun @Muxlisa_admin01 ga yozing 🤍
5💘4
Rejectiondan ham eng yomoni nima, bilasizmi? — Umuman harakat qilmaslik.

Men buni juda ko‘p odamlarda ko‘rganman: bitta komponenti yetishmagani uchun yoki o‘zidagi qo‘rquv sababli odam o‘sha grantga umuman topshirib ham ko‘rmaydi.

“GPA’im past.”
“Activitylarim kam.”
“Til sertifikatim yo‘q.”
“Boshqalarning profili mendan kuchli.”
“Baribir meni olishmaydi.”

Va shu gaplarning o‘zi odamni ariza topshirishdan to‘xtatib qo‘yadi.
5💔3
Lekin bitta narsani tushunish kerak:

Grant yutish — bitta GPA’ga bog‘liq emas.

GPA — bu sizning profilingizdagi bitta komponent, xolos.

Albatta, akademik natijalar muhim. Lekin grant komissiyasi faqat transcriptga qarab:

“GPA 90 — olamiz.
GPA 75 — olmaymiz" deb qaror qilmaydi.

Ko‘plab scholarship va admission jarayonlarida nomzodning umumiy profili baholanadi: akademik ko‘rsatkichlari, motivatsiyasi, dasturga mosligi, tajribasi, kelajakdagi rejalari, recommendation letter’lari va eng muhimi — o‘z potensialini qanday ko‘rsata olgani.

Masalan, academic careerning o‘zi ham faqat GPA degani emas.

Unga quyidagilar kirishi mumkin:
— GPA va umumiy akademik natijalar
— muayyan fanlardagi kuchli natijalar
— akademik yutuqlar va awards
— olimpiada, tanlov yoki academic competition’lar
— research experience
— ilmiy maqola, conference yoki academic project’lar
— thesis/dissertation
— universitetdagi academic projectlar
— relevant courses va certifications
— exchange yoki international academic experience
— akademik sohadagi internship va tajribalar
— ba’zi dasturlarda esa professional tajriba ham profilingizni kuchaytirishi mumkin.

Shuning uchun “GPA’im past ekan, demak mening profilim yomon” degan xulosaga kelish noto‘g‘ri.

Men o‘quvchilarimga doim aytadigan bir gap bor:

Grantlar perfect student qidirmaydi. Ular o‘z dasturiga mos student qidiradi.

Sizning GPA’ingiz 100 bo‘lib ham grant yutmasligingiz mumkin.

Va aksincha, GPA’ingiz 70–80 atrofida bo‘lib, juda yaxshi scholarship yutishingiz ham mumkin.

Chunki masala faqat:
“Men qanchalik yaxshi o‘quvchiman?” emas.

Balki:
“Nega aynan MEN bu dastur uchun mos nomzodman?”
degan savolga javob bera olishda.
3💘2
Yana bir narsani juda ko‘p kuzataman — til sertifikati masalasida.

BItta qizni taniyman. Ikki yildan beri kanalimni kuzatishini bilaman. Har safar biror dastur haqida announcement qilsam, birinchi savollaridan biri:

“Til sertifikati talab qilinadimi?” bo'ladi.
Men:
“Ha, talab qilinadi.”
U:
“Ha…”

Va shu bilan tamom.

Keyingi dasturgacha kutadi.

Keyingi scholarship chiqadi — yana xuddi shu savol.

Yana sertifikat kerak bo‘ladi.

Yana topshirmaydi.

Bu yerda muammo sertifikatning o‘zida emas.

Muammo — birinchi to‘siqqa duch kelganda darrov voz kechishda.

Axir hech qaysi universitet yoki scholarship sizni ko‘chadan topib:
“Qani kel, seni tekin o‘qitamiz, stipendiya beramiz, dunyo aylantiramiz”
deb chaqirib kelmaydi.

Siz ham ular uchun nimadir qilishingiz kerak.

Ular sizga imkoniyat beradi, siz esa o‘sha imkoniyatga tayyor ekanligingizni ko‘rsatishingiz kerak.

Til sertifikati esa ko‘plab dasturlar uchun eng basic talablarning biri. Masalan, dastur sizdan B2 yoki C1 darajadagi ingliz tilini talab qilsa, sertifikat orqali:
“Ha, men bu dasturdagi darslarni ingliz tilida bemalol o‘zlashtira olaman.”
degan talabni bajarganingizni ko‘rsatasiz.

Ya’ni sertifikat ko‘pincha sizni “eng kuchli nomzod” qilish uchun emas, avvalo eligibility requirement’ni bajarishingiz uchun kerak bo‘ladi.

Shuning uchun:

“Til sertifikatim yo‘q ekan, demak grantlarga topshira olmayman” deb o'tirib qolish o‘rniga:

“Keyingi application deadline’gacha sertifikat olishim uchun nima qilishim kerak?” deb o‘ylash kerak.
🔥6
Live stream scheduled for