Forwarded from NAVOIY.UZ | Navoiy viloyati hokimligi
📌 NAVOIY DELEGATSIYASINING XITOY XALQ RESPUBLIKASIGA RASMIY TASHRIFI YAKUNLARI
2024-yil 5–11-dekabr kunlari Navoiy viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Navoiy davlat universiteti hamda viloyatdagi texnikumlar rahbar va vakillaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifni amalga oshirdi.
🔹 Boao shahri (Hainan provinsiyasi)
Tashrif doirasida delegatsiya xalqaro forumda ishtirok etdi. Forumda Navoiy viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i F. To‘xtayev nutq so‘zlab, ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollari haqida ma’ruza qildi. Tadbir yakunida bir qator uch tomonlama hamkorlik bitimlari imzolandi.
🔹 Chongqing provinsiyasi
Delegatsiya Chongqing Industry Polytechnic University rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlar davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:
— Sun’iy intellekt
— Qurilish sohasi
— Muhandislik texnologiyalari
Shuningdek, delegatsiya quyidagi yirik ilmiy va innovatsion markazlar faoliyati bilan tanishdi:
• China Merchants Group
• Automotive Software Innovation Center
• Sino-German TUV Rheinland Innovation Center
Muzokaralar natijasida Navoiy viloyatida ilmiy-tadqiqot va innovatsion markaz tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
🔹 Pekin shahri — Xitoy Xalq Respublikasining Milliy taraqqiyot va islohotlar komissiyasi
Tashrif doirasida Navoiy viloyatidagi texnikumlar va Xitoyning yetakchi kasb-hunar universitetlari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi:
• Navoiy davlat universiteti — Vuwei va Nanchun kasb-hunar universitetlari
• Qiziltepa 2-son texnikumi — Jilin sanoat instituti
• Navbahor 3-son texnikumi — Pekin qishloq xo‘jaligi instituti
• Navbahor 1-son texnikumi — Shaanxi kasb-hunar instituti
• Uchquduq 1-son texnikumi — Shaanxi energetika instituti
• Qiziltepa 3-son texnikumi — Chongqing kasb-hunar kolleji
• Zarafshon 1-son texnikumi — Dezhou kasb-hunar instituti
📌 Xulosa:
Mazkur tashrif yakunlariga ko‘ra ta’lim almashinuvi, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari, innovatsion ishlanmalar hamda mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlarida amaliy hamkorlik ishlari boshlab yuborildi.
👌 Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
🧠 Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐 Facebook | 📸 Instagram | ▶️ Youtube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
#Kun_eslatmasi
✅ Qiyin ish yo‘q. Qiyin bo‘lib ko‘rinayotgani — o‘z vaqtida bajarilmagan mayda ishlarning yig‘indisi, xolos.
🖌 Mark Tven
@navdu_navsu
✅ Qiyin ish yo‘q. Qiyin bo‘lib ko‘rinayotgani — o‘z vaqtida bajarilmagan mayda ishlarning yig‘indisi, xolos.
🖌 Mark Tven
@navdu_navsu
❤6👍4🔥1
TAYINLOV!
Navoiy davlat universiteti rektorining tegishli buyrugʻiga asosan Abdualimov Elnur Ixtiyorvich "Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.
@navdu_navsu
Navoiy davlat universiteti rektorining tegishli buyrugʻiga asosan Abdualimov Elnur Ixtiyorvich "Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.
E.Abdualimov 1986-yilda tugʻilgan. Maʼlumoti oliy – Navoiy davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti magistraturasini tamomlagan.
Mazkur tayinlovga qadar E.Abdualimov Navoiy innovatsiyalar universitetida Iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi, Sport menejeri lavozimlarida faoliyat olib borgan.
@navdu_navsu
👍12❤10🔥2
Forwarded from Cyber Security
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Зарарли APK файллар бўйича огоҳлантириш
Сўнгги пайтларда “Байрамга таклифнома”, “Сенинг расмларинг”, “Суд чақируви” каби номлар остида зарарли APK файллар тарқалмоқда. Бундай файлларни очманг ва қурилмангизга ўрнатманг!
Агар шубҳали иловалар ўрнатиб юборилган бўлса:
🔵интернетни ўчиринг ёки парвоз режимига ўтинг;
🔵созламалар орқали иловани дарҳол ўчириб ташланг;
🔵муаммо сақланса, мутахассисга мурожаат қилинг.
📌 Ҳар қандай APK файл хавфли бўлиши мумкин.

👍3❤1👏1
17-DEKABR
MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇸 AQSh - Panamerika aviatsiyasi kuni.
🇺🇸 AQSh - Aka-uka Raytlar kuni.
🇮🇶 Iroq - Kurdiston bayrog‘i kuni.
🇧🇾 Belarus - Belarus kinosi kuni.
🇰🇿 Qozogʻiston - Energetika muhandislari kuni.
🇺🇦 Ukraina - Davlat ijroiya xizmati kuni.
🇹🇳 Tunis - Milliy inqilob kuni.
🇧🇹 Butan - Milliy kun.
🇷🇺 Rossiya - Strategik raketa qo‘shinlari kuni.

VOQEALAR:
- 1273 - Buyuk shoir Mavlono Jaloliddin Rumiy Ko'niya shahrida vafot etdi.
- 1474 - Astronom, matematik olim, mutafakkir Ali Qushchi Istanbulda vafot etdi.
- 1637 - Amakusa Siro boshchiligida yapon nasroniylari qo'zg'oloni ko'tarildi.
- 1777 - Fransiya AQSH mustaqilligini tan oldi.
- 1837 - Sankt-Peterburgdagi Qishki saroy yonib ketdi.
- 1881 - Londonda Oskar Uayldning "Imon yoki nigilistlar" pyesasining ilk premyerasi bekor qilindi.
- 1903 - Aviatsiya otalari aka-uka Raytlar samolyotining ilk parvozi.
- 1918 - Riga(Latviya)da Sovet hokimiyati o‘rnatilgani e’lon qilindi.
- 1926 - Birinchi butunittifoq aholini ro‘yxatga olish o‘tkazildi.
- 1959 - SSSR hukumatining qarori bilan Strategik raketa qo‘shinlari tashkil etildi.
- 1962 - Monakoning yangi konstitutsiyasi kuchga kirdi.
- 1989 - AQShda "Simpsonlar" multfilmining birinchi seriyasi namoyish etildi.
- 1993 - Major League Soccer tashkil topdi.
- 1995 - Ikkinchi chaqiriq Davlat Dumasiga saylovlar bo'lib o'tdi.
- 1998 - AQSh va Buyuk Britaniya Iroqqa qarshi “Sahrodagi tulki” harbiy operatsiyasini boshlashdi.
- 2009 - MV Danny F II yuk kemasi Livan qirg'oqlarida cho'kib ketdi, natijada 44 kishi va 28 000 dan ortiq hayvonlar halok bo'ldi.
- 2010 - Tunislik Muhammad Buazizi o'zini yoqib yubordi, bu Tunisdagi inqilob va butun arab bahori uchun turtki bo'ldi.
- 2014 - AQSh va Kuba 1961-yilda uzilgan diplomatik munosabatlar tiklanganini e'lon qildi (ular 2015-yil 20-iyulda rasman tiklangan).
🎁 TAVALLUDLAR:
- 1778 - Xamfri Devi (1829) - ingliz kimyogari va fizigi, elektrokimyo asoschilaridan biri.
- 1797 - Jozef Genri (1878) - oʻz-oʻzini induksiyalash hodisasini kashf etgan amerikalik fizik.
- 1809 - Ogahiy (to’liq ism-sharifi Muhammadrizo Erniyozbek o’g’li) (1874) - shoir, tarixchi, tarjimon.
- 1830 - Jyul Gonkur (1870) - fransuz yozuvchisi.
- 1859 - Nikolay Dubovskiy (1918) - rus rassomi, o'qituvchi.
- 1866 - Konrad Shteyeli (1931) - shveytsariyalik mergan, uch karra Olimpiya chempioni.
- 1908 - Uillard Frank Libbi (1980) - amerikalik fizik va kimyogar, radiouglerod analiz uslubi asoschisi, Nobel mukofoti sohibi (1960).
- 1917 - Boymirza Hayit (2006) - Turkiston va Oʻrta Osiyo boʻyicha tarixchi va sharqshunos olim.
- 1923 - Vladimir Blagix (1997) - Sovet ekologi, elektrotexnigi va energetigi.
- 1925 - Hamza Umarov (1987) - aktyor, rejissyor, O'zbekiston xalq artisti (1967).
- 1925 - Konstantin Vanshenkin (2012) - sovet va rus shoiri, nasriy yozuvchi.
- 1928 - Nonna Bodrova (2009) - Sovet televideniyesi boshlovchisi, Markaziy televideniye diktori, Rossiyada xizmat ko'rsatgan artist.
- 1928 - Leonid Bronevoy (2017) - sovet va rus kino va teatr aktyori, SSSR xalq artisti.
- 1929 - Aliyeva Iroda (1989) - aktrisa, O’zbekiston xalq artisti (1967).
- 1932 - Xudoyberdi To'xtaboyev (2021) - o‘zbek bolalar adibi, O'zbekiston Xalq yozuvchisi.
- 1936 - Fransisk - Rim-katolik cherkovining rahbari (2013-yil mart oyidan beri), 266-Papa.
- 1944 - Vyacheslav Ganelin - Sovet va Isroil bastakori, pianinochi, jazz musiqachisi.
- 1975 - Milla Yovovich - Amerikalik aktrisa va fotomodel.
- 1977 - Oksana Fyodorova - rossiyalik teleboshlovchi, aktrisa, model, "Dunyo go'zali 2002" tanlovi g'olibasi.
- 1988 - Yann Zommer - shveysariyalik futbolchi, darvozabon.
- 1988 - Devid Rudisha - keniyalik sportchi, 800 metrga yugurish bo'yicha ikki karra Olimpiya chempioni (2012, 2016).
@navdu_navsu
❤7
Navoiy davlat universiteti rektori Muxiddin Kalonovning “SUNʼIY INTELLEKT – YUKSALISHNING STRATEGIK YOʻNALISHI” mavzusidagi maqolasi mamlakatimizning nufuzli nashrlaridan biri — “Xalq so‘zi” gazetasining 2025-yil 17-dekabr sonida chop etildi.
💻 Batafsil oʻqish uchun
@navdu_navsu
📰 Maqolada:
Sun’iy intellekt (SI) XXI asrda taraqqiyotning strategik resursiga aylandi. U iqtisodiyot, sog‘likni saqlash, ta’lim, boshqaruv, axborot kommunikatsiyalari, xavfsizlik kabi sohalarning asosiy transformatsiya omillaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bois ko‘plab davlatlar SI sohasida yetakchilikni qo‘lga kiritish uchun fundamental ilmiy tadqiqotlar, kadrlar tayyorlash, raqamli infratuzilma yaratish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga katta e’tibor qaratmoqda.
💻 Batafsil oʻqish uchun
@navdu_navsu
❤4👍3👏2🎉1
1-son Akademik litseyi o'quvchilari ishtirokida profilaktik targ'ibot tadbiri tashkil etildi
Shuningdek, o'quvchilarga turli xil yot g'oyalarga aldanib qolmaslik, internet ijtimoiy tarmoqlaridan to'g'ri foydalanish lozimligi to'g'risida tegishli tavsiyalar berildi.
Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi bosh mutaxassisi Akromjon Tojiyev, yetakchi mutaxassis Javlonbek Turdiboyev hamda Navoiy shahar IIB 2-sonli IIB profilaktika inspektori leytenant Nuriddin Xidirovlar tomonidan 1-son Akademik litseyi o'quvchi-yoshlari ishtirokida profilaktik uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida o'quvchilarga korrupsiya, uning turlari, oldini olish choralari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy qonunchiligimizdagi o'zgarishlar xususida tushunchalar berildi.
Shuningdek, o'quvchilarga turli xil yot g'oyalarga aldanib qolmaslik, internet ijtimoiy tarmoqlaridan to'g'ri foydalanish lozimligi to'g'risida tegishli tavsiyalar berildi.
Tadbir so'ngida o'quvchi-yoshlar ishtirokida "Kelajakni korrupsiyasiz quramiz!" shoiri ostida chellenj o'tkazilib, o'zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha javoblar olishdi.
❤4👍2🔥2
“Har bir talaba - qaysi yo‘nalishda o‘qishidan qat’iy nazar - sun’iy intellekt asoslari va raqamli gigiyena bo‘yicha bazaviy savodxonlikka ega bo‘lishi lozim”.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤4👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#buyuklar
@navdu_navsu
Bu ming yillik tarix, ilm, madaniyat va mardlik zaminidir. Ammo bir muddat bu zaminning uni o‘chirildi. So‘z aytgan tillar jim bo‘ldi... Ko‘pchilik erkinlik orzusi yo‘lida jonini fido qildi.
@navdu_navsu
👍2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mutaxassis_tavsiyasi
📌 Kiberxavfsizlik markazi ogohlantiradi!
Firibgarlar yangi usulga o‘tishdi: ular rus tilida gaplashib, o‘zlarini bank xodimi yoki tergovchi deb tanishtirmoqda.
Qo‘ng‘iroqlar noma’lum raqamlardan, shuningdek, Telegram va WhatsApp orqali amalga oshirilmoqda.

👌2❤1
Forwarded from Edu.uz
Hurmatli fuqarolar!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim tizimida inklyuziv muhit: nogironligi bor shaxslar uchun imkoniyatlar va mavjud to‘siqlar” mavzusida jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi.
Mazkur jamoatchilik eshituvidan ko‘zlangan asosiy maqsad – oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirish va rivojlantirish borasidagi mavjud holatni tahlil qilish, nogironligi bor shaxslar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar hamda mavjud muammolar yuzasidan jamoatchilik fikrini tinglash, shuningdek, soha mutaxassislari, manfaatdor tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillarining taklif va tavsiyalarini inobatga olishdan iborat.
Eshituv yakunlari bo‘yicha bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar inklyuziv ta’lim siyosatini takomillashtirish hamda amaliy chora-tadbirlarni belgilashda foydalaniladi.
📌 Sana: 22.12.2025
⏰ Vaqt: 11:00
📍 Manzil: Universitet ko‘chasi 7-uy
☎️ Qo‘shimcha maʼlumot uchun: (55) 520-08-08 (110)
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥3❤2🤩1😍1
#Kun_tavsiyasi
EHTIMOL...
Boshqalarning hayotini orzu qilmang, chunki...
Siz boshqalardagi zohirnigina ko‘rasiz.
Siz umr hikoyasining faqatgina muqaddimasini o‘qigansiz xolos.
Ehtimol boshqalardagi siz ne’mat deb o‘ylagan narsa sinov va fitnadir.
Ehtimol siz shuhrat deb o‘ylagan narsa tashvishdir.
Ehtimol siz mol deb o‘ylagan narsa to‘siq va pardadir.
Ehtimol siz haybat deb o‘ylagan narsa quruq po‘stloqdir.
Ehtimol siz rohat deb o‘ylagan narsa xavfdir.
Sizga faqatgina taqdiringizga yozilgan hayot, hissiyot va holatgina munosibdir!

🔥4❤1