"Keyingi bekat..?"
Hayotimda ikki marta kuchli ikkilanishga duch keldim: birinchisi – o‘qishga kirganimda, ikkinchisi – hozir, bitirish arafasida turibman. Har ikki holatda ham bir savolni o‘zimdan so‘radim: "Endi nima qilaman?" O‘qishni boshlaganimda bu savolga javobim aniq emas edi, endi esa o‘qishni bitirib, yangi bosqichga qadam qo‘yishga tayyor bo‘lganimda, hali ham bu savolni o‘zimga beraman.
Men Muxlisa Bahromova, Toshkent Davlat Yuridik Universitetining 4-kurs talabasi, 21 yoshdaman. Hozirda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi orqali Germaniyaning Saarland Universitetida grant asosida tahsil olmoqdaman. Bundan oldin Polshaning Gdansk Universitetida ham grant asosida o‘qish tajribasiga ega bo‘lgan edim. Menimcha, biz yoshlar hozirda o‘z yo‘limizni aniqlashda o‘ta ko‘p qarorlar qabul qilishimiz kerak. O‘qishni bitirgach, kimdir magistraturaga, kimdir ishlashga, ba’zilari esa oilaviy hayotga tayyorlanmoqda. Ammo, aslida, "keyingi bekat"ni aniqlashda ko‘pchilik boshi qotgan, shu jumladan men ham.
Mana shu kanalda, o‘z tajribam va izlanishlarim orqali, sizga ham o‘z yo‘lingizni topishda yordam berishga harakat qilaman. Dunyo hozir imkoniyatlarga boy – grantlar, stipendiyalar, chet elda ta’lim olish va ko‘plab dasturlar sizni kutmoqda. Balki, siz ham mana shu kanal orqali o‘zingizning "keyingi bekatingizni" topib qolarsiz-a?
@NextStopSuccess

❤18❤🔥2👍2🔥2👏2🤩1
Bu kanalni birgalikda grantlar, stipendiyalar, volontyorlik ishlariga, suhbatlarga va vizalarga topshirishga tayyorlanish uchun ochdim. Men o‘zimni sizlardan ustun ko‘rmayman, shu dasturlarga birgalikda topshirib, omadimni sinab ko‘raman va sizlarga yordam berishga tayyorman.
Bu yerda faqat imkoniyatlar haqida emas, balki birgalikda tayyorlanamiz. Application jarayonidan boshlab, motivatsion xat, CV, rezyume va boshqa hujjatlarimizga bir-birimizga feedback berib, o‘zaro yordam qilamiz.
Shu tarzda birgalikda keyingi bekatimizni aniqlashga yordam beramiz!

❤3❤🔥2🔥2👍1👏1😁1
Ertadan boshlab YPIP (Youth Professional Internships Program) dasturi uchun hujjat topshirishni boshlaymiz! Men ham avvaliga dangasalik qilib, deadline'ni surib yurgan edim, lekin endi birgalikda harakat qilishimiz osonroq bo‘ladi. 💪
YPIP – bu yoshlar uchun biznes va STEM (fan, texnologiya, muhandislik, matematik) sohalarida amaliyot o‘rganish imkoniyatini beradigan haq to'lanadigan amaliyot dasturi. Dastur o‘quvchilarni real dunyo tajribasi, professional rivojlanish va xalqaro aloqalar o‘rnatish imkoniyatlari bilan ta’minlaydi.
Dasturning maqsadi:
📌Yosh O‘zbekistonliklarni biznes va STEM sohalarida professional salohiyatini oshirish va ularga zarur bilim va ko‘nikmalarni berish.
📌Ishtirokchilarga o‘z kasbiy tarmog‘ini kengaytirish, soha yetakchilari bilan tanishish va xalqaro miqyosda tajriba orttirish imkoniyatini yaratish.
3-4 kurs bo‘lib qayerda amaliyot qilishni bilmay gandiraklab yurganlar uchun YPIP – juda zo‘r imkoniyat! 😄 Dastur Amerika elchixonasi tomonidan tashkil etilyotgani bois agar bu dasturda yutsangiz CV ingiz uchun juda katta burilish yasagan bo'lasiz :)

🔥3❤1👍1👏1👌1
Ayni damda umumiy muhokama qilishimiz mumkin bo'lgan guruh uchun mavzular yaratish bilan bandman. Har bir topshiryotgan dasturimiz uchun alohida guruhda alohida mavzu ochiladi. Va men o'sha guruhga xuddi shu dasturni yutgan kishini biriktirib qo'ymoqchiman. Birgalikda ularning ham tajribalaridan bilib, so'rab o'rganish imkoniyatimiz bo'ladi.
Sizni yana qaysi dasturlar qiziqtiradi va ularni aynan o'zi yutgan odam tomonidan o'rganishni rejalashtirib yuribsiz? Izohlarda yozib qoldirsangiz sizga yordam berishga tayyormiz 😊
Ertaga YPIP dasturi uchun sizlarga zo'r mentor topib qo'ydim 😍
Guruh linki:
https://t.me/keyingi_bekat_muhokama

❤3🥰2❤🔥1🔥1👏1🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum! Men hozir YPIP dasturiga hujjat topshirish jarayoni bo‘yicha kichik video qo‘llanma tayyorladim va hozir sizlar bilan eng muhim faktlarni bo‘lishmoqchiman.
‼️ Muhim ma’lumotlar:
Deadline: 8-dekabr 2024.
Kimlar: Hozir 3 yoki 4-kursda o‘qiyotgan yoki 2025 yil may oyida bitiradigan talaba bo‘lishingiz kerak.
1️⃣ Motivatsion esse (500 ta so‘z):
Nima uchun YPIP dasturiga topshiryapsiz?
Amaliyot uchun malakalaringiz va bu dastur orqali karyera maqsadlaringizga qanday erishmoqchisiz?
Bu dasturdan olgan bilimlaringizni o‘quv yurtiga yoki professional maqsadlaringizga qanday qo‘llaysiz?
2️⃣ Tavsiyanoma:
Universitetdagi akademik maslahatchi, bo‘lim boshlig‘i yoki sizning o‘quv yutuqlaringizni yaxshi biladigan boshqa rasmiy shaxsdan.
Tavsiyanoma rasmiy universitet blankasida bo‘lishi va quyidagi tillardan birida yozilishi mumkin: Ingliz, Rus yoki O‘zbek.
3️⃣ Rasmiy transkript
4️⃣ Resume yoki CV
5️⃣ Ingliz tili sertifikati:
IELTS, TOEFL, Duolingo, CEFR yoki boshqa sertifikat.

❤2👍1🔥1👏1😁1🦄1
Demak, bugungi qiladigan ishlarimiz: motivatsion xat yozib boshlash va universitetdan sizni yaxshi biladigan o'qituvchini ko'z ostiga olib qo'yish 😀
@NextStopSuccess
@NextStopSuccess
❤1👍1🔥1
Motivatsion xatda o'zim ishlatadigan ba'zi qoidalar:
1. Umumiy gaplardan qochish.
Motivatsion xatingizni o‘qiganlar "Nima uchun aynan sizni tanlashimiz kerak?" savoliga javob olishlari kerak. Shu sabab, barcha gaplaringizni o‘zingizning shaxsiy tajribangizga asoslang.
O‘zingizni loyihaning talablariga mos ekaningizni misollar orqali ko‘rsating.
Masalan, "Menga liderlik qilish yoqadi" o‘rniga: "Universitetda talaba klubi rahbari sifatida 20 dan ortiq talabani boshqardim va bu tajriba men uchun katta saboq bo‘ldi."
2. Raqam va natijalarni kiritish.
Ko‘proq isbotlangan natijalar va dalillar keltiring. Bu motivatsion xatingizni kuchaytiradi:
Masalan:
"Universitetning biznes bo‘yicha tanlovida qatnashib, 2-o‘rinni egalladim va innovatsion g‘oyam uchun stipendiya yutib oldim."
3. O'zim haqimdagi ma'lumotlarimni CV va rezyumedagi ma'lumotlarimga asos qilib olish.
Bu CV va motivatsion xat bir-birini to'ldirishi kerakligini anglatadi. Agar CV imda "X tanlovda qatnashganman" deb yozgan bo'lsam motivatsion xatda o'sha narsani yanada ochib berib, bugungi loyiha bilan bog'layman.

❤2👍1🔥1
Agar motivatsion xatingizni yozib bo'lsangiz https://t.me/keyingi_bekat_muhokama/1 guruhidagi YPIP mavzusiga jo'natishingiz mumkin (xohlasangiz shaxsiy ma'lumotlaringizni o'chirgan holda). U guruhda o'tgan yilgi shu dastur g'olibi Marjona essaylarni tekshirib xatolarimizni to'g'irlashda yordam beradi.
Dasturga doir barcha savollaringizni o'sha guruhga yo'llashingiz mumkin.
@NextStopSuccess
Dasturga doir barcha savollaringizni o'sha guruhga yo'llashingiz mumkin.
@NextStopSuccess
👍2👏2❤1🔥1
Agar siz bakalavriatni endigina tugatyotgan bo'lsangiz va magistraturani Yevropada o'qish niyatingiz bo'lsa Erasmus Mundus dasturi siz uchun zo'r imkoniyat 😊
Erasmus Mundus nima?
Erasmus Mundus Joint Masters dasturi bir yoki bir nechta Yevropa universitetlari tomonidan birgalikda taklif qilinadigan magistratura kurslaridan iborat. Bu kurslarning asosiy afzalligi shundaki, siz ikki yoki undan ortiq davlatda ta’lim olib, bir necha universitetlarning diplomiga ega bo‘lasiz.
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
✅ Har qanday millatga mansub bo‘lgan talabalar, shu jumladan O‘zbekistonliklar.
✅ Bakalavr darajasiga ega bo‘lgan yoki o‘qishni tugatayotgan talabalar.
✅ Kurs talablari bo‘yicha minimal baholarni (GPA) qoniqtiradigan talabalar.
Ariza topshirish uchun talablar
1️⃣ Bakalavr diplomi: Ba’zi dasturlar bakalavrni muayyan yo‘nalishda tugatishni talab qiladi.
2️⃣ Ingliz tili sertifikati: IELTS yoki TOEFL sertifikati talab etiladi (minimal ball har bir dastur uchun farq qiladi).
3️⃣ Motivatsiya xati: Nega ushbu dasturda qatnashishni xohlashingizni tushuntirgan insho.
4️⃣ Tavsiyanoma: Kamida 2 ta, odatda o‘qituvchilardan yoki ish beruvchilardan olinadi.
5️⃣ CV (rezyume): Europass formatida bo‘lishi tavsiya etiladi.
6️⃣ Pasport nusxasi: Amaldagi pasportingizning skan nusxasi.
Erasmus Mundus qanday imkoniyatlar beradi?
🔹 To‘liq moliyalashtirish: Sizning o‘qish xarajatlaringiz, yashash xarajatlari (oylik stipendiya), sug‘urta va hatto safar xarajatlaringiz ham qoplanadi.
🔹 Stipendiya miqdori: Har oy o‘qish muddati davomida sizga 1000-1500 yevro stipendiya ajratiladi.
🔹 Yevropaning turli shaharlarida o‘qish: Kamida 2 yoki undan ortiq mamlakatda o‘qish imkoniyati.
🔹 Kengaytirilgan ish imkoniyatlari: Dastur bitiruvchilari xalqaro mehnat bozorida juda raqobatbardosh hisoblanadi.
Erasmus Mundus dasturida nimalar qoplanadi?
✅ O‘qish xarajatlari (100% qoplanadi).
✅ Yashash xarajatlari uchun stipendiya (oyiga 1000-1500 yevro).
✅ Transport xarajatlari (mamlakatingizdan Yevropaga va Yevropada o‘qish joylari o‘rtasida).
✅ Sug‘urta (tibbiy sug‘urta dasturi).
Deadline qachon?
Erasmus Mundus dasturlari uchun ariza topshirish muddati odatda har yili oktabrdan yanvarga qadar davom etadi. Aniq muddatlar dasturga qarab o‘zgarishi mumkin, shuning uchun Erasmus Mundus rasmiy saytida o‘z yo‘nalishingizni tekshirib ko‘rishingiz kerak:
👉 Rasmiy sayt.

👍3🥰1
Forwarded from Marjona
Keyingi bekat..?
Photo
Join us tonight! Representatives from American Councils will be here to answer your questions.
🍾2
Keyingi bekat..?
Photo
Hozirgina voice chatda YPIP dasturiga 1-2 kurs talabalari ham qatnashishi mumkinligi aytib o'tildi. Buning uchun sizning rezyume, motivatsion xatingiz kattalar bilan raqobat qiladigan darajada kuchli bo'lishi kerak. Demak, 1-2 - kurs talabalari ham kuchingizni sinab ko'rsangiz bo'ladi. Yutsangiz juda yaxshi imkoniyat, yutolmasangiz ham katta tajriba bo'ladi.
@NextStopSuccess
@NextStopSuccess
🔥1😁1
Germaniya universitetlari uchun dedlaynlar.
Hozirdan tayyorlanib savollaringiz bo'lsa ushbu guruhda "Germaniyada ta'lim" mavzusida quyidagi insonlarni belgilab javob olishingiz mumkin.
Bakalavr uchun:
@Zukhridin_Bakhriddinov
Magistratura uchun: @RBekhzod

🔥1👏1
10 kun qoldi!
Ushbu guruhda YPIP dasturining 2024-yil alumnisi Marjona rezyume va motivatsion xatlarni tekshirib feedback beryapti.
Guruhga kirib YPIP mavzusi ostida @Phi_1618_m ni belgilab savollaringiz bo'lsa murojaat qilsangiz bo'ladi.
Faqat iltimos lichkada yozmang iloji bo'lsa, guruh hamma bir-biridan ko'rib o'rganishi uchun tashkil qilingan. Agar Marjonananing lichkasiga motivatsion xatingizni tashlab xatolaringizni bilib olsangiz-u boshqa kishi guruhda yana o'sha xatoni takrorlab yozadigan bo'lsa, hammaga javob berish Marjona uchun ham qiyinchilik tug'dirib qoladi. Iltimos, shuni ham inobatga oling 🙏

❤2
Keyingi bekat: Vengriya! 🇭🇺
Dunyo bo‘ylab minglab talabalar orzu qiladigan Stipendium Hungaricum grant dasturi Vengriyada bepul o‘qish imkoniyatini taqdim etadi. Agar siz ham xalqaro miqyosda sifatli ta’lim olishni xohlasangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 👇
Nimalar qoplanadi?
✅ To‘liq o‘qish to‘lovi (tuition fee)
✅ Oyiga stipendiya
✅ Yotoqxona yoki yotoq xarajatlarini qisman qoplash
✅ Tibbiy sug‘urta (asosiy tibbiy xizmatlar uchun)
Kimlar ariza topshira oladi?
✅ Vengriya hukumati bilan ikki tomonlama ta’lim kelishuvi mavjud mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston fuqarolari.
✅ Kamida maktab yoki bakalavr darajasiga ega bo‘lgan talabalar.
✅ Ingliz tilida ta’lim olish uchun yetarli til bilimiga ega bo‘lganlar (IELTS, TOEFL yoki universitet talab qilgan boshqa sertifikatlar).
🗂Kerakli hujjatlar:
Passport nusxasi
Diplom yoki baholar ilovasi (academic transcript)
Til sertifikati (IELTS yoki muqobil hujjat)
Motivatsiya xati
Rezyume (CV)
Tavsiyanoma (1 yoki 2 ta)
Tibbiy ma’lumotnoma
📅 Arizalar muddati: Har yili dekabr oyidan fevral oyigacha davom etadi.
🔗 Dastur haqida rasmiy ma’lumot: Stipendium Hungaricum rasmiy sayti