NamMQI_Prorektori (tadbirlar kanali)
1.79K subscribers
83.2K photos
1.44K videos
80 files
5.39K links
Download Telegram
"Rahbarlar va yoshlar" uchrashuvi
Namangan muhandislik-qurilish instituti Transport fakulteti “Yo‘l harakati xavfsizligi” kafedrasining bir guruh talabalari va kafedraning professor-o‘qituvchilari A.Madrahimov, M.Boydedaev, U.Mamirov, G‘.Tuxlievlar bilan birgalikda, ish beruvchi tashkilot O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida bo‘lib, vazirlikning faoliyati bilan amaliy tanishuv va vazirlik markaziy apparati ma’sul xodimlari va rahbarlari Komilov Otabek, Po‘latov Rustambek, Muxamedxodjaev Sardor, Rajapov Axrorbeklar ishtirokida ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda hozirgi kunda transport sohasidagi olib borilayotgan islohotlar, yangiliklar, vazirlik va vazirlikning xududiy boshqarmalari, shuningdek, vazirlik tasarrufidagi aksiyadorlik jamiyatlariga ishga joylashish bo‘yicha talabalarga vazirlik xodimlari tanishtirib o‘tishdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bo‘yicha to‘liq ma’lumot olishdi.
#NamMQI 

#Transport

#Sport sinovlarida talabalar bilan faol qatnashilmoqda

26-arpel 2024 kuni Transport fakulteti tyutori Q.Soliyev o'ziga birikrilgan guruh talabalar bilan birgalikda Davlat rahbarining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qaroriga asosan joriy yil 22-apreldan 22-mayga qadar 2-bosqichda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkaziladi.

Namangan muhandislik-qurilish institutida talabalardan sport sinovlari qabul qilindi.

Talabalar yugurib kelib uzunlikka sakrash, basketbol to‘pini 3 metr mafofadan tashlash, yerga tayangan xolda qo‘llarni bukib yozish, gimnastika o‘rindig‘iga tayangan holda qo‘llarni bukib yozish, turgan joyidan uzunlikka sakrash, 100 metrga yugurish, arg‘amchida sakrash, gimnastika o‘rindig‘idan o‘yoq tizzalarini bukmay oldinga egilish bahslarida bellashmoqda.

26.04.2024 y.

Transport fakulteti tyutori: Q.Soliyev.
#NamMQI
#Transport fakulteti
#Ota-onalar bilan hamkorlik

2024-yil 22-23-aprel kunlari Xorazm viloyatidan kelib taxsil olayotgan fakultet talabalarining ota-onalari bilan uchrashish maqsadida fakultet Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan oʻrinbosari Gʻayratali Tuxliyev, tyutor Sh.Turayevlar ishtirokida talabalar ota-onalari bilan uchrashildi. Ushbu uchrashuvlardan maqsad institut bilan ota-onalar hamkorligini yanada kuchaytirish, 2024-2025 oʻquv yili uchun Xorazm viloyatidagi oʻquvchilarni institutga jalb etish masalalari yuzasidan targʻibot oʻtkazildi. Barcha ota-onalar institut maʼmuriyatidan uchrashuv tashkillaganligi uchun minnatdorchilik bildirildi.
Tyutor: Sh.Turayev
#MADANIYAT

🎞 "Milliy kino kuni"ga barcha talaba-yoshlarni taklif etamiz


📌 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan "Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz" shiori ostida respublikadagi telekanallarda haftaning bir kunini "Milliy kino kuni" sifatida belgilandi. Endilikda milliy filmlar namoyishini yoʻlga qoʻyiladi.

💥Shu munosabat bilan NamMQI talaba-yoshlari uchun bugun, 27-aprel kuni talabalar turar joyi faollar zalida "Qo‘rqma" filmi premyerasi namoyish etiladi.

Film anonsi bilan tanishing 👈

Namoyish vaqti: 27-aprel 17:40;
📍O‘tkazilish joyi: TTJ faollar zali


https://t.me/+5Y3A20BmLqpjNGNi
BESH TASHABBUS IJRODA!

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Besh muhim tashabbus ijrosini bajaralishini ta’minlash maqsadida Mashinasozlik fakulteti koordinatori Raxmatullayev Jaloliddin boshchiligida tyutor N.Asqarovga biriktirilgan guruhlar o‘rtasida "Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz" shiori ostida futbol musobaqasi o‘tkazildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad yoshlarni sport sohasiga yanada qiziqishlarini oshirish va jismonan chiniqtirishdan iborat bo‘ldi.

27.04.2024 y.
Mashinasozlik fakulteti tyutor: N.Asqarov
Kordinator: J.Rxmatullayev