Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Юлий Юсупов
Вот что значит нереформированное государство, отсутствие действенных механизмов обратной связи, сдержек и противовесов и разделения властей.
Yuliy Yusupov hamma muammolarimizning asl sababini aniq koʻrsatib bermoqda: hokimiyatlarning real boʻlinishi yoʻqligi, oʻzaro tiyib turish va nazorat mexanizmlarining ishlamasligi. Ha, bir-biriga zanjirday ulanib ketgan iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa muammolarning asl sababi - real siyosiy islohotlarning yoʻqligi, oʻlik parlament, hokimiyatning hamma boʻgʻinlari funksiyalarini uzurpatsiya qilib olgan ijro hokimiyati, qarorlarini adolat va qonun asosida emas, ijro hokimiyatining qosh qovogʻiga qarab chiqaradigan sud. Bu davlatda hamma tizimlarning ishlashi va qarorlar qabul qilishi faqat bir institut(shaxs)ga bogʻlangan, hamma faqat selektordan selektorgacha yashaydi, bu shaxs maʼqullagan qarorlar notoʻgʻri boʻlsa, hech kim aytishga jurʼat qilmaydi. Bir notoʻgʻri qaror (qadam) ketidan ikkinchisi, uning ketidan keyingisi va hammasi bir-biriga zanjirday ulanib shunday halokatli oqibatlarga olib keladiki, hech qanday selektor bilan, qoʻmita-yu agent tuzish bilan bu oqibatlarni bartaraf qilib boʻlmaydi.
"Meniki seniki" qilib oʻyin-kulgi qilayotganimizda buni tuzatish imkoni bor edi bizda. Hokimiyatlar boʻlinishi, nazorat va oʻzaro tiyish mexanizmlari oʻrnatishni talab qilish imkoni bor edi (balki). Undan koʻra biz avtoritarizmni yanada kuchaytirish va nollashtirishni afzal bildik.
Yuriy Saruxanyan toʻgʻri aytyapti: hech qanday kuch bilan tiyilmagan ijro hokimiyati oʻzi yaratgan muammolarning oqibatlari bilan "oʻt oʻchiruvchi" rejimida kurashishda (yoki oʻzini kurashayotganday koʻrsatishda) davom etaveradi. Bu muammolarning asl sababi - siyosiy islohotlarning yoʻqligi bilan hech kim shugʻullanmaydi (chunki hech kim oʻzi oʻtirgan shoxni arralashni istamaydi).
Va yana bir narsa. Siz "siyosatga aralashmaslik"ni afzal koʻrishingiz mumkin. Siyosatga qanchalik koʻp aralashmasangiz, siyosat iflos havo, sifatsiz taʼlim va tibbiyot, abgor iqtisodiyot va qimmat narsalar, korrupsiya, nepotizm koʻrinishida shunchalik koʻp sizning hayotingizga kirib boraveradi.

Bir odam sirk direktori oldiga kelibdi:
- Men ajoyib nomer o‘ylab topdim, effekti zo'r bo'ladi!
- Xo‘sh, xo‘sh
- Tassavur qiling... Sirk arenasiga najas to‘la katta sandiq olib chiqiladi. Karnay-surnay sadosi ostida uni arqonga ilib, asta-sekin sirk gumbazi ostiga ko‘tarishadi. Chiroqlar o‘chiriladi. Sandiq gursillab pastga tushadi. Chiroqlar yonadi. Butun sahna najasda, tomoshabinlar boshdan-oyoq najasda... Va shu payt sahnaga men, oppoq kostyum-shimda chiqib kelaman!
Bu anekdotning ekologiya bilan bog'liq ohirgi mashmashalarga aloqasi yo'q, albatta.

Oʻzbekiston Respublikasi va tavalludi haqida Daryoda.
https://youtu.be/AUbEHrugsyY?si=S66arFjRoNAHpEmP

YouTube
Markaziy Osiyodagi milliy-hududiy chegaralanish ortidagi sirlar
Amerikalik tarixchi olim “O‘zbekiston tavalludi” kitobining muallifi Adib Xolid o‘z asarida 1917-yildan keyin Markaziy Osiyo o‘tkazilgan hududiy chegaralanish va buning natijasida yuzaga kelgan beshta respublika (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston…
Yap-yangi (hozirgi, “yangi O’zbekiston”dan keyin keladigan) O’zbekistonda ikkita narsani tubdan qayta ko’rib chiqish shart: amaldagi Madhiya bilan Konstitutsiyani.
Har qanday Konstitutsiya aslida kimningdir “havotir, qo’rquvlarining aksidir.”
Hozirgi, 1992 yilda qabul qilingan Konstitutsiya birinchi president Islom Karimovning xavotir-hadiksirashlarining aksidan boshqa narsa emas. Islom Karimov nimadan xavotirlangan: u O’zbekistonda Jannat yaratmoqchi bo’lib, bunda unga halaqit qilishi mumkin bo’lgan har qanday siyosiy kuchdan xavfsiragan. Natijada prezidentga qarshi borishi mumkin bo’lgan sud, hukumat (Vazirlar Mahkamasi) va parlament institutlari ataylab zaiflashtirilib, butun hokimiyat shaxsan president va uning irodasini ijro etuvchi, Konstitutsiyada hatto tilga olinmagan Prezident Apparatida mujassamlashtirilgan. Prezidentning millat taqdirini bir o’zi belgilash mutlaq vakolati, bunda unga e’tiroz bildirishi mumkin bo’lgan kuch bo’lmasligi Konstitutsiyada belgilangan davlat hokimiyatining tashkil etilishida ham o’z aksini topgan. Bu holat, 2010 yillardan boshlangan kosmetik o’zgarishlar bilan, bugungacha davom etib kelmoqda.
Bugun esa Konstitutsiya O’zbekistonning asl egasi, davlat hokimiyatining birdan bir manbai bo’lmish millatning qo’rquv, havotirlarini aks etishi payti keldi.
Diktatura bo'lsa, Huquq diktaturasi bo'lsin.
Millat nimadan xavfsirayapti: amaldorlar, jumladan prezidentlar O’zbekistonda Jannat qurmasin, Jahannamga aylanib ketayotgan O’zbekistonni isloh qilsin, yetar. Shu hadiklardan kelib chiqsak, siyosiy kun tartibining asosiy punkti shaxslar hukmronligidan formal institutlar hukmronligiga o’tish, alohida shaxslarning norasmiy irodalaridan rasmiy qonun va qoidalar ustungligini ta’minlash bo’lib turibdi.
O’zbeklarda bir kichik kamchilik bor: kim o’zini qabila sardori deb e’lon qilsa, shunga sig’inib yuboramiz. Qabila sardoring yaxshi bo’lsa, berdi Xudo, yomon bo’lsa, urdi Xudo deganlaridek, qabila sardori ma’rifatparvar, islohotparvar bo’lsa, maylin-u, ammo, lekin…Millatini badavlat qilgan har bir Lee Kuan Yew’ga o’z qabilasini hor qilgan 99 ta Mugabelar to’g’ri keladi.
Mana shuning uchun ham Konstitutsiyamizda yakka o’zining irodasini o’tkazishi mumkin bo’lgan qabila sardorlariga o’rin yo’q bo’lishi shart. Biz butun millat taqdirini bir inson qo’ligagina topshirib qo’ya olmaymiz. Ya’ni, president irodasini, vakolatlarini cheklab turuvchi kuchli parlament, hukumat va sud bo’lishi shart. Hozir, masalan, Konstitutsiyada jinoyat (masalan, xiyonat) qilib qo’ygan prezidentni lavozimidan olib tashlash protsedurasi (impichment) hatto ko’zda tutilmagan. Impichmentsiz konstitutsiyani (balkim, Shimoliy Koreadan bo'lak) deyarli uchratmaysiz: bu huddi tormozsiz, faqat gaz pedali bilan jihozlangan mashinadek gap. Ya'ni, fojia muqarrar.
Demak, amaldagi Konstitutsyani yangilash kerak. Uni shunday tarzda yangilash kerak-ki, qomus O'zbekistonda Jannatni qurishga emas, uzil-kesil Jahannam o’rnatilmasligiga ko’maklashsin.
Konstitutsiyamiz “siyosiy idora ishlarimizni qanday tashkil etsak, zolim yoki noqobil hukmdorlar millatga iloji boricha kamroq zarar yetkazishi mumkin” degan savolga javob berishi shart. Kun tartibimizdagi asosiy masala ham shu.
Albatta, huquqiy nigilizm avjiga chiqqan o’zbek jamiyatida bir parcha qog’oz bo’lmish Konstitutsiyaga amal qilish/qilmaslik (huquqni qo’llash) muammosi ham dolzarb.
Shuningdek, yana bir muammo, Igor Guberman aytganidek,
Не в силах никакая конституция
Устроить отношенья и дела,
Чтоб разума и духа проституция
Постыдной и невыгодной была.
Lekin mana shu aql va ruh foxishaligi uyatli ish deb qaralishi uchun yangi axloq kerak. Bu esa boshqa, alohida mavzu.

Qozoq prezidenti Toqayev Twitterda adashib prostata masaji haqidagi videoga munosabat bildirib qo'yibdi.
Poshsholar ham o'zimiz kabi oddiy banda ekanligiga yana bir dalil.

Forwarded from Jamshid Muslimov
Substackda birinchi maqolam
Мақола датслаб Vatan журналининг 2-сонида чоп этилган (2024-йил)
https://open.substack.com/pub/jamshidmuslimov/p/318?r=70kl6p&utm_campaign=post&utm_medium=web&showWelcomeOnShare=true
Фикр юритиш жўн юмуш эмас. Одатда фикрлаш “сифати” ва тизимлилигини қийинлаштирадиган нарсалар илк фавқулодий тасаввурлардир. Айни инстинктив майллар ақл ҳаракатини чигаллаштиради. Ушбу мулоҳазамиз қуйида биз сўз айтишга журъат этган мавзуга ҳам бевосита дахлдор. Зотан, миллат тушунчасининг замонавий формати биз кўниккан анъанавий концептдан фарқланади.
Тасаввурларимизга худди савқитабиийдек ёпишиб қолган “миллат” глобал ижтимоий маданий тафаккур ўлароқ узоқ йиллар онгимизда билвосита шакллантирилган, айрим миллий кодлар ёки этнослар йиғиндиси эмас. Шу маънода гапирадиган бўлсак, бугун илмий ва сиёсий матнларда “мода”га кирган “Миллий давлат” ҳам муайян бир этноснинг давлати эмас. Албатта, ушбу фикрлар кимларгадир ғалати эшитилиши мумкин, аммо бунга мувжуд фикр эмас, балки бизнинг тасаввурларимиздаги аралаш-қуралаш, ғализ ва консерватив ҳамда колониал тасаввурлар кўпроқ сабабчи, деган фикрдамиз...
Мақола датслаб Vatan журналининг 2-сонида чоп этилган (2024-йил)
https://open.substack.com/pub/jamshidmuslimov/p/318?r=70kl6p&utm_campaign=post&utm_medium=web&showWelcomeOnShare=true
Substack
"Миллат" биз уни қандай тушунамиз ёки тушунмоғимиз керак?
Vatan журнали, 2024-йил, 2-сон
Neojadidchilikning tamal toshlaridan biri jumhuriyatchilikdir. Bu g'oyani ko'plar G'arbdan import deb o'ylaydi, biroq jumhuriyatchilik g'oyasi bizga ham xos bo'lgan. Masalan, shahar va qishloq "quyi qatlamining" katta siyosatga aralashishga muvaffaq bo‘lgan, XIV asrdagi sarbadorlar ("boshi dordagilar") harakatini olaylik.
"Bo‘ynini dorga qo‘yishga tayyor, biroq eski tartibga qaytmaydigan" insonlar harakati tashqi dushmanlar tahdidi, ichki davlatchilik tanazzuli davrida (oqibatida) vujudga kelgan va qisqa payt Samarqandni boshqargan.

Deja Vu
O'sha davrdagi Xuroson ijtimoiy portlash arafasida edi. Mahalliy hokimlarning adolatsiz soliqlari va o‘zboshimchaligi ostida ezilgan dehqonlar isyon ko‘tarishga tayyor edilar. O‘z navbatida, hunarmandlar va mayda savdogarlar inqiroz va savdo yo‘llarining uzilishi tufayli xonavayron bo‘lib, yashab qolish va o‘z mavqelarini tiklash yo‘llarini qidirmoqda edilar. Nihoyat, ijtimoiy adolatga asoslangan dunyoning muqobil tasvirini taklif etuvchi nufuzli dindorlar guruhi - tariqatlar mavjud edi. Hunarmandlar, mayda savdogarlar va dehqonlar uchun diniy va’zlar mavhum ilohiyot emas, balki hukmdorlar va amaldorlarning suiiste’moliga, zulmiga qarshilik ko‘rsatishning bir dasturulamali edi.
Jamshid Muslimov
Eng qizig‘i, asos solgan otalar prezident jinni bo‘lib qolsa nima qilish kerakligi haqida qoidalar qoldirishgan. Ammo bu qoidalarni qo‘llay oladigan xalq yoki elita chiqmasligi haqida o‘ylashmagan (va balki elita/xalq buni istadi?). D
Jamshid aka, asoschi otalar bu haqida o'ylagan. Masalan, AQSH ikkinchi prezidenti Jon Adamsning fikricha, AQSH Konstitutsiyasi va undagi iqtidorlar bo‘linishi tizimi axloqiy hamda diniy qadriyatlardan yiroq xalqni boshqarish uchun mo‘ljallanmagan. Tamal axloqiy qadriyatlarga ega bo‘lmagan jamiyatda odamlarning jilovlanmagan ehtiroslari va illatlari pirovardida davlatchilik tizimini izdan chiqarishi, respublika asoslarini vayron qilishi haqidagi Adamsning havotirlariga bugungi kunda amerikalik ko‘plab huquqshunoslar va olimlar ham qo‘shilmoqda. Aslida, fozil odamlarsiz har qanday jamiyat tezda tanazzulga uchrashini Forobiy Jon Adamsdan bir necha asr avvalroq ta’kidlagan. Tramp shucnhaki amerikaliklar ongidagi inqirozning tashqi ko'rinishi. Sic gloria mundi, yetar endi, Amerika imperiyasining tanazzulini ham bir ko'raylik :).
Dunning-Kruger duosi:
Xudoyim, naqadar ahmoq ekanligimni anglash uchun yetarli aql va shu bilimga qaramay davom etishga yetarli jur’at ber.

Jalilov. Qaydlar
... Телевизионные передачи тоже представляли собой весьма унылое зрелище: официозные интервью, пропагандистские ток-шоу, пресная аналитика, доклады о правительственных планах и этапах их реализации, патриотические песни, повторы одних и тех же выступлений главы государства, хвалебные речи в честь особо отличившихся граждан, сцены массового ликования, выступления представителей псевдооппозиции... Во время одной из таких передач кто-то из участников заявил:
— Действия, предпринимаемые руководством нашей страны, — не что иное, как проявление заботы о гражданах, и обусловлены они не чем иным, как искренним стремлением охранять наши же с вами права и свободы.
Mana bu asardan olingan manzara qandaydir juda tanish koʻrinyapti. Sizga-chi? Sizga ham tanish emasmi?

Albatta, tanish manzara. Zero, Tolstoy-cha aytganda...
Har qanday erkin jamiyat o‘ziga xos tarzda baxtlidir, diktaturalarning bari bir xilda baxtsizdir.

Mana bu maqolada aytilishicha, hatto elite (Ivy League) universitetlari talabalari ham kitob o'qishda qiynalayotgan ekan:
Avvallari talabalar birinchi haftada "Pride and Prejudice"ni, ikkinchi haftada esa "Jinoyat va jazo"ni to‘liq o‘qib chiqib muhokama qilishda hech qiynalmagan. Hozirgi talabalar esa xuddi shu hajmdagi o‘qish vazifasini eplab bo‘lmasligini aytib, bu imkonsiz ekanligidan shikoyat qilmoqdalar. Talabalar nafaqat o‘qish hajmi va muddatlari borasida qiyinchilikka uchramoqda; ular umumiy syujetni esdan chiqarmasdan mayda tafsilotlarni e’tibor berishga ham qiynalyapti.
Sizning-cha, o‘zbek talabalari ham shu ahvoldami? Yoki, holat undan ham achinarliroqmi?

The Atlantic
The Elite College Students Who Can’t Read Books
To read a book in college, it helps to have read a book in high school.
“Johiliyatdan tamaddunga o’tish uchun bir asr kerak bo’ladi. Tamaddundan johiliyatga tushish uchun bir avlodning umri (25 yil) ham yetadi.” Will Durant.
Vaqtingiz bo’lsa, tarixchi Will Durant’ning The Story of Civilization jildlarini o’qib chiqing. Vaqtingiz bo’lmasa, uning qisqagina (100 bet) The Lessons of History' kitobida tarixdagi qonuniyatlar batafsil yoritilgan. Shu kitobni o’qisangiz, hozirgi jarayonlarni kengroq kontekst doirasida fahmlay olasiz.

O’zbek jamiyati ogʻzaki madaniyatga asoslangan savodxonlikdan to’g’ri dijital og’zaki madaniyatga o’tib ketdi. Ya’ni, Gutenberg inqilobidan nasibasini to’liq olishga ulgurmadi. Matnga asoslangan madaniyatdan bahramand bo’lmay turib savoddan oldingi (pre-literacy) tafakkur tarzidan savoddan keyingi (post-literacy) tafakkur tarziga o’tib ketishimizning oqibatlari olamshumuldir.
Bu oqibatlarni kundalik hayotimizda, abgor siyosatimiz va iqtisodimizdan tortib xarob ilm-fanimiz yoki abgor o’zaro munosabatlarimizgacha bo’lgan sohalarda ko’rish mumkin.

O'zbek tilida sifatli kontent chiqarayotgan resurslarni tavsiya eting, iltimos. Iloji bo'lsa, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy mavzulardagi matn-markazli kontent, longread.
Q.s. Substack'da kim bor?
Q.s. Substack'da kim bor?
Amaldor sinfiga tayanib olib borilayotgan siyosat haqida xalqning fikri...
Nekrasovning "Кому на Руси жить хорошо" degan she'ri bo'lar edi... Unda qashshoqlashib ketgan dehqonlar Rusda kim farovon yashayotganini topish maqsadida sayyohatga chiqishadi va jumladan, amaldor bilan ko'rishadi... Shoir amaldorni shunday ta'riflaydi:
Сирот и вдов он не был благодетель,
Но нищим иногда давал гроши
И называл святую добродетель
Первейшим украшением души.
О ней твердил в семействе беспрерывно,
Но не во всем ей следовал подчас
И извинял грешки свои наивно
Женой, детьми, как многие из нас.
По службе вел дела свои примерно
И не бывал за взятки под судом,
Но (на жену, как водится) в Галерной
Купил давно пятиэтажный дом.

SI hayotimizga kirib kelayotganidan keraksiz bo'lib qolish vasvasasiga (FOBO) hali tushmagan bo'lsangiz, Internetni portlatgan mana bu maqolani o'qib bu gal endi jiddiy o'ylanib qolasiz. Haqiqatdan ham, olamshumul jarayonlar sodir bo'lyapti, biroq biz bunga tayyor emasmiz. Endi qanday yashaymiz?
Maqola: Something Big Is Happening By Matt Shumer

matt shumer
Something Big Is Happening
A personal note for non-tech friends and family on what AI is starting to change.
Yangi jargonlar... AI:DR va FOBO
TL;DR yoki tl;dr ("Too long; didn’t read" – "Juda uzun ekan; o‘qimadim") – Avvallari, foydalanuvchi matn devoriga (haddan tashqari uzun post yoki maqolaga) uchraganda, “Juda uzun ekan; o‘qimadim” der edi. Shundan keyin, uzun matn tagida qisqa xulosasini berib ketish urfga kirgan.
AI;DR (Aritifical Intelligence, didn’t read - “Sun’iy intellekt ekan, o‘qimadim”). Muallif hafsala qilmasdan, maqola yoki postni sun’iy intellekt yordamida yozsa, nega men uni o‘qishga hafsala qilishim kerak, demoqda foydalanuvchilar.
FOMO (ingl. Fear of missing out – biror narsadan quruq qolib ketish vasvasasi) ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlardagi postlar ta’sirida biror qiziqarli yoki muhim narsadan bexabar qolib ketish, o‘tkazib yuborish qo‘rquvi. Buning aksi, JOMO (Joy of missing out) - Ijtimoiy tarmoqdagi navbatdagi yuzaki trend yoki jarayondan quruq qolib ketganidan hursand bo'lish.
FOBO (Fear of becoming obsolete - Keraksiz bo‘lib qolish vasvasasi). Yangi texnologiyalar, jumladan SI rivojlanishining oqibatida ishsiz, malakasiz qolib ketish qo‘rquvi.
O'zbekchalashtiramizmi? Izohda o'z takliflaringizni bering:).