Namoz ibodati
364 subscribers
39 photos
20 videos
141 links
Murojaatlar uchun⤵️

@Murojaatlarni_qabul_qiluvchi_bot




Diniy savollar uchun call markaz raqami va bot manzili ⤵️

+998781503344

@SavollarMuslimUzBot

©Kanaldan maʼlumot olinganda manba koʻrsatilishi shart!!!
Download Telegram
AVVOBIYN NAMOZI.

Bu namoz shom namozidan keyin o‘qiladi va olti rakat bo‘ladi. Avval to‘rt, keyin ikki rakat yoki ikki rakatdan qilib o‘qiladi. Alloh taolo Isro surasida «Albatta, U zot avvobiynlarni mag‘firat qiluvchidir», degan (25-oyat).

Imom Tabaroniy Ammor ibn Yosir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda: «Kim shomdan keyin olti rakat o‘qisa, gunohlari mag‘firat qilinur, agar dengizning ko‘pigicha bo‘lsa ham», deyilgan.


“Mo‘minning me’roji” kitobidan olindi

O‘MI Matbuot xizmati

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
#Foydali

Umar ibn Abu Salama roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga (ovqatlanayotganimda) «Alloh ismini zikr qil va o'ng qo'ling bilan yegin», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz (ovqat) yeydigan bo'lsa, ana shu taomning avvalida Alloh ismini zikr qilsin (ya'ni, «Bismillah»ni aytsin). Agar avvalida Alloh ismini zikr etishni unutsa,

بِسْمِ اللهِ أَوَّلَهُ وَآخِرَهُ

«Bismillahi avvalahu va axirohu», deb aytsin», dedilar.

(Ma'nosi: «Ovqatning avvali va oxiriga bismillah».) Abu Dovud va Termiziylar rivoyati.

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
#Bu_qiziq

Zamonaviy transport vositalari.

وَالْخَيْلَ وَالْبِغَالَ وَالْحَمِيرَ لِتَرْكَبُوهَا وَزِينَةً ۚ وَيَخْلُقُ مَا لَا تَعْلَمُونَ ۝‎

    Otlar, xachirlar va eshaklarni minishingiz va ziynat uchun (yaratdi) va siz bilmaydigan narsalarni yaratadir. («Nahl» surasi, 8-oyat)

(Ya’ni, Alloh taolo kelajakda sizlar uchun tuya, ot, xachir va eshakdan boshqa siz bilmaydigan naqliyot vositalarini yaratadi. Darhaqiqat, shunday ham bo‘ldi. Ushbu oyatlar tushgan davrda mavjud bo‘lmagan havoda, suvda va yerda yuradigan ko‘plab naqliyot vositalari vujudga keldi. Bu esa, o‘z navbatida, Qur’oni Karim mazkur: «va siz bilmaydigan narsalarni yaratadi», jumlasi ila mo‘min-musulmonlarni kelajak yangiliklaridan xabardor qilayotganiga dalolatdir.)

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
ISHROQ (SHURUQ) NAMOZI.

«Ishroq» degani «quyosh chiqishi» deganidir. Quyosh chiqib bo‘lganidan keyin o‘qiladigan namozni «ishroq» yoki «shuruq» namozi deyiladi. Bu namozni o‘qishga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam targ‘ib qilganlar.

عَنْ مُعَاذِ بْنِ أَنَسٍ الْجُهَنِيِّ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ ﷺ قَالَ: «مَنْ قَعَدَ فِى مُصَلَّاهُ حِينَ يَنْصَرِفُ مِنْ صَلَاةِ الصُّبْحِ حَتَّى يُسَبِّحَ رَكْعَتَيِ الضُّحَى، لَاَ يَقُولُ إِلَّا خَيْرًا، غُفِرَ لَهُ خَطَايَاهُ وَإِنْ كَانَتْ أَكْثَرَ مِنْ زَبَدِ الْبَحْرِ». رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ.

Mu’oz ibn Anas al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim bomdod namozini o‘qib bo‘lganidan keyin namoz o‘qigan joyida to choshgoh namozini o‘qiguncha o‘tirsa, faqat yaxshilikdan boshqani gapirmagan bo‘lsa, uning xatolari agar dengiz ko‘pigidan ko‘p bo‘lsa ham mag‘firat qilinadi», dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan.

وَفِي لَفْظِ التِّرْمِذِيِّ: «مَنْ صَلَّى الْغَدَاةَ فِي جَمَاعَةٍ ثُمَّ قَعَدَ يَذْكُرُ اللهَ حَتَّى تَطْلُعَ الشَّمْسُ، ثُمَّ صَلَّى رَكْعَتَيْنِ كَانَتْ لَهُ كَأَجْرِ حَجَّةٍ وَعُمْرَةٍ تَامَّةٍ تَامَّةٍ تَامَّةٍ».

Termiziyning lafzida:
«Kim bomdodni jamoat bilan o‘qisa, so‘ngra quyosh chiqquncha Allohni zikr qilib o‘tirsa, keyin ikki rak’at namoz o‘qisa, uning uchun haj va umraning ajridek bo‘lur. To‘liq, to‘liq, to‘liq», deyilgan.
Ushbu rivoyatda vasf qilinayotgan namozni salotush shuruq – shuruq namozi ham deyiladi. «Shuruq» degani esa quyosh chiqishini bildiradi. Sahar chog‘i nihoyatda fazilatli chog‘dir.
Bu hadisi sharifda ham bomdod namozi bilan quyosh chiqquncha bo‘lgan vaqtni Allohning zikri bilan o‘tkazishga targ‘ib qilinmoqda. Shu bilan birga, ishroq – shuruq namozi o‘qishga ham qiziqtirilmoqda. Avval aytilganidek, shuruq namozi choshgoh namozining eng avvalgi vaqtdagi namozidir. (📎 Choshgoh namozi).

Hadisda bomdod namozini jamoat bilan o‘qishga targ‘ib borligi ham ochiq-oydin ko‘rinib turibdi.
Ushbu hadisga amal qilishimiz juda ham zarur. Sahar chog‘i va ishroq namozi vaqtida Alloh taoloning ibodati, zikri bilan mashg‘ul bo‘lish o‘ta fazilatli ishdir.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh.

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
#Foydali

Huzayfa ibn Yamon roziyallohu anhu va Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to'shaklariga yotsalar,

بِاسْمِكَ اللهمَّ أَحْيَا وَأَمُوتُ

«Bismikallohumma ahya va amutu», deb aytganlar. (Ma'nosi: Ey Rabbim, Sening isming bilan tirilaman va o'laman.)

Uyg'onganlarida:

الْحَمْدُ للهِ الَّذِي أَحْيَانَا بَعْدَ مَا أَمَاتَنَا وَإِلَيْهِ النُّشُورُ

«Alhamdu lillahillaziy ahyana ba'da ma amatana va ilayhin nushur», deb aytar edilar. (Ma'nosi: Bizni o'ldirgandan keyin tiriltirgan Allohga hamd bo'lsin.

Va biz Ungagina qaytamiz.) Imom Buxoriy rivoyatlari.

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
#Savol_javob

Savol:
Assalomu alaykum iltimos shaytondan kaytaradigan duolarni ugratsangiz.

❗️Javob:❗️
Va alaykum assalom! Insonni himoya qiluvchi zikrlarning eng buyugi namozdir. Shuningdek, tongi va tungi duolarni, Falaq va Nos suralarini hamda oyatul-kursiyni ko‘proq o‘qib yuring. Doim tahoratli bo‘ling. Hojatxonaga kirganda va undan chiqqanda unga xos duolarni o‘qing. Uxlashdan oldingi va uyqudan turganda o‘qiladigan duolarni o‘qing. Uydan chiqish va uyga kirish duolarini o‘qing. Bu duolar haqida alohida kitoblar nashrdan chiqqan. Kitob do‘konlaridan so‘rasangiz, topasiz. Vallohu a’lam.

O‘MI fatvo hay’ati.

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
GʻUSL.

"Gʻusl" – "yuvish", "biror narsaning ustidan suv oqizish" degan maʼnolarni bildiradi. Sharʼiy istilohda – muayyan holatlarda badanning barchasini maxsus usulda yuvishga aytiladi.

Uyquda ehtilom bo'lib qolganda, jinsiy yaqinlik qilganda, ayollar hayz va nifosdan pok boʻlganda g'usl qilish farz.

Juma va hayit namozlari uchun gʻusl qilish sunnat hisoblanadi.

Gʻuslning farzlari.

1. Og'izga suv olib, g'arg'ara qilib chayish.
2. Burunga achishtirguncha suv tortib, yaxshilab chayish.
3. Badanning hamma joyini yuvish.

G'usl qilish tartibi:

1. "Bismillaah" deb, g'uslga niyat qilinadi:

نَوَيْتُ أَنْ أَغْتَسِلَ غُسْلاً مِنَ الْجَنَابَةِ، رَفْعًا لِلْحَدَثِ وَاسْتِبَاهَةً لِلصَّلَاةِ، تَقَرُّبًا مِنَ اللهِ تَعَالَى

"Navaytu an agʻtasila gʻuslan minal-janaabati, rof'an lil-hadasi vastibaahatan lis-solaati, taqorruban minalloohi ta'aalaa".

Mazmuni:
"Nopoklikni ketkazish, namoz o'qishni joiz etish hamda Alloh taologa yaqinlik istab g'usl qilishni niyat qildim".

2. Avval qoʻllar yuviladi, soʻng badandagi najosat yuviladi.

3. Tartib bilan tahorat qilinadi. Soʻng avval boshga, keyin o'ng va chap yelkaga suv quyilib, badanning hammasi yaxshilab yuviladi. Badanning igna uchi miqdorichalik joyga suv yetmay qolsa ham g'usl durust boʻlmaydi. Gʻusl qilishdan oldin badandagi suvni toʻsuvchi narsalarni ketkazish lozim. Agar ostiga suv yetmaydigan uzuk, bilaguzukka oʻxshash narsalar boʻlsa, yechish yoki aylantirib ostiga suv yetkaziladi.


Gʻuslning sunnatlari.

1. Niyat qilish
2. "Bismillaah..."ni aytish.
3. Ikki qoʻlni bilagigacha yuvish.
4. Qoʻlni yuvgach, badandagi najosatni ketkazish.
5. Tahorat qilish.
6. Aʼzolarni yaxshilab ishqalab, uch martadan yuvish.
7. Avval badanning oʻng tomoni, soʻng chap tomonini yuvish.

Tahoratda makruh sanalgan amallar gʻuslda ham makruh sanaladi.


Gʻusl qilish mustahab boʻlgan holatlar.

Hushidan ketib soʻng oʻziga kelgan, gunohidan tavba qilgan, safardan qaytgan, Islomni qabul qilgan, Kaʼbai muazzama va Madinai munavvarani ziyorat qilmoqchi boʻlgan kishilar va istihoza holatidan pok boʻlgan ayollarning gʻusl qilishlari mustahab.


Gʻusl vojib boʻlgan kishining bajarishi harom boʻlgan amallar.

Tahoratsiz boʻlgan kishiga mumkin boʻlmagan amallar gʻusl vojib boʻlgan kishi uchun ham mumkin emas. Shu bilan birga gʻusl vojib boʻlgan kishiga Qurʼoni karimni yoddan yoki qarab oʻqish hamda masjidga kirish ham harom hisoblanadi.

@Namoz_ibodati
#Foydali

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi to'shakka yotayotganida ko'rpa va izorini qoqib tashlasin. Chunki uning orasida nima borligini bilmaydi. So'ng:

بِاسْمِكَ رَبِّي وَضَعْتُ جَنْبِي وَبِكَ أَرْفَعُهُ إِنْ أَمْسَكْتَ نَفْسِي فَارْحَمْهَا وَإِنْ أرْسَلْتَهَا فَاحْفَظْهَا بِمَا تَحْفَظُ بِهِ عِبَادَكَ الصَّالِحِينَ

 «Bismika robbiy vazo-'tu jambiy va bika arfa'uhu, in amsakta nafsiy farhamha va in arsaltaha fahfazha bima tahfazu bihi 'ibadakas solihiyn», deb aytsin», dedilar.

(Ma'nosi: Ey Rabbim, Sening isming bilan yotdim va Sening isming bilan turaman. Agar mening ruhimni olsang, unga rahm qil. Agar uni qo'yib yuborsang, xuddi solih bandalaringni saqlaganingdek, uni ham hifzu himoyangga ol.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Oisha roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to'shaklariga yotsalar, qo'llariga suflab, ikkita «Qul a'uzu»ni o'qir, so'ng tanalariga surtar edilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
TAYAMMUM.

Tayammum arabcha so‘z bo‘lib, “qasd qilish”, degan ma’noni bildiradi. Shariatimizda esa poklik hosil qilish uchun pok yer jinsini qasd qilish (ya’ni, yuzga va qo‘lga surtish)dir. Pok yer jinsi deganda - tuproq, qum, tosh va shu kabilar tushuniladi. Tayammum tahoratning ham, g‘uslning ham o‘rniga o‘tadi. Alloh taolo aytadi:

فَلَمْ تَجِدُوا مَاءً فَتَيَمَّمُوا صَعِيدًا طَيِّبًا

ya’ni: “...(lekin) suv topmasangiz, pok tuproqqa tayammum qiling...” (Moida surasi, 6-oyat)

Quyidagi hadis ham vorid bo‘lgan: “Suv topa olmasang, hatto o‘n yilgacha bo‘lsa ham, tayammum senga yetarli bo‘ladi” (Imom Abu Dovud Abu Zardan, Imom Termiziy, Imom Nasaiy rivoyati).

Tayammum qilish joiz bo‘lishi uchun odam suv ishlatishdan ojiz bo‘lishi kerak. Suvdan ojiz bo‘lish turlicha bo‘lishi mumkin:
- Suv ≈2 km.dan uzoqda bo‘lishi;
- suv ishlatsa kasal bo‘lishi yoki kasallik ziyoda bo‘lishi;
- yuvinsa suv yoki havoning sovuqligidan zarar ko‘rishi aniq bo‘lsa;
- suv oldida dushman bo‘lsa;
- tahorat qilsa ichimlik suvisiz qoladigan bo‘lsa;
- Quduq kabi joydan suv olishga kerakli vositalar bo‘lmasa.

Tayammmum quyidagicha qilinadi:
- dastlab tahoratsizlikni ketkazishni niyat qilib, pok tuproqni qasd qiladi;
- keyin ikki qo‘lini pok tuproqqa uradi, yopishib qolgan tuproqni qoqib, qo‘llarini yuziga surtadi;
- keyin yana qo‘llarini tuproqqa uradi va chap qo‘l kaftining ichi bilan o‘ng qo‘lini tirsaklari bilan mash qiladi, o‘ng qo‘l kaftining ichi bilan chap qo‘lini tirsaklari bilan mash qiladi. Bunda qo‘llarning hamma joyini mash qilish shart;
Tayammumni namoz vaqti kirishidan oldin qilsa ham bo‘ladi. Suv topilguncha, bitta tayammum bilan xohlagancha namoz o‘qish mumkin.

Tayammumni tahoratni buzuvchi narsalar buzadi

Tahoratni quyidagi amallar sindiradi:
- Old va orqa avratlardan chiqadigan har qanday (odatiy va noodatiy) narsalar;
- Bu ikki yo‘ldan boshqa joylardan chiqqan oquvchi qon, yiring kabi najosatlar;
- Og‘iz to‘ldirib qayt qilish yoki tufuk qizaradigan darajada qon qayt qilish;
- Biror narsaga suyanib uxlash;
- Hushdan ketish, jinnilik va mastlik;
- Balog‘atga yetgan kishining ruku va sajdali namozda ovoz chiqarib kulishi (“Al-Muxtor lil-fatvo”. 53-savolga qarang.)

Suv topishidan umidi bo‘lgan kishi namozni oxirgi vaqtigacha kechiktirib turishi mustahab hisoblanadi (“Al-Muxtor”, “Al-ixtiyor”). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati.

@Namoz_ibodati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Savol-javob: Tayammum haqida ma’lumot.

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
#Foydali

Ummu Salama onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uydan chiqayotib:

بِاسْمِ اللهِ تَوَكَّلْتُ عَلَى اللهِ، اللهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ أَنْ أَضِلَّ أَوْ أُضَلَّ أَوْ أَزِلَّ أَوْ أُزَلَّ أَوْ أَظْلِمَ أَوْ أُظْلَمَ أَوْ أَجْهَلَ أَوْ يُجْهَلَ عَلَيَّ

«Bismillahi, tavakkaltu 'alallohi. Allohumma inniy a'uzu bika an adilla av udalla av azilla av uzalla av azlima av uzlama av ajhala av yujhala 'alayya», degan duoni o'qir edilar».

(Ma'nosi: Alloh nomi bilan. Allohga tavakkal qildim. Ey Rabbim, adashish va adashtirilishdan, toyilish va toyiltirilishdan, zulm qilish va zulm ko'rishdan, johillik qilish va menga nisbatan johillik qilinishidan Sendan panoh so'rayman.) Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja rivoyatlari.

══════════════════

Manzilga kirayotganda «Bismilloh»ni aytib, zikrni ko'paytirib, uyda odam bo'lsin-bo'lmasin, salom berib kirish mustahabdir. Alloh taolo Nur surasining 61-oyatida: «Bas, qachon uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo'lgan muborak pokiza salomni aytinglar (ya'ni, assalomu alaykum, denglar)»,
deb buyuradi.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Ey o'g'ilcham, uyingga kirsang, salom berib kir. Bu ishing o'zingga va ahli ayolingga baraka keltiradi», dedilar». Imom Termiziy rivoyatlari.

Abu Molik Ash'ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi uyiga kirayotganida:

اللهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ خَيْرَ الْمَوْلَجِ وَخَيْرَ الْمَخْرَجِ، بِاسْمِ اللهِ وَلَجْنَا وَبِاسْمِ اللهِ خَرَجْنَا وَعَلَى اللهِ رَبِّنَا تَوَكَّلْنَا

«Allohumma inniy as`aluka xoyral mavlaji va xoyral maxraji, bismillahi valajna va bismillahi xorojna va 'alallohi robbina tavakkalna».

(Ma'nosi: Ey Rabbim, Sendan kirishning ham, chiqishning ham yaxshisini so'rayman. Allohning ismi bilan kirdik. Allohning ismi bilan chiqdik. Rabbimiz Allohga tavakkal qildik), deb aytib, so'ngra ahliga salom bersin», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
ZUHO (CHOSHGOH) NAMOZI.

“Zuho” so‘zi – “choshgoh vaqti” degan ma’noni anglatadi. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Qasamyod eturman choshgoh vaqti bilan” (“Zuho” surasi, 1-oyat).

- Bu namozning vaqti quyosh bir nayza bo‘yi ko‘tarilganda, ya’ni quyosh chiqqandan taxminan 20 daqiqa keyin boshlanadi.
- Oxirgi vaqti esa kun tikkaga kelgan vaqtdan bir soat avvalgi vaqtgacha hisoblanadi. Ushbu ikki vaqt oralig‘ida Zuho namozini ado etish mumkin.

Uning eng afzal vaqti bomdod namozini ado etgandan so‘ng, o‘sha joyda quyosh chiqquncha zikr bilan mashg‘ul bo‘lib, quyosh chiqqandan keyin o‘qishdir. (📎Qarang! Shuruq namozi)

Zuho namozi ikki rakatdan o‘n ikki rakatgacha o‘qiladi, eng afzali to‘rt rakatdan o‘qishdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday qilganlar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim to‘rt rakat Zuho namozini muntazam o‘qisa, gunohi dengiz ko‘piklaricha bo‘lsa ham, kechiriladi”, dedilar (Imom Termiziy, Imom Ibn Moja, Imom Ahmad rivoyati).

Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam Zuho namozini ba’zan uzluksiz o‘qir edilar. Biz endi bu namozni hargiz tark qilmaydilar, derdik. Gohida esa o‘qimas edilar, endi bu namozni hargiz o‘qimasalar kerak, deb o‘ylardik” (Imom Termiziy, Imom Ahmad rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zuho namozida “Shams” va “Zuho” suralarini o‘qir edilar.

Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Har biringiz bo‘g‘in va suyaklar ustida tong ottirganingiz uchun bir sadaqa bor. Har bir tasbehingiz – sadaqa. Har bir tamhid (Alhamdulillah) – sadaqa, har bir tahlil (Laa ilaha illalloh) – sadaqa, har bir takbir – sadaqa, yaxshilikka buyurishingiz ham, yomonlikdan qaytarishingiz ham sadaqadir. Endi bularning hammasi uchun ikki rakat Zuho namoz o‘qishingiz kifoya qiladi”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda bunday deyiladi: “Albatta, jannatda bir eshik bor. U “Zuho” deb nomlanadi. Qiyomat kuni bo‘lganda, bir jarchi nido qilib: “Zuho namozini doim o‘quvchilar qani? Bu sizlarning eshigingizdir. Unga Allohning rahmati ila kiringlar”, deydi” (Imom Tabaroniy rivoyati)
Manba.

@Namoz_ibodati
#Foydali

Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Alloh azza va jalla uchun bir yetimning boshini silasa, qo‘li nechta sochning ustidan o‘tsa, shuncha hasanot yoziladi. Kim o‘z huzuridagi yetim qizga yoki bolaga yaxshilik qilsa, men o‘sha odam bilan jannatda mana bunday bo‘laman” deb ikki barmoqlarini yaqinlashtirdilar (Imom Abu Dardo rivoyati).

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
📌 Takbiri tashriqlar.

❗️Zulhijja oyining toʻqqizinchi kuni – Arafa kunining bomdod vaqtidan boshlab, hayitning toʻrtinchi kuni asr namozigacha har bir farz namozdan soʻng takbiri tashriqni aytish vojib. Mashhur takbir quyidagicha:

اللهُ أَكْبَرُ اللهُ أَكْبَرُ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ وَاللهُ أَكْبَرُ اللهُ أَكْبَرُ وَللهِ الْحَمْدُ

Alloohu akbar, Alloohu akbar, laa ilaaha illalloohu valloohu akbar, Alloohu akbar va lillaahil-hamd.

(Mazmuni:
Alloh ulugʻdir, Alloh ulugʻdir. Allohdan boshqa iloh yoʻq. Alloh ulugʻdir, Alloh ulugʻdir. Allohga hamd boʻlsin.)

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
#Bu_qiziq

Aksirish.

Hind olimlaridan professor Nasrulloh Xon hazratlari aytadilar: “Bir Angliyalik doktor musulmonlarning Payg‘ambari sollallohu alayhi va sallamning: “Biror musulmon aksirsa va Alhamdulillah desa, uning yonida o‘tirgan musulmon Yarhamukalloh desin, aksirgan esa yana javobda, «Yahdikumulloh» desin degan hadisi shariflarini o‘qib, o‘ylab qoldi:

«Bir oddiygina ish uchun shuncha duo o‘qishning sababi nima?» U tadqiqot olib bordi va shu narsa ma’lum bo‘ldiki, shuncha duo o‘qish ortiqcha, behuda ish emas, balki Alloh taologa shukrdir. Chunki tadqiqotdan shu narsa yuzaga keldiki, ba’zan inson miyasining qon tomirida havo turib qoladi.

Alloh taolo uni chiqarib yuborish uchun bir bosimni joriy qilgan. Shunday qilib, aksirish bosimi orqali, o‘sha havo burun yo‘lidan tashqariga chiqib ketadi. Agar havo chiqmay, turib qolsa, inson falaj (shol) bo‘lib qolish xavfi bo‘ladi. Shuning uchun aksirgan inson «Alhamdulillah» deyishi, Alloh taologa bu ne’mat uchun shukr qilishi kerakdir.

“Bugungi saboq” kitobidan

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
#Foydali

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga shunday muhabbatimiz bormi? Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlarini bilamizmi?

• Har ishni boshlasangiz «Bismillah» deng.
• Niyat qilsangiz «Inshaalloh» deng.
• Hayratlansangiz «Subhanalloh» deng.
• Maqtasangiz «Mashaalloh» deng.
• Rahmat aytsangiz «Jazakalloh» deng.
• Afsuslansangiz «Astag‘firulloh» deng.
• Kuzatsangiz «Fiy amaanillah» deng.
• Bersangiz «Fiy sabiylillah» deng.
• O‘limni eshitsangiz «Innaa lillah» deng.
• Aksa ursangiz «Alhamdulillah» deng.
• Qiyinchilik yetsa «Yo Alloh» deng!
Manba.

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA