Navrozbek9821
5 subscribers
5 photos
21 videos
2 links
Fikrlash, his etish va tushinish...

Admin @Navrozbek9821_1
Download Telegram
Nahotki unitding shunchaki bizni?

Mayli meni qamatgin ming bor
Mayli o'zgalarga yomonla meni
Lek ko'zlarimga qarab ayt bir bor
Sevmadingmi hech qachon meni?

Bermadingmi minglab va'dalar,
Aytgandingku ,,tanlayman sizni'',
Onam berar bugun daldalar,
Nahotki unitding, shunchaki bizni?

Onam demadimi seni o'z qizim,
Sovg'alar, tilaklar samimiy xatlar
Kecha yig'ladilar ko'riboq ko'zim,
Ularni qiynadi men totgan dardlar.

Otamga qiziqmas ko'cha obrosi,
Millatmi, vatanmi odam ajratmas,
Ularga muhimdir farzand kulgusi,
Muhimdir avval uy, aslo ,,ko'chamas''...

Nahot ko'rmayapsan bugungi kunni?
Shunchaki unitding barini qandoq,
Nahot o'tkizasan u bilan tunni
Menga ravo ko'rib zulmatli qamoq?

Hali ham niyatim, buzishmas qurish...

Navrozbek Rustamov 18:30 20.12.23.
Buyam bir taqdirda siz ham bir ko'ning...

Ha to'g'ri hammani dardi yetarli,
Bu zamon kichkina birov g'amiga,
Oldingda bir inson bo'lsa ketarli,
,,Taqdirga ko'ningda'' deyar kamiga...

Taqdirga ko'naymi, nima o'zi u?
Sizlar aytasizmi mening taqdirim?
Baridan ustunmi samimiy tuyg'u?
Harommi siz uchun pok orzularim?

Tushining hammasi faqat bu emas,
Sevgi, orzu, g'urur erkaklik so'zim
Ko'nglim o'zgasiga aslo ko'nolmas,
Erisha olmasam o'likman o'zim...

Bundan ranjimangiz aslo yaqinlar,
Hammasi taqdir deb o'ziz aytdizku,
Fikriz o'zgarmasin meni bilganlar,
Mening harakterim sizga ayonku...

Vaqtingiz bo'lsa gar tilovat o'qing,
Bo'lmasa roziman eslamang bir zum,
Muhimi o'zizni g'iybatdan tiying,
Ammo yodda qolar bir lahza kulgum.

Navrozbek Rustamov 10:58 21.12.31
Ismim Komiljon. Kareyada Sogang universitetida o'qiyman. Navroz akamni kimdadir esdan chiqan puli yoki ahdlashgan qarzi bo'lsa shu Navroz akamni telegram lichkalariga yozilar. Telegramlarini o'zim ishlataman. Inshallah barchasini o'zim beraman.
Navrozbek9821
Ismim Komiljon. Kareyada Sogang universitetida o'qiyman. Navroz akamni kimdadir esdan chiqan puli yoki ahdlashgan qarzi bo'lsa shu Navroz akamni telegram lichkalariga yozilar. Telegramlarini o'zim ishlataman. Inshallah barchasini o'zim beraman.
Jiyan ozgina oshirib yuboribdi. Ammo sog' bo'lsin hurmatimiz bor ekan vaqtida yaxshiligimizni, tarbiyamizni olgan ekan jiyanligini qildi.

Bedarak yo'qolmadik. Shunchaki hammasini moshina, telefon, soat, vape va shunga o'xshash dunyoviy narsalarni stolni ustiga qo'ydikda ko'chaga chiqdik. Biroz ko'chalarni kezdik. Tashqaridan o'zimizga boqdik. Qaradik ko'ngil bilan qayergacha borishimizni ko'rdik. Ishonch bilan qayergacha borishimizni ko'rdik. Baxtli, omadli zafarli vaqtlarimizda birga bo'lganlarni yomon kunimizda qayergacha borishini ko'rdik...

Qarasak ahvolimiz ancha abgor. Qo'yib bersak bu ishonuvchan ko'nglimiz o'zini harob qilmoqchi. Kim uchun?

Kim uchun? 2yillik sevgini 2 kunga alishgan odam uchunmi?

Kim uchun? Sovchimizni borishini aytishga jur'at qilolmagan inson uchunmi?

Kim uchun? Uning uchun, hurmati uchun mushtdek bolani oldiga borib sizlab muomilasini joyiga qo'yganimizda shoqollik qilgan oilasini tanlab ikkilangan inson uchunmi?

Kim uchun? Ko'nglimizga sevgimizga yengilganimizda uning ko'z yoshlariga chidolamay uyiga olib borib qo'yganimiz evaziga ustimizdan yozgan inson uchunmi?

Kim uchun? Nima qilarkin deb o'lamiz desak gapimiz parvosiga ham kelmagan inson uchunmi?

Ha aytgancha mehr berganligi, hammadan ortiq sevganligi rost. Shuning uchun ham bir lahzaga sevishdan to'xtamadik, o'lgunimizcha qalbimizda yakka yagona sevgimiz.

Ko'ngil, ishonch, sevgi birodarlik bilan qayergacha borganimizni ko'rdik. Endi aqlimiz bilan qayergacha borishimizni tomosha qilaylik.

,,Bizga nima farqi bor. O'zing bilan o'zing yuribsanda o'zingni hursand qilib" deyishilar mumkin. Ammo farqi bo'lmasa meni shaxsiy kanalimda nima qilyapsiz🤣.

Buyog'iga endi biz ham ulardek bo'lamiz. Bizga nimani ravo ko'rishgan bo'lsa biz ham shunday qilamiz.

Siz bilgan Navrozbek Rustamov.
So'ngi kunlarda men eshitgan eng kulguli gaplar seryalari... 🤣

,,Uni baxtiga to'sqinlik qilmoqchi" 🤣

Qaysi erkak bo'lajak turmush o'rtog'ini 2yillik o'tmishi borligini bilib turib o'zini baxtli his qiladi? Bunaqa er bilan qanday baxtli bo'lishi mumkin. Kimdir tushintirvorsin.

,, Balki bola zo'rdir, baxtli qilar'' 🤣

Ha bugun o'zi uylanayotgan qizni surishtirmagan, surishtirsa ham oxirigacha surishtirmagan ko'chasigacha borgan bolani oldiga chiqolmay kelin tarafga telefon qilib ,,Qizizni yigiti bizni bezovta qilyapti'' deydigan ,,bola'', ,,erkak", ,,mujik'' qanday zo'r bo'sin.

,,Navroz erkakni ishini qilmadi''

🤔 Sevgan odamimni hurmatini qilib mushtdek ukasini oldiga mahallasiga bir o'zim borganim erkaklikka to'g'ri kelmaydimi yoki sevganim uchun bir qarich qorda perevaldan o'tib Farg'onagacha borganimi erkaklikka to'g'ri kelmaydimi? Yoki dadasini oldiga gaplashgani borganim, sovchimni jo'natganim erkaklikka to'g'ri kemaydimi?

,, Erkakmisan kel, ayblaringni aslida kim ekanligingni hammani oldida yuzningga aytaman Yuzma-yuz kel" 🤣

Haliyam manga aytishmadi aytisha olmaydi ham umrini oxirgacha! Hohlasa urinib ko'rishsin. Manda hamma narsa dakazati bilan bo'ladi. Prosta kulgulida. Kel deydi borsang yozdi chizdi. Kel deydi borsang melisabozlik. Kel deydi bitta o'zing borsang orqasiga 5 kishini qo'yvolib man bitta o'zim gaplashdim deydiganlar chiqadi.

Eslatma: Isbot, dakazat degan so'zlarni ishlatdim. Bu bilan o'z sevganimni yomonlamoqchi emasman. Chunki uni hamisha sevganman va dalshi sevaman to'yigacha.( To'yidan keyin xotiralarimizni sevaman). Shunchaki atrofidagilar unga mehr bergan vaqtlarimni ko'rishmagan.
O'shanda qadring bo'lmaydimi yer?

Falakning gardishi aylanib bir kun,
Adolat shamoli essa to'satdan,
Ismimni aytib yuborsang bir tun,
Ado bo'lmaysanmi shunda uyatdan?

Bir kun uyg'onsachi uyquchi vijdon,
Barini aytmoqqa shaylansachi til,
Qalbingni ezsachi alamli tug'yon,
Unda oson bo'lmas o'zing uchun bil.

Bugun bir chetda turgan sog'inching,
Ertaga kuch to'plab qiynab qolsachi,
Shunda kim eshitar sening o'tinching?
Bizni xotiralar meni yodga solsachi...?

Kuni kelib bilsachi sen atagan er
Unga yetqazishga o'zim kafilman
O'shanda qadring bo'lmaydimi yer,
Axir uylanyapti bo'lib orzumand.

Sen aytgan hayr nahot shu bo'lsa,
Senga tuyilmasmi bu qismat taxir?
Yaxshi bo'ladimi barcha qalb o'lsa?
Nahotki shu bo'lsa sen kutgan taqdir?

Navrozbek Rustamov 3:02 27.12.23
Menga nima bo'lyapti ona...

Tong ham otayapti yana yangi kun,
O'ylarga ergashib bedor bo'ldi tun,
Yurakda turibti yechilmay tugun
Menga nima bo'lyapti ona...?

Hayollar har taraf ketar har tunda,
Savollar qiynaydi o'ylanib kunda,
Nahotki yuragim qoldimi unda,
Menga nima bo'lyapti ona...?

To'yi ham o'tdiku yonida yori,
O'zgaga bo'ldiku hayoti bori,
Nega kuy chalyapti yuragim tori
Menga nima bo'lyapti ona...?

Axir men borimni unga berdimku,
Hatto o'limga ham tayyor edimku,
Barini unitdi o'zim ko'rdimku,
Menga nima bo'lyapti ona...?

Bir lahza jim qolsam hayolga kelar,
O'tgan kun xotira yodimga solar,
Ba'zida g'ururim jim ojiz qolar
Menga nima bo'lyapti ona...?

Navrozbek Rustamov 3:46 30.12.23
Menda gap bitta bir marta yashayman va bir marta sevaman. Birinchisi ham oxirgisi ham sen eding. Sevgi hikoyam senda boshlanib senda tugadi. Ammo eng so'ngigacha ko'nglingga qarab o'zimni harob qilgan kunim Ohangaron yo'llarini unitmayman...

Navrozbek Rustamov 10:57 2.01.24
Taqdir...

Seni ko'plar tarflar ming xil
Ammo bir qiz tanitdi seni,
Yuragimga sig'may qoldi qil,
Taqdir, o'sha taqdir o'ldirdi meni,

Ishon dedi, ko'ngin der mudom,
Hayolingdan chiqargin uni,
Yana bahor gullaydi bodom,
Allohimning aytgan bir kuni.

Ikkilanma o'ylanma har tun
Foydasi yo'q barchasi ayon,
Yuragingni qoplamay tutun
O'zingga kel bugundan buyon.

Ammo taqdir meni ham tingla
Adolatga so'z bergin bir zum
Keyin mayli yurakni tig'la
Sovg'a bo'lsin senga sho'x kulgum.

Allohimga bo'lmasin isyon
Bu taqdirga ko'nolmas ko'nglim,
Mayli ko'ksim bo'lsin zo'r nishon
Kulgu, quvonch barini ko'mdim.

Navrozbek Rustamov 16:52 2.01.24
Salom ( kimim deyishga ham hayronman. Sobiq desam qalbimdagi sevgi o'lmaydi. Sevaman desam birov bag'ridasan.) Hullas salom...

Hayot ajoyib a? O'sha umuman tanimagan insoningni quchib uni og'ushida baxtdan entikyapsanmi? Kunlaring ham bir-biridan zavqli o'tayotgandir. Uni ham sochlarini silab uxlab qolasanmi? Mening iforim yoqishini aytarding endi uniki yoqa boshladimi? Meni eslamay qo'ygan bo'lsang kerak a? ,,Haloling, hayrliging'' mendek o'zi yuvintirib o'zi sochiqqa o'rayotgandir? Quvonchdan tunlaring sehrlidir?

Barcha orzu havaslaring ro'yobga chiqayotgandir? Kelinlik? Nikoh? Tunlar? Eng muhimi qadr? Sevayaptimi seni? Eslab gaplashib o'tirgani xotiralaringiz bormi? Oramizdagi ishlarni yashirishga qiynalmayalsanmi? Bo'ldi, bo'ldi... Jahlim chiqib ketadida biroz.

Mendan so'rasang hammasi ajoyib😊. Kechasi soat 10da joyimga yotib 3-4 larda zo'rg'a uyqu keladi. Sen ham bu vaqt oralig'ida uxlamasang kerak. Sababi esa meni uyqimni qochiradi. Hayollar har ko'chaga boshlaydi. Har kimdan nafratlanaman. Hech narsani farqi yo'q. Hech kimni kechira olmayapman. Hatto o'zimni ham. Menga ravo ko'rganing shu do'mboq. Endi dadangga aytib qamatib qo'ya qol. Yoki tanishlaringga aytib o'ldirtirvorsang ham roziman.

Menga shuni ravo ko'rding. O'zing esa baxtli yasha hayotdan zavqlan. Sizlarni adolatiz shu.

Rahmat hammasiga Do'mboq.
Onamlar bergan tarbiya tufayli sizga yaxshi munosabatda bo'lsam buni ko'ngil ishiga yo'ymang. Chunki bizning yurak qulflanib kaliti cheksiz ummonga tashlangan.

Endi u qulfni o'sha kalitning o'zi ham ocha olmaydi. Boshqa kalit haqida gap bo'lishi mumkin emas. Zero har qanday kalit tushadigan sifatsiz qulf bizda hech qachon bo'lmagan...

Navrozbek Rustamov 11:12 4.01.24
Bugun hayot yengyapti ona...💥Jonli ijro. Navrozbek Rustamov sheʼri…
Navrozbek Rustamov
Navrozbek Rustamov she'ri Jahongir Faxriddinov ijrosida.

,,Bugun hayot yengyapti ona''
Berkitilgan to'y...

Do'stlar bilan bo'b qolsa suhbat,
Yodimga tushadi aytilgan tuhmat,
Alam, qayg'u keltirgan kulfat
Hammamizdan berkitilgan to'y.

Yashirincha bo'ldi hammasi
Yolg'on bilan berdi otasi
Menga bo'ldi taqdir zarbasi
Dunyolardan berkitilgan to'y.

So'ngigacha ko'ngliga qarab,
Kunlar o'tdi yurakni dog'lab
Haqiqatni og'zini boylab,
O'tdi ketdi berkitilgan to'y.

Ha hammasi sen istaganingdek
To'y ham bo'ldi ko'nglingdagidek,
Yaxshimikin sen kutganingdek
Yolg'onlarga berkitilgan to'y...?

Navrozbek Rustamov 1:34 4.01.24
Ba'zi bir otalar tanishlaringizga va'dalashishga, ulashishga, qurbon qilishga qiz emas qo'y boqing...

Shunda ko'chadagi obro'yiz uchun bitta bitta qurbon qilaverasiz...

Otasi ekanligiz, boqib katta qilganiz rost ammo siz u farzandni loydan yasab olganiz yo'q. Alloh berdi va siz orqali rizqlantirdi. Yoki buni inkor etasizmi? Shunday ekan o'z istaklaringiz, ahmoqona urf odatlar-u, 2-3ta g'iybatchini gapini deb allohni bir bandasini qalbini o'ldirishga haqqingiz yo'q.

Nahotki ko'rmayapsizlar siz uchun o'z qalbini butunlay egallagan insoni qolib umuman tanimagan odamiga tegyapti. Kaltak yesa ham, baxtsiz bo'lsa ham uyga kelganda ,, baxtliman '' deb o'zini baxtli ko'rsatishga urinishadi. Nahotki ko'rmayapsizlar? Mayli tan olmang ammo sizning ahmoqona qaroringiz tufayli to'kilgan har bir ko'z yoshlari uchun oxiratda javob berasiz. Buni unitmang...☝

Navrozbek Rustamov 22:19 6.01.24
Tushlarimdan ket...

Baridan voz kechding bir urinishda,
Butunlay begona bo'lding turmushda,
Ammo men qoldimku o'sha o'tmishda,
Endi bugun tushlarimdan ket...

O'zi uyqumda ham halovatim yo'q,
Tungi sonyalarim misoli ming o'q,
Yoringla o'tadi tundan ko'ngling to'q,
Endi bugun tushlarimdan ket...

Taqdirda barchasi hayrli deding,
Faqat sizikiman degan sen eding.
Pul deya sevgini unitib ketding,
Endi bugun tushlarimdan ket...

Ha to'gri xatolar faqat sendamas.
Vafoli qiz eding hech kimga sirmas
Ammo o'zgasiga ko'ngan men emas,
Endi bugun tushlarimdan ket...

Navrozbek Rustamov 19:22 7.01.24.
Ahror Usmonov - Borgan sari (audio 2021)
NevoMusic
Menga bahor begonadir borgan sari... 🖐🍂🌪
Xayotda nimani eng ko'p sevsang o'sha sening imtixoningdir deyishadi. Mening imtixonim tugadi.

Endi sizning imtixoninggiz boshlandi. Buyog'iga har biringiz imtixon qilinasiz. Har kecha nega unga buni ravo ko'rdim? Uning aybi so'ngigacha sevgisiga sodiq bo'lganimi? Nega haqiqat qolib yolg'onni tanladim? U ham mendek bir allohning bandasi emasmidi? Buning uchun alloh meni qachon va qanday jazolaydi deya kun o'tqizasiz.

Inkor qilmang. Axir eng baxtli kunizda ham hozir paydo bo'lsachi? Haqiqat oshkor bo'lib atrofdagilar barchasini bilsachi deb qo'rqmadinggizmi?

Tayyorlaning allohning haqiqiy imtixoni siz uchun endi boshlandi...

Navrozbek Rustamov 8.01.24
📝 Bir kun kelib...

☝️ Bir kun kelib hammasi alamga toʻla kulgu bilan tugaydi....

☝️ Bir kun kelib shunchaki unutishadi oldin ularga kim eding, ular uchun nima qilding. Barchasini shunchaki unutib qoʻya qolishadi...

☝️ Bir kun kelib ular seni tugatib boʻlib, hayotingni ostun-ustun qilib betartib boʻlib qolgan hayotingdan shunchaki ketishadi. Chunki ularga hayotini tartibga solganlar kerak...

☝️ Bir kun kelib ular senga ularga kerak emasligingni aytishadi. Chunki sen unga shunchalar yaxshi boʻldingki, hatto bundan shubhalana boshlashdi...

☝️ Bir kun kelib sening aytgan soʻzlaringni maʼnosi qolmaydi. Chunki sen oʻzingni yoqib ularni isitding. Natijada kulga aylanib boʻlding. Endi ayt, yonib boʻlgan kul kimga kerak...?

☝️ Bir kun kelib sen ham, sening yordaming ham, uni hayotida boʻlishingning ham keragi boʻlmaganini etishadi. Ha aytishadi. Shunchaki, oddiy qilib, vijdonsizlarcha...

☝️ Bir kun kelib hammasini tushunib yetib qalbing larzaga keladi. Chunki ular oʻzlarini bir lahzaga boʻlsada haqman dib oʻylashdan toʻxtamaydilar...

☝️ Bir kun kelib hammasi tugaydi ammo sening qalbingning pokligi, samimiyligi, zavq-u shavqi ham tugaydi...

☝️ Bir kun kelib koʻzlaringni porlatib turgan quvonch, baxt, shukronalikni oʻzlarini oʻzlari haq deb oʻylagan munosabat bilan soʻndirishadiyu sababini esa sendan soʻrashadi...

☝️ Bir kun kelib hammasi yaxshi boʻladi. Oʻsha kun atrofingda barcha yaqinlaring yoningda turgan va yaxshi inson ekanligingni tushunib yetib san haqingda yaxshi gaplarni aytib turgan boʻladi. Oʻsha kuni bu hayotni, uni tashvishlarini, qaygʻulari-yu alamlarini tark etasan...

Oʻsha kunni juda sogʻindim...

Navrozbek Rustamov 6:48 9.01.24
Bir juftlik...

Bu bahor bog'larda yurmas bir juftlik,
Qo'shiqlar hirgoya qilmas bir juftlik,
O'sha raqslarni sog'insa ham bog'
Endi u bog'larga qaytmas bir juftlik.

Soylarda suvlar ham tinib oqishar,
Odamlar ko'riboq hayron boqishar,
Millionlab savollar yurak yoqishar,
Endi u soylarga qaytmas bir juftlik.

Yo'llar ham ularni ko'rmaydi birga,
Zinalar boshlaydi so'z ochib zo'rg'a,
Svetafor qidirib yosh olar ko'zga,
Endi u yo'llarga qaytmas bir juftlik.

Ortiq mashina, uy guvoh bo'lolmas,
Sochiqlar ularga mehr berolmas,
Oshiqlar bir-birin sochin silolmas,
Endi u uylarga qaytmas bir juftlik.

Barchasi shunchaki bo'ldi bir gunoh...

Navrozbek Rustamov 9:53 9.01.24
Menga buni ravo ko'rgan kim...?

Dunyo o'zi qiziq misli bir jumboq,
Hayollar, gumonlar, yolg'onlar tuzoq,
Ba'zida baridan toqat bolar toq,
Menga buni ravo ko'rgan kim...?

Balkim aybdordir taqdir bariga,
Yurakni topshirib hijron dardiga,
Tinchimni alishib bedor tunlarga,
Menga buni ravo ko'rgan kim...?

To'g'ri sevgi edi yoqimli tuyg'u,
Ko'klarga ko'tardi oddiy bir kulgu,
So'ngi manzil esa alam, dard, qaygʻu,
Menga buni ravo ko'rgan kim...?

Yolg'on muhimidi senga shunchalar,
Menga ataganing gumon zulmatlar,
Bugun hammasini deysan tuhmatlar,
Menga buni ravo ko'rgan kim...?

Boshida adashding nafsingni ko'zlab,
So'ng ikkilanding toʻgʻri yo'l izlab,
Nega qaror qilding o'zingni o'ylab,
Menga buni ravo ko'rgan kim...?

Navrozbek Rustamov 10:32 9.01.24