NamMQI_Prorektori (tadbirlar kanali)
1.97K subscribers
88.8K photos
1.64K videos
81 files
5.63K links
Download Telegram
#NamMQI
#Muhandislik_kommunikatsiyalari
#2_Tashabbus

"TALABALARNING JISMONIY TAYYORGARLIK DARAJASINI ANIQLASH"

        Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti tyutorlari  tomonidan o'ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan birgalikda Prizidentimizning “Aholini jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qaroriga asosan joriy yil 22-apreldan 22-mayga qadar 2-bosqichda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazilib borilmoqda.
        Namangan muhandislik-qurilish institutida talabalardan sport sinovlari qabul qilindi.
        Talabalar yugurib kelib uzunlikka sakrash, turgan joyidan uzunlikka sakrash, 100 metrga yugurish, arg‘amchida sakrash, gimnastika o‘rindig‘idan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish bahslarida faol ishtirok etdilar.

Muhandislik kommunikatsiyalari
fakulteti tyutorlari:
B. Qosimov, O. Qoraboyev, J. Usmonov, Z. Bishtayev
11.05.2024
#Mashinasozlik

#Turizm

11.05.2024 yil.
"Yaxshi dam-mehnatga hamdam", -deganlariday, o‘qishdagi kuch-shijoatlari yanada oshadi.
Shu bois,  Namangan muhandislik-qurilish instituti Mashinasozlik fakulteti tyutori S.Abdurazaqov o‘ziga biriktirilgan 64-AvaT-23 guruh talabalari bilan Pop tumani Chodak qishlig‘ida joylashgan tog‘ tizmasiga sayohat uyushtirildi.

Mashinasozlik fakulteti tyutori: 
S. Abdurazaqov.
“Psixolog va tyutor hamkorligi” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi

Institutda psixolog Murodjon Nurqulov tashabbusi bilan “Psixolog va tyutor hamkorligi” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.

Viloyatdagi oliy oʻquv yurtlari psixologlari ham taklif etilgan davra suhbatini institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov boshlab berdi. U OTMlar uchun ushbu hamkorlik oʻta zarur ekanligi, chunki psixolog va tyutorlar talabalar bilan bevosita ishlovchi mutaxassislar ekanligini taʼkidladi.

Tadbir davomida psixologlar talabalar va tyutorlar bilan mustahkam aloqalarni yoʻlga qoʻyish, bu boradagi muammolar va ularning yechimlari haqida oʻzaro fikr almashdi.

NamMQI media markazi
Namangan sanoat texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi

Tadbirda Namangan muhandislik-qurilish instituti boʻlim boshligʻi Otabek Jalolov ishtirok etdi va soʻzga chiqdi.

Tadbir chogʻida maktab bitiruvchilari texnikum faoliyati, unda tayyorlanayotgan mutaxassisliklar bilan yaqindan tanishdi, mutaxassislarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdi.