Nematillo Ochilov
1.03K subscribers
337 photos
124 videos
383 files
685 links
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida istiqomat qiluvchi dasturchi, @Nematillo_Ochilov

youtube.com/c/nematilloochilov
@NematilloOchilov - blog
@pythonuz - Python darslari
@js_uz - Java Script
@MQLUZ - Savdo robotlari
@sjtbot - Test kalitlarini tekshirish
Download Telegram
@MUIC_Bot bu biz yaratgan bot
Forwarded from Future Dreams
1
Forwarded from Future Dreams
2
Forwarded from Future Dreams
3
Forwarded from Future Dreams
4 - oxirgisi
Professional bo‘lib yetishish uchun shaxs sifatida ham takomillashib borish kerak. Vaqt va kuchingizni o‘zingizga sarf qilishni unutmang.


O‘z bilim doirangizni kengaytiring

Notanish vaziyatlar va yangi taassurotlar ko‘p narsalarga o‘rgatishi mumkin. Miya biron bir notanish narsaga duch kelsa, u yangi neyronli yo‘llar yaratadi. Takrorlashda ular mustahkamlanadi va bizda yangi malakalar ishlab chiqariladi.

Shuning uchun har doim qulaylik zonasidan biroz chiqishga harakat qiling: yangi joylarga boring, ishga borishda boshqa yo‘l orqali yuring. Odatlaringiz qancha mahkamroq o‘rnashib qolsa, sizning yangi o‘zgarishlarga moslashishingiz shuncha qiyinroq bo‘ladi.

Ijodiy fikrlashga harakat qiling

Muvaffaqiyat har doim g‘oyalardan boshlanadi. O‘zingizni chegaralab tashlamang, fantaziyani ishga soling, shunda yangi g‘oyalarni ixtiro qilish, yechimini topish va odamlar bilan aloqa qilish osonroq bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan siz agar kerak bo‘lsa, hayotning hamma sohalarida ilhom olishni o‘rganasiz.

Ijodiy fikrlash hammada bor, uni tez-tez qo‘llashga harakat qiling. U hatto zerikarli ishni ham qiziqarli qilishga yordam beradi.

O‘qing

Ko‘pchilik o‘zining hamma vaqtini ishga bag‘ishlaydi va dam olish, ko‘ngil ochish haqida butunlay unutadi.

Har qanday o‘qish, mazmunidan qat’iy nazar miya uchun foydalidir, chunki u tasavvurni rivojlantiradi.

Miyaning plastikligini oshiring

Muammolarni yechish malakasini hosil qiluvchi va miyaning plastikligini oshiruvchi ko‘plab o‘yinlar va ilovalar bor. Neyroplastiklik — bu miyaning yangi neyronli aloqalar hosil qilish qobiliyati. Miya qanchalik plastikroq bo‘lsa, u olingan ma’lumotlarni shunchalik tezroq va samaraliroq tayyorlaydi.

Har doim o‘rganing

Muvaffaqiyatga erishish uchun, o‘z faoliyat sohasida har doim yangiliklarni izlash kerak. Yangi bilimlarga intiling, yangi malakalarga ega bo‘ling. Qancha ko‘proq o‘rgansangiz, strategiya ishlab chiqishingiz va muhim qarorlar qabul qilishingiz shuncha osonroq bo‘ladi. Bilim olish o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshiradi, jarayonga aql bilan yondashishga yordam beradi.
Forwarded from Nematillo Ochilov (Admin)
c9.io da app enginega upload qilayotganda shu ko'rinishda xatolik yuz bersa quyidagicha tuzatish mumkin.
ID = gmail id si Masalan: goldgcvd@gmail.com bu yerda id "goldgcvd"
PROECT_ID = appengine.google.com dagi id


Xatolik
Another transaction by user ID is already in progress for app: b~PROECT_ID, version: 1. That user can undo the transaction with "appcfg rollback".

Tuzatish
google_appengine/appcfg.py —oauth2 -A PROECT_ID rollback app_engine_installer/app_engine_project/app.yaml —noauth_local_webserver
c9.io da ro'yxatdan o'tolmayotganlar uchun https://c9.io/dashboard.html
agar github da profilingiz bo'lmasa https://github.com/join?source=header-home saytiga kirib ro'yxatdan o'ting