Navrozbek9821
5 subscribers
5 photos
21 videos
2 links
Fikrlash, his etish va tushinish...

Admin @Navrozbek9821_1
Download Telegram
Bugun universitetga kelib quvongan narsam oylab kelmasam ham hech kim begona emas. Na ustozlar va na o'quvchilar...

Har bitta o'qituvchi o'z ukasidek ko'rishi va minglab o'quvchilar bo'la turib men bilan suhbatlashishga oshno bo'lishi yoqimli holat...

Ular uchun haliyam o'sha Navrozbek Rustamov man...
Tarjimasi: Snowflake ❄ esingdami men seni shunday atardim. ,, Snowflake ❄ning tug'ilgan kuni kelyapti. Nimadir reja qilishni istaysizmi''...

Qara xatto google ham seni qanchlar sevishimni, qardlaganimni, men uchun butun dunyo ekanligingni bilardi...

Yuragim, sevgim qalbim qolib xatto telefonim, google assistantim ,,Tug'ilgan kuniga o'tgan yilgidek nimadir rejalashtirishni hohlaysanmi?'' deb takidlayapti. Hozir bag'rida yotgan ering esa sen aytmasang yoki pasportingni ko'rmasa bilmaydi...

Sen isatagan taqdir, hayr shumi...? Qoyilman... πŸ‘

Navrozbek Rustamov 10.01.24.
Qora ko'z...

Bilaman chiroyli go'zal husning bor.
Mana man deganlar senga bolar yor,
Ortingda necha oshiq yurisharlar zor.
Ammo sevolmayman seni qora ko'z.

Hushchaqchaq suhbatchi, vafoli, go'zal,
Hurliqo, soliha, mukammal, tugal,
Bitsa arzir senga ming bitta g'azal,
Ammo sevolmayman seni qora ko'z.

Bo'lsa bo'lardirman vafoli bir er,
Lek qalbim faqat bittasini der,
Kel ko'nglingni o'zgasiga ber,
Ammo sevolmayman seni qora ko'z.

Ha to'gri hayotda bo'lar har narsa,
Barchasi bo'larkan alloh bo'l desa,
Shunda ham yuragim uni deb tursa,
Seni sevolmayman kechir qora ko'z.

Navrozbek Rustamov 14:18 12.10.24
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Seni allohimdan har kuni so'rar edim. Meni uning oldida uyaltirdingku do'mboq...
After ruining someone's entire life no matter how much you pray, no matter what do you do you can't be the good people to Allah. And ,,the day you will be punished. But on that day the people who joined you to kill and make someone's life miserable will be also punished!

But before that I will make you regret to what did yo do to me, my family, my friends and my belief in this real life. I promise you that day will come. And you guys deserve it.

Navrozbek Rustamov 12:38 15.01.24
Ona uni to'yi bo'ldiku...

Hayot buncha murakkab jumboq,
Sof qalbimni g'amga qo'ydiku,
Hammasidan toqat boldi toq,
Ona uni to'yi bo'ldiku...

To'yi bo'ldi chetdan kuzatdim,
Bir so'z demay ortga qaytdimku,
O'z sevgimni bugun uzatdim,
Ona uni to'yi bo'ldiku...

Ming ehtimol qoplab hayolni,
Hammasiga tayyor edimku,
Bugun ko'rdim o'sha ,,ayol" ni,
Ona uni to'yi bo'ldiku...

Bir qarashda tilkalandi qalb,
Hatto g'urur ojiz qoldiku,
Sabr bergin iltimos yo rab,
Ona uni to'yi bo'ldiku...

Mayli dedim u baxtli bo'lsin,
Harqalay u bunga loyiqku,
Xonadoni quvonchga to'lsin,
Ona uni to'yi bo'ldiku...

Qo'qonlarda qolgan hislarim...

Navrozbek Rustamov

πŸ“Œ@Navrozbek9821πŸ‚
Tushina olmasangiz o'qimang. Ammo men baribir yozaman...

Salom, Bugun tug'ilgan kuning va seni chin qalbimdan tabriklayman. Sen menga hayotimni oxirigacha yetadigan unitilmas onlarni berding. Men uchun hammasini qilding, sevding, itoat qilding qo'lingdan kelganicha. Barcha barchasini qilding. Yagona xatoying oxirida nima qilgan bolsang barini yuvib yubording. Bugun menga bergan 2 yillik baxtni senga sovg'a qilaman. Birga qilgan orzularimizni sen uchun o'zim qilaman. Barchasi samimiy orzu, hayol, istak va maqsadlar, tilaklarimizni amalga oshiraman. Baxtli yasha, o'yna kul. Keyin 2 yildan keyin sen menga nimani ravo ko'rgan bolsang men ham shunday qilaman! Ammo o'lgunimcha sen bilan o'tgan xotiralar bilan yashayman va hayotdagi yagona sevgim bo'lib qolasan. Yana bir bor tug'ilgan kuning bilan tabriklayman. Sen eng chiroyli baxtga loyiqsan. Senga bo'lgan sevgim hurmati har yili tug'ilgan kuningda eng birinchi o'zim senga tabrik yozaman. Va sen bunga arzisan...

Navrozbek Rustamov 00:00 17.01.24
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yolg'onmi hijob o'raganingni tushinishmaganida yoningda turganim?

Yolgo'nmi uyingdagilar seni o'limingni istaganida yoningda bo'lganim?

Yolg'onmi So'ngigacha ko'nglingga qaraganim?

Yolg'onmi seni eng ko'p sevganim?

Sen ham yolg'onmisan yo...?
Men otaman...

Men otaman seni boqib katta qildim. Shuning uchun meni aytganim bo'lishi kerak...

Men otaman hamma narsani bilaman. Seni kim baxtli qilishi yoki qilmasligini yaxshi bilaman...

Men otaman shunga nima desam haqman. Sen esa boysinishga majbursan...

Ota - alloh ato etgan farzandni alloh bergan risq bilan katta qiluvchi va farzandi baxtli bo'lishini va uning qalbi parchalanmasligini istaydigan zotdir.

Agar siz ko'chadagi obro, yoki urf odat, yana anu dostlariga va'da qilib o'z farzandini qalbini o'ylamaydigan inson bo'lsangiz demak siz shunchaki xudbinsiz...

Farzandizni baxtli yashashini istashingizni aytib xudbinligizni yashirmang. Zero kim kim bilan baxtli bo'lishini faqat alloh biladi. O'zizni ilohiylashtirmang...

Maslahatim farzand emas qo'y boqing. Boqqaniz uchun siz haydagan yo'lga yuradi, istasangiz sotasiz va tanish bilishlariz uyizga kelganda oyog'ini tagiga so'yib qurbon qilasiz...

Navrozbek Rustamovning ,,Farzandini do'zoxga eltgan otalar'' asaridan parcha. 20:55 20.01.2024
Mag'lublar...

Qishlaring qorlari erib qalbingdan,
Bahoring gullari gullayaptimi?
O'tmishni yashirib ,,halol'' juftingdan,
Vijdoning bariga ko'nayaptimi?

Baxtli bo'lsa kerak senga erishib,
Ega chiqqanidan hidlangan gulga,
Notinch yuragingchi qolgandir tinib,
Axir ega bo'ldi ko'zlangan pulga...

Otang ham baxtiyor bo'lsalar kerak,
Obrosin saqlashchun qurbonlik qilib,
Unga qiziqmasdi sevgan bu yurak,
Endi hursandmikin bizni o'ldirib...?

Aytgancha dugonang sog' salomatmi?
Anuchi, ayol bolib yigitga tekkan,
Kulib yurgani ham dalolatmasmi
Shubhasiz eri unga boshini ekkan.

O'zizcha barchangiz baxtga loyiqsiz,
Bitishga arzirsiz millionlab she'rlar,
Ammo vijdonizni ochiq pullaysiz,
Go'lib bo'la turib bo'lgan mag'lublar...

Navrozbek Rustamov 2:39 21.01.24.
Uylanishga qiz izlar do'stim...

Vaqti kelar deya hotirjam bo'lib,
Yoshlikni o'tqazdi davrini surib,
Kecha ko'rdim yelib yugurib,
Uylanishga qiz izlar do'stim...

Kutay desa vaqti ham kelgan,
Ota onasi intiqib kutgan,
Menga ayon alamlar yutgan,
Uylanishga qiz izlar do'stim...

Uni buni so'rar tanishdan,
O'zin tiyar zino gunohdan,
E charchadida yolg'iz yurishdan
Uylanishga qiz izlar do'stim..

Oshna to'xta bo'ldi qil biroz,
Oshiq bo'lma qilishsalar noz,
Allohimdan so'ragin holos,
Qo'y izlama topilar do'stim...

Navrozbek Rustamov 2:22 22.01.24.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
It may hurt you guys but you can not deny it...
Ko'ngli bola qiz.

Dunyo tashvishlari ezsalar nogoh,
Hayot darslaridan bo'lganda ogoh,
Tunlari allohdan so'raydi panoh,
Bo'yi yetgan ko'ngli bola qiz...

So'zlaganda to'lib toshadi,
Hayotingga zavqing oshadi,
Kayfiyatingga kayfiyat qo'shadi,
Qalbi ummon ko'ngli toza qiz...

Bir qarasang tinmay kuladi,
Biroz o'tmay yig'lab turadi,
Araz qilib tez unitadi,
G'alatiroq ko'ngli bola qiz...

Hislarini qilolmas oshkor,
Yuragida qo'rquvi bisyor,
Gar tinglasang o'z olami bor,
Sevib qolgan ko'ngli bola qiz...

Navrozbek Rustamov 21:57 22.01.2024
Ey allohim menga hayot bergan kuningdan to hozirgacha qanday yashagan bo'lsam o'zingga ayon. Alhamdulillah nimani chin dildan so'rasam berding. Armonim bo'lmadi.

Ammo birini mendan olib qo'yding va ko'rding senga isyonlar qildim. Lekin niyyatlarim o'zingga ayon hammasi samimiy va pok edi. Nima desang hop allohim ammo kechir o'zing yaratgan qalb bilan sening hukmingga rozi bo'la olmayapman. Chunki meni shunday, shu qalbim bilan yaratding. Bilaman rozimanmi yoki yo'q baribir sening hukmingga ko'nishdan o'zga choram yo'q. Biroq robbim meni shu ko'na olmayotgan ko'nglimni kechir.

Buyog'iga omadimni ber toki senga ishongan va nafsim bilan to'xtovsiz kurashayotgan iymonim sening adolatingga shubha qilmasin. Shaytonlar uni abadiy asr qilmasinlar. Shundog'am so'ngi kunlarda bo'lgan nohaqliklarga javob topa olmay ancha qiynaldi. Orsiz va xiyonatkor bandalaringning qilgan ishiga ko'z yumib zo'rg'a kurashayotgan iymonimni yana qiynama.

Ey barchasini bilguvchi va ko'rguvchi zot shubhasiz barcha kuch va sahovat senikidir. Qilgan oshkora va pinxona gunohlarimni kechir. Sendan kelib o'zingga qaytaman.

Navrozbek Rustamov 2:57 23.01.24
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
! Ogohlantiraman yoshi kotta va dunyoqarashlari keng insolar uchun.

O'zimga e'tibor bersam shunchaki bugun unisi bilan bolib ertaga boshqasi bilan ham bolib ketaverganlarni ko'rgan ko'zlarim, ,,Mendan voz kechmaysiza'' deb voz kechganini eshitgan quloqlarim hech narsaga ta'sirlanmay qo'yipti...
Men roziman bari tugasin...

Guli qurib to'kildi barglar,
Hayotimni tark etdi ranglar,
Totilmagan qolmadi dardlar,
Ey allohim endi bari tugasin...

O'rganildi barcha barchasi,
Tanbeh berdi qancha qanchasi,
Taslim bo'ldi yurak parchasi,
Hop deya qol bari tugasin...

Ha aybdorman o'zim bilaman,
Ne istasang shuni qilaman,
Olsang mayli jonim beraman,
Faqat robbim bari tugasin...

Mayli yuragimda urmasin qonim,
Baxt keltirmas onamga borim,
Undan ko'ra bugun ol jonim,
Men roziman bari tugasin...

Navrozbek Rustamov 12:32 25.01.24
If something bad will happen to me in my life I want to explain it to everyone who knows me that it's not just for love.

There are more than love like my family which always believe in me, my dreams which never tired of waiting for, my ,,taqvo'' which still has hope, myself who never forgive me...

I blame myself to exchange all of them for one ,,mistake'' I did. That's why it looks like all about love but trust me it's not just for love.

Navrozbek Rustamov 13:00 25.01.24
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kommentini bir ko'ring. Judayam ko'p bollar olardim deb yozgan.

https://www.instagram.com/reel/C0Tt3uXMueZ/?igsh=MW5jd3VmcXR4Z3Jncw==

Prosta qiziqde. Ko'p qizlar buni haqiqiy sevgi deydi. Ammo bir marta bolani hayotini oq qora dunyoga tiqib, boshqa odam bilan yashab, uni erkalab unga erkalanarkande keyin qachonki oilasi bomasa, qiynalsa, hullas qilgan xatosiga javob beradigan kunlar kelsa keyin sevgani esiga tusharmishde ,,eskisi''ga qaytarmish.

Qanchalar xudbinlik a? Man uni oramizdagi sevgi va bo'lgan xotiralarga tupirgan holda tark etdim, qalbini ezdim kelinlik libosida. Boshqasiniki bo'ldim erimga erkalandim. Tunlarimni birga o'tqazdim. Endi u ham bir toza piyolada choy ichsin deyish yo'.

Hayoti o'xshasa ketorarmishda o'xshamasa qaytarmish vijdoni yo'q odamlargayam kayfde boru.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
It starts with the words ,,One of the best'' not ,,The best''
Navrozbek9821 pinned Β«If something bad will happen to me in my life I want to explain it to everyone who knows me that it's not just for love. There are more than love like my family which always believe in me, my dreams which never tired of waiting for, my ,,taqvo'' which still…»