Navrozbek9821
5 subscribers
5 photos
21 videos
2 links
Fikrlash, his etish va tushinish...

Admin @Navrozbek9821_1
Download Telegram
Bir kun kelib hammamiz vafot etib ollohning huzuriga borishimizni bilamiz. Hamma ortimizda qolishini, biz boshlab qoʻygan ishlar, doʻstlar, yaqinlar, barcha barchasi ortimizda qolishini bilamiz. Ammo buni his qilmaymiz. Doktorlar sizga ,,uzogʻi bilan 7-8 yillik umriz qolgan, yaqinlaringgizni diydori toʻyib oling, hayotdan zavqlanib qoling'' desa bularning bari haqida chuqur oʻylab qolarkansiz....
Forwarded from ÄytilMaGan GapLar 0605 🍃 (Navrozbek Rustamov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oxirigacha koʻring, tushunasiz...
U ham ayol ,,boricha qabul qiling''.... 🌸
@aytilmagan_gaplar_0321.
Forwarded from ÄytilMaGan GapLar 0605 🍃 (White)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Meni hech kim tanimadi...🍃🍂
📌 @aytilmagan_gaplar_0321
Forwarded from ÄytilMaGan GapLar 0605 🍃 (Navrozbek Rustamov)
BARIBIR...

Odamlar aksariyat holda o'ylamasdan ish qiladilar, ular ko'p hollarda o'z qobiqlariga o'ralib qoladilar - BARIBIR ULARNI MA'ZUR TUTING.

Agar marhamatli bo'lsangiz, odamlar sizni xudbin, pinhoniy vaj-sabablar bo'yicha ayblashlari mumkin - BARIBIR MEHRIBON BO'LIB QOLAVERING.

Agar yutuqlarga erishsangiz, siz bir nechta soxta do'st va bir talay chinakam dushman orttirasiz - BARIBIR YUTUQLARGA ERISHAVERING.

Agar rostgo'y va samimiy bo'lsangiz, odamlar sizni aldashlari mumkin - BARIBIR VIJDONLI VA SOFDIL BO'LING.

Siz yillab bunyod etgan narsangizni kimdir bir kechaning o'zida barbod qilishi mumkin - BARIBIR BUNYOD ETAVERING.

Agar tinchlik-xotirjamlik va baxt-saodatga erishsangiz, kimdir sizga xasad qilishi mumkin - BARIBIR BAXTLI SAODATLI BO'LING.

Bugun siz amalga oshirayotgan ezgu ishlaringiz ko'pincha ertasiga unutilib ketadi - BARIBIR XAYRLI ISHLAR QILAVERING.

Dunyoga o'zingizda nima bo'lsa, eng yaxshisini bering va ehtimol, bu hech qachon yetarli bo'lmasligi mumkin - BARIBIR DUNYOGA ENG YAXSHISINI BERING.

Yodda tuting, oxir-oqibat bularning barchasi siz va Parvardigor o'rtasida qad rostlaydi!
Forwarded from ÄytilMaGan GapLar 0605 🍃 (Navrozbek Rustamov)
☝️,,Bandasidan qoʻrqqan kunimiz, oʻlgan kunimiz boʻlsin".
* * *
📌 @aytilmagan_gaplar_0321🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ÄytilMaGan GapLar 0605 🍃 (Navrozbek Rustamov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navrozbek Rustamov. 1998-yil, 21-mart. Hayotida allohdan oʻzgasiga yalinmadi, bosh egmadi va bergan vaʼdasida doim sodiq boʻldi. 2023-yil, 24-aprel, 12:22.

(Kanalni tark etishilar mumkin.)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
One day I won't be around you...
Don't cry, just smile...😊

📌@aytilmagan_gaplar_0321🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kimdir tabassum bilan eslar, yana kimdir ....

Birth date: 21.03.1998
Soon.....
Keldim ona soʻngi mazilga
Ming bor uzr yashay olmadim
Meni obod qilgan koʻnglizga
Ulkan baxtni keltira olmadim.

Tugadi, tugadim oʻldi barchasi.
Aybdorman faqat sizni oldizda
Xatoligin bilar koʻngil parchasi
Ona ortimdan yigʻlab qoldizda.

Mendan rozi boʻling ona onajon
Yigʻlab allohga qilmanggiz isyon
Qalbizni olmasin alamli tugʻyon
Allohga berarman bu omonat jon.

Dada iltimos onamni urishmang
Bu ham bor ekan taqdir qismatda
Kuyinmang, siqilmang choʻkmang
Boshizni koʻtaring qolmang uyatda.

Aka hayotdagi eng yaqin inson
Menchi sizga suyanch boʼlmadim
Koʻksimni doʻzaxga qilibla nishon
Jannatni hididan umid qilmadim.

Opa, opa sizga nima ham deyman
Shunchaki yigʻlamang qabrim ustida
Bilaman bu uchun pushaymon yeyman
Bir parcha tortilgan tuproq ostida.

Sevganim suyganim goʻzal Omina
Kechir deya ketyapman bugun
Oxiri shu koʻyga tushib qoldim-a?
Yurakda qolmoqda bir parcha tugun.

Jiyan, jiyanlarim barin uniting
Rad qiling barchani aytgan soʻzini
Unutganni unutib, kechgandan keching
Yigʻiga toʻlmasin erkakning koʻzi.

Mayliga roziman ayblanggiz meni
Qoʻrqdi deng, qochdi deng mayli
Janoza oʻqimay xoʻrlanglar meni
Hattoki bir lahza eslamang mayli.

Unuting goʻyoki yashamadim hech
Meni koʻrmadingiz umringiz boʻyi
Hayotiz quringlar bolmasidan kech
Mayli oʻzga bilan boʻlsin yor toʻyi.

Kechiring uniting meni bu dunyo
Oʻchiring har bir inson qalbidan
Ketaman hayotdan qilmay diydiyo
Kechib ketayapman bugun baridan.

22:44 12.11.2023

Navrozbek Rustamov
Salom hayotdagi yagona sevgim
Ishlaring sog'lig'ing bari yaxshimi?
Bilaman bugun senga yoqdir keragim
Tanlagan insoning yoring yaxshimi?

Hayoting iziga tushgandir mensiz
Yuzingga kulgu ham oralagandir
Baxt ham eshigingga kelgandir mensiz
Barcha yaqinlaring meni qoralagandir?

Deyishgandir balki ,,Yaxshi qildingiz
O'zi u bola sizga mos ham emasdi
Undan bir bor ketib togri qilgandiz
Shunda ham sizdan ketay demasdi''

Mayli ularni qo'y o'zingdan gapir
Endi baxtlimisan o'zgasi bilan
Qachonga boldi to'y shulardan gapir
Vaqting ham yoqdir toy tashvishi bilan.

Ota onang xursandir aytgani boldi
Endi tokilmaydi obrosi, kibri
Ularga farqi yoq ikki qalb o'ldi
Ammo tinch bolarmi o'lganda qabri?

Mayli nima bolsa bolgani boldi
Bugun onang boyga qaynona quda
Otang obrosidan kongli toq boldi
Sizlar uchun asli baxt shuda.

Ammo otmishingdan soz ochma aslo
Yangi hayotingni yolg'onla boshla
Hech kim bolmagan de edim de tanho
Ozing qolganingda mayli ko'z yoshla.

Qorqma tugataman olmayin vaqting
Eslatmayman birga otgan kunlarni
Yuzingga solmayman berilgan axting.
Yoringga bag'ishla bedor tunlarni.

6.12.2023 17:42
6.12.2023 23:57.
Nega taqdirga ko'nay bir o'zim...?

Qaydasiz, qayoqda bizni bilganlar
Nega gapirmaysiz hammasin ko'rib,
Siz emasmidingiz bizni ko'rganlar,
Qalb ado bo'ldiku baridan to'yib.

Ayting, ikkimizni ko'rgan edizku,
Shom chog'i bog'larda yurganimizni
O'ziz hammasiga guvoh edizku,
Hatto birga uxlab turganimizni...

Nechun jimsiz, gapiring axir,
Nahot unitdinggiz bugun barini,
Kerakmas bu taqdir tuyilar taxir,
Vulqonla eritar qalbim qarini...

So'yla universitet biz tanishgan joy,
Senla boshlandiku ishq ertagimiz,
Yolg'iz o'zing eding xotiraga boy,
Senga ayon edi istaklarimiz...

Ustozlar jim turmang, guvohlik bering,
Darsizni qoldirib ketganimizga
Unga borib uzoq maslahat bering,
Guvoh bo'ling baxtga yetkanimizga.

Bizning kvartira, xiyobon bog'lar,
Guvoh bo'lmadizmi visol, sevgiga
Siz ko'rgan xotira yurakni dog'lar,
O'rganib qolganku uning mexriga.

Sen ham gapir mening mashinam,
Ikkimizni tashiding uzoq manzilga,
Biz uchun zo'r eding qulay ham shinam
Bugun qanday ko'nay taqdirga...?

Yorning jismi siz ham nimadirlar deng,
Ilk bora men bilan bo'lgan edizku,
Kech bo'lmasdan bugun g'amiz yeng,
Bir tanaga ikkisi ortiq derdizku...?

Jim turmang to'xtovsiz isyonlar qiling,
Yurakka eslating ,,kunduz tunlarni",
Begona jismga qarshilik qiling,
Shunchaki unitmang yuzlab kunlarni.

Ey yurak qayoqda yuribsan shu payt,
Nega imkon berding o'tkinchi o'yga,
Hali kech emas tezroq ortga qayt,
Bo'lma rozi ,,tavakkal to'yga"....!

Navrozbek Rustamov 15.12.23 17:40
Tasanno...


Ha yutding ofarin, tasanno, g'olib,
Istaganing bo'ldi, yugur o'shaga
Ikkimiz qilgan gunohlar qolib
Endi kelin bo'lding mutloq o'zgaga...

Ha yutding, qoyilman endi bo'lar to'y,
Kelinlik libosin kiyasan mana,
O'zingni tayyorla chalg'itmasin o'y,
Ismimni aytib yuborma yana...

O'zingni ishontir, nafratlan mendan,
,,Baxtli bo'lmadim'' deb takrorla ming bor,
Ammo universitetda so'rasang kimdan,
Millionlab xotira o'sha yerda bor...

Mayli univerni qo'y so'ra bog'lardan,
Botanika aytsin ishq ertagimiz,
Eco parkka borib so'ra maysadan,
Qanday ajib edi orzularimiz...

Milliy bog' bir chetda turar xo'mrayib,
Archalar qubbasi hayron turar jim,
O'rindiqlar so'rar, kimda deb ayb
,,O'zgasiga ko'nib ketayotgan kim?''

Shahriston bekati, Shaxidlar bog'i,
Suvlar guvoh edi bizning suhbatga,
Endichi ular qalbimning dog'i,
Bugun aylanyapti oddiy tuhmatga.

Namangan safari so'zlamaydi hech,
Chilonzor yo'llari unga gap bermas,
Ularda yurgandik bo'lsa hamki kech,
Biz uchgan arg'imon aslo jim turmas.

Inkor qil barini, gapirgin o'ylab
Bolani aldagin ko'ziga boqib,
Juda o'xshamasa ertaklar so'zlab
Shartta arazlab ol jinnini yoqib.

Sevmaganman de zinhor o'zgani,
Muhimi ishontir barcha so'zingga,
U payt birov bo'lmas rostin aytgani,
Esdan chiqmasin qarash ko'ziga.

Bilaman, bilaman barini ayta olmaysan,
Balki bo'lgan dersan shunchaki suhbat,
Borini aytsang gar yashay olmaysan,
Isbotni yashirib ataysan tuhmat...

Vijdoning uyg'onsa istaklarga boq.
Kim kimga nimani ravo ko'ryapti.
Fikring o'zgarsa gar eshigimni qoq
Qalbim o'zgasiga hech ko'nmayapti.

Navrozbek Rustamov 10:16 17.12.2023
Nahotki unitding shunchaki bizni?

Mayli meni qamatgin ming bor
Mayli o'zgalarga yomonla meni
Lek ko'zlarimga qarab ayt bir bor
Sevmadingmi hech qachon meni?

Bermadingmi minglab va'dalar,
Aytgandingku ,,tanlayman sizni'',
Onam berar bugun daldalar,
Nahotki unitding, shunchaki bizni?

Onam demadimi seni o'z qizim,
Sovg'alar, tilaklar samimiy xatlar
Kecha yig'ladilar ko'riboq ko'zim,
Ularni qiynadi men totgan dardlar.

Otamga qiziqmas ko'cha obrosi,
Millatmi, vatanmi odam ajratmas,
Ularga muhimdir farzand kulgusi,
Muhimdir avval uy, aslo ,,ko'chamas''...

Nahot ko'rmayapsan bugungi kunni?
Shunchaki unitding barini qandoq,
Nahot o'tkizasan u bilan tunni
Menga ravo ko'rib zulmatli qamoq?

Hali ham niyatim, buzishmas qurish...

Navrozbek Rustamov 18:30 20.12.23.
Buyam bir taqdirda siz ham bir ko'ning...

Ha to'g'ri hammani dardi yetarli,
Bu zamon kichkina birov g'amiga,
Oldingda bir inson bo'lsa ketarli,
,,Taqdirga ko'ningda'' deyar kamiga...

Taqdirga ko'naymi, nima o'zi u?
Sizlar aytasizmi mening taqdirim?
Baridan ustunmi samimiy tuyg'u?
Harommi siz uchun pok orzularim?

Tushining hammasi faqat bu emas,
Sevgi, orzu, g'urur erkaklik so'zim
Ko'nglim o'zgasiga aslo ko'nolmas,
Erisha olmasam o'likman o'zim...

Bundan ranjimangiz aslo yaqinlar,
Hammasi taqdir deb o'ziz aytdizku,
Fikriz o'zgarmasin meni bilganlar,
Mening harakterim sizga ayonku...

Vaqtingiz bo'lsa gar tilovat o'qing,
Bo'lmasa roziman eslamang bir zum,
Muhimi o'zizni g'iybatdan tiying,
Ammo yodda qolar bir lahza kulgum.

Navrozbek Rustamov 10:58 21.12.31