NamMQI rektori
972 subscribers
15.9K photos
746 videos
17 files
993 links
Наманган муҳандислик-қурилиш институти ректори Эргашев Шарифжон Тўланович
Download Telegram
Nabixon Gʻoziyev va Muhammadjon Jalilovning 70-yillik yubileylari nishonlandi

Institut jamoasi “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi Nabixon Gʻoziyev va institut musiqa rahbari Muhammadjon Jalilovni tabriklash uchun toʻplandi.

Prorektorlar Odiljon Jakbarov va Muhammadjon Dadamirzayev 70 yoshni qarshilayotgan yubilyarlarni jamoa nomidan qutladi.

Nabixon Gʻoziyev 1954-yili Toshkent viloyatida tugʻilgan, 1976-yilda Nizomiy nomidagi pedagogika institutini tamomlagan. 1980-yildan beri tanaffuslar bilan institutda ishlab kelmoqda.

Muhammadjon Jalilov 1954-yili Namangan shahrida tugʻilgan, 1982-yili shu yerdagi madaniy-oqartuv texnikumini tamomlagan. 1987-yildan beri tanaffuslar bilan institutda musiqa yoʻnalishida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. U kishini rahbarligi ostida institutda dutorchi qizlar va “Oltin davrim” ansambllari tashkil etilgan, turli tanlovlarda gʻolib boʻlingan.

Jamoa nomidan yubilyarlarga toʻn kiydirildi va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Video

NamMQI media markazi taqdim etadi:
Institutda o'tkazilgan voleybol boʻyicha xotira turnirining taqdirlash marosimi.
“Psixolog va tyutor hamkorligi” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi

Institutda psixolog Murodjon Nurqulov tashabbusi bilan “Psixolog va tyutor hamkorligi” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.

Viloyatdagi oliy oʻquv yurtlari psixologlari ham taklif etilgan davra suhbatini institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov boshlab berdi. U OTMlar uchun ushbu hamkorlik oʻta zarur ekanligi, chunki psixolog va tyutorlar talabalar bilan bevosita ishlovchi mutaxassislar ekanligini taʼkidladi.

Tadbir davomida psixologlar talabalar va tyutorlar bilan mustahkam aloqalarni yoʻlga qoʻyish, bu boradagi muammolar va ularning yechimlari haqida oʻzaro fikr almashdi.
Namangan sanoat texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi

Tadbirda Namangan muhandislik-qurilish instituti boʻlim boshligʻi Otabek Jalolov ishtirok etdi va soʻzga chiqdi.

Tadbir chogʻida maktab bitiruvchilari texnikum faoliyati, unda tayyorlanayotgan mutaxassisliklar bilan yaqindan tanishdi, mutaxassislarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdi.
Xalqaro gullar festivalida Namangan muhandislik-qurilish instituti ham oʻz koʻrgazmasi bilan ishtirok etmoqda

Institut rektori bugun ushbu koʻrgazmada boʻlib, amalga oshirilgan ishlar va rejalashtirilgan tadbirlar bilan tanishdi. Ularni yanada takomillashtirish boʻyicha tavsiya va takliflarini berdi.

Qayd etish joizki, koʻrgazmada institutning har bir fakulteti oʻz kompozitsiyasi bilan ishtirok etmoqda. Ularda ushbu fakultetning yoʻnalish va asosiy jihatlari aks etgan.

Namangan muhandislik-qurilish instituti koʻrgazmasi bilan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqov ham tanishdi, oliy oʻquv yurti hududini yanada obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.