NDU - Navoiy davlat universiteti
8.36K subscribers
32.4K photos
3.61K videos
158 files
9.4K links
Download Telegram
#XUSHXABAR
#UNIVERSIADA

Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan "Universiada-2023" musobaqalarining "Yengil atletika" sport turi final bahslarida Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari O‘g‘iloy To‘xtayeva 800 hamda 1500 metrga yugurish bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni, Azizbek Nurullayev yadro uloqtirish bo‘yicha 2-o‘rinni, Azizjon Abdirazoqov, Ilhom Abdullayev, Sanjarbek Azamov, Daler Po‘latovlar 400 metrga estafeta yugurish bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi yakunda 2 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Barcha sportchilarimizni ushbu muvaffaqiyatlar bilan tabriklaymiz!

Kanalimizni kuzatib boring.
👏9🎉9👍4❤2💯1
https://uza.uz/oz/posts/navoiy-viloyati-xabarlari-qisqa-satrlarda_484571

➖Navoiy davlat pedagogika institutida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida turli xil tadbirlar, tanlovlar, teatr jamoalari chiqishlari, sport musobaqalari o‘tkazlmoqda.
👍7
⚡️ Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim fakulteti dekani G.Shamsidinova, Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Q.Umarov hamda "Guliston" mahalla fuqarolar yig'ini yoshlar yetakchisi
J. Sultonov hamkorligida


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 -yil 20-apreldagi Farmoniga muvofiq, mahalla yoshlariga “18-may Xalqaro muzeylar kuni" munosabati bilan "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyiga sayohat uyushtirildi va muzeyning tashkil qilinishi haqida ma'lumot berildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍14
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Oliy taʼlim tizimida xalqaro hamkorlik
#18may #uzbekiston24

Navoiy davlat pedagogika instituti va M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozogʻiston davlat universiteti oʻrtasida tuzilgan xalqaro hamkorlik memorandumi asosida oliygohlar oʻrtasida ilmiy akademik mobillik, ya’ni yetakchi professorlar maxsus kurslarining ilmiy maʼruzalarini tashkil etish, talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, ilmiy kadrlar tayyorlash va fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish kabi ishlar bajarilmoqda.

➖➖➖
👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍10
Forwarded from NDU_NSU_NGU
🔊Sovrin jamg'armasi 1 mln $ bo‘lgan “President Tech Award” bo‘yicha seminar

📆Navoiy davlat pedagogika instituti talabalariga "Inkubatsiya va Akseleratsiya" markazi menejeri tomonidan “President Tech Award” mavzusida seminar uchrashuvi o'tkazildi.

Hukumat qarori (66-son, 15.02.2023-y.) bilan Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovini oʻtkazish to’g’risidagi qarori haqida talabalarga ma’lumotlar berildi. Tanlovda 5 ta asosiy va 1 ta maxsus yoʻnalishlar borligini aytib o’tishdi.

✅Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘zlarining innovatsion startap g'oyalariga qanday yordam olishlari va ularni to'g'ri tadbiq etish yo'llarini bilib olishdi.

https://t.me/NavDPI_edu_uz
👍8🎉1
Forwarded from Edu.uz
⚡️Birozdan so‘ng Xalqaro press-klubning “Qabul-2023: kvotalar, imkoniyat va imtiyozlar” mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi jonli sessiyasi boshlanadi.

❔Oliy ta’lim tizimida shu kungacha rejalashtirilgan maqsadlar qay darajada bajarildi va bu yilgi o’zgarishlar qanday bo’ladi?

❔Bu yilgi imtihon sinovlarining o’tgan yilgi sinovlardan farqli tomonlari nimada?

❔Xotin-qizlar bo’yicha ta’lim sohasida, shuningdek, ularning kasb-hunar egallashi orqali bandligini ta’minlash xususida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

❕Unda shu kabi savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mutasaddilari hamda OTM rektorlari javob berishadi.

📺 Jonli efirni soat 13:10 da “O‘zbekiston 24”, “UzReport” va “RTV-Renessans” telekanallari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤2
Forwarded from Edu.uz
Xalqaro press-klubning “Qabul-2023: kvotalar, imkoniyat va imtiyozlar” mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi jonli sessiyasi boshlandi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mutasaddilari hamda OTM rektorlari ishtirok etmoqda.

📺 Jonli efirni “O‘zbekiston 24”, “UzReport” va “RTV-Renessans” telekanallari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
💯6
“ENG YAXSHI INNOVATSION LOYIHA” TANLOVIDA PROFESSOR-OʻQITUVCHILARIMIZ VA TALABALARIMIZ EʼTIROF ETILDI

⚡️"15-may Xalqaro oila kuni" munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovda NavDPIning maʼrifatparvar ayollaridan professor Shoira Nosirova, dotsent Gulxayo Sayfullayeva hamda talabalarimiz — Nodira Sulaymonova, Tursuntosh Neʼmatova, Goʻzal Yuriyeva, Maftuna Xayrullayeva, Aminabonu Xasanovalar oʻz kolleksiyalari bilan faol qatnashib, tashakkurnoma va sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

— — —
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍10❤1
OLTIN MEROSNING YANGI OHANGLARI

⚡️Institut Xotin-qizlar kengashi raisi, folklorshunos N.Tursunova, Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti xotin-qizlari, olima ayollari, tyutorlari boshchiligida «Qizlarjon» klubi aʼzolari ishtirokida «Milliy qadriyatlar amaliyotda» shiori ostida “Oltin merosning yangi ohanglari“ nomli televizion loyiha tashkil etildi.

Unda qadriyatlar talqinida mujassamlashgan folklorizmlar: qoʻshiqlar, yor-yorlar, laparlar, milliy raqslar, dono xalqning oʻgitlari, rivoyatlari oʻrin oliganligi bilan ahamiyatli. Barcha talaba-qizlar koʻtarinki kayfiyatda faol ishtirok etdilar.

🎬Tadbirda talabalar OAV oʻzlarining chiqishlarini namoyish etishdi.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍5❤4💯2