NamMQI_Prorektori (tadbirlar kanali)
1.97K subscribers
88.8K photos
1.64K videos
81 files
5.63K links
Download Telegram
#NamMQI
#Qurilish
#Yig‘ilish
2024 yil 1-aprel kuni qurilish fakulteti jamoasi ishtirokida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, yig‘ilishni fakultet dekani prof.M.Mansurov olib bordi. Ushbu yig'ilishida talabalarni to‘lov shartnomalarini 75% ni bajarish, open budjet va turli masalalar ko‘rildi.

Fakultet tyutori:Z.Isomiddinov
#NamMQI
#Qurilish
#Ota-ona bilan suhbat

"OTA-ONALAR BILAN MULOQOT DAVOM   ETMOQDA"

  Qurilish fakulteti tyutori Z.Isomiddinov tomonidan darslarga muntazam kelmayotgan talabalarning
  ota-onalari bilan suhbat o'tkazildi.
        Suhbat davomida talabalar o'rtasida ta'lim jarayonini tashkil etish, o'quv uchun tuzilgan shartnoma shartlarini o'z vaqtida amalga oshirish, darslarda ishtirok etish, Institutning tartib-intizom qoidalariga amal qilish borasida keng suhbat olib borildi. Shuningdek talabalar ota-onalarini hamkorlikka chaqirildi.

Qurilish fakulteti tyutori: Z.Isomiddinov
#Energetika va MM
#Axborot_va_murabbiylik_soati
#USTOZ-SHOGIRD AN’ANASI – MILLIY QADRIYAT

Energetika va MM fakulteti tyutori S.Xasanov 4-EE-21 guruhi talabalariga Axborot va murabbiylik soatida ''USTOZ-SHOGIRD AN’ANASI – MILLIY QADRIYAT'' mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
O‘zbek xalqning o‘tgan ajdodlari tomonidan yaratilib meros bo‘lib qolgan madaniy boyliklari xazinasiga xalq orasidagi ustoz-shogird an’analarini ham kiritish mumkin. Bu nodir an’ana mamlakatni yuksaltirishda beqiyos o‘rin tutadi. Inson o‘zi qiziqib tanlagan sohaning ustasi bo‘lsa, ongli hayot kechirish uchun zarur moddiy istaklar (rizq-nasiba butunligi, dasturxon to’kinligi, qulay shart-sharoit) va ma’naviy ehtiyoj  uyg‘unligiga erishadi. Istiqlol yillarida O‘zbekistonda taraqqiyotning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar xalqimizning ezgu intilishlari negizi – Barkamol avlod orzusini ro’yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.

01.04.2024 yil.
Energetika va MM fakulteti tyutori:
S.Xasanov
#NamMQI
#Transport
#Madaniy_hordiq

2024-yil 01-aprel kuni Prezidentimizning 5 muhim tashabbusi doirasidagi 1 tashabbusi ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan shahrida joylashgan A.Navoiy teatrida Transport fakulteti tyutori Z.Muxitdinovga biriktirilgan 16-17-TVM-21 guruxidan 15 nafar talaba “Bu chollar-ajib chollar” spektaklini tamosha qilib madaniy hordiq oldilar.

Transport fakulteti tyutori: Z.Muxitdinov
#NamMQI
#Transport
#Psixologik_trening

2024 yil 01 aprel kuni NamMQI psixologi M.Nurqulov tomonidan 1-sonli TTJ dagi talabalar bilan psixologik trening, psixologik testlar o'tkazildi.Bundan asosiy maqsad talabalarning ruhiy xolatini o'rganish, talabalarni shaxsini diagnostika qilish, muloqot kompanentini rivojlantirish, o'zlikni anglash va samarali ishlarni olib borishdan iborat.Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarni berib, kerakli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
Transport fakulteti tyutori: Z.Muxitdinov.