QISH DASTURXONI UCHUN QULUPNAY

“Narpay invest” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli issiqxonada turli mahsulotlar yetishtirilib, ichki bozorlar rastalaridan joy olyapti.

Ayni paytda, bu yerda yer tut (qulupnay) ko‘chatlari parvarishlanmoqda. Bu ko‘chatlar yaqin orada hosilga kirib, noyabr oyida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Demak endi qishning qahratonida ham xalqimiz dasturxonida bu noz-neʼmatni uchratish mushkul bo‘lmaydi.

Shuningdek, ushbu maskanda, kivi, mandarin,apelsin va limon ko‘chatlari ham ekilgan. Bu kabi mahsulotlar ham tez orada tumanimizdagi bozor rastalaridan joy oladi.
Narpay tumani elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan kuz-qish mavsumi oldidan bajarilgan ishlar to'g'risida ma'lumot.
___

Нарпай тумани электр тармоқлари корхонаси томонидан куз-қиш мавсуми олдидан бажарилган ишлар тўғрисида маълумот.
ELEKTR TA'MINOTI YANADA YAXSHILANADI

Xabaringiz bor, tumanimizga Respublika Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori Mirzohid Ubaydullayev tashrif buyurib, tuman hokimi va tegishli masʼullar hamrohligida turli sohalarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shu qatorda, ular tuman elektr tarmoqlari korxonasi faoliyatini o‘rganish maqsadida, Muqimiy mahallasida joylashgan Zirabuloq 110/35/6 podstansiyasida ham bo‘lishdi.

So‘ng ayni paytda, aholini elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdilar.

Shuningdek, elektr taʼminoti podstansiyalari hamda elektr tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, fuqarolar uchun qulaylik yaratish va ularni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash borasida ko‘rilayotgan chora- tadbirlar haqida so‘z yuritildi
.

O‘rganish davomida tuman masʼullari tomonidan bildirilgan takliflar inobatga olinib, Respublika darajasidagi masalalarga yechim topish uchun tegishli Vazirlik idoralariga yuborildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Baʼzida to‘y-marosim va turli tadbirlarda haddan tashqari dabdababozlik, manmanlik va isrofgarchiliklar avj olayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Eng yomoni pul topib uni qanday sarflashni bilmaydigan kishilarning kechasi boshqalarning halovatini buzib, mushakbozlik qilayotgani o‘z tantanalarini ko‘z-ko‘z qilishdan boshqa narsa emas.
________

Баъзида тўй-маросим ва турли тадбирларда ҳаддан ташқари дабдабабозлик, манманлик ва исрофгарчиликлар авж олаётганига гувоҳ бўляпмиз. Энг ёмони пул топиб уни қандай сарфлашни билмайдиган кишиларнинг кечаси бошқаларнинг ҳаловатини бузиб, мушакбозлик қилаётгани ўз тантаналарини кўз-кўз қилишдан бошқа нарса эмас.
IJTIMOIY SOHA TASHKILOTLARI HOLATI O‘RGANILDI

Tuman hokimi bugun tegishli o‘rinbosar va masʼul tashkilot rahbarlari bilan birgalikda tumandagi 3 ta umumtaʼlim maktablari, 4 ta maktabgacha taʼlim muassasalari hamda 2 ta oilaviy shifokorlik punktlarida bo‘lib, ularning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni, taʼlim sifati, ko‘rsatiladigan xizmatlar va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Mazkur tashkilotlardagi obodonlashtirish va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish holatlari, shu qatorda aholi hamda xodimlar uchun yaratilgan shart sharoitlarni ham o‘rgandi.

Ushbu tashkilotlarga tashrif buyurgan fuqarolar bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan muammolar bilan qiziqdi.

Shuningdek, mavjud kamchiliklar hamda eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan masʼullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Shu qatorda, masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan ayrim rahbar xodimlarga nisbatan intitzomiy javobgarlikka tortish masalasi ko‘tarildi.