Nematillo Ochilov
1.04K subscribers
337 photos
124 videos
383 files
685 links
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida istiqomat qiluvchi dasturchi, @Nematillo_Ochilov

youtube.com/c/nematilloochilov
@NematilloOchilov - blog
@pythonuz - Python darslari
@js_uz - Java Script
@MQLUZ - Savdo robotlari
@sjtbot - Test kalitlarini tekshirish
Download Telegram
Forwarded from Самандар 사만다르⁴
pygame-1.9.2a0-hg_ea3b3bb8714a.win32-py3.4.msi
4.7 MB
Forwarded from Самандар 사만다르⁴
bu esa python asoslari,va bu moduldan foydalanush bo'yicha qo'llanma
Forwarded from Самандар 사만다르⁴
Yuqoridagi kitob formati epub,uni ochish uchun telefonlardagi zamonaviy dasturlardan,yoki komp uchun quidagi dasturdan foydalanish lozim
Forwarded from Самандар 사만다르⁴
FBReaderSetup-0.12.10.exe
5.1 MB
⚠️ @pythonuz_videos - Pythonni tez fursatda o'rganish uchun rus va inglis tilida videdarslarni yuklab oling
Python dasturlash tilini o'rgatadigan rus tilida videodarsni tas-ix dan yuklab oling.Keyinchalik bu videolar saytdan o'chirilishi mumkin. https://mover.uz/channel/fluctr/
Forwarded from Deleted Account
python-3.6.4.exe
29.2 MB
⚠️ - Python dasturini o'rnatmsdan c9.io , repl.it/languages/python yoki telegramdagi @rextester_bot da yozgan kodlaringizni test qilishingiz mumkin.
Dasturlardan foydalanib, biror ish bajarish va shu orqali natija olish, unchalik qiyin jarayon
emas. Bir marotaba ko'rib olgan inson, keyingi safar o'zi bajara oladi. Ko'pchilik
adashtiradigan narsa, bu foydalanuvchi dasturchi deyilmaydi, faqatgina dastur foydalanuvchisi
bo'ladi xolos. Dasturchi, foydalanuvchilar foydalanishi uchun dastur yaratadi va bu jarayon juda
murakkab hisoblanadi.

Dasturchilik bilan shug'ullanishni endi boshlagan yoshlar ko'p qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bu
qiyinchiliklar asosan terminlarning tushunmasligidan kelib chiqadi. Bu maqolamda
dasturlashning eng kerakli termini hisoblangan interpretator va kompilyator haqida yozib
o'taman.

Dasturlash jarayonida dasturchi o'z dasturini yaratish uchun xar hil turdagi kodlar yozadi.
Kodlarnining qanday bo'lishi qaysi dasturlash tilidan foydalanib, dastur tuzishga bog'liq
bo'ladi. Dasturlash tillaridan C, C++, Java,… . Yozilgan kodlarni komp`yuter tushunmaydi,
komp`yuter tushunishi uchun uchun bu kodlarni komp`yuter tushunadigan tilga o'zgartirish lozim.
Mana shu vaziyatda yuqoridagi 2 ta termin kerak bo'ladi(kompilyator yoki interpretator).

Komp`yuter faqatgina raqamli kodlarni tushunadi, ya'ni 0 yoki 1. Bu 2 son orqali dastur tuzish
juda qiyin hisoblanadi(manimcha bunday sonlar orqali dastur tuzuvchilar sanoqli bo'lsa
kerak). Shuning uchun, insonlar tushunadigan qilib dasturlash tillari yaratilgan. Ketma-
ketlikni tushungandursiz, dasturchi dasturlash tillari orqali kodlar yozadi va bu kodlar
komp`yuter tushunadigan 0 va 1 sonlariga almashtiriladi va dastur komp`yuterda ishlaydi, bu
jarayonni kompilyator yoki interpretator amalga oshirib beradi.

#Kompilyator — murakkab dasturdir, dasturlash tilida yozilgan barcha kodlarni birdaniga
ob'ektli kodga o'zgartirib beradi. Ob'ektli kodni yana ikkilik kod yoki mashina kodi deb ham
atashadi. Keyinchalik bu ob'ektli kod komp`yuterda to'g'ridan to'g'ri ishlatilishi mumkin bo'ladi.
Dasturlash tillarida yozilgan kodlar bu ob'ektli kodga ta'sir qilmaydi. Ob'ektli kodni
o'zgartirish uchun esa, qaytadan kompilyatsiya qilinib ob'ektli kod o'zgartiriladi. Natija
bajariladigan, .yexe ko'rinishidagi fayl bo'ladi. Bu faylni bloknotda ochib o'zgartirib
bo'lmaydi, ya'ni bu fayl tayyor dastur hisoblanadi. Kompilyatorning kamchiligi sifatida,
dasturlash tilidagi ma'lum bir qatorlani alohida tekshirish imkoniyati yo'qligidir, uning uchun
ob'ektli kod yaratib, uni ishga tushurish lozim bo'ladi, ortiqcha ish bo'lib qoladi. Undan tashqari
ba'zi kompilyatorlar bir dasturlash tilidan, ikkinchisiga ham o'zgartirib berishi mumkin.
Kompilyator ishlatadigan dasturlash tillariga C, C++, Delphi larni misol qilib keltirish
mumkin.

#Interpretator — ham dastur ham jihoz ko'rinishida bo'lishi mumkin. Bu ham komp`yuter tiliga
o'zgartirib berish vazifasini bajaradi, faqatgina ishlash texnologiyasi boshqacharoqdir.
Interpretator, dasturlash tilida yozilgan kodlarni ketma — ket o'qib, mashina tiliga
o'zgartirib boradi. Xatolik paydo bo'lsa, o'sha zahoti dasturchiga ma'lum qiladi. Bu ketma —
ketlikda o'zgartirish, kompilyatorga nisbatan sekinroq amalga oshiriladi(ba'zi holllarda
kompilyatorga qaraganda 50 barobar sekin). Dastur natijasini ko'rish uchun, har safar kodlarni
interpretatordan o'tkazish kerak bo'ladi(kompilyatorga o'xshab bir marotaba ob'ekt kod yaratib
qo'yib, keyin har doim ishlatishning iloji yo'q). Bundan ko'rinib turibdiki, interpretator
asosan saytlar, umumiy holda veb dasturlashda ishlatiladi. Biror saytning yuklanishi jarayoni
uzunligi, interpretatorda o'zgartirish amalga oshirilishi bilan tushuntirilishi mumkin.
Interpretator ishlatadigan dasturlash tillariga PHP, JavaScript, JScript, Basic,… misol bo'la
oladi.

Bu ikki termin umumiy holda translyator deyiladi, ya'ni o'zgartirgichlardir. Biror proektlar
qilganda bu 2 o'zgartirgichlar birgalikda ham ishlatilishi mumkin.

Biror dasturlash tili bilan jiddiy shug'ullanmoqchi bo'lsangiz, dastlab siz yozadigan kodlar qay
tarzda komp`yuter tiliga o'zgartirilishini o'rganib oling. Bu dasturlashning asosi hisoblanadi
2019 yilda dasturiy ta'minot rivojlanish tendensiyalari.

Hozirgi yangi texnologiyalar keyingi yil rivojlanishda davom etishini hech kim bilmaydi.Texnologiyalar chaqmoq tezligida o'zgarib bormoqda.
Dasturiy ta'minot sohasidagi qaysi tendentsiyalar 2018 yildan 2019 yilga o'sishda davom etadi?

"Qaynoq" dasturiy ta'minot rivojlantirish tendentsiyalari quyidagilardan iborat:
blokcheyn, sun'iy aql/mashina, ilg'or veb-ilovalar, "low-code" konstruktorlar (istalgan kishi veb sayt va mobil dastur yarata oladigan darajada) va axborot xavfsizligidir.
Blockcheyn
Blockcheyn "Blockcheyn-inqilobi" tufayli mashhurlik qozongan. Endi ko'plab tarmoqlar va kompaniyalar blockcheynni tez rivojlantirish arafasida turibdi. "Blockchain" texnologiyasi markaziy kompyuterlarga tayanish o'rniga "peer-to-peer" tarmog'idan foydalanadi.Bunda kompyuterning o'zi server vazifasini bajaradi.

Blokcheyn rivojlanishi keng ko'lamli operatsiyalarni tez va tekinga amalga oshirilishini taminlaydi.
Blokcheyn sog'liqni saqlash,ma'muriy boshqaruv,mahsulotlarni tarqatish tizimi,tibbiy ma'lumotlar va dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi firmalar jarayonlarni optimallashtirish uchun xizmat qiladi.

Izoh.Blockcheyn rivojlanishidagi yetakchilar orasida IBM, Oracle, Microsoft va Amazon ham bor.
Blokcheyn startaplari: BlockPass, BitTicket va ALTR.
Sun'iy aql/mashina (AI,ML)
Sun'iy aql/mashina (AI) ham rivojlanishda davom etadi. Ba'zi hisob-kitoblarga ko'ra kompaniyalarning 40 foizi AI dan jarayonlarini avtomatlashtirish uchun foydalanishi ko'zda tutilmoqda. IA yechimlarini muayyan vazifalarni bajarish uchun integratsiyalashgan holda, bu korxonalar raqobatbardoshlikka ega bo'lib, iste'molchilar uchun yuqori sifatli xizmat ko'rsatish tajribasiga ega.

Audio javob berishga yordam beruvchi uy yordamchilari, tushunchalar majmui, katta ma'lumotlar bazasi va smartfonlar AI dan foydalanadi. Facebook, Google va Slack AI rivojlanishidagi etakchi kompaniyalardir va Google o'zining yaqin kelajakda AI texnologiyasiga asoslangan algoritmlarini asoslashni rejalashtirmoqda.

AI startaplari: Element AI 102000000 $ moliyalashtirilgan UIPath esa 30000000 $ moliyalashtirilgan.