NeoJadid
1.59K subscribers
97 photos
27 videos
10 files
217 links
Dunyoga o'zbekona nazar.

Aloqa: @NeojadidBot
Download Telegram
NeoJadid
Mahluqlar Akademiyasi... 1-5 sinflardagi farzandingizga matematikani puxta o'rgatmoqchi bo'lsangiz, Beast Academy onlayn kursini (yoki kitoblarini) isrorla tavsiya qilaman. Bu kurslarga hozircha sarflagan 100 dollarim kamida 5-6 ming dollarlik qiymat beryapti…
Mana bu (Beast Academy va Singapore Math) metodikalariga qo'shimcha sifatida...

Farzandi 5 sinfdan yuqori yoki o'zi matematikani noldan o'rganmoqchi bo'lganlar (masalan, talabalar) MathAcademy'ni sinab ko'rsin. Narxi ozgina qimmatroq (oyiga 50 USD) bo'lishi mumkin, lekin samarasi yuqori ekan. Twitter, Reddit'da odamlar rosa maqtayapti.

Q,s. Aytgancha, Beast Academy'da o'qiyotgan qizim SASMO 2026'da oltin oldi. Ya'ni, BA haqiqatdan ham sifatli ekanligiga yana bir dalil.
NeoJadid
Mana bu (Beast Academy va Singapore Math) metodikalariga qo'shimcha sifatida... Farzandi 5 sinfdan yuqori yoki o'zi matematikani noldan o'rganmoqchi bo'lganlar (masalan, talabalar) MathAcademy'ni sinab ko'rsin. Narxi ozgina qimmatroq (oyiga 50 USD) bo'lishi…
O'zi, bora-bora, farzand (intellektual) tarbiyasi uchun eng ma'qul strategiya, O'zbekiston (ya'ni, cheklangan resurslar) sharoitida, quydagichamikin deb o'ylab qolyapman:

1. Farzand eng yaqin davlat maktabiga beriladi. Yoki, iloji bo'lsa, kuni bilan band qilmaydigan, hususiy maktabga, lekin bu shart emas.
2. (Majburiy) BA yoki MathAcademy kabi matematika kurslarni qildirish.
3. (Majburiy) Badiiy adabiyot o'qtirish.
4.. (Yarim majburiy) biror bir sport turi bilan shug'ullantirish.

Qolgan hamma narsa ixtiyoriy. Parvona tarbiyadan (helicopter parenting) aniq voz kechish kerak, bola hayotini turli hil kurslar (IELTS, robotexnika va hkz) bilan to'ldirib tashlamaslik kerak. Yahudiylarda bir gap bor: bolaga suzishni o'rgatgin-u, dengizga uloqtir. "Suzishni o'rgatish" bu kontekstda "matematika + badiiy kitob o'qish". Qolgani shart emas.


Ushbu "dastur":
- ota-ona ozgina faolroq bo'lishini, bolaning intellektual rivojini outsorsing'ga berib yubormasligini taqozo etadi,
- davlat maktabida ham, hususiylarda ham fizika, himiya, adabiyot kabi muhim darslar abgor holatda degan da'vodan kelib chiqqadi.

IMHO.
Tarixiy parallellar
Buxoroda zamonasining “blogerlarini” nima qilishgan:

Rusiya imperatorining taxtdan tushgani, rus hukumatining xalq qo‘lig‘a qo‘chdigi Buxoro hukumatig‘a inqilobning haqiqati va inqilobchilarning tilaklarini bildurdi.
Inqilobchilarning himoyasig‘a sig‘ing‘an yoshlardan (zamosining "faollaridan") Buxoro hukumati biroq qo‘rqdi. Ko‘b o‘ylovlar, tushunchalar va qarorsizliklardan so‘ng belguli bir qarorg‘a keldi. O‘zi uchun ikki yo‘l tayin etdi: vijdon va imonlarini sotaturg‘an «oqcha quli» afandilarni sotib olmoq va oltun tuzoqg‘a tushmas yoxud oltung‘a qaramaslarini turli bahonalar bilan u dunyog‘a (o'ldirib) yubormak!

Hukumatdan bo‘lmag‘an va ko‘nglidagini tilinda olg‘an mazlumlarni (ya'ni, sotilmaganlarni) o‘g‘rilik tuhmatila tutdirib, qiynab iqror qildirmoq bahonasi bilan yalang‘och qorinlarig‘a yuz-ikki yuz tayoq urg‘andan keyin tarbuz suyi ichiradir. Bechoralar tarbuz suyini ichkandan so‘ng shishib o‘larlar!..
Fitrat, “Buxoro holati”, 1918
Bolalar, adajoningizning Claude tokeni tugab qoldi... endi soat 3'gacha sizlar bilan o'ynashga vaqti bo'ladi.
Ulug‘bek Po‘latov
Bugundan tabaqalashgan ta’lim uchun hujjatlar qabuli boshlandi

Qabul 14-iyunga qadar my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

Imtihondan muvafaqqiyatli o’tgan bolalar yaxshi sharoitli, ta’lim sifati yuqori bo’lgan maktablarda, o’tolmaganlar esa yana o’sha o’zining oddiy maktabida o’qishini davom ettiradi.
Ta'limshunoslarimiz maktabga faqatgina ta’lim muassasasi sifatida qarashga moyil. Har qanday "meritokratiya" tabu bo'lgan sovet pedagogikasi tamoyillaridan voz kecholmagan mutaxassislarimiz maktabning ijtimoiy vazifasi o‘quvchiga muayyan bilimlar majmuini “singdirish” va uning xulq-atvorini tuzatishdan iborat deb biladilar. Maktabning sinovchi, saralovchi va taqsimlovchi funksiyalariga umuman e’tibor bermaydilar. Vaholanki, maktabning ushbu vazifalari “ma’rifat” va “ta’lim berish”dan kamroq ahamiyatga ega emas.

"Prezident maktablariga" qarshilik ham shu funskiyalarini tushunmaslikdan, jamiyatga elita kerakligini anglamaslikdan kelib chiqadi. Jamiyatda intellekt elitasi shakllanmagan bo'lsa, mashshoq va mansabga tayangan "byurokratlar" elitaga aylanaveradi.

Iqtibosda "tabaqalashgan ta'lim" tushunchasi ham noto'g'ri ishlatilgan. Prezident maktabida faqatgina prezident, amaldor va boylarning bolasi o'qisa, bu tabaqalashgan ta'lim hisoblanishi mumkin. Lekin (hozircha!) IQ bo'yicha holis saralangan eng olis qishloq bolasi ham Prezident maktabida o'qishga imkoni bor ekan, "prezident maktabi" shunchaki sifatli (tabaqalashmagan) ta'lim dargohi bo'ladi. IQ tengsizligi esa tengsizliklar orasida yagona maqbul tengsizlidir.

Hullas, prezident maktablari va shu kabi saralovchi "elitniy" maktablar jamiyatga kerak. Ayniqsa, biz kabi tabiiy elitasi hali shakllanmagan noteng jamiyatda.

Imho.
Kelajak baxs-munozarasi: mening LLM'im senikidan katta :)

*Large Language Model (LLM)
SSSR davlati qulaganining ertasi. Kolhozda yig‘ilish.

Kolhoz raisi:

Muhtaram jamoa, bugungi yig'ilishning kun tartibida ikki masala turibdi:
1. Butun xalq mulkini qarindoshlarim orasida taqsimlab berish.
2. Sizga qoladigan kolhoz hojatxonasini qizil rangga bo‘yash.

Xalq: Nega aynan qizil rang?

Rais: Birinchi masalada e’tiroz yo‘qligidan xursandman. Ikkinchi masalani muhokama qilaylik. Qizilga qarshi bo‘lsanglar, boshqa qanday rangni xohlaysizlar?
Jalilov. Qaydlar
Oʻzbekiston adabiyot, madaniyat va sanʼat vakillariga (albatta, hammasiga emas) bir savolim:

Nega bunchalik (uzr-ku, koʻngilni aynitadigan darajada) maddohsizlar?
Dolzarb savol. Fikrimcha, javob ziyoli (intelligent) bilan intellektual (san'atkor, ahli ilm, diplomli mutaxassis) o'rtasidagi farqqa borib taqaladi.

Bizda intellektuallar ko'p, ziyolilar yo'q. Bularning o'rtasida qanday farq bor?

Sinchalak degan qush «osmon tushib ketsa ushlab qolaman» deb oyog‘ini osmonga ko‘tarib yotar ekan!

Ziyoli ham osmon uzilib tushsa, uni ushlab qolishga men ma'sulman deb o'ylaydigan insondir. Hamlet noliganidek,

"Zamon izdan chiqdi, o, bu mash'um bir alam,
Uni izga solmoq uchun tug'ilgandayman!"

Mana shu, dunyo fasodga uchragani va bu izdan chiqqan zamonni isloh qilish uning zimmasida ekanligi hissiyoti ziyolining intellektualdan (san'atkordan, imomdan va hkz) asosiy farqini tashkil etadi. Ya'ni, ziyoli "befarq bo'lmagan" insondir.

Ziyolilar "odamga o'xshab" karyera, biznes kabi maishiy ishlar bilan band bo'lib yurishni juda xohlar edi, shunga ko'nika olsa faqatgina hursand bo'lar edi, lekin maishatga berilib ketsa ichida qandaydir mavhum azob sezadi, nimagadir xiyonat qilayotgani hissidan qiynalib ketadi.

Qahhorning qissasida sinchalak Saida kolxozning zo'ravon raisi Qalandarov bosimiga "Otam tengi odamsiz, lekin aqlim yetib turgan gapni gapirmasdan ham turolmayman" deb javob beradi. Ziyolining ikkinchi vazifasi ham mana shundan iborat: aqli yetgan haqiqatni iqtidorga, qudratga tik gapirish. Ya'ni, ziyoli “to‘g‘ri so‘zlar so‘zlaydi mumkin qadar, xoh onasi ranjisun, xohi padar”.

Iqtidor bu yerda amaldagi hukumat yoki jamiyatdagi hukmron norma va an'analar ham bo'lishi mumkin. Ya'ni, ziyoli uchun "avtoritetlar" yo'q.

Befarq bo'lmaslik va haqiqatni iqtidorga gapirish ziyolini intellektualdan, diplomli mutaxassisdan, san'atkordan, ahli ilmdan ajratib turadigan asosiy alomatdir. Intellektual (ahli ilm, san'atkor) ham ziyoli bo'lishi mumkin (odatda ziyolilar shulardan chiqadi), lekin bo'lmasligi ham mumkin.
Joyimizdan ikki marta turmaslik uchun...

G'azoliy "Ihyo"sida siyosatning uch turi bor deydi: payg'ambarlar, prezidentlar va ziyolilar siyosati.

Payg'ambarlar siyosati insonning ham tashqi, ham ichki dunyosini isloh qilish orqali ham mamlakatni tanazzuldan, ham inson ohiratini (jahannamdan) qutqarishga qaratilgan. Bu to'liq siyosat, lekin payg'ambarlar davri o'tgani bois, boshqa bunday siyosat qaytarilmaydi.

Prezidentlar siyosati faqatgina tashqi dunyoga ta'sir qila oladi, insonning ichki holini (fikri, e'tiqodi, ahloqi va nafsini) isloh qilolmaydi. Shu sababli bu zaif va yarim siyosatdir.

Uchinchisi, payg'ambarlarning vorisi bo'lmish ziyolilarning siyosatidir. Bu yerda bir kichik izoh: "olimlar, ahli ilm" maqomiga hozirda madrasa bitiruvchisi bo'lmish ruhoniylar sinfi monopol davogar bo'lmoqda. Lekin G'azoliy "ahli ilm" deganda aynan ziyolilarni, oydinlarni nazarda tutgani yaqqol ko'rinadi. "Ahli ilm" ziyoli bo'lishi mumkin, bo'lmasligi ham mumkin.

Ziyolilarning siyosati ularga quloq tutganlarning faqatgina aql va qalbiga murojaat qiladi. Ziyolilar tashqi dunyoni tartibga soladigan kuch-qudratga ega emas. Shu sababdan, ularning siyosati ham yetarsiz va nuqsonlidir.

Siyosat yetarsiz va nuqsonli bo'lsa, ta'siri kam bo'ladi. Demak, na prezidentlar, na ziyolilar yakka o'zi insonni va jamiyatni fazilatli qila oladi.
Bu ikki siyosatga hos bo'lgan nuqsonni bartaraf etishning bir yo'li, prezidentlar va ziyolilarning ittifoq tuzishi va mushtarak bir siyosat yuritishidir.

Prezidentlar va ziyolilar birlashib harakat qilolmagan taqdirda, unda ziyolilarning siyosati amirlarning siyosatidan ustunroqdir. Chunki bu siyosatning malzamasi ilmdir. G'oyasi ham amri ma'ruf, nahiyul munkar. Ya'ni, din va ilmni o'rgatishdir, deydi G'azolliy.

Endi, 11 asrda ijod qilgan dindor bir faylasufning g'oyalari 21 asrdagi post-sovet o'zbeklariga naqadar taalluqli?

O'zbekning yangi tarixida ziyolilar deyarli hech qachon siyosatga ta'sir qilmagan. Aksincha, ular doimo amaldor qatlamiga (amir, xon va prezidentlar shunchaki amaldor qatlamining vakili) tobe bo'lgan. Bu qoidadan faqatgina bir istisno bo'ldi: jadidlar.

Jadidlar tarixiy anomaliyadir, boshqa bunday imkon o'zbekda avval bo'lmagan va keyin ham bo'lmadi, afsus. Negaki, bo'xronli 1905-1930 yillarda doimo o'zbekni bo'g'ib kelgan hukmdor amaldor sinfining tutami ozgina bo'shadi va o'zbek ziyolilari bundan jamiyat islohoti ilinjida samarali foydalanib qoldi.

Natijada, birinchidan, o‘zbek adabiyotining oltin asri boshlandi: biz bilgan zamonaviy o‘zbek adabiy tili aynan shu davrda shakllandi. Zamonaviy andozadagi she’riyat-u teatr san’ati qatorida romannavislik paydo bo‘ldi. Ayni shu pallada adabiyotning ulkan qoyalari – Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon o‘zlarining sara asarlarini yaratishdi.

Ikkinchidan, va eng muhimi, zamonaviy, biz bilgan O‘zbekiston Respublikasi vujudga keldi. Bunda na Buxoro amiri, Qo'qon yoki Xiva xonining, na kommunist Sharof Rashidovning, na birinchi prezident Islom Karimovning qo'li yoki hissasi bor. O'zbekistonga asos solinishi aynan shu o‘zlarini o‘zbek deb ko‘ra boshlagan O‘rta Osiyo musulmon ziyolilarining milliy harakatining g‘alabasi edi.

Ya'ni, o'zbek yangi tarixida adabiyotdan tortib siyosatgacha bo'lgan sohalarda pichoqqa ilinadigan nimaiki bo'lsa, bu o'zbek amaldori tuzgan "пятилетний план" yoki "harakatlar strategiyasi" tufayli emas, ziyolilarning hatti-harakati bilan sodir bo'lgan.

Hozirgi o'zbek millatining achinarli tanazzuli ham o'zbek ziyolisining qatlam sifatida tugatilishi bilan bog'liq. Va aksincha, o'zbek millatining "ihyosi" (tiklanishi) ham ziyolilarning qatlam sifatida ihyosi bilan bog'liq bo'lsa kerak.

Ziyolilarning yangi siyosati prezident (amaldor) siyosati bilan mushtarak bo'lsa, ko'pgina ortiqcha muammolarning oldi olinar edi.
Lekin, amaldor sinfining xalqqa nisbatan yondashuvini ko'ra turib, bu ketishda, ziyoli siyosati prezident siyosatiga zid, yoki kamida, tiyib turuvchi siyosat bo'lsagina, millatga foydali bo'ladi degan ishonch menda tobora kuchayib bormoqda.
Tarixchilar Baxtiyor Alimjonov va Ixtiyor Esanov o'zbekchilikning bugungi g'oyaviy xaritasini chizishga harakat qilishibdi.

Bu murakkab ish, chunki Baxtiyor Alimjonov to'g'ri ta'kidlaganidek, o'zbek tilida biror bir mafkuraga oid dasturiy hujjat/matnning o'zi yo'q. Biz bilmaymiz, o'zbek liberali/muhofazakori/sotsialisti (va hkz) kim ekanligini va nima xohlayotganini. Qizig'i, eng ta'sirli va qadimgi mafkura bo'lmish "islomchilarda" ham ko'rsatadigan hech narsa yo'q. To'g'ri, ularga ikki barobar qiyin, lekin boshqa jamiyatlarda (masalan, Turkiyada) dindor qatlam o'z qarashlarini otaturkchilarning qamchisidan qon oqib turgan eng qiyin davrlarda ham bayon etgan-ku.

G'oyaviy vakum oqibatida vaziyat absurdgacha boryapti. Masalan, islomofobligi va libertinligi bilangina tanilgan odamlar "o'zbek liberali" deb e'lon qilinyapti. Yoki, dindor bo'lgani uchungina kimdir "neo-qadimchi" deb tasniflanyapti. Holbuki, masalan, liberallarning "otasi" Jon Lok dindor odam bo'lgan va o'z asarini ham aslida diniy erkinliklar himoyasiga yozgan.


Xullas, Lenin aytganidek, birlashishdan avval yaxshilab bo'linib olish kerak. Jamiyatimizdagi turli mafkuraviy oqimlar o'z qarashlarini matn shaklida bayon etishi mana shu "avval bo'linib olib, keyin (balkim) birlashishga" yordam berardi. Kamida, who is who ekanligini aniqlab olar edik.

Q.s. Suhbat haqida nima deysizlar?
Rossiyada «Basmancha adolat» degan ibora mavjud. Sud o‘z hukmlarini qonunga tayanib emas, balki “tepadagilar” ko‘rsatmasi asosida chiqaradigan holatni tasvirlaydigan ushbu atama Moskva shahrining Basman tuman sudi nomidan olingan. Rossiya Bosh prokuraturasi va Tergov qo‘mitasi aynan Basman tumanida joylashgani bois bular nazoratidagi aksar shov-shuvli, hususan iqtidorga tahdid deb topilgan faollarni qamash, mulkni Putin yaqinlari orasida qayta taqsimlash (reyderlik) bilan bog‘liq ishlar Basman tuman sudida ko‘riladi.

Ohirgi paytlar dindorlar, sekulyar faollar, jurnalistlar bilan bog‘liq postlarda Shayhontohur IIB nomini ko‘p uchratyapman. Mana yana bitta jurnalistni siyosatga aloqasi bo'lmagan maqolasi uchungina (maqola Gazeta'dan o‘chirtirilgan) to‘rt soat “tarbiyalashibdi”.

Bu ketishda “Shayhontohurcha suhbat” tasavvuf ilmining yirik namoyandasi (tumanga o‘z ismini bergan) Shayx Xovandi at-Tahur huzuridagi ilmiy baxslarning emas, “Yangi O‘zbekistondagi” senzura va bosimlar ramzi sifatida tarixga kiradi.