NamMQI_Prorektori (tadbirlar kanali)
1.97K subscribers
88.8K photos
1.64K videos
81 files
5.63K links
Download Telegram
Bugun  Axborot-resurs markazining       1- o‘quv zalida Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan “Jahon tamaddudining jahongiri” nomli  tadbir hamda  Amir Temur haqida yoritilgan adabiyotkardan kitob ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 1- prorektor Odiljon Jakbarov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘I Dadajon  Dadabaev , “Muhandislik kommunikatsiyalari” fakulteti, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Anvarjon Dehqonov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari Surayyo Dexqanova , Azizbek Adashaliyev,  ARM direktori Ozoda Mamadaliyeva va hodimlari hamda talabalar ishtirok etishdi. Tadbir avvalida  Amir Temur  hayoti va ijodidan eng sara ma’lumotlar bilan boshlanib,  qiziqarli baxs munozaralar bilan davom etdi. Tadbir yakunida faol qatnashgan ishtirokchilarga ARM direktori tomonidan esdalik sovg‘alar taqdim etildi
Avval habar berganimizdek, Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji sirtqi ta’lim yo’nalishi 1-kurs 111s-MKQ-23 guruxi talabalari ,,DAVLATOBOD TUMAN HOKIMLIGI TASARRUFIDAGI ISSIQLIK MANBAI” DAVLAT KORXONASI ga tanishuv amaliyot o’tash uchun tashrif buyurishdi. Amaliyot davrida MKQ va M kafedrasi katta o'qituvchisi K.M.Qurbonov va Issiqlik manbai mutaxassislari bilan u yerdagi issiqlik ishlab chiqarish qozon qurilmalarini ishlash prinsiplari bo'yicha talabalarga to'liq ma'lumotlar berildi. Amaliy ko’nikma va tajribalar mustahkamlanmoqda.
#NamMQI
#Qurilish
#Talabalar amaliy darsda
2024 yil 5 aprel kuni Qurilish fakulteti "BIQ" kafedrasi o‘qituvchisi R.Nazarov 38-BIQ-21 guruh talabalari bilan Namangan muhandislik-qurilish institutining yangi talabalar yotoqxona binosi bilan yaqindan tanishdilar. Quruvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan har bir ishga alohida izox berib, binoning bosh rejasi, devor rejalari hamda yopma qismlari to‘g‘risida ham alohida to‘xtaldi. Qurilishda ishlatilayotgan asbob-uskunalar, transpot vositalari va qurilish materiallariga ham alohida urg‘u berildi. Talabalar o‘qituvchi R.Nazarov bilan birga binoning er to‘la va 1-2-qavatiga kirdilar, u yerda ham ko‘zga ko‘ringan barcha holatlarga tushunchalar berishdi.
Talabalar tomonida berilgan savollariga qurilish joyida javob oldilar, yana ular dars mashg‘ulotlarida olingan bilimlarni mustahkamlash uchun qayta-qayta qurilish joylariga borishni ta’kidlab o‘tildi.
Dekan muovini Sh.Yusupov
#NamMQI
#Transport
#TTJ_MUNTAZAM_NAZORATDA

04.04.2024 yil.Transport fakulteti tyutori Z.Muxitdinov tomonidan 3-sonli TTJda  yashayotgan talabalarni sharoitlari o‘rganildi.Talabalarga xonalarni ozoda saqlash,sanitarik-gigiyena qoidalari rioya qilishlik, kiberxavfsizlik, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, diniy bag'rikenglik tushunchalari, siyosiy yangiliklar, TTJ ichki tartib qoidalariga rioya etishlari yuzasidan tushuncha va targ‘ibot, proflaktik suhbat olib borildi.

Transport fakulteti tyutori: Z.Muxitdinov
#Mashinasozlik
#Ochiq_muloqat

Mashinasozlik fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbisari B. Siddiqov va fakultet tyutori S.Abdurazaqovlar 58-YXTE-23 guruhi talabalari bilan davra suhbati o'tkazildi. Suhbat davomida O'IBDO' B.Siddiqov talabalarga yana bir bor kridit modul tizimi va JPA bali xaqida tushuncha berib o'quv tanishuv amaliyoti qanday otalish xaqida gapirib o'tdi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

05.04.2024 yil.
Mashinasozlik fakulteti tyutori :
S.Abdurazaqov.