Navrozbek9821
5 subscribers
5 photos
21 videos
2 links
Fikrlash, his etish va tushinish...

Admin @Navrozbek9821_1
Download Telegram
Onamlar bergan tarbiya tufayli sizga yaxshi munosabatda bo'lsam buni ko'ngil ishiga yo'ymang. Chunki bizning yurak qulflanib kaliti cheksiz ummonga tashlangan.

Endi u qulfni o'sha kalitning o'zi ham ocha olmaydi. Boshqa kalit haqida gap bo'lishi mumkin emas. Zero har qanday kalit tushadigan sifatsiz qulf bizda hech qachon bo'lmagan...

Navrozbek Rustamov 11:12 4.01.24
Bugun hayot yengyapti ona...💥Jonli ijro. Navrozbek Rustamov sheʼri…
Navrozbek Rustamov
Navrozbek Rustamov she'ri Jahongir Faxriddinov ijrosida.

,,Bugun hayot yengyapti ona''
Berkitilgan to'y...

Do'stlar bilan bo'b qolsa suhbat,
Yodimga tushadi aytilgan tuhmat,
Alam, qayg'u keltirgan kulfat
Hammamizdan berkitilgan to'y.

Yashirincha bo'ldi hammasi
Yolg'on bilan berdi otasi
Menga bo'ldi taqdir zarbasi
Dunyolardan berkitilgan to'y.

So'ngigacha ko'ngliga qarab,
Kunlar o'tdi yurakni dog'lab
Haqiqatni og'zini boylab,
O'tdi ketdi berkitilgan to'y.

Ha hammasi sen istaganingdek
To'y ham bo'ldi ko'nglingdagidek,
Yaxshimikin sen kutganingdek
Yolg'onlarga berkitilgan to'y...?

Navrozbek Rustamov 1:34 4.01.24
Ba'zi bir otalar tanishlaringizga va'dalashishga, ulashishga, qurbon qilishga qiz emas qo'y boqing...

Shunda ko'chadagi obro'yiz uchun bitta bitta qurbon qilaverasiz...

Otasi ekanligiz, boqib katta qilganiz rost ammo siz u farzandni loydan yasab olganiz yo'q. Alloh berdi va siz orqali rizqlantirdi. Yoki buni inkor etasizmi? Shunday ekan o'z istaklaringiz, ahmoqona urf odatlar-u, 2-3ta g'iybatchini gapini deb allohni bir bandasini qalbini o'ldirishga haqqingiz yo'q.

Nahotki ko'rmayapsizlar siz uchun o'z qalbini butunlay egallagan insoni qolib umuman tanimagan odamiga tegyapti. Kaltak yesa ham, baxtsiz bo'lsa ham uyga kelganda ,, baxtliman '' deb o'zini baxtli ko'rsatishga urinishadi. Nahotki ko'rmayapsizlar? Mayli tan olmang ammo sizning ahmoqona qaroringiz tufayli to'kilgan har bir ko'z yoshlari uchun oxiratda javob berasiz. Buni unitmang...☝

Navrozbek Rustamov 22:19 6.01.24
Tushlarimdan ket...

Baridan voz kechding bir urinishda,
Butunlay begona bo'lding turmushda,
Ammo men qoldimku o'sha o'tmishda,
Endi bugun tushlarimdan ket...

O'zi uyqumda ham halovatim yo'q,
Tungi sonyalarim misoli ming o'q,
Yoringla o'tadi tundan ko'ngling to'q,
Endi bugun tushlarimdan ket...

Taqdirda barchasi hayrli deding,
Faqat sizikiman degan sen eding.
Pul deya sevgini unitib ketding,
Endi bugun tushlarimdan ket...

Ha to'gri xatolar faqat sendamas.
Vafoli qiz eding hech kimga sirmas
Ammo o'zgasiga ko'ngan men emas,
Endi bugun tushlarimdan ket...

Navrozbek Rustamov 19:22 7.01.24.
Ahror Usmonov - Borgan sari (audio 2021)
NevoMusic
Menga bahor begonadir borgan sari... 🖐🍂🌪
Xayotda nimani eng ko'p sevsang o'sha sening imtixoningdir deyishadi. Mening imtixonim tugadi.

Endi sizning imtixoninggiz boshlandi. Buyog'iga har biringiz imtixon qilinasiz. Har kecha nega unga buni ravo ko'rdim? Uning aybi so'ngigacha sevgisiga sodiq bo'lganimi? Nega haqiqat qolib yolg'onni tanladim? U ham mendek bir allohning bandasi emasmidi? Buning uchun alloh meni qachon va qanday jazolaydi deya kun o'tqizasiz.

Inkor qilmang. Axir eng baxtli kunizda ham hozir paydo bo'lsachi? Haqiqat oshkor bo'lib atrofdagilar barchasini bilsachi deb qo'rqmadinggizmi?

Tayyorlaning allohning haqiqiy imtixoni siz uchun endi boshlandi...

Navrozbek Rustamov 8.01.24
📝 Bir kun kelib...

☝️ Bir kun kelib hammasi alamga toʻla kulgu bilan tugaydi....

☝️ Bir kun kelib shunchaki unutishadi oldin ularga kim eding, ular uchun nima qilding. Barchasini shunchaki unutib qoʻya qolishadi...

☝️ Bir kun kelib ular seni tugatib boʻlib, hayotingni ostun-ustun qilib betartib boʻlib qolgan hayotingdan shunchaki ketishadi. Chunki ularga hayotini tartibga solganlar kerak...

☝️ Bir kun kelib ular senga ularga kerak emasligingni aytishadi. Chunki sen unga shunchalar yaxshi boʻldingki, hatto bundan shubhalana boshlashdi...

☝️ Bir kun kelib sening aytgan soʻzlaringni maʼnosi qolmaydi. Chunki sen oʻzingni yoqib ularni isitding. Natijada kulga aylanib boʻlding. Endi ayt, yonib boʻlgan kul kimga kerak...?

☝️ Bir kun kelib sen ham, sening yordaming ham, uni hayotida boʻlishingning ham keragi boʻlmaganini etishadi. Ha aytishadi. Shunchaki, oddiy qilib, vijdonsizlarcha...

☝️ Bir kun kelib hammasini tushunib yetib qalbing larzaga keladi. Chunki ular oʻzlarini bir lahzaga boʻlsada haqman dib oʻylashdan toʻxtamaydilar...

☝️ Bir kun kelib hammasi tugaydi ammo sening qalbingning pokligi, samimiyligi, zavq-u shavqi ham tugaydi...

☝️ Bir kun kelib koʻzlaringni porlatib turgan quvonch, baxt, shukronalikni oʻzlarini oʻzlari haq deb oʻylagan munosabat bilan soʻndirishadiyu sababini esa sendan soʻrashadi...

☝️ Bir kun kelib hammasi yaxshi boʻladi. Oʻsha kun atrofingda barcha yaqinlaring yoningda turgan va yaxshi inson ekanligingni tushunib yetib san haqingda yaxshi gaplarni aytib turgan boʻladi. Oʻsha kuni bu hayotni, uni tashvishlarini, qaygʻulari-yu alamlarini tark etasan...

Oʻsha kunni juda sogʻindim...

Navrozbek Rustamov 6:48 9.01.24
Bir juftlik...

Bu bahor bog'larda yurmas bir juftlik,
Qo'shiqlar hirgoya qilmas bir juftlik,
O'sha raqslarni sog'insa ham bog'
Endi u bog'larga qaytmas bir juftlik.

Soylarda suvlar ham tinib oqishar,
Odamlar ko'riboq hayron boqishar,
Millionlab savollar yurak yoqishar,
Endi u soylarga qaytmas bir juftlik.

Yo'llar ham ularni ko'rmaydi birga,
Zinalar boshlaydi so'z ochib zo'rg'a,
Svetafor qidirib yosh olar ko'zga,
Endi u yo'llarga qaytmas bir juftlik.

Ortiq mashina, uy guvoh bo'lolmas,
Sochiqlar ularga mehr berolmas,
Oshiqlar bir-birin sochin silolmas,
Endi u uylarga qaytmas bir juftlik.

Barchasi shunchaki bo'ldi bir gunoh...

Navrozbek Rustamov 9:53 9.01.24
Menga buni ravo ko'rgan kim...?

Dunyo o'zi qiziq misli bir jumboq,
Hayollar, gumonlar, yolg'onlar tuzoq,
Ba'zida baridan toqat bolar toq,
Menga buni ravo ko'rgan kim...?

Balkim aybdordir taqdir bariga,
Yurakni topshirib hijron dardiga,
Tinchimni alishib bedor tunlarga,
Menga buni ravo ko'rgan kim...?

To'g'ri sevgi edi yoqimli tuyg'u,
Ko'klarga ko'tardi oddiy bir kulgu,
So'ngi manzil esa alam, dard, qaygʻu,
Menga buni ravo ko'rgan kim...?

Yolg'on muhimidi senga shunchalar,
Menga ataganing gumon zulmatlar,
Bugun hammasini deysan tuhmatlar,
Menga buni ravo ko'rgan kim...?

Boshida adashding nafsingni ko'zlab,
So'ng ikkilanding toʻgʻri yo'l izlab,
Nega qaror qilding o'zingni o'ylab,
Menga buni ravo ko'rgan kim...?

Navrozbek Rustamov 10:32 9.01.24
Endi hursandmisan vijdonsiz yurak..?

Hayolni toʻldirib minglab orzuga
Borimni alishding sarob tuygʻuga
Oxiri tashlading alam qaygʻuga,
Endi hursandmisan vijdonsiz yurak?

Aqlni gapiga eʼtibor qilmay,
Gʻururni kuchini nazarga ilmay,
Ishonchla soʻzlading oxrin oʻylamay,
Endi hursandmisan vijdonsiz yurak?

Mexrni kuchiga umidlar bogʻlab,
Sarobga ishonib vaqt oʻtdi oylab,
Soʻngida oʻzingni qoʻydingku dogʻlab,
Endi hursandmisan vijdonsiz yurak?

Taqvoni unutib koʻr boʻldi koʻzing
Iymonni rad qildi har aytgan soʻzing,
Gunohlar qildingku toʻxtamay oʻzing
Endi hursandmisan vijdonsiz yurak?

Navrozbek Rustamov 11:17 9.01.24

📌@Navrozbek9821🍃
Bizga bahor begonadir borgan sari... 🍂🌪
Qizi hijob kiymasa bo'ldi...

Mayli ochiq yursin mutloq tanasi,
Tunlari suhbatga to'lsin xonasi,
Ko'rinsa ko'rinar sochin tolasi,
Qizi hijob kiymasa bo'ldi...

Unda ko'ra zinoga botgani yaxshi,
Kiyinsa ko'rinar tanasin naqshi,
Odamni teshsa ham uning qarashi,
Qizi hijob kiymasa bo'ldi...

Odamlar gapirar axir ertaga,
Ko'chada yurolmas axir ertaga,
So'roq kun kelsa ham hatto ertaga
Qizi hijob kiymasa bo'ldi...

Diniy oqimlarga kirib ketarmish,
Matoda yoshligin hazon qilarmish,
Otada hammadan ko'proq bilarmish,
Qizi hijob kiymasa bo'ldi...

Qo'l ushlashib yursa ham mayli,
Tor yupkalar kiysa ham mayli,
Dayus bo'lib qolsa ham mayli,
Qizi hijob kiymasa bo'ldi...

Foxsha bosayam terrorist bomasa bo'ldida a, ba'zi otalar...?

Navrozbek Rustamov 21:54 9.01.24
Yashashimga yagona sababimsiz onam...

Navrozbek Rustamov 00:54 10.01.24
Bugun universitetga kelib quvongan narsam oylab kelmasam ham hech kim begona emas. Na ustozlar va na o'quvchilar...

Har bitta o'qituvchi o'z ukasidek ko'rishi va minglab o'quvchilar bo'la turib men bilan suhbatlashishga oshno bo'lishi yoqimli holat...

Ular uchun haliyam o'sha Navrozbek Rustamov man...
Tarjimasi: Snowflake ❄ esingdami men seni shunday atardim. ,, Snowflake ❄ning tug'ilgan kuni kelyapti. Nimadir reja qilishni istaysizmi''...

Qara xatto google ham seni qanchlar sevishimni, qardlaganimni, men uchun butun dunyo ekanligingni bilardi...

Yuragim, sevgim qalbim qolib xatto telefonim, google assistantim ,,Tug'ilgan kuniga o'tgan yilgidek nimadir rejalashtirishni hohlaysanmi?'' deb takidlayapti. Hozir bag'rida yotgan ering esa sen aytmasang yoki pasportingni ko'rmasa bilmaydi...

Sen isatagan taqdir, hayr shumi...? Qoyilman... 👏

Navrozbek Rustamov 10.01.24.
Qora ko'z...

Bilaman chiroyli go'zal husning bor.
Mana man deganlar senga bolar yor,
Ortingda necha oshiq yurisharlar zor.
Ammo sevolmayman seni qora ko'z.

Hushchaqchaq suhbatchi, vafoli, go'zal,
Hurliqo, soliha, mukammal, tugal,
Bitsa arzir senga ming bitta g'azal,
Ammo sevolmayman seni qora ko'z.

Bo'lsa bo'lardirman vafoli bir er,
Lek qalbim faqat bittasini der,
Kel ko'nglingni o'zgasiga ber,
Ammo sevolmayman seni qora ko'z.

Ha to'gri hayotda bo'lar har narsa,
Barchasi bo'larkan alloh bo'l desa,
Shunda ham yuragim uni deb tursa,
Seni sevolmayman kechir qora ko'z.

Navrozbek Rustamov 14:18 12.10.24
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Seni allohimdan har kuni so'rar edim. Meni uning oldida uyaltirdingku do'mboq...
After ruining someone's entire life no matter how much you pray, no matter what do you do you can't be the good people to Allah. And ,,the day you will be punished. But on that day the people who joined you to kill and make someone's life miserable will be also punished!

But before that I will make you regret to what did yo do to me, my family, my friends and my belief in this real life. I promise you that day will come. And you guys deserve it.

Navrozbek Rustamov 12:38 15.01.24
Ona uni to'yi bo'ldiku...

Hayot buncha murakkab jumboq,
Sof qalbimni g'amga qo'ydiku,
Hammasidan toqat boldi toq,
Ona uni to'yi bo'ldiku...

To'yi bo'ldi chetdan kuzatdim,
Bir so'z demay ortga qaytdimku,
O'z sevgimni bugun uzatdim,
Ona uni to'yi bo'ldiku...

Ming ehtimol qoplab hayolni,
Hammasiga tayyor edimku,
Bugun ko'rdim o'sha ,,ayol" ni,
Ona uni to'yi bo'ldiku...

Bir qarashda tilkalandi qalb,
Hatto g'urur ojiz qoldiku,
Sabr bergin iltimos yo rab,
Ona uni to'yi bo'ldiku...

Mayli dedim u baxtli bo'lsin,
Harqalay u bunga loyiqku,
Xonadoni quvonchga to'lsin,
Ona uni to'yi bo'ldiku...

Qo'qonlarda qolgan hislarim...

Navrozbek Rustamov

📌@Navrozbek9821🍂