NamMQI_Prorektori (tadbirlar kanali)
1.97K subscribers
88.8K photos
1.64K videos
81 files
5.63K links
Download Telegram
Deputatlar va talabalar uchrashuvi

Namangan shahri markazidagi O‘zLiDep yoshlar bog‘ida,ochiq osmon ostida Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Zafar Xudayberdiyev va Barno Mirzamova ishtirokida “Deputatlar va talabalar uchrashuvi” o‘tkazildi.

Davra suhbati yakunida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Mashinasozlik fakulteti tyutori Nasimjon Asqarovga biriktirilgan 9-EE-23 guruh talabalariga O‘zLiDepga a’zolik guvohnomalari tantanali topshirildi.
#OAV_sahifalarida

“Namangan haqiqati” gazetasining 2024-yil, 20-aprel, 30-sonida institut Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Saida Abdullayevaning “Taʼlim taraqqiyotga xizmat qiladi” nomli maqolasi eʼlon qilindi.
Navoiy davlat konchilik-texnologiyalar universitetida NamMQI, “Sanoatni axborotlashtirish” fakulteti Materiallar qarshiligi va mexanika kafedrasi mudiri PhD M.Boytemirov, kafedra professori, t.f.d. Sh.S.Yuldashev hamda kafedra doktoranti B.Vahobovlar “Комплексное инновационное развитие Зарафшанского региона: достижении, проблемы и перспективы” 5-xalqaro ilmiy amaliy konferensiyada qatnashdilar. Konchilik ishi kafedrasi mudiri professor A.B.Tuxtashev va bir qator kafedra olimlari bilan muammoli masalalarni birgalikda bajarish bo‘yicha xamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
#НамМҚИ
#Қурилиш
2024 йил 18-20 апрел кунларда Наманган вилоят “Баркамол авлод” болалар мактаби биносида вилоятдаги умумтаълим мактаблари битирувчилари учун “Таълим ва ишлаб чиқариш” кўргазмаси бўлиб ўтмоқда.
Кўргазмада қурилиш факультети вакиллари ҳам фаол иштирок этишмоқда. Жумладан, кўргазмада институтдаги мавжуд ҳар бир факултет ва мутахассислик таълим йўналишлари, эришилган ютуқлар, лаборатория ва бошқа замонавий ўқув жиҳозлари ҳақида маълумот берувчи воситалар орқали тақдимотлар ўтказилмоқда. Ҳар бир мактаб битирувчисига институт кўрсаткичлари ҳақидаги буклетлар тақдим этилмоқда.
Декан муовини Ш.Юсупов
Transport fakulteti Transport logistikasi kafedrasi dotsentlar X.Soliyev, Z.Isoqova hamda stajyor o‘qituvchi B.Tumanboyevalar Norin tumani Toshqin MFY da joylashgan 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilari bilan oliy ta’lim muassasalari va maktablar hamkorligi doirasida targ‘ibot ishlari olib borish maqsadida tashrif buyurdilar. Ushbu maktabda taxsil olayotgan bitiruvchi hamda yuqori sinf o‘quvchilari bilan suhbatlar olib borishdi. Suhbat davomida Namangan muhandislik-qurilish institutida faoliyat olib borayotgan ta’lim yo’nalishlari, oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirish va kirish imtihonlarining tartiblari, institutda talabalar uchun yaratilgan o‘qish sharoitlari, iqtidorli talabalarning erishgan yutuqlari va talabalar turar joylari haqida ma’lumotlar berishdi. Maktab bitiruvchi yoshlariga institut haqidagi vediorolik hamda tarqatma materiallarni taqdim etishdi. Bitiruvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Transport fakulteti Transport logistikasi kafedrasi dotsentlar X.Soliyev, Z.Isoqova hamda stajyor o‘qituvchi B.Tumanboyevalar Norin tumani Navoiy MFY da joylashgan 14-sonli DIMIga oliy ta’lim muassasalari va maktablar hamkorligi doirasida targ‘ibot ishlari olib borish maqsadida tashrif buyurdilar. Ushbu maktabda taxsil olayotgan bitiruvchi hamda yuqori sinf o‘quvchilari bilan suhbatlar olib borishdi. Suhbat davomida Namangan muhandislik-qurilish institutida faoliyat olib borayotgan ta’lim yo’nalishlari, oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirish va kirish imtihonlarining tartiblari, institutda talabalar uchun yaratilgan o‘qish sharoitlari, iqtidorli talabalarning erishgan yutuqlari va talabalar turar joylari haqida ma’lumotlar berishdi. Maktab bitiruvchi yoshlariga institut haqidagi vediorolik hamda tarqatma materiallarni taqdim etishdi. Bitiruvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldilar.