Nematillo Ochilov
1.11K subscribers
336 photos
123 videos
382 files
682 links
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida istiqomat qiluvchi dasturchi, @Nematillo_Ochilov

youtube.com/c/nematilloochilov
@NematilloOchilov - blog
@pythonuz - Python darslari
@js_uz - Java Script
@MQLUZ - Savdo robotlari
@sjtbot - Test kalitlarini tekshirish
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Putinning qasri.

Bu qasrni qurishga sarflangan pulga Dubay shahridagi Burj Xalifa binosini qursa bo'ladi.
Yirik kompaniyalar puli evaziga qurilgan qasrda striptiz klubi, o'yin avtomatlari xonasi, suzish havzasi, katta uy teatri va boshqa xonalar mavjud.Qasr hojatxonasini tozalaydigan cho'tkaning narxi 2200$.Bundan ko'rinadiki qasr qimmatbaho buyumlar va mebellardan iborat.

Xudoga shukr bizda o'ziga yig'may xalqqa beradi.Nima ham derdim Rossiya tadbirkorlariga sabr bersin.

Batafsil
Diqqat ximik va fiziklar!

Ilon Mask uglerodni tortib olish texnologiyasini sifatli yaratgan olimlar jamoasiga 100000000$ to'lamoqchi.

Manba: https://twitter.com/elonmusk/status/1352392678177034242
18 yoshdan kichkina qizlarga maslahat.

Qizlar turmush qurganidan soʻng ularning turmush oʻrtoqlari ayolini uydan tashqariga ishlashga ruxsat bermasligi mumkin.Aksariyat hollarda ayollar uyning bekasi yoki xizmatkori boʻladi.(xizmatkor boʻlishni xohlamasangiz ertaroq bilim olishga harakat qiling) Baʼzilari pazanda yoki chevar boʻlib uyda ishlaydi.

Iqtidorli onadan iqtidorli farzandlar dunyoga keladi.

Oʻzbekistonda dasturchilarning taxminan 5% ini qizlar va ayollar tashkil qiladi.

Aniq fanlardan yaxshi bilimga ega boʻlgan qizlarga dasturlashni oʻrganishini tavsiya qilaman.(qizlarni 4 yoshidan 8 yoshigacha mantiqiy fikrlashini rivojlantiring, soʻng dasturchilikka yoʻnaltirsangiz boʻladi).Chunki ular uyda qolib ishlashi va katta daromad keltiradigan soha mutaxassisi boʻlishi mumkin.

Qizlar oʻrtasida oʻtkaziladigan dasturlashga oid tadbirlarni @technovation_uz kanali orqali kuzatishingiz mumkin.

TikTokdagi beʼmani qizlarga.

Bachkana qiliqlaringizni akangiz yoki otangiz xotirjam tomosha qilishidan oilangizdagi muhitni qanday ekanligini bildik.Unutmang ijtimoiy tarmoqlar millat koʻzgusi.Undan koʻra TikTokda foydali maslahat bersangiz yoki foydali kasbni oʻrgatsangiz yaxshi boʻlar edi.

#maslahat

@NematilloOchilov
2020-yilda dunyo aholisi og'ir sinovlarni boshdan kechirdi.Lekin Ilon Mask daromadi 500% (150 milliard $)ga rekord miqdorda ko'paydi.

Bitcoin ham rekord miqdorda narxi oshib ketdi.O'xshashlikni sezdingizmi?
Nematillo Ochilov
Dasturlash borasida tushunmagan savolizni https://stackoverflow.com/questions/ask saytiga yozing hammasiga javob berishadi xususan botlar to'g'risidagi savollarga javob beraman.
Yoshlar:
Maktabni bitiradi.Repititor kurslarga 1000$ sarflab o'qiydi.
Oliygohga o'qishga kirib 4 yilda 5000$ kontrakt puli to'laydi va yana shuncha yashashi uchun xarajat qiladi.
150$ atrofida maosh olish uchun el qatori ishga kiradi. Nest Onedagi 200 000$ li uyni tushida sotib oladi.

Farzandingiz yoki jiyaningiz:
Agar aniq fanlarni yaxshi bilsa va 10 yoshdan oshgan bo'lsa ularni dasturlashga yo'naltiring.
300$ li 1 dona noutbuk olib berasiz xolos.O'zbek tilida dasturlashga oid bepul darslar internetda tobora ko'payib bormoqda.Yoki telegramdagi @pythonuz kanaliga kirib kelajak tili bo'lmish pythonni tekinga tez o'rganishi mumkin.
Dasturchilarning yillik maoshi:
O'zbekistonda 4000-20000$
Chet elda 30000-200000$

——————————————————————-

Chet tili va dasturlash tilini biladiganlar uchun uydan turib yiliga 30000-200000$ maoshli ishlar: https://stackoverflow.com/jobs?r=true&sort=y&pg=2

Talablar:

1) Dasturlashda kamida real loyihada 5 yil tajribaga ega boʻlish.

2) Biror chet (asosan ingliz) tilini suhbatlashadigan darajada bilish.

3) linkedin.com platformasida oʻzingiz haqingizda toʻliq maʼlumot kiritilgan boʻlishi kerak.(portofolio)

Agar yuqoridagi koʻnikmalar sizda mavjud boʻlmasa oʻzingizni ham ishga qabul qiladigan kompaniya xodimini ham vaqtini olmang.

@pythonuz
Nematillo Ochilov
Nazarimda ba'zi tashkilotlarda soxta statistikalar yuritiladi. Soxtakorlik maynavozchilik OAVlarda baland parvoz gaplar bo'lsayu amalda eski ahvol bo'lsa o'sha joyda rivojlanish ham soxta bo'ladi. Maktablardagi informatika o'qituvchilar armisodan qolib ketgan…
Men aniq bilaman qachondur O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimida o'zgarishlar bo'ladi.

Bu o'zgarishlar qancha tez bo'lsa mamlakat rivojlanishi shuncha tezlashadi.
Inson 4 yoshidan 7 yoshigacha 70% ma'lumotlarni o'zlashtiradi.Hozirgi vaqtda bu yoshdagi bolalar nimani o'rganayabdi?Hammasi ham bog'cha boradimi?

Qaysi yoshdagi bolalar qayerda tarbiya yoki ta'lim olishi kerakligi bo'yicha taklifim bor.

Bolalar
:
3 yoshda: Bog'cha
4 yoshda: Bog'cha

Boshlang'ich sinf
5 yoshda: 1-sinf
6 yoshda: 2-sinf
7 yoshda: 3-sinf
8 yoshda: 4-sinf

Ixtisoslashtirilgan sinf
9 yoshda: 5-sinf
10 yoshda: 6-sinf
11 yoshda: 7-sinf
12 yoshda: 8-sinf
13 yoshda: 9-sinf
14 yoshda: 10-sinf
15 yoshda: 11-sinf

O'quvchilarni 5-sinfdan ixtisoslik bo'yicha yo'naltirish kerak.Bu orqali 20 ta fanni chala o'zlashtirmaydi 3-4 ta fanni chuqur o'zlashtiradi.
E'tiborni 1 narsaga qaratish orqali ulkan natijaga erishish mumkin.Xitoy Xalq Respublikasida 4-sinfdan sun'iy intelekt texnologiyalari o'rgatilishidan xabaringiz bormi? https://youtu.be/JMLsHI8aV0g
TikTokdagi profilimga aʼzo boʻlib dasturlashga oid tushunmagan savollaringizni yozing.TikTokda video koʻrinishida tushuntiraman.

👍 Like bosish shart emas.

https://vm.tiktok.com/ZSJ1kobae/
10000 dan ortiq kompyuter o'yinlarini ushbu kanaldan bepul yuklab olishingiz mumkin. 👉 @pc_game_down

#games #oyinlar #igra #gta #cs #pubg
Server bazasi parolini yangilash.

Veb serveringizga kirdingiz lekin serverdagi bazangizni paroli yodingizdan ko'tarilsa quyidagi buyruqlar bilan server bazasiga yangi parol o'rnatishingiz mumkin.Agar server operatsion tizimi Ubuntu yoki Debian bo'lsa ushbu buyruqni

sudo -u postgres psql

Agar serveringiz boshqa operatsion tizimda bo'lsa ushbu buyruqni terminalga yozing.

sudo -u postgres psql template1

So'ngra server baza parolini quyidagi buyruq orqali yangilang. parol o'rniga yangi bazaga o'rnatayotgan parolingizni yozing.

ALTER USER postgres PASSWORD 'parol';

#debian #linux #password #vps #server #fatal #error #hack #postgresql

@NematilloOchilov
Forwarded from MQL dasturlash tili (Nematillo Ochilov)
Matnli xabarni saralab Excel faylga o'girish.

#python #forex #metatrader5
Internet qidiruv tizimlaridan ma'lumot qidirganda to'liq bo'lmagan yoki noaniq ma'lumotlarga duch kelamiz.

Ilmiy maqolalar bazasi scholar.google.com ga kirib ma'lumotlarni izlang va maqolalardan batafsil javob oling.Bu vaqtingizni tejashga yordam beradi.
10 daqiqada sun'iy intelekt texnologiyalari yordamida birjadagi narxlarni oldindan bashorat qilish.

#——————
Manba: https://github.com/jaungiers/LSTM-Neural-Network-for-Time-Series-Prediction
Dasturlash tili: Python
#——————
Ushbu dasturni 2 xil usulda ishga tushirish mumkin.

1) colab.research.google.com saytida barcha kutubxonalar oʻrnatilganligi uchun trafik sarflamaysiz
2) Python interperatori mavjud kompyuterda ushbu kutubxona va freymvorklar ni o'rnatib: (1gb)
pip3 install pandas
pip3 install numpy
pip3 install matplotlib
pip3 install Keras
pip3 install scikit-learn
pip3 install tensorflow
#——————

Manbani colab yoki kompyuterga yuklab olasiz va run.py faylini ishga tushirasiz.
Dastur 1 daqiqa ichida sp500 indeksini tahlil qilib tugallanadi va natija grafik ko'rinishda taqdim etiladi.
#——————
Boshqa aksiya yoki valyuta juftliklari narxini bilish uchun data nomli papkaga .csv formatdagi narxlar tarixini (Date,Open,High,Low,Close,Volume) joylashtirasiz va config.json faylidagi 3-qatorga fayl nomini yozasiz va yana run.py dasturini ishga tushirasiz.
#——————
📽 Mavzuga oid video: https://vm.tiktok.com/ZSJ8wCd2h/
#——————
Savollarni ushbu post izohida yozib qoldiring.
#——————
Metatrader4/5 dasturidagi kotirovkalar tarixi (.hst) fayllarini csv fayliga o'girish
#——————
#python #keras #Deep learning #DL #forex
#——————

@NematilloOchilov