Keyingi bekat..?
1.55K subscribers
19 photos
4 videos
5 files
59 links
Download Telegram
Vaalaykum assalom

3-kursligingizda NSP (Slovakiya) almashinuv dasturiga topshira olasiz. Xuddi Erasmus + ga o’xshaydi, Slovakiyada bir semester grant asosida o’qish imkonini beradi. O’qish xarajatlari, sug’urta, aviabilet hammasi qoplanadi va oylik stipendiya ham beriladi.
9💋5
Vaalaykum assalom

IELTS sertifikati odatda deadlinegacha topshirilishi so’raladi. Judayam kam holatlarda siz ular so’ragan darajani yuklashingiz shart bo’lmaydi, masalan dastur C1 daraja so’ragan bo’lsa siz B2 bilan ham topshira olasiz. Lekin o’qishga kirganingizdan keyin ular ma’lum vaqtni belgilab shungacha C1 qilasan deydi. Mana shunaqa holatlar uchrab turadi. Lekin umuman IELTS yuklamaslik holatlari haqida bilmayman.
🔥6
Savollar judayam ko’payib ketdi. Yakshanba kuni chat qivoramizmi?
Anonymous Poll
86%
Ha, yaxshi bo’lardi
6%
Yo’q, shart emas
7%
Boshqa variant bor, kommentda yozaman
Forwarded from Shodiyor | Grants Hunter
"Germaniya universitetlariga qanday topshirsam bo'ladi" degan savol botga ham, izohlarga ham juda ko'p keladi. Ushbu postda qisqacha, lekin yetarlicha informativ tarzda javob berib ketaman.

1 - qadam. Universitet tanlang! Universitetni ushbu xalqaro reytinglardan tanlashingiz mumkin. Xalqaro reytinglar haqida [bu yerda] tanishing.

2 - qadam. Germaniya universitetlariga qabul davrlari va ta'lim haqida ma'lumotlar bilan tanishing. Bular haqida esa [bu yerda] batafsil tanishasiz.

3 - qadam. Germaniya universitetlariga topshirish uchun mo'ljalangan platformalar bilan tanishing. Ular (Uni-assist yoki Direct application bo'lishi mumkin) haqida esa [bu yerda] ma'lumot olishingiz mumkin.

4 - qadam. Hujjatlarni tayyorlash. Universitetlarga qabul uchun kerakli hujjatlar esse, CV, tavsiyanomalar va boshqa asosiy hujjatlar bilan batafsil [bu yerda] tanishsangiz bo'ladi.

5 - qadam. Germaniya universitetlarida o'qish imkonini beradigan dasturlar bilan tanishish. [Bu yerda, bu yerda, bu yerda, mana bu yerda va bu yerda] shunday dasturlarning ayrimlari bilan tanishishingiz mumkin.

Telegram | Youtube | Mentorlik xizmatlari | Ads_Service
4
🎓 Erasmus Mundus: SMACCs — Smart Cities & Communities

Engineering yo‘nalishidagilar uchun eng kuchli magistratura grantlaridan biri.

Kimlar topshira oladi?

Quyidagi yo‘nalishlardan Bachelor yoki Master diplomi bo‘lganlar:
Mechanical / Electrical / Civil
Chemical / Environmental
Computer engineering / Computer science
Energy
Physics / Chemistry / Math
Economics (faqat engineering background bo‘lsa)

📌 Talablar (Requirements)
Diplom (yoki oxirgi kurs: diplom 15-sentyabrgacha olinadi)
2 ta recommendation
Motivatsion xat
Transkript
Passport

🔤 Ingliz tili talabi (Language)

IELTS 6.5 (min 5.5)
TOEFL iBT 90
Yoki 100% English-taught diploma (rasmiy tasdiq bilan)

🌍 Hamkor davlatlar

🇧🇪 Belgium— University of Mons
🇬🇷 Greece — International Hellenic University
🇪🇸 Spain — University of the Basque Country
🇫🇮 Finland — University of Vaasa

🧳 Nimalar qoplanadi?

EMJM grant quyidagilarni qoplaydi:
To‘liq kontrakt
Oylik stipendiya
Sug‘urta
Aksar safar xarajatlari

Deadline: 1-fevral 2026

🔗 Batafsil ma’lumot uchun: https://www.smaccs.eu
🔥92
Fevralda qabul tugaydigan Erasmus Mundus Dasturlar.pdf
87.1 KB
Juda ko'pchilik Erasmus Mundus haqida endi bilib qoldim, deadlinelar yanvargacha ekan ulguramanmi deb yozishyapti.

80% deadlinelar yanvargacha to'g'ri, lekin fevral oyida ham ba'zi dasturlar qabuli ochiq bo'ladi.

Siz uchun fevral oyida ham qabul ochiq bo'ladigan ba'zi dasturlar ro'yxatini yuboryapman.

Manfaatli bo'lsa do'stlaringiz bilan ham ulashing ☺️

@NextStopSuccess
🔥71
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
10🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko’pchilik Erasmus Mundus haqida batafsil ma’lumot berishimni so’ragani tufayli sizlar uchun maxsus video dars tayyorladim. Ushbu videoda:
- Erasmus Mundus nima va imkoniyatlari;
- Grant nimalarni qoplashi;
- Kimlar topshira olishi;
- Qanday hujjatlar talab qilinishi;
- Oila bilan topshirsa bo’ladimi?
- CEFR bilan topshirsa bo’ladimi?
- Diplom O’zbekistonda o’tadimi?
- Yosh chegarasi bormi? kabi mavzu va savollarga javoblar qamrab olingan.

https://t.me/NextStopSuccess
🔥174👍4👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum hammaga 🥰

Bugun Erasmus Mundus bo’yicha yangi dars yuboryapman. Ushbu videoda:

- Erasmus Mundus dasturlarini qayerdan topamiz?
- O'zimizga mos dasturni qanday aniqlaymiz?
- Qayerdan hujjat topshiramiz?
- 3 ta universitet hamkorlik qilgan bo'lsa uchalasiga ham alohida hujjat topshiramizmi?
- Deadlinelar qanaqa?
-Til bilish darajasi qancha so'ralgan? kabi savollarga javoblar qamrab olingan.

Manfaatli bo’lsa ulashib qo’yish esingizdan chiqmasin ☺️

https://t.me/NextStopSuccess
🔥138
Ingliz tilidan boshqa tillarda ham hujjat topshirsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum, samimiy fikrlaringiz uchun kattakon rahmat 🥰❤️

Erasmus Mundusda asosiy o‘qitish tili - ingliz tili. Shuning uchun barcha dasturlar ingliz tilidan sertifikat so‘raydi.

Lekin ba‘zi dasturlar ingliz tilidan boshqa masalan, ispan, fransuz, nemis tillarida ham olib boriladi. Bu dasturlarda ingliz tilidan tashqari mana shu tillarning yana biridan sertifikat taqdim etish kerak bo‘ladi.

Masalan, Fransiya, Niderlandiya, Ispaniya hamkorlik qilib bitta dastur tashkil qilishsa, Fransiya men fransuz tilida o‘qitaman, Niderlandiya, Ispaniya biz ingliz tilida o‘qitamiz deyishi mumkin. Shu holda ham fransuz, ham ingliz tili sertifikati talab qilinadi.

Farzandingiz masalan, TELME dasturiga (https://telme.hypotheses.org/application) topshira oladi. Bunda ingliz tili bilan birgalikda fransuz tilidan ham B2 sertifikat so‘ralgan. Faqatgina fransuz tili bilan topshirib bo‘lmaydi 🙈
👍86
Forwarded from Keyingi bekat..?
Fevralda qabul tugaydigan Erasmus Mundus Dasturlar.pdf
87.1 KB
Juda ko'pchilik Erasmus Mundus haqida endi bilib qoldim, deadlinelar yanvargacha ekan ulguramanmi deb yozishyapti.

80% deadlinelar yanvargacha to'g'ri, lekin fevral oyida ham ba'zi dasturlar qabuli ochiq bo'ladi.

Siz uchun fevral oyida ham qabul ochiq bo'ladigan ba'zi dasturlar ro'yxatini yuboryapman.

Manfaatli bo'lsa do'stlaringiz bilan ham ulashing ☺️

@NextStopSuccess
🔥148👎2❤‍🔥1🙏1
🎓 QABUL OCHIQ: Erasmus Mundus – RESCO Master’s dasturi

🌍 Qayerlarda o‘qiladi?
🇭🇺 Vengriya (BME)
🇪🇸 Ispaniya
🇵🇹 Portugaliya
(Erasmus Mundus qo‘shma dasturi)

📚 Mos bakalavr yo‘nalishlari:
• Civil Engineering
• Mechanical Engineering
• Architectural Engineering
• Architecture, Engineering & Construction (AEC) bilan bog‘liq yo‘nalishlar

🎓 Akademik talab:
Kamida 3 yillik bakalavr (180 ECTS)

🌐 Ingliz tili talabi (3 yildan eski bo‘lmasligi kerak):
IELTS 6.5+
TOEFL iBT 80+

📄 Kerakli hujjatlar:
• Bakalavr diplomi va transcript
• Ingliz tilidagi tasdiqlangan tarjimalari
• Passport nusxasi
• CV
• Foto
• Motivation letter (max 2 bet)
• 1 ta recommendation letter
• Ingliz tili sertifikati

Erasmus Mundus scholarship deadline:
📅 28-fevral

🔗 Rasmiy sayt va ariza: bu yerda
2🔥1
📌 Сохраняйте даты | Поступление в TLF 2026/2027

Если вы планируете стать частью программы Technology Leaders of the Future, сохраните ключевые даты👇

Первая волна поступления:

• Дедлайн подачи заявок: 15 февраля.
• Онлайн-тест по математике: в удобное для кандидата время с 1 по 16 февраля.
• Письменный экзамен по математике: 21 февраля.
• Устные экзамены: март. Даты назначаются индивидуально для тех, кто прошёл предыдущие этапы.

Вторая волна поступления:
• Подача заявок и экзамены: март - апрель. Точные даты будут объявлены позже.

📍 Важно знать:
Участвовать можно только в одной волне. Если кандидат не проходит один из этапов первой волны, его участие во второй волне в рамках текущего набора не предусмотрено.

Рекомендуем подавать заявку уже сейчас — по опыту прошлого года количество заявок в первой волне может быть поменьше. Переходите по ссылке, чтобы занять своё место leaders.tech.

TLF | Technology Leaders of the Future
🔥2❤‍🔥1
10 sinf jiyanim Nodirbek Kiprda to’liq qoplanuvchi xalqaro maktabda o’qiydi. Hozir u o’qiyotgan dastur uchun ham qabul ochiq ekan. STEM sohasida o’quvchi tanishlaringizga jo’natib qo’ysangiz bo’ladi. Kanalida maktab o’quvchilari uchun xalqaro dasturlarni joylab boradi.
🔥4😍21
Anchadan beri anonimdagi xabarlarga javob bera olmadim. Hozir mana shu qizning savoliga javoban barcha boshqa chet elga o’qishga topshirishga tayyorlanyotgan talabalar uchun ham o’z maslahatlarimni yozaman.
5
Birinchi navbatda chet elda o'qishdan maqsadingizni aniqlab olishingiz kerak:

1. Haqiqatdan kuchli universitetlarda o'qib, kuchli ta'lim olishmi?
2. Yoki chet elga chiqsangiz bo'ldi, qaysi davlatda o'qisangiz ham farqi yo'qmi?

Agar maqsadingiz birinchisi bo'lsa ko'plab TOP universitetlar Amerika, Angliya, Avstraliya, Kanada va boshqa rivojlangan davlatlarda joylashgan. Tabiiyki , ushbu davlatlarda o'qish va yashash xarajatlari ham o'ziga yarasha. Bunday vaqtda siz qisman yoki to'liq grant yutib olmasangiz u yerda o'qish muammo bo'lishi mumkin.

Nima qilishingiz mumkin?

1. Mana shu davlatlardagi TOP universitetlarga topshirib universitetning o'zidan grant yutib olish. Ko'plab universitetlar applicantlarga 100% gacha grantlar taqdim etadi. Endi grant yutish imkoniyatingizni realistik baholab ko'ring.

Rostini aytaman: o‘rtacha natija bilan kuchli grant yutish juda qiyin.

Agar siz:
- yuqori IELTS (kamida 7.0+)
- kuchli SAT (agar talab qilinsa)
- maktabdagi juda yaxshi GPA
- faoliyat (volunteerlik, loyihalar, leadership)
bo‘lmasa, to‘liq grant masalasi murakkablashadi. Eng kuchli grantlar juda raqobatli.

2. TOP universitetlarga hujjat topshirish va grant yutmagan taqdiringizda ham davlatdan yordam so'rash. Agar bilsangiz bizda O'zbekistonda yoshlarni chet-elda o'qishini qo'llab-quvvatlab moliyaviy yordam beruvchi El-yurt umidi jamg'armasi mavjud. Ushbu jamg'arma agar siz TOP 100, 300 va hokazo universitetlarga o'qishga kirgan bo'lsangiz va sizda potensial ko'ra olishsa o'qishingizni, yashashingizni to'liq qoplab beradi. Faqat esda tutingki, bu jamg'armani yutish ham juda raqobatli. O'ziga yarasha imtihonlardan o'tishingiz kerak bo'ladi.

Xulosa, maqsadingiz TOP universitetlarda o'qish bo'lsa o'zingiz ham shunga yarasha kuchli va bilimli, raqobatbardosh bo'lishingiz shart. Grant yutish oson narsa emas, shu bilan birgalikda ilojsiz ham emas. Sizdan yaxshiroq o'qish va izlanish talab qilinadi xolos.
18
Endi maqsadingiz shunchaki chet elda o'qish, qaysi universitetligi farqi yo'q bo'lganda qanday variantlaringiz bor ko'rib chiqamiz.

1. Birinchi navbatda, natijalaringiz o'rtacha bo'lsa va grant yutish ehtimolingiz pastroq bo'lsa siz Yevropadagi boshqa raqobat kamroq va grant berish ehtimoli yuqori bo'lgan dasturlarni ko'rib chiqishingiz mumkin. Masalan, Turkiye Burslari (Turkiyada o'qish uchun), Stipendium Hungaricum (Vengriyada o'qish uchun) ham bakalavrlarga, ham magistrlarga grantlar taqdim etadi. Hech qanday SAT talab qilinmaydi va til bilish talablari ham juda yuqori bo'lmaydi. Mana shunga o'xshash Yevropadagi grantlarni ham izlab bemalol yuta olishingiz mumkin, ammo siz o'qiydigan universitet odatda TOP 300 yoki 500 bo'lmasligi mumkin.

2. Bunda ham grant yuta olmasangiz siz boshqa o'qish va yashash nisbatan arzonroq davlatlarga o'qishga topshirishingiz mumkin. Masalan, Polsha yoki Latviya kabi davlatlarda o'qish Aqsh yoki Kanadada o'qishdan ancha barobar arzonga tushadi. Siz Yevropada o'qiysiz va bemalol Yevropa Ittifoqi bo'ylab sayohat qilish imkoniyatingiz bo'ladi.
12
Agar siz ayni damda bakalavr 3-kurs talabasi bo’lsangiz yoki magistr, PhD talabasi bo’lsangiz Slovakiya davlatida almashinuv dasturiga topshira olasiz.

Dastur borish- kelish, o’qish xarajatlarini qoplaydi va oylik stipendiya bilan ta’minlaydi.

Batafsil
👍86