Mana bu maqolada aytilishicha, hatto elite (Ivy League) universitetlari talabalari ham kitob o'qishda qiynalayotgan ekan:
Avvallari talabalar birinchi haftada "Pride and Prejudice"ni, ikkinchi haftada esa "Jinoyat va jazo"ni to‘liq o‘qib chiqib muhokama qilishda hech qiynalmagan. Hozirgi talabalar esa xuddi shu hajmdagi o‘qish vazifasini eplab bo‘lmasligini aytib, bu imkonsiz ekanligidan shikoyat qilmoqdalar. Talabalar nafaqat o‘qish hajmi va muddatlari borasida qiyinchilikka uchramoqda; ular umumiy syujetni esdan chiqarmasdan mayda tafsilotlarni e’tibor berishga ham qiynalyapti.
Sizning-cha, o‘zbek talabalari ham shu ahvoldami? Yoki, holat undan ham achinarliroqmi?

The Atlantic
The Elite College Students Who Can’t Read Books
To read a book in college, it helps to have read a book in high school.
“Johiliyatdan tamaddunga o’tish uchun bir asr kerak bo’ladi. Tamaddundan johiliyatga tushish uchun bir avlodning umri (25 yil) ham yetadi.” Will Durant.
Vaqtingiz bo’lsa, tarixchi Will Durant’ning The Story of Civilization jildlarini o’qib chiqing. Vaqtingiz bo’lmasa, uning qisqagina (100 bet) The Lessons of History' kitobida tarixdagi qonuniyatlar batafsil yoritilgan. Shu kitobni o’qisangiz, hozirgi jarayonlarni kengroq kontekst doirasida fahmlay olasiz.

O’zbek jamiyati ogʻzaki madaniyatga asoslangan savodxonlikdan to’g’ri dijital og’zaki madaniyatga o’tib ketdi. Ya’ni, Gutenberg inqilobidan nasibasini to’liq olishga ulgurmadi. Matnga asoslangan madaniyatdan bahramand bo’lmay turib savoddan oldingi (pre-literacy) tafakkur tarzidan savoddan keyingi (post-literacy) tafakkur tarziga o’tib ketishimizning oqibatlari olamshumuldir.
Bu oqibatlarni kundalik hayotimizda, abgor siyosatimiz va iqtisodimizdan tortib xarob ilm-fanimiz yoki abgor o’zaro munosabatlarimizgacha bo’lgan sohalarda ko’rish mumkin.

O'zbek tilida sifatli kontent chiqarayotgan resurslarni tavsiya eting, iltimos. Iloji bo'lsa, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy mavzulardagi matn-markazli kontent, longread.
Q.s. Substack'da kim bor?
Q.s. Substack'da kim bor?
Amaldor sinfiga tayanib olib borilayotgan siyosat haqida xalqning fikri...
Nekrasovning "Кому на Руси жить хорошо" degan she'ri bo'lar edi... Unda qashshoqlashib ketgan dehqonlar Rusda kim farovon yashayotganini topish maqsadida sayyohatga chiqishadi va jumladan, amaldor bilan ko'rishadi... Shoir amaldorni shunday ta'riflaydi:
Сирот и вдов он не был благодетель,
Но нищим иногда давал гроши
И называл святую добродетель
Первейшим украшением души.
О ней твердил в семействе беспрерывно,
Но не во всем ей следовал подчас
И извинял грешки свои наивно
Женой, детьми, как многие из нас.
По службе вел дела свои примерно
И не бывал за взятки под судом,
Но (на жену, как водится) в Галерной
Купил давно пятиэтажный дом.

SI hayotimizga kirib kelayotganidan keraksiz bo'lib qolish vasvasasiga (FOBO) hali tushmagan bo'lsangiz, Internetni portlatgan mana bu maqolani o'qib bu gal endi jiddiy o'ylanib qolasiz. Haqiqatdan ham, olamshumul jarayonlar sodir bo'lyapti, biroq biz bunga tayyor emasmiz. Endi qanday yashaymiz?
Maqola: Something Big Is Happening By Matt Shumer

matt shumer
Something Big Is Happening
A personal note for non-tech friends and family on what AI is starting to change.
Yangi jargonlar... AI:DR va FOBO
TL;DR yoki tl;dr ("Too long; didn’t read" – "Juda uzun ekan; o‘qimadim") – Avvallari, foydalanuvchi matn devoriga (haddan tashqari uzun post yoki maqolaga) uchraganda, “Juda uzun ekan; o‘qimadim” der edi. Shundan keyin, uzun matn tagida qisqa xulosasini berib ketish urfga kirgan.
AI;DR (Aritifical Intelligence, didn’t read - “Sun’iy intellekt ekan, o‘qimadim”). Muallif hafsala qilmasdan, maqola yoki postni sun’iy intellekt yordamida yozsa, nega men uni o‘qishga hafsala qilishim kerak, demoqda foydalanuvchilar.
FOMO (ingl. Fear of missing out – biror narsadan quruq qolib ketish vasvasasi) ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlardagi postlar ta’sirida biror qiziqarli yoki muhim narsadan bexabar qolib ketish, o‘tkazib yuborish qo‘rquvi. Buning aksi, JOMO (Joy of missing out) - Ijtimoiy tarmoqdagi navbatdagi yuzaki trend yoki jarayondan quruq qolib ketganidan hursand bo'lish.
FOBO (Fear of becoming obsolete - Keraksiz bo‘lib qolish vasvasasi). Yangi texnologiyalar, jumladan SI rivojlanishining oqibatida ishsiz, malakasiz qolib ketish qo‘rquvi.
O'zbekchalashtiramizmi? Izohda o'z takliflaringizni bering:).

Qiziq. FSB'ning O'zbekistondagi qulayotgan biznes imperiyasi o'rnini kim bosar ekan? Yoki, shunchaki daromadlarning xususiylashtirish, zararlarni esa milliylashtirish jarayoni ketyaptimikin?
Dubayda mehmonxonalarning yangi klassifikatsyasi paydo bo'libdi:
- 6 yulduzli: o'z havo mudofaa tizimiga ega.
- 7 yulduzli: dushmanga qarshi o'zi ham raketa hujumini uyushtira oladi.

Davlat jamoaning farovonligiga emas, bir hovuch "oila"ning boyishiga xizmat qiluvchi vositaga aylanganida jamiyat qanday o'zgarishi haqida Forobiy aniq tashxis qo'ygan ekan. O'zbek jamiyatida o'zaro agressiya darajasi nega bunchalik yuqori ekanligiga ishora.
“Ammo ba’zi (johil) shaharlar bo‘ladiki, ularda butun xalqning fikri-zikri, aql-idroki boylik to‘plash, mol-dunyo orttirishga qaratiladi. Ulardan chiqqan rahbarlar ham rahbarlikni mol-dunyoni ko‘paytirishda deb biladilar. Shuning uchun ham ular erta-kech mol-dunyo to‘plash harakatida bo‘ladilar. Bunday rahbarlar qo‘l ostida bo‘lgan shahar xalqlarida turli buzuq odatlar, shahvoniyat, bir-birini ko‘rolmaslik, bir-birini talash, dushmanlik, nizo-janjallar avj oladi”.
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.
Mahluqlar Akademiyasi...
1-5 sinflardagi farzandingizga matematikani puxta o'rgatmoqchi bo'lsangiz, Beast Academy onlayn kursini (yoki kitoblarini) isrorla tavsiya qilaman.
Bu kurslarga hozircha sarflagan 100 dollarim kamida 5-6 ming dollarlik qiymat beryapti (agarda huddi shu sifatni beradigan, Toshkentdagi repetitorlarga ketadigan pulga chaqsak). Farzandim olayotgan, butun umr as qotadigan muhim (matematik tafakkur, izchil va mantiqiy fikrlashni o'rganish kabi) ko'nikmalarni esa dollarda ifodalash qiyin bo'lsa kerak.
BeastAcademy ingliz tilida, lekin farzandingiz bu tilni "London is the capital of Great Britain" darajasida bilishini o'zi yetarli, qolganini jarayonda o'rganib oladi.
Nimasi yaxshi, onlayn maktabi yilliga 100 dollar va agarda har kuni yarim soat- bir soat shu kursga sarflasangiz, bir yilda 1-5 sinf matematika dasturini o'tib qo'yasiz. Qizim maktabda 2-sinfda. Bu kursni sentyabrda sotib olgan edik va hozir u 4 sinfini tugatyabdi, sentyabrgacha bemalol 5 sinfini ham tugatsa kerak.
Xullas, homeschooler'lar orasida favorit bo'lgan bu kurslarni hamma do'stlarimga maqtab yuraman, sizga ham ilinyapman. Sinab ko'ringlar, achinmaysizlar.
Q.s. 6-12 sinflar uchun ham onlayn kurslari bor (Art of Problem Thinking, AOSP), lekin ular endi ozgina qimmatroq

O'zbekchilikning g'oyaviy xaritasi
Hozirgi o‘zbek jamiyatiga ta'sir borasida turfa mafkuraviy oqimlar musobaqalashmoqda. Biroq, "tasavvurdagi o'zbekchilik" haqidagi ushbu raqobatchi ko'zlovlar nomlanmagani, "xaritaga" tushirilmagani bois ular yaqqol ifodalangan (“men falonchi o'laroq jamiyatimiz haqidagi falon tasavvurga qo‘shilaman/qo‘shilmayman”) pozitsiya emas, ko'proq vayb, hissiyotlar va e'tirozlar ("liberastlar"/"radikallar" menga yoqmaydi) sifatida yashalmoqda.
Bugungi o‘zbeklar amalda mafkuraviy jihatdan juda bo'lingan bo‘lsa-da, nazariyada o‘z g‘oyalarini ifodalashga ojizdir. Bu esa barqarorlik, tinchlik-totuvlik illyuziyasini beradi. "Kim kim ekanligini" yaxshiroq anglash mushtarak manfaatlarni paypaslash orqali murosa va muloqat qilishga yo'l ochadi. Yoki, kamida do'stni dushmandan farqlab olishga imkon beradi. Zero, aynan shu, do'stni dushmandan farqlab olish siyosatning ilk bosqichidir.
O'zbek ongini shakllantirayotgan g'oyalar xaritasini tuzish kerak. Bunday xarita, masalan, mafkuralarga (millatchilik, sotsializm, liberalizm, muhofazakorlik, feminizm va hkz) yoki dunyoqarashlarga (islomchilik, sekulyarizm, g'arbzodalik, turonchilik va hkz) bag'ishlangan alohida maqolalar turkumi shaklini olishi mumkin.
Sizning fikringizcha, bizda qanday mafkuralar o'zaro raqobat qilmoqda? Qaysi g'oyalar haqida ko'proq ma'lumot olishni istardingiz? Kim bizga do'st, kim dushman?

SI bo'tqasi* avjiga chiqayotgan davrda iste'mol uchun kontentni qanday tanlayapsiz?
SI bo'tqasi– bu sun’iy intellekt yordamida yaratilgan, sifatsiz, ma’nosiz va pala-partish tayyorlangan, mehr berilmagan kontent.

“Ijtimoiy yaqinlar” va “siyosiylar”...
Sobiq IIV zamministri tahminan 16 mln dollar (200 mlrd so‘m) naqd pul to‘lab berganidan so‘ng, unga qo‘llangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi garovga o‘zgartirilibdi (va endi qo‘yib yuborilsa kerak). Navbatdagi amaldor bitta uzr (va qanchadir dollar) evaziga jazodan qutulib qolmoqda.
Sovet Ittifoqida jinoyatchilarning “nasabi yaqinlar” (социально близкие) kategoriyasi bo‘lgan. Bular o‘g‘rilik, qotillik, firibgarlik, zo‘rlash va hkz moddalari bilan qamalgan oddiy ugolovniklar edi. Kompartiya bularni, “siyosiy” yoki “sinfiy dushmanlar”dan farqli o‘laroq, bolsheviklar kabi oddiy xalqdan chiqqan va shuning uchun qayta tarbiyalash osonroq bo‘lgan unsurlar deb hisoblagan va yengilroq munosabatda bo‘lgan. Dindorligi, millatchiligi yoki haqiqatgo‘yligi, g‘oyaviyligi deb antisovet faoliyatda ayblangan “siyosiy” yoki sinfiy dushmanlar esa islohga moyil bo‘lmagan unsur sifatida jismonan yo‘q qilinishi yoki kamida qamoqda chirib ketishi kerak edi.
Mubashshir Ahmad kabi din ulamolari, sekulyar muxolifatchilar yoki bloger, jurnalistlar ot zvonka do zvonka srok motat qilayotgan bir paytda pedofil amaldorlar, o‘g‘ri zamministrlar va boshqa korrupsiyoner mansabdorlar yengil jazo bilan qutulib ketayotganini o‘qib qolsangiz, hayron bo‘lmang: bular “elitamizga” nasabi yaqinlardir.

Fastfood davrida sog'liqni saqlash uchun kuniga 10 000 qadam qanday minimal normaga aylangan bo'lsa, SI va reelslar davrida kuniga 40-50 bet kitob o‘qish ham aqliy salomatlikni saqlash uchun zaruriy kundalik minimumga aylanishi lozim.
Diqqatni jamlay olmayotganingizga sabab bor.

Kleptokratlarga xizmat qilishning oqibatlarini Noice MC har qanday siyosatshunosdan yaxshiroq tushuntirib beribdi.
Kontekst: Kremlparast bir san'atkor "doimo norozilar" ustidan kulibdi. "Doimo norozilar" qatorida bo'lgan, hijratdagi boshqa bir san'atkor unga javob beribdi. Javob afsonaviy chiqibdi.
Ты Кремлю не продавался — ты отдался по любви.
Он объятьями своими тебя ласково обвил,
Он тебе шептал на ушко: «Слушай, Лешка, все пучком:
Можно коммерсом быть ушлым и торчком,
Можно жить, как ты захочешь,
Можно это, можно то, —
Но, когда я беспределю, ты сидишь с закрытым ртом.
Будут виллы на югах и хаты у Москвы-реки
Только не пизди и помни — наверху не дураки».
Хорошая была сделка, но вот что ты не учел:
Все, что там до шрифта мелкого, — в общем-то, ни о чем,
А меленько там курсивом: «Вы***м в хвост и в гриву:
Сначала самых строптивых, прочих — после перерыва».
И черед твой настает — не минует чаша сия
Никого из тихих и аполитичных россиян.
Kontekst: Kremlparast bir san'atkor "doimo norozilar" ustidan kulibdi. "Doimo norozilar" qatorida bo'lgan, hijratdagi boshqa bir san'atkor unga javob beribdi. Javob afsonaviy chiqibdi.
Ikkinchi Jahon Urushiga o‘zbekona (Yevropa-markazli bo‘lmagan) nazar.
1. Ikkinchi jahon urushi hukmron (Britaniya, Fransiya va hkz) hamda hukmronlikka intilayotgan (Germaniya, SSSR, Yaponiya) imperialistik davlatlar o‘rtasidagi urush edi. Xuddi Birinchi Jahon urushidek.
2. Urush 1939 boshlangan va dastlabki 2 yilda kommunist SSSR va natsist Germaniya ittifoqchi bo‘lgan (Ribbentrop-Molotov maxfiy kelishuvi va Sharqiy Yevropani bo‘lib olish haqidagi protokollar).
3. Urushda kolonial xalqlar asosan tegishli imperiya safida, biroq ba’zida gitlerchilar tomonida ham qatnashishga majbur bo‘lgan (masalan, hindistonliklar Buyuk Britaniya qo‘shinlari hamda Hind legioni safida, Fransuz armiyasidagi “Senegalese tirailleurs”, SSSR armiyasi hamda Turkiston legioni safidagi o‘zbeklar, qozoq, qirg'iz va hkz).
4 "Buyuk Vatan urushi" — sobiq ittifoqchilar SSSR va Germaniya o'rtasidagi 1941-45-yillar urushining bir yoqlama, mafkuraviy xolis bo‘lmagan nomidir.
SSSR hali bosib olingan xalqlar uchun «vatanga» aylanishga ulgurmagan edi. 1941-yilda Qo‘qonda qonga botirilgan milliy davlat qurishga bo‘lgan harakatdan 23-yil, o‘zbek millatining eng oldi ziyolilarini va umuman yuz minglab o‘zbeklarni qirgan «Katta terror» tugaganiga atiga uch yil bo‘lgan edi. «Bosmachilar» deb atalgan harakat O‘zbekistonning hududida to 1939-yilgacha faol edi. Bular bir avlodning hayoti davomida bo‘layotgan hodisalar, bu avlod SSSRni hali vatan deb bilmas edi. Aksincha, aksariyat oilalarda qatag‘on qilingan yoki bolsheviklardan chetga qochishga majbur bo‘lganlar haqida xotira hali tirik edi. Stalin qatag‘onlari va o‘tmish haqidagi xotiralar (hamda bolsheviklardan o‘ch olish ishtiyoqi) xalqning bir qismi Turkiston legioni safida bolsheviklarga qarshi kurashishiga sabab bo‘lgan.
5 Bizga hozirda ajratadigan emas, murosa qiluvchi tarix kerak. Qizil Armiya safida natsistlarga qarshi kurashgan ham o‘zbek, Turkiston legioni safida bolsheviklarga qarshi kurashgan ham o‘zbek. Ya’ni, o‘zbeklar va boshqa Markaziy Osiyo xalqlari uchun bu urush qaysidir ma’noda fuqarolik urushi desa ham bo‘ladi. Faqat tarixni g‘oliblar yozgani uchun va (neo)sovet propagandasi ta’sirida mag‘lub tarafni eshitish imkoni bo‘lmadi va bo‘lmayapti.
Demak, mustaqil O‘zbekistonda bu g‘alabaga ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi emas, bitta zulm imperiyasining ikkinchi zulm imperiyasi ustidan g‘alabasi sifatida qaralishi kerak.
Eng ma’qul munosabat, “ikki xonadoningizga ham vabo tushsin”.
Bu kunni Rossiya propagandasining ta’sirida jinlar bazmiga aylantirmasdan, o‘ziniki bo‘lmagan urushda ikki tomonda ham majburan qatnashib, vafot etganlar xotirasini yodga olish kerak edi.
Bir narsani aniq aytish mumkin: 2016 yildan keyin o‘zgargan rusparast siyosat deb «g‘alaba» O‘zbekistonga qanday zafarona Katyushalar aytib «qaytgan» bo‘lsa, zamon fursat berganda, shunday tezlik bilan qayta ko‘rib chiqilib, Xotira va Qadrlash kuniga qaytiladi.

NeoJadid
Mahluqlar Akademiyasi... 1-5 sinflardagi farzandingizga matematikani puxta o'rgatmoqchi bo'lsangiz, Beast Academy onlayn kursini (yoki kitoblarini) isrorla tavsiya qilaman. Bu kurslarga hozircha sarflagan 100 dollarim kamida 5-6 ming dollarlik qiymat beryapti…
Mana bu (Beast Academy va Singapore Math) metodikalariga qo'shimcha sifatida...
Farzandi 5 sinfdan yuqori yoki o'zi matematikani noldan o'rganmoqchi bo'lganlar (masalan, talabalar) MathAcademy'ni sinab ko'rsin. Narxi ozgina qimmatroq (oyiga 50 USD) bo'lishi mumkin, lekin samarasi yuqori ekan. Twitter, Reddit'da odamlar rosa maqtayapti.
Q,s. Aytgancha, Beast Academy'da o'qiyotgan qizim SASMO 2026'da oltin oldi. Ya'ni, BA haqiqatdan ham sifatli ekanligiga yana bir dalil.

Mana bu (Beast Academy va Singapore Math) metodikalariga qo'shimcha sifatida... Farzandi 5 sinfdan yuqori yoki o'zi matematikani noldan o'rganmoqchi bo'lganlar (masalan, talabalar) MathAcademy'ni sinab ko'rsin. Narxi ozgina qimmatroq (oyiga 50 USD) bo'lishi…
O'zi, bora-bora, farzand (intellektual) tarbiyasi uchun eng ma'qul strategiya, O'zbekiston (ya'ni, cheklangan resurslar) sharoitida, quydagichamikin deb o'ylab qolyapman:
1. Farzand eng yaqin davlat maktabiga beriladi. Yoki, iloji bo'lsa, kuni bilan band qilmaydigan, hususiy maktabga, lekin bu shart emas.
2. (Majburiy) BA yoki MathAcademy kabi matematika kurslarni qildirish.
3. (Majburiy) Badiiy adabiyot o'qtirish.
4.. (Yarim majburiy) biror bir sport turi bilan shug'ullantirish.
Qolgan hamma narsa ixtiyoriy. Parvona tarbiyadan (helicopter parenting) aniq voz kechish kerak, bola hayotini turli hil kurslar (IELTS, robotexnika va hkz) bilan to'ldirib tashlamaslik kerak. Yahudiylarda bir gap bor: bolaga suzishni o'rgatgin-u, dengizga uloqtir. "Suzishni o'rgatish" bu kontekstda "matematika + badiiy kitob o'qish". Qolgani shart emas.
Ushbu "dastur":
- ota-ona ozgina faolroq bo'lishini, bolaning intellektual rivojini outsorsing'ga berib yubormasligini taqozo etadi,
- davlat maktabida ham, hususiylarda ham fizika, himiya, adabiyot kabi muhim darslar abgor holatda degan da'vodan kelib chiqqadi.
IMHO.