NamMQI_Prorektori (tadbirlar kanali)
1.72K subscribers
77.6K photos
1.35K videos
77 files
5.18K links
Download Telegram
Tanishuv amaliyoti davom etmoqda!
Joriy yilning 25 iyun kunida Namangan muhandislik-qurilish instituti Qurilish fakul’teti 60730200 – “Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo’nalishining 1 bosqich 7-SHQKITEB-23 va 8-SHQKITEB-23 gurux talabalari Yangi Namangan shahri qurilish jarayonlari bilan tanishish maqsadida tashrif buyurishdi.
Amaliyot rahbarlari “Arxitektura va shaharsozlik” kafedrasi professori Z.Buzrukov va k.o’q.A.Abduraxmanovlar O’n bir Ahmad ziyoradgohi tarixi bilan hamda Elobod SITI binolari qurilish jarayonlari bilan tanishtirishdi.Amaliyot davomida talabalarga ushbu tarixiy obidaning mavjud manbaalarga asoslangan holda uzoq davrlarga bog’liq ma’lumotlardan xabardor qilindi.Tanishuv amaliyotlari o’tash davomida talabalar o’zlariga kerakli bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldilar.
GIYOHVANDLIK-UMR ZAVOLI!
Mashinasozlik fakulteti tashabbusi bilan Namangan viloyati Narkologiya markazi  bilan hamkorlikda 26 iyun Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan "GIYOHVANDLIK-UMR ZAVOLI" shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Narkologiya markazi mutaxassisi Xamidullo A’zamov ishtirok etdilar. X.A’zamov  tomonidan giyohvand va psixotrop moddalarini iste’mol qilmaslik, iste’mol qilganlarda salbiy oqibatlar kelib chiqishi mumkinligi,  giyohvandlikni keltirib chiqaruvchi omillar va unga qarshi kurashish haqida tushuncha va targ‘ibot olib borildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar berib o‘zlariga ijobiy javoblar olishdi.

25.06.2024 y.
Mashinasozlik fakulteti tyutorlari
"BIZ YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ"!
Mashinasozlik fakulteti tyutori N.Asqarovga biriktirilgan guruh talabalari o‘rtasida 26-iyun Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashishi kuni munosabit bilan "BIZ YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZI" shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida giyohvand va psixotrop moddalarini iste’mol qilmaslik, iste’mol qilganlarda salbiy oqibatlar kelib chiqishi mumkinligi,  giyohvandlikni keltirib chiqaruvchi omillar va unga qarshi kurashish haqida tushuncha va targ‘ibot olib borildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar berib o‘zlariga ijobiy javoblar olishdi.

25.06.2024 y.
Mashinasozlik fakulteti tyutori : N.Asqarov
Bitiruv malakaviy ishlarining himoyalari bo‘lib o‘tdi

Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasida "Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari" va "Axborot tizimlari va texnologiyalari" ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Himoya jarayonlarida institut rektori ishtirok etdi va bitiruvchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.