Nematillo Ochilov
1.03K subscribers
337 photos
124 videos
383 files
685 links
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida istiqomat qiluvchi dasturchi, @Nematillo_Ochilov

youtube.com/c/nematilloochilov
@NematilloOchilov - blog
@pythonuz - Python darslari
@js_uz - Java Script
@MQLUZ - Savdo robotlari
@sjtbot - Test kalitlarini tekshirish
Download Telegram
Forwarded from Sherali Obidov
Google ga qanday qilib kelib qoldim :)

Intro

Bu blogimda doimgi mavzulardan tashqariga chiqib, qanday qilib, Google ga software engineer bo'lib, ishga kirganim haqida yozmoqchiman. Interview process haqida o'zbek tilida (bilmagan joylarimni ingliz tilada :) yozib, to'liq ma'lumot berishim, O'zbekistonlik va boshqa o'zbek tili so'zlovchilariga ozgina bo'lsa-da, motivatsiya bo'lishiga umid qilaman. Iloji boricha, detailed yozishga harakat qilaman va agar yana savollaringiz bo'lsa, bemalol yozib qoldirishingiz mumkin. Imkoni boricha, javob berishga
....

More about - https://teletype.in/@sheraliobidov/BytpeFh9E
Secret.avi
268.8 MB
HAYOTNING ENG BUYUK SIRI.
DUNYODAGI O'TGAN BUYUK ALLOMALAR VA HOZIRGI KUNDA YASHAYOTGAN DUNYONING ENG BOY INSONLARI VA MASHHUR SHAXSLARI BU SIRDAN XABARDOR BO'LGAN.SIZ HAM VIDEONI TOMOSHA QILING VA BU DUNYO SIRINI BILIB OLIB MAQSADINGIZGA TEZ FURSATDA ERISHING.
#secret
(268 mb yuklashga arziydi)

Kanalga a'zo bo'lish 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAD6YXE73Trzz2TcWdw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#FOYDALI

ONLINE TEST javoblarini @sjtbot orqali qanday qilib tekshirish haqida video qo'llanma.

@matematika_informatika
O’quvchilarni dasturlashga qiziqtirishni 5-sinfdan boshlang
Sizda savol tugʻilishi mumkin. Nega aynan dasturlashga? Sababi oddiy tahlil orqali bilib olishingiz mumkin. Hozirgi kunda dasturchi boʻlish orqali tez yuksalish mumkin. Ham moddiy ham fikrlash doirasida. Qanday qilib 5-sinfdan boshlab dasturlashga oʻquvchilarni qiziqtirish mumkin? Buning uchun sizda Scratch dasturini oʻrgatish orqali oʻquvchilarni dasturlashni oʻrganishiga qiziqish oʻrgatishiz mumkin.

Nega aynan Scratch?

Sizlarga Sugatra Mitra oʻtkazgan ajoyib tajribani aytib bermoqchiman. Sugatra Mitri: Men Hindistonning Dehli shahrida bolalarga dasturlashni oʻrgatish bilan shugʻullanardim. Men ishlayotgan joy yonida kambagʻal qishloq bor edi. Men oʻylab qoldim shu kompyuterda ishlab koʻrmagan bolalar dasturlashni oʻrganishi mumkinmikan. Shu bilan bir vaqtda uning oldimga bolalarini olib kelgan boy oila vakillari doim oʻz farzandlarini maqtashardi. Bilasizmi, mening oʻglim kompyuterda shunday ishlar qiladiki, mening qizim judayam qobiliyatli degan gaplarni aytishardi. Men oʻylab qoldim nega faqat boy odamlarning farzanlarigina oʻta qobiliyatli. Kambaʼgallarning aybi nimada? Men ofisim yonidagi devorni oʻyib yerdan 1 metr balandga kompyuter oʻrnatdim. Bolalar yurib emas, yugurib kelishdi. Bolalar bu nima? degan savoliga bilmayman deb javob berdim. Bolalar buni nega oʻrnatdingiz deb soʻrashdi, men shunchaki boʻlishi uchun deb javob berdim. Bolalar unga tegsak boʻladimi deb soʻrashdi, men agar xohlasang tegaver dedim. Sakkiz soatdan keyin ular internetda ishlashar va bir-biriga oʻrgatishar edi. Men aytdimki bu boʻlishi mumkin emas. Ahir ular umrida kompyuterda ishlamagan ularga hech kim kompyuterni oʻrgatmaganku. Shunda hamkasblarimdan biri shunchaki oʻquvchilaringizdan birortasi ularga sichqonchani ishlatishni oʻrgatgan dedi. Men ha mayli boʻlishi mumkin dedimda shu tajribani dehlidan uzoqdagi kompyuterni biladigan odam topilmaydigan qishloqqa oʻrnatdim. U yerdagi bolalarning bu nima degan savoliga bilmayman deb javob berdimu, u yerdan ketdim. Bir necha oydan keyin borib bolalarning kompyuterni oʻynayotganlarini guvohi boʻldim va eng hayratlanarlisi ular menga – bizga kuchliroq protsessor va yaxshiroq sichqoncha kerak dedilar. Bolalardan bularni qayerdan oʻrganganini soʻradim ular oʻpkalagan ohangda siz bizga faqat inglizchada ishlaydigan kompyuter beribsiz biz oʻzimiz inglizchani oʻrgandik dedi! Sugatra Mitraning ushbu hikoyasini eshitib men hayron qoldim. Hindistonning chekkasidagi bu bolalar bilan Oʻzbekistondagi bolalarni solishtirishga harakat qildim. Bizning oʻquvchilarimizda kompyuterdan foydalanishga imkoniyat bor lekin xohish kam, bunga sabab nima. Bola baribir bola, u oʻyin oʻynagisi keladi. Lekin dasturlashga qobiliyatni ertaroq rivojlantirgan maʼqul, agar 5-sinf oʻquvchisiga paskal dasturlash tilini oʻrgatsangiz 10 tadan 7 tasi uchun bu zerikarli mashgʻulot boʻladi. Paskalda tuzilgan dasturlar asosan matematik hisob kitoblarni bajaradi. Bugunga kelib Scratch dasturi jahon miqyosida ommalashmoqda.

Avloniy malaka oshirish instuti oʻqituvchisi Sanjar Hafizov bir necha yillar davomida jahondagi ilgʻor taʼlim texnologiyalarini oʻrganib kelgan, bu kishining gaplari meni oʻylantirib qoʻydi: Jahondagi eng boy IT korporatsiyalardan biri Microsoftda ishlayotgan hodimlarning koʻpi dasturlashni Scratch dasturida oʻrganishni boshlagan boʻlsa, nima uchun biz Paskal oʻrniga Scratch ishlatmasligimiz kerak. Scratch dasturini 8-16 yoshlilar uchun moʻljallab chiqarilgan boʻlsada hozirgi vaqtda nafaqat yosh oʻquvchilar hatto universitetlarda ham foydalanishyapdi.

Internetda Learning children for programming deb qidiruvga berib koʻrdim google qidiruv tizimida. lifewire.com saytidagi maʼlumotlarga koʼra Scratchdasturlashni oʻrganayotgan yosh bolalar oʻrtasida 1- oʼrinda.

Scratch dasturi oʻquvchilarni ijodiy fikrlashga, jamoada ishlashga oʻrgatadi bular 21 asrning tayanch hayotiy koʻnikmalaridan.


Scratch dasturini yuklab olish
Va'daga binoan telegra.ph ga dasturlash orqali postlarni nazorat qilish yoki bundan baza sifatida foydalanish uchun API.

https://stackoverflow.com/questions/48823781/how-to-post-telegraph-article/56101918#56101918
Language:
python3


Source:
#pythonda yozilgan kodingiz ishlash tezligini bilish @apiuz
import time
from time import sleep
start_time = time.time()
#kod boshlanishi
sleep(2)
#kod tugatilishi
end_time = time.time()
print("Vaqt oralig'i: {0} sekund".format(str(int((end_time - start_time)))))


Result:
Vaqt oralig'i: 2 sekund
Sifatli futbolka ishlab chiqaruvchilar diqqatiga!
1) Ishlab chiqarilgan tovarlarni internet orqali sotishni yo'lga qo'yish
2) Futbolkalarga rasm pechat qilish servisini tashkil qilish.

Tovarlarni internet orqali sotish savdo hajmini 10 barobardan oshiradi.Sifatli futbolkalar standart tovar bo'lgani uchun iste'molchilar deyarli shikoyat qilishmaydi.Futbolkalarga rasm tushirilgan holatda chet el internet magazinlaridagi narxdan 7-10$ qimmatga farq qiladi.
Istemolchi saytingizga a'zo bo'ladi.Futbolka tanlaydi.Sayt orqali rasm yuboradi.Tizim avtomatik ravishda futbolkaga rasm tushirilgan holatidagi rasmni istemolchiga ko'rsatadi.Istemolchiga maqul bolsa to'lov qiladi va 1 hafta ichida yashash joyidagi pochtadan buyurtmani oladi

#idea
Kanalga a'zo bo'lish 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAD6YXE73Trzz2TcWdw
Forwarded from Sherali Obidov
Savol:

«Телефон жиринглайди:
- Хайрли кун. Google пиццахонаси, сизнинг хизматингизда!
- Нима пиццахонаси?
- Google пиццахонаси. Нима буюрасиз?
- Ҳалиги... бу "Синьор Помидор" пиццахонасимасмиди?
- Афсуски эди, Google уни сотиб олди ва хизмат доирамиз ана энди тўлиқ бўлди.
- Ажойиб! Унда буюртмани қабул қилиб олинг.
- Хўп бўлади! Буюртмангиз одатдагидекми?
- Одатдагидек? Сиз менинг буюртмамни қаёқдан биласиз?
- Бизда буюртмачиларни аниқлаш дастури бор ва унга кўра сиз охирги 53 сафар шу рақамдан "Везувий" пиццаси, икки ҳисса пишлоқ, дудланган гўшт ва колага буюртма берган экансиз.
- Ҳа, бу томони ҳаёлга келмапти. Яхши, ўша буюртма.
- Узр, лекин сизга бир маслаҳат берсам майлими?
- Майли.
- Пиццаларимизнинг тўлиқ менюси борми сизда?
- Йўқ.
- Бу энг тўлиқ меню ва сизга творог ва кўкатли пицца ва тузлари кам минерал сув тавсия қилардим.
- Творог? Кўкат? Эсингизни еганмисиз? Биронтасини ҳам ёқтирмайман!
- Тушунаман, лекин сизнинг соғлиғингизни ўйлаб айтяпман буни. Сизда холестерол миқдори жуда юқори...
- Буни қаердан биласиз?
- Бизнинг компаниямиз сайёрамиздаги энг катта маълумотлар базасига эга. Шу сабабли сизнинг телефон рақамингиз ва исм-шарифингиз орқали клиниканинг виртуал базасидаги сизнинг анализларингизни кўра оламиз.
- Ҳе, тупурдим маълумотлар базангизга! Творог ва кўкатли пиццангиз керакмас. Дорилар қабул қиламан. Шунинг учун истаган нарсамни ейишим мумкин. Тушунарлими?
- Афсуски, сиз ўша дориларни кейинги вақтларда қабул қилмай қўйгансиз.
- Жин урсин! Бундан қанақасига хабардор бўласиз? Ортимдан жосуслик қиляпсизларми ҳар куни?
- Йўқ, йўқ! Биз, шунчаки, шаҳардаги барча дорихоналар базасини кўриб чиқамиз, сиз у ерда 3 ой аввал бўлгансиз холос. Битта қадоқда 30та ҳапдори бўлади холос.
- Ухх... тўғри... Қандай билдинг ярамас?
- Пластик карточкангиздан.
- Нимааа?
- Ҳа, сиз ҳар сафар МММ банки пластик карточкасидан дорихонага тўлов қилганингизда чегирмага эга бўласиз. Ўша карточкангиз бўйича барча чиқимлар рўйхати бизда бор. Охирги 3 ой ичида дорихонадан ҳеч нарса сотиб олмагансиз, балки бошқа дўконлардан бошқа нарсалар олгансиз. Демак, карточкангиз йўқолмаган.
- Вой, онайни... Хўш, нима бўпти? Нақд пул тўлаган бўлишим мумкин-ку, а?
- Йўқ, мумкинмас. Сиз ҳафтасига фақат 100 $ нақд пул ишлатасиз ва уни хизматкорингизга маош сифатида берасиз. Қолган ҳамма чиқимларни фақат пластик карточкангиз орқали қиласиз.
- Лаънатилар! Хизматкоримга қанча тўлашимни қаёқдан билиб олишдинг?
- Ахир, у ҳам ижтимоий суғуртага пул тўлайди...
- Ҳе, ер ютсин ҳаммангни!
- Ихтиёрингиз. Лекин айтилган маълумотларнинг барчаси олдимдаги компьютер экранида турибди. Менимча, сиз яна докторингизга кўриниб, текширувдан ўтишингиз керак. Худди ўтган ойдагидек. Ўшанда дорилар миқдорини аниқлаб олиш учун текширувдан ўтгандингиз.
- Эй жин ургур, энди мени эшит! Ҳиқилдоғимга келишдинг... сен ҳам, компьютерларинг ҳам, Facebook ва Twitterларинг ҳам. Шахсий ҳаёт йўқ бу лаънати жойларда.
- Илтимос, асабийлашманг. Бу сизнинг қўлингизда эмас...
- Ўчир овозингни! Эртагаёқ сен лаънатиларнинг ҳаммаларингдан узоқ-узоқларга кетаман. Фиджи оролигами, қаерга бўлса ҳам. Интернети йўқ, телефони йўқ, ортамдан кузатадиган одамлари йўқ жойларга...
- Ҳа, тушунаман сизни...
- Охирги марта ўша пластик карточкамдан фойдаланаман, самолётга чипта сотиб олиш учун. Кейин, дунёнинг нариги бурчагига кетаман.
- Ажойиб...
- Буюртмани бекор қил. Энди керакмас пиццаларинг.
- Хўп... бўлди бекор қилдим. Рухсат берсангиз, яна икки оғиз нарсани билдириб қўйсам?
- Нима яна, алвасти?
- Сизнинг хорижга чиқиш рухсатномангизнинг муддати ўтиб кетган аллақачо...

Туут-туут-туут... | shu narsa qanchalik togri»

Javob:

Hazilku bu
— Oliy o'quv yurtlari uchun mo'ljallangan 2019 yil test savollariga Telegramda javob berib o'zingizni sinab ko'ring

— Qayerda?Telegramda..!Bo'lishi mumkin emas.

@ViktorinaUzBot va @sjtbot !

Hozirgi kunda 50000 dan ortiq abiturentlar,talaba va pedagoklar @ViktorinaUzBot va @sjtbot da test sinovlarida ishtirok etib bilimlarini sinab ko'rmoqdalar.
Foydalanuvchilar 781|abbabac... ko'rinishida botga javob yozadilar.Bot 1-30-savolgacha har bir to'g'ri javob uchun 3.1 bal 2 ci blok 31-60-savolgacha har bir togri javobiga 2.1 bal va 3 blok 61-90-savolgacha har bir javobiga 1.1 bal beradi.

Batafsil ma'lumotni ta'lim guruhlaridan olishingiz mumkin.

Kanalga a'zo bo'lish 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAD6YXE73Trzz2TcWdw
python dasturlash tili qoʻllanma.docx
897 KB
Python dasturlash tilini o'zbek tilida o'rganuvchilar uchun qo'llanma.Bu faylni barcha tanishlaringizga ulashing

Kanalga a'zo bo'lish 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAD6YXE73Trzz2TcWdw
vuejs2-russian.pdf
5.2 MB
Vuejs eng rivojlanayotgan texnologiyalardan hisoblanib saytlarning faqat kerakli qismini ishlatish evaziga trafik tejalishi va saytlarning tez ishlashiga xizmat qiladi.

Kanalga a'zo bo'lish
https://t.me/joinchat/AAAAAD6YXE73Trzz2TcWdw