NamMQI rektori
956 subscribers
15.5K photos
722 videos
17 files
960 links
Наманган муҳандислик-қурилиш институти ректори Эргашев Шарифжон Тўланович
Download Telegram
“Psixolog va tyutor hamkorligi” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi

Institutda psixolog Murodjon Nurqulov tashabbusi bilan “Psixolog va tyutor hamkorligi” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.

Viloyatdagi oliy oʻquv yurtlari psixologlari ham taklif etilgan davra suhbatini institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov boshlab berdi. U OTMlar uchun ushbu hamkorlik oʻta zarur ekanligi, chunki psixolog va tyutorlar talabalar bilan bevosita ishlovchi mutaxassislar ekanligini taʼkidladi.

Tadbir davomida psixologlar talabalar va tyutorlar bilan mustahkam aloqalarni yoʻlga qoʻyish, bu boradagi muammolar va ularning yechimlari haqida oʻzaro fikr almashdi.
Namangan sanoat texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi

Tadbirda Namangan muhandislik-qurilish instituti boʻlim boshligʻi Otabek Jalolov ishtirok etdi va soʻzga chiqdi.

Tadbir chogʻida maktab bitiruvchilari texnikum faoliyati, unda tayyorlanayotgan mutaxassisliklar bilan yaqindan tanishdi, mutaxassislarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdi.
Xalqaro gullar festivalida Namangan muhandislik-qurilish instituti ham oʻz koʻrgazmasi bilan ishtirok etmoqda

Institut rektori bugun ushbu koʻrgazmada boʻlib, amalga oshirilgan ishlar va rejalashtirilgan tadbirlar bilan tanishdi. Ularni yanada takomillashtirish boʻyicha tavsiya va takliflarini berdi.

Qayd etish joizki, koʻrgazmada institutning har bir fakulteti oʻz kompozitsiyasi bilan ishtirok etmoqda. Ularda ushbu fakultetning yoʻnalish va asosiy jihatlari aks etgan.

Namangan muhandislik-qurilish instituti koʻrgazmasi bilan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqov ham tanishdi, oliy oʻquv yurti hududini yanada obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.