Nematillo Ochilov
1K subscribers
337 photos
124 videos
383 files
685 links
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida istiqomat qiluvchi dasturchi, @Nematillo_Ochilov

youtube.com/c/nematilloochilov
@NematilloOchilov - blog
@pythonuz - Python darslari
@js_uz - Java Script
@MQLUZ - Savdo robotlari
@sjtbot - Test kalitlarini tekshirish
Download Telegram
Nematillo Ochilov
18 yoshdan kichkina qizlarga maslahat. Qizlar dasturchiga turmushga chiqasizmi? Birinchi muhabbat Ko'p yigitlar bilan sevishgan qiz O'zingizga mos juft... Bir xil orzuli juftliklar Sevgi bir ko'rishda sodir bo'lmaydi 2 xil toifadagi qizlarga uylanmang…
Hurmatli munis ayollar va latofatli qizlar!

Sizlarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad tilayman. Oilangizga tinchlik xotirjamlik, ishlaringizda katta yutuqlarga erishishingizni tilayman!

#tabrik

@NematilloOchilov
Nematillo Ochilov
Assalomu alaykum sizni kirib kelayotgan yangi 2022-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ushbu yangi yil barchaga quvonch, omad shodlik olib kelib baxtli hayotingiz esdaqolarli mazmunli damlarga boy bo'lishini, ollohim sizlarni o'z panohida asrab martabalaringizni…
Assalomu alaykum va Rahmatullohu barakatuh!

Sayyid ul juma muborak bo’lsin!

Yurtimiz tinch osoyishta bo’lsin, ezgu niyatdagi barcha insonlar omon bo’lishsin. Alloh xalqimizning boshini omon qilsin, uyimizga xayru baraka bersin 🤲🏻

#juma #jumamuborak

@NematilloOchilov
Assalomu alaykum.

Sizni Navro‘z ayyomi bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Siz va sizning yaqinlaringizga salomatlik, tuganmas farog‘at, yaxshi kayfiyat va orzularingiz ro‘yobini tilab qolaman. Baxt va omad sizni hech qachon tark etmasin, yangi bahor esa sizning hayotingizda yangi muvaffaqiyatlar sahifasini ochsin va barcha ezgu rejalaringiz amalga oshsin!

@NematilloOchilov
Nematillo Ochilov
— Oliy o'quv yurtlari uchun mo'ljallangan 2019 yil test savollariga Telegramda javob berib o'zingizni sinab ko'ring — Qayerda?Telegramda..!Bo'lishi mumkin emas. — @ViktorinaUzBot va @sjtbot ! Hozirgi kunda 50000 dan ortiq abiturentlar,talaba va pedagoklar…
@sjtbot da blok testlarni hisoblovchi xizmat ishga tushdi!

Majburiy fanlar
1-30-savolgacha har bir to'g'ri javob uchun 1.1 bal

1-asosiy blok
31-60-savolgacha har bir to'g'ri javobiga 3.1 bal

2-asosiy blok
61-90-savolgacha har bir to'g'ri javobiga 2.1 bal

Bot kamchiliklarini izohga yozib qoldiring. E'tibor uchun rahmat!
Nematillo Ochilov
Ogoh bo'ling! Firibgarlikning yangi turi_247.webm
Ogoh boʻling!

Profilingizga quyidagi havolaga oʻxshagan xabar kelsa havola ustiga bosmang.

Firibgarlar kartangizdagi pullaringizni yechib oladi.

@NematilloOchilov
⚡️ Backend workshop kursiga start beramiz!

Dasturlash sohasida o'zini ko'ra olgan, sohaviy rivojlanish istagidagi yoshlar uchun bu maxsus kurs.

😊 Ushbu kursda o'qishni istaganlar, dasturlashning Backend yo'nalishida boshlang'ich bilimlarga ega, yangi loyihalarda tajriba orttirishga kuchli intilishi bo'lishi shart.

🔥 Eslatib o'tamiz, Backend workshop 1 oy davomida haftaning har kuni bo'lib o'tadi.

📌 Ushbu havola orqali kursga ro'yxatdan o'ting: https://bit.ly/3bj4RKQ

⚙️ Game Developing kursi uchun grant e'lon qilamiz!

Oldin o'ynayotgan o'yiningizni endi o'zingiz ishlab chiqa olasiz. Qanday ekanligi sizga qiziq bo'lsa postni oxirigacha o'qing.

Game Developing kursi davomiyligi 3 oy, haftasiga 3 marotaba 2-3 soatdan davom etadi. Bu vaqt davomida siz, o'yinga kirish, tayyor modellardan o'yin yaratishdan boshlab, 5 tagacha mini o'yin ishlab chiqishni o'rganasiz.

🧨 Ushbu kursda o'qish uchun sizdan quyidagilar talab etiladi:

— So'rovnomada qatnashib, kursga ro'yxatdan o'tish;
— O’yinlarni o’ynashga emas, ularni qanday tuzilishga qiziqishingiz;
— Dasturlashga qiziqishi yuqori bo’lganlar;
— Oflayn darslarga qatnasha olish;
— Shaxsiy notebook'ka ega bo'lish.

Grant yutib olish uchun havola orqali ro'yxatdan o'ting: bit.ly/3NeIiVa

@colearninguz
Nematillo Ochilov
Bayram muborak! @NematilloOchilov
Kiberxavfsizlik to‘g‘risida.pdf
4.7 MB
2022-yil 15-aprelda qabul qilingan «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonunga binoan, Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi deb belgilandi. Qonun 2022-yil 15-iyulda kuchga kiradi.

Ushbu vakolatli organ internet tarmog'idagi barcha kiberjinoyatlar faoliyatiga chek qo'yadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotlarni tarqatish (JK 244-modda) yoki jismoniy shaxslar tomonidan kriptovalyutalar qazib olish jinoyat ekanligini unutmang (JK 190-modda). Mamlakat fuqarolari raqamli aktivlarni faqat O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan birjalar, mayning hovuzlari, kriptodo‘konlar va kriptodepozitoriylarga tegishli platformalarda sotish va sotib olish huquqiga ega (JK 177-modda).

@NematilloOchilov
Nematillo Ochilov
Ogoh boʻling! Profilingizga quyidagi havolaga oʻxshagan xabar kelsa havola ustiga bosmang. Firibgarlar kartangizdagi pullaringizni yechib oladi. @NematilloOchilov
Ogoh boʻling!

Profilingizga quyidagi havolaga oʻxshagan xabar kelsa havola ustiga bosmang.

Firibgarlar kartangizdagi pullaringizni yechib oladi.

Agar kartangizda pullaringiz yoʻqolganini sezsangiz bankdan boshqa yangi karta oling. Sababi kartangizdan keyinchalik yana pul oʻgʻirlanishi mumkin.

@NematilloOchilov
Nematillo Ochilov
Broker tanlshda qiynalayotgan treyderlarga yordam berish uchun ushbu @Forex_brokerlar kanalida broker izohida broker haqida fikrlaringizni bildiring. Izoh yozganlarga savob ish qilganlari uchun alohida rahmat. Forex guruhlarga ulashing
Sarmoyadorlarga quyidagi indekslarni uzoq muddat (kamida 1 yil) ga sotib olishlarini maslahat beraman:

● 30 ta eng yirik Amerika kompaniyasining aksiyalarini o'z ichiga olgan Us30 (Dow Jones) indeksi.
● Yuqori texnologiyali kompaniyalar Nasdaq (Ustech) indeksi.
● Eng katta kapitallashuvga ega 500 ta AQSh kompaniyalarini birlashtirgan S&P500 indeksi.
● Germaniyaning DAX
(Ger30) indeksi.

⚠️ Mavqeyi baland bo'lgan brokerlar orqali savdo qiling.

Bitcoin

@NematilloOchilov
Nematillo Ochilov
Tarjima | Veb sahifalarni xorijiy tillardan o'zbek tiliga yoki boshqa xorijiy tilga tarjima qilish. Chet tilini bilmaydigan tanishlaringizga ushbu videoni ulashing va ular sizdan minnatdor bo'lishadi. https://youtu.be/r_2eLApDkl0 @NematilloOchilov
googletrans bu matnlarni tarjima qilishga mo'ljallangan python kutubxonasi

Afzalligi
Tez va ishonchli - translate.google.com foydalanadigan serverlardan foydalanadi
Avtomatik tilni aniqlaydi
Ommaviy tarjimalar
Ulanishni birlashtirish (so'rovlar. Sessiyalardan foydalanishning afzalligi)
HTTP/2 ni qo'llab-quvvatlaydi

Kutubxonadan foydalanish haqida eslatma
Bitta matndagi maksimal belgilar chegarasi 15k.
Google translate veb-versiyasining cheklovlari tufayli ushbu API kutubxona har doim to'g'ri ishlashiga kafolat bermaydi.

Bu kutubxonani o'rnatganingizda matnlarni tarjima qilishda muammolarga duch kelasiz. Bu muammoga yechim quyidagicha bo'ladi:

O'rnatilgan kutubxonani o'chiramiz

pip uninstall googletrans

Alfa versiyani o'rnatamiz

pip install googletrans==3.1.0a0

Oddiy dastur tuzib matnni tarjima qilib ko'ramiz

from googletrans import Translator
text = 'a solution to the problem was found'
translation = Translator().translate(text, dest='uz')
print(translation.text)

>>> muammoga yechim topildi

#python

@NematilloOchilov
Nematillo Ochilov
googletrans bu matnlarni tarjima qilishga mo'ljallangan python kutubxonasi Afzalligi Tez va ishonchli - translate.google.com foydalanadigan serverlardan foydalanadi Avtomatik tilni aniqlaydi Ommaviy tarjimalar Ulanishni birlashtirish (so'rovlar. Sessiyalardan…
Google search xizmatidan foydalanish uchun python dasturlash tilida kod yozdim
import requests
import bs4

hour = 'qdr:h'
day = 'qdr:d'
key = "yangiliklar"
url = f'https://www.google.com/search?q={key}&tbs={day}'
request_result = requests.get(url)
soup = bs4.BeautifulSoup(request_result.text, "html.parser")
heading_object = soup.find_all('h3')
for info in heading_object:
print(info.getText())

Va natijada quyidagi muammoga https://support.google.com/websearch/answer/86640 duch keldim. Bu muammoga kimda aniq yechim bor.

Blogimda bilimlilar bormi yoki hamma tomoshabinlarmi?

#python

@NematilloOchilov
.