Keyingi bekat..?
1.55K subscribers
19 photos
4 videos
5 files
59 links
Download Telegram
Forwarded from Keyingi bekat..?
Fevralda qabul tugaydigan Erasmus Mundus Dasturlar.pdf
87.1 KB
Juda ko'pchilik Erasmus Mundus haqida endi bilib qoldim, deadlinelar yanvargacha ekan ulguramanmi deb yozishyapti.

80% deadlinelar yanvargacha to'g'ri, lekin fevral oyida ham ba'zi dasturlar qabuli ochiq bo'ladi.

Siz uchun fevral oyida ham qabul ochiq bo'ladigan ba'zi dasturlar ro'yxatini yuboryapman.

Manfaatli bo'lsa do'stlaringiz bilan ham ulashing ☺️

@NextStopSuccess
🔥148👎2❤‍🔥1🙏1
🎓 QABUL OCHIQ: Erasmus Mundus – RESCO Master’s dasturi

🌍 Qayerlarda o‘qiladi?
🇭🇺 Vengriya (BME)
🇪🇸 Ispaniya
🇵🇹 Portugaliya
(Erasmus Mundus qo‘shma dasturi)

📚 Mos bakalavr yo‘nalishlari:
• Civil Engineering
• Mechanical Engineering
• Architectural Engineering
• Architecture, Engineering & Construction (AEC) bilan bog‘liq yo‘nalishlar

🎓 Akademik talab:
Kamida 3 yillik bakalavr (180 ECTS)

🌐 Ingliz tili talabi (3 yildan eski bo‘lmasligi kerak):
IELTS 6.5+
TOEFL iBT 80+

📄 Kerakli hujjatlar:
• Bakalavr diplomi va transcript
• Ingliz tilidagi tasdiqlangan tarjimalari
• Passport nusxasi
• CV
• Foto
• Motivation letter (max 2 bet)
• 1 ta recommendation letter
• Ingliz tili sertifikati

Erasmus Mundus scholarship deadline:
📅 28-fevral

🔗 Rasmiy sayt va ariza: bu yerda
2🔥1
📌 Сохраняйте даты | Поступление в TLF 2026/2027

Если вы планируете стать частью программы Technology Leaders of the Future, сохраните ключевые даты👇

Первая волна поступления:

• Дедлайн подачи заявок: 15 февраля.
• Онлайн-тест по математике: в удобное для кандидата время с 1 по 16 февраля.
• Письменный экзамен по математике: 21 февраля.
• Устные экзамены: март. Даты назначаются индивидуально для тех, кто прошёл предыдущие этапы.

Вторая волна поступления:
• Подача заявок и экзамены: март - апрель. Точные даты будут объявлены позже.

📍 Важно знать:
Участвовать можно только в одной волне. Если кандидат не проходит один из этапов первой волны, его участие во второй волне в рамках текущего набора не предусмотрено.

Рекомендуем подавать заявку уже сейчас — по опыту прошлого года количество заявок в первой волне может быть поменьше. Переходите по ссылке, чтобы занять своё место leaders.tech.

TLF | Technology Leaders of the Future
🔥2❤‍🔥1
10 sinf jiyanim Nodirbek Kiprda to’liq qoplanuvchi xalqaro maktabda o’qiydi. Hozir u o’qiyotgan dastur uchun ham qabul ochiq ekan. STEM sohasida o’quvchi tanishlaringizga jo’natib qo’ysangiz bo’ladi. Kanalida maktab o’quvchilari uchun xalqaro dasturlarni joylab boradi.
🔥4😍21
Anchadan beri anonimdagi xabarlarga javob bera olmadim. Hozir mana shu qizning savoliga javoban barcha boshqa chet elga o’qishga topshirishga tayyorlanyotgan talabalar uchun ham o’z maslahatlarimni yozaman.
5
Birinchi navbatda chet elda o'qishdan maqsadingizni aniqlab olishingiz kerak:

1. Haqiqatdan kuchli universitetlarda o'qib, kuchli ta'lim olishmi?
2. Yoki chet elga chiqsangiz bo'ldi, qaysi davlatda o'qisangiz ham farqi yo'qmi?

Agar maqsadingiz birinchisi bo'lsa ko'plab TOP universitetlar Amerika, Angliya, Avstraliya, Kanada va boshqa rivojlangan davlatlarda joylashgan. Tabiiyki , ushbu davlatlarda o'qish va yashash xarajatlari ham o'ziga yarasha. Bunday vaqtda siz qisman yoki to'liq grant yutib olmasangiz u yerda o'qish muammo bo'lishi mumkin.

Nima qilishingiz mumkin?

1. Mana shu davlatlardagi TOP universitetlarga topshirib universitetning o'zidan grant yutib olish. Ko'plab universitetlar applicantlarga 100% gacha grantlar taqdim etadi. Endi grant yutish imkoniyatingizni realistik baholab ko'ring.

Rostini aytaman: o‘rtacha natija bilan kuchli grant yutish juda qiyin.

Agar siz:
- yuqori IELTS (kamida 7.0+)
- kuchli SAT (agar talab qilinsa)
- maktabdagi juda yaxshi GPA
- faoliyat (volunteerlik, loyihalar, leadership)
bo‘lmasa, to‘liq grant masalasi murakkablashadi. Eng kuchli grantlar juda raqobatli.

2. TOP universitetlarga hujjat topshirish va grant yutmagan taqdiringizda ham davlatdan yordam so'rash. Agar bilsangiz bizda O'zbekistonda yoshlarni chet-elda o'qishini qo'llab-quvvatlab moliyaviy yordam beruvchi El-yurt umidi jamg'armasi mavjud. Ushbu jamg'arma agar siz TOP 100, 300 va hokazo universitetlarga o'qishga kirgan bo'lsangiz va sizda potensial ko'ra olishsa o'qishingizni, yashashingizni to'liq qoplab beradi. Faqat esda tutingki, bu jamg'armani yutish ham juda raqobatli. O'ziga yarasha imtihonlardan o'tishingiz kerak bo'ladi.

Xulosa, maqsadingiz TOP universitetlarda o'qish bo'lsa o'zingiz ham shunga yarasha kuchli va bilimli, raqobatbardosh bo'lishingiz shart. Grant yutish oson narsa emas, shu bilan birgalikda ilojsiz ham emas. Sizdan yaxshiroq o'qish va izlanish talab qilinadi xolos.
18
Endi maqsadingiz shunchaki chet elda o'qish, qaysi universitetligi farqi yo'q bo'lganda qanday variantlaringiz bor ko'rib chiqamiz.

1. Birinchi navbatda, natijalaringiz o'rtacha bo'lsa va grant yutish ehtimolingiz pastroq bo'lsa siz Yevropadagi boshqa raqobat kamroq va grant berish ehtimoli yuqori bo'lgan dasturlarni ko'rib chiqishingiz mumkin. Masalan, Turkiye Burslari (Turkiyada o'qish uchun), Stipendium Hungaricum (Vengriyada o'qish uchun) ham bakalavrlarga, ham magistrlarga grantlar taqdim etadi. Hech qanday SAT talab qilinmaydi va til bilish talablari ham juda yuqori bo'lmaydi. Mana shunga o'xshash Yevropadagi grantlarni ham izlab bemalol yuta olishingiz mumkin, ammo siz o'qiydigan universitet odatda TOP 300 yoki 500 bo'lmasligi mumkin.

2. Bunda ham grant yuta olmasangiz siz boshqa o'qish va yashash nisbatan arzonroq davlatlarga o'qishga topshirishingiz mumkin. Masalan, Polsha yoki Latviya kabi davlatlarda o'qish Aqsh yoki Kanadada o'qishdan ancha barobar arzonga tushadi. Siz Yevropada o'qiysiz va bemalol Yevropa Ittifoqi bo'ylab sayohat qilish imkoniyatingiz bo'ladi.
12
Agar siz ayni damda bakalavr 3-kurs talabasi bo’lsangiz yoki magistr, PhD talabasi bo’lsangiz Slovakiya davlatida almashinuv dasturiga topshira olasiz.

Dastur borish- kelish, o’qish xarajatlarini qoplaydi va oylik stipendiya bilan ta’minlaydi.

Batafsil
👍86
🎓 CICOPS Scholarships 2027 (Italy 🇮🇹)

📢 Application ochildi!
University of Pavia va EDISU tomonidan 8 ta grant e’lon qilindi.

📍 Davomiyligi: 4–12 hafta
📍 Joylashuv: Italiya, Pavia
Deadline: 10-iyun 2026

Kimlar topshira oladi?
✔️ Jahon Banki klassifikatsiyasiga ko‘ra low / middle income davlatlarda yashovchilar
✔️ PhD darajasi bor yoki
✔️ Kamida 2 yil universitet / research markazda ishlagan bo‘lishi kerak
✔️ Oxirgi vaqtlarda kamida 2 ta ilmiy maqola / research output bo‘lishi shart

⚠️ Muhim talablar:
❗️ Ariza topshirishdan OLDIN sizda Pavia universitetidan professor taklif xati (invitation letter) bo‘lishi kerak
❗️ To‘liq bo‘lmagan arizalar qabul qilinmaydi
🔎 Agar sizda kontakt bo‘lmasa:
👉 UNIFIND platformasi orqali professor topib, o‘zingiz bog‘lanishingiz kerak
💡 Bu grant ayniqsa tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va akademiklar uchun juda yaxshi imkoniyat! batafsil
🔥43
🎓 WVPU New Student Scholarships (Austria 🇦🇹)

Deadlinelar:
📌 Fall semester: 31-may (13:00 CET)
📌 Spring semester: 30-noyabr (13:00 CET)

💰 Grant miqdori (yiliga):

🏆 Distinction:
Bachelor: €12,000
Master: €8,000

🥇 Merit:
Bachelor: €7,000
Master: €5,000

🥈 Honors:
Bachelor: €4,000
Master: €3,000

👉 Har yili 20 tagacha talaba grant oladi

❗️ Avval universitetga admission olish shart, keyin grantga topshirasiz

Talablar:
✔️ Minimum GPA 3.0+
✔️ English: B2–C1 daraja
✔️ Financial need (moliyaviy ehtiyoj)
✔️ Kuchli essay + recommendation

📄 Kerakli hujjatlar:
📌 Acceptance letter
📌 Financial motivation letter
📌 Daromadni tasdiqlovchi hujjatlar
📌 1000–1200 so‘zli essay (EN)

Batafsil
5😇1
🇺🇸 Fulbright Foreign Student Program 2027–2028

Dunyodagi eng nufuzli grantlardan biri — Fulbright Program ochildi!

🎓 AQShda 2 yilgacha o‘qib, Master’s daraja olish imkoniyati

Deadline: 31-may 2026

💰 Grant nimalarni qoplaydi?

✔️ To‘liq tuition
✔️ Oylik stipendiya
✔️ Aviachipta (borib-kelish)
✔️ Medical insurance
✔️ Kitob va xarajatlar

Talablar:

✔️ O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish
✔️ Bachelor diplomi
✔️ Kamida 2 yil ish tajribasi
✔️ Kuchli English + leadership

🔥 Priority yo‘nalishlar:

💻 AI, Data Science, Cybersecurity
⚙️ Engineering & Energy
🌱 Agriculture & Sustainability
🚀 Aerospace & Space
⚛️ Nuclear & Materials

Batafsil
4🔥1
📢 Vakansiya: O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisiga Loyiha Menejeri kerak!

Xalqaro hamkorlik, oliy ta’lim va loyiha boshqaruvi sohasida ishlashni istaysizmi? O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisi o‘z jamoasiga faol va mas’uliyatli Loyiha Menejeri qidirmoqda!

📍 Manzil: Toshkent, O‘zbekiston
Ish vaqti: To‘liq stavka (haftasiga 40 soat)

Asosiy vazifalar:
🔹 Loyiha hamkorlari, Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi va potensial nomzodlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish
🔹 Erasmus+ dasturi imkoniyatlari bo‘yicha konsultatsiyalar berish
🔹 Information Day, Cluster Meeting, TAM, PDO, Erasmus+ Week kabi onlayn va oflayn tadbirlarni tashkil etish
🔹 Erasmus+ National Impact Study 2021–2026 tadqiqotini tayyorlashda ko‘maklashish
🔹 Erasmus+ loyihalari statistikasini muntazam yangilab borish
🔹 Ijtimoiy tarmoqlar va PR faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
🔹 Yillik hisobotlarni tayyorlashda ishtirok etish


🤝 Talablar:
Loyiha boshqaruvi, oliy ta’lim, xalqaro hamkorlik yoki davlat boshqaruvi sohasida tajriba
Bakalavr yoki magistr darajasi
O‘zbek, ingliz va rus tillarini mukammal bilish
Kuchli kommunikatsiya va tashkiliy ko‘nikmalar
Ijtimoiy tarmoqlar va raqamli kommunikatsiya vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi
Mas’uliyat, kreativlik va jamoada ishlash qobiliyati


🌍 Biz sizga taklif qilamiz:
🔘Qulay va do‘stona ish muhiti
🔘 Xalqaro tajriba orttirish imkoniyati
🔘 Turli seminar va tadbirlarda ishtirok etish
🔘 Xalqaro xizmat safarlarida qatnashish imkoniyati
🔘 Loyiha budjetiga muvofiq belgilanadigan maosh


📩 Arizalar rolling basis asosida qabul qilinadi.

🔗 Ariza topshirish havolasi: https://forms.gle/R6CwPYbu3jLQ77jD6

Erasmus+ jamoasining bir qismiga aylaning va O‘zbekistonda xalqaro ta’lim imkoniyatlarini rivojlantirishga o‘z hissangizni qo‘shing!


🔁 English

🌟 Website | Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#Topshiringlar

O'zbekistondagi Erasmus + jamoasida ishlashni xohlovchilar uchun zo'r imkoniyat 👆🏻
9
Forwarded from Grantlar.uz
JACAFA: Bakalavriat talabalari uchun 2 yil davomida 105 yevro oylik stipendiya olish imkoniyati!

Dasturga:
IT va kompyuter fanlari, dasturiy taʼminot muhandisligi, mahalliy qishloq xoʻjaligi / oziq-ovqat ishlab chiqarish, xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya, pedagogika va taʼlim, biznes boshqaruvi, iqtisodiyot, huquqshunosli sohalarida oʻqiyotgan;
– hozirda 2-kurs boʻlgan;
– 2026-yil, oktabrda 19 yoshdan kichik boʻlmagan va 23 yoshdan katta boʻlmagan;
– Oʻzbekistondagi OTMlarda tahsil oluvchi talabalar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 2 yilgacha 105 yevro oylik stipendiya
– Markaziy Osiyoda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish imkoni (xarajatlar qoplanadi)
– Yaponiyaga bepul sayohat qilish imkoni

Arizalar 2026-yil 15-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ozbekistonlik-talabalar-uchun-2-yil-davomida-100-yevro-oylik-stipendiya-olish-imkoniyati/

@grantlar
1
#Topshiringlar

Ba’zi imkoniyatlardan faqatgina ma’lum vaqtdagina foydalana olasiz. JACAFA ham shunday imkoniyatlardan biri. Hozir o’tkazib yuborsangiz keyin xohlasangiz ham topshira olmaysiz.

2-kurs tanishlaringizga yuborib qo’ying ✈️
8
Ikkita muhim yangilik!

Keyingi yil chet elda o'qishni orzu qilyotgan bo'lsangiz shu yoz tayyorlanishning ayni vaqti!

1. Mutlaqo tekin bo'lgan International Summer Camp uchun qabul ochildi! Ushbu campga maktab o'quvchilari ham, bakalavr va magistr talabalari ham, o'qishni tamomlaganlar ham topshira oladi.

2. Siz bu Campga xohlasangiz ishtirokchi, xohlasangiz organizator sifatida ham topshirishingiz mumkin. Bunda avvalgi yillarda campda ishtirokchi bo'lib qatnashganlarga ustunlik ham berilishi mumkin.
6🔥1
🇺🇸 AMERIKA IMMIGRATSIYA VA VIZA XIZMATLARI

Hujjatlaringizni ishonch bilan bizga topshiring!

Student vizasi (F-1)
Turistik vizasi (B1/B2)
Green Card (DV) hujjatlari bo‘yicha yordam
I-130 (turmush o‘rtog‘ini immigratsiya uchun chaqirish) arizasini tayyorlash
DS-160 va boshqa immigratsiya shakllarini to‘ldirish
Viza suhbatiga professional tayyorlash

💼 Hamyonbop narxlarda, tezkor va sifatli xizmat.

⚠️ Viza yoki immigratsiya hujjatlaridagi bitta kichik xato ham arizangizning kechikishiga, qo‘shimcha xarajatlarga yoki rad etilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hujjatlaringizni tajribali huquqshunoslik yo’nalishi bo’yicha bakalavr va magistr darajasiga ega xodimlar bilan tayyorlang.

📞 Oldindan bog‘laning va konsultatsiya oling.

📩 Murojaat uchun: @MsLawyer1