Nematillo Ochilov
1.14K subscribers
336 photos
124 videos
383 files
682 links
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida istiqomat qiluvchi dasturchi, @Nematillo_Ochilov

youtube.com/c/nematilloochilov
@NematilloOchilov - blog
@pythonuz - Python darslari
@js_uz - Java Script
@MQLUZ - Savdo robotlari
@sjtbot - Test kalitlarini tekshirish
Download Telegram
#python3
data = {1: {'sum': 100, 'foiz': 100}, 2: {'sum': 100, 'foiz': 50},
3: {'sum': 100, 'foiz': 33}, 4: {'sum': 100, 'foiz': 25},
5: {'sum': 100, 'foiz': 20}, 10: {'sum': 100, 'foiz': 10}}
for k in range(260):
for i in data:
data[i]['sum'] += data[i]['sum'] // data[i]['foiz']
print("Tasavvur qiling! 1 yilda 260 ish kuni bor va"
" mablag'ingiz har kuni ")
for i in data:
print(f"{str(i)}% dan ko'paysa 260 kunda {data[i]['sum']}$")


http://telegra.ph/file/ee29e1178a4971d9c24a6.jpg
2021-yilda Telegram dasturchilar va kontent yaratuvchilar uchun yangi tanlovlarni boshlaydi.

🏆 messenjer interfeysi uchun animatsiyalar yaratish uchun iOS ishlab chiquvchilari uchun tanlov (01/15/2021).
🏆 Android dasturchilari uchun messenjer interfeyslarini yaratish bo'yicha tanlov (30.01.2021).
Content Kontentni klasterlash va kanal mavzularini aniqlash bo'yicha C / C ++ dasturchilari uchun tanlov (30.01.2021).
Calls Qo'ng'iroqlarda audio va video treklarni qayta ishlash bo'yicha ishlab chiquvchilar uchun tanlov (15.02.2021).

Ingliz tilida universal IQ testlarini yaratuvchilar uchun tanlov (01/09/2021).
Vektorli animatsiya dizaynerlari uchun animatsion stikerlar yaratish bo'yicha tanlov (1.03.2021).
Tematik GIF-animatsiyalar yaratish bo'yicha tanlov (15.03.2021).

Yakunlanayotgan 2020 yilda Telegram MDH davlatlari musobaqalari g'oliblariga 850000 dollardan ko'proq pul to'lagan bo'lsa, kelgusi yilda umumiy mukofot jamg'armasi 1000000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Tafsilotlar @contest kanalida joylashtiriladi. @ContestBot allaqachon ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilmoqda.

Sizga omad tilaymiz!
Nematillo Ochilov
Internetinga ham internetingni sifatiga ham ... Internet sifatini nazorat qiladiganlar nima uchun oylik olyapsizlar? Fatat e'tibor Toshkent shaharda emas hududlarga ham e'tibor qaratinglar. Aloqa operatorlari jaraqlatib pulni olyapti sifatini ham nazorat qilinglarda…
Mingdan ortiq oʻquvchilarga tekinga dasturlashdan onlayn tarzda saboq beraman.

Uztelecomga qarashli Uzonline degan provayder bor bilasizlarmi?

Uzonlinening simli internet xizmatidan foydalanaman.Mana 5 kun oʻtibdiki internet umuman ishlamaydi.

Texnik xizmat koʻrsatish 1 tinga qimmat.Faqat kompaniyalarni tanqid qilamiz ayb kompaniyada emas quyi tizimdagi texnik xizmat koʻrsatadigan ishchilarda ekanligini kompaniyani choʻqqisida oʻtirganlar biladimi?


Postni yozganimdan 3 soat oʻtib tuzatib berishdi.Rahmat.
Forwarded from MQL dasturlash tili (Nematillo Ochilov)
#python3

pip3 install simple-image-download

from simple_image_download import simple_image_download as simp
response = simp.simple_image_download
response().download('parameters Forex Scalping Strategy', 200)

http://telegra.ph/file/cd1abc877872b35ed5760.jpg
Forwarded from MQL dasturlash tili (Nematillo Ochilov)
Broker tanlshda qiynalayotgan treyderlarga yordam berish uchun ushbu @Forex_brokerlar kanalida broker izohida broker haqida fikrlaringizni bildiring.

Izoh yozganlarga savob ish qilganlari uchun alohida rahmat.

Forex guruhlarga ulashing
yana bir ...

Oldin ham O'zbekistonlik yoshlar robot yaratgan edi lekin qayerda yaradi shu robot.

Menimcha kontroller va boshqa asosiy ehtiyot qismlari Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelishgan bo'lsa kerak.Balki 3D printerda chop qilishgandur.

Xuddi dunyoni o'zgartiradigandek shov-shuv qilib aytishadi ilmiy ish va ixtirolarni?

4-5 yil o'tgandan so'ng shu loyihalarga qarasangiz hech qanday o'zgarish yo'q lekin loyihaga ajratilgan pullar miliard miliard.

Aytinglarchi oxirgi 10 yillikda o'zbek yoshlari yaratgan ixtiro(tovar)lar qaysi mamlakatlarga eksport qilindi va undan necha milion AQSh dollari daromad olindi?
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Putinning qasri.

Bu qasrni qurishga sarflangan pulga Dubay shahridagi Burj Xalifa binosini qursa bo'ladi.
Yirik kompaniyalar puli evaziga qurilgan qasrda striptiz klubi, o'yin avtomatlari xonasi, suzish havzasi, katta uy teatri va boshqa xonalar mavjud.Qasr hojatxonasini tozalaydigan cho'tkaning narxi 2200$.Bundan ko'rinadiki qasr qimmatbaho buyumlar va mebellardan iborat.

Xudoga shukr bizda o'ziga yig'may xalqqa beradi.Nima ham derdim Rossiya tadbirkorlariga sabr bersin.

Batafsil
Diqqat ximik va fiziklar!

Ilon Mask uglerodni tortib olish texnologiyasini sifatli yaratgan olimlar jamoasiga 100000000$ to'lamoqchi.

Manba: https://twitter.com/elonmusk/status/1352392678177034242
18 yoshdan kichkina qizlarga maslahat.

Qizlar turmush qurganidan soʻng ularning turmush oʻrtoqlari ayolini uydan tashqariga ishlashga ruxsat bermasligi mumkin.Aksariyat hollarda ayollar uyning bekasi yoki xizmatkori boʻladi.(xizmatkor boʻlishni xohlamasangiz ertaroq bilim olishga harakat qiling) Baʼzilari pazanda yoki chevar boʻlib uyda ishlaydi.

Iqtidorli onadan iqtidorli farzandlar dunyoga keladi.

Oʻzbekistonda dasturchilarning taxminan 5% ini qizlar va ayollar tashkil qiladi.

Aniq fanlardan yaxshi bilimga ega boʻlgan qizlarga dasturlashni oʻrganishini tavsiya qilaman.(qizlarni 4 yoshidan 8 yoshigacha mantiqiy fikrlashini rivojlantiring, soʻng dasturchilikka yoʻnaltirsangiz boʻladi).Chunki ular uyda qolib ishlashi va katta daromad keltiradigan soha mutaxassisi boʻlishi mumkin.

Qizlar oʻrtasida oʻtkaziladigan dasturlashga oid tadbirlarni @technovation_uz kanali orqali kuzatishingiz mumkin.

TikTokdagi beʼmani qizlarga.

Bachkana qiliqlaringizni akangiz yoki otangiz xotirjam tomosha qilishidan oilangizdagi muhitni qanday ekanligini bildik.Unutmang ijtimoiy tarmoqlar millat koʻzgusi.Undan koʻra TikTokda foydali maslahat bersangiz yoki foydali kasbni oʻrgatsangiz yaxshi boʻlar edi.

#maslahat

@NematilloOchilov
2020-yilda dunyo aholisi og'ir sinovlarni boshdan kechirdi.Lekin Ilon Mask daromadi 500% (150 milliard $)ga rekord miqdorda ko'paydi.

Bitcoin ham rekord miqdorda narxi oshib ketdi.O'xshashlikni sezdingizmi?
Nematillo Ochilov
Dasturlash borasida tushunmagan savolizni https://stackoverflow.com/questions/ask saytiga yozing hammasiga javob berishadi xususan botlar to'g'risidagi savollarga javob beraman.
Yoshlar:
Maktabni bitiradi.Repititor kurslarga 1000$ sarflab o'qiydi.
Oliygohga o'qishga kirib 4 yilda 5000$ kontrakt puli to'laydi va yana shuncha yashashi uchun xarajat qiladi.
150$ atrofida maosh olish uchun el qatori ishga kiradi. Nest Onedagi 200 000$ li uyni tushida sotib oladi.

Farzandingiz yoki jiyaningiz:
Agar aniq fanlarni yaxshi bilsa va 10 yoshdan oshgan bo'lsa ularni dasturlashga yo'naltiring.
300$ li 1 dona noutbuk olib berasiz xolos.O'zbek tilida dasturlashga oid bepul darslar internetda tobora ko'payib bormoqda.Yoki telegramdagi @pythonuz kanaliga kirib kelajak tili bo'lmish pythonni tekinga tez o'rganishi mumkin.
Dasturchilarning yillik maoshi:
O'zbekistonda 4000-20000$
Chet elda 30000-200000$

——————————————————————-

Chet tili va dasturlash tilini biladiganlar uchun uydan turib yiliga 30000-200000$ maoshli ishlar: https://stackoverflow.com/jobs?r=true&sort=y&pg=2

Talablar:

1) Dasturlashda kamida real loyihada 5 yil tajribaga ega boʻlish.

2) Biror chet (asosan ingliz) tilini suhbatlashadigan darajada bilish.

3) linkedin.com platformasida oʻzingiz haqingizda toʻliq maʼlumot kiritilgan boʻlishi kerak.(portofolio)

Agar yuqoridagi koʻnikmalar sizda mavjud boʻlmasa oʻzingizni ham ishga qabul qiladigan kompaniya xodimini ham vaqtini olmang.

@pythonuz
Nematillo Ochilov
Nazarimda ba'zi tashkilotlarda soxta statistikalar yuritiladi. Soxtakorlik maynavozchilik OAVlarda baland parvoz gaplar bo'lsayu amalda eski ahvol bo'lsa o'sha joyda rivojlanish ham soxta bo'ladi. Maktablardagi informatika o'qituvchilar armisodan qolib ketgan…
Men aniq bilaman qachondur O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimida o'zgarishlar bo'ladi.

Bu o'zgarishlar qancha tez bo'lsa mamlakat rivojlanishi shuncha tezlashadi.
Inson 4 yoshidan 7 yoshigacha 70% ma'lumotlarni o'zlashtiradi.Hozirgi vaqtda bu yoshdagi bolalar nimani o'rganayabdi?Hammasi ham bog'cha boradimi?

Qaysi yoshdagi bolalar qayerda tarbiya yoki ta'lim olishi kerakligi bo'yicha taklifim bor.

Bolalar
:
3 yoshda: Bog'cha
4 yoshda: Bog'cha

Boshlang'ich sinf
5 yoshda: 1-sinf
6 yoshda: 2-sinf
7 yoshda: 3-sinf
8 yoshda: 4-sinf

Ixtisoslashtirilgan sinf
9 yoshda: 5-sinf
10 yoshda: 6-sinf
11 yoshda: 7-sinf
12 yoshda: 8-sinf
13 yoshda: 9-sinf
14 yoshda: 10-sinf
15 yoshda: 11-sinf

O'quvchilarni 5-sinfdan ixtisoslik bo'yicha yo'naltirish kerak.Bu orqali 20 ta fanni chala o'zlashtirmaydi 3-4 ta fanni chuqur o'zlashtiradi.
E'tiborni 1 narsaga qaratish orqali ulkan natijaga erishish mumkin.Xitoy Xalq Respublikasida 4-sinfdan sun'iy intelekt texnologiyalari o'rgatilishidan xabaringiz bormi? https://youtu.be/JMLsHI8aV0g
TikTokdagi profilimga aʼzo boʻlib dasturlashga oid tushunmagan savollaringizni yozing.TikTokda video koʻrinishida tushuntiraman.

👍 Like bosish shart emas.

https://vm.tiktok.com/ZSJ1kobae/