NamMQI rektori
1.08K subscribers
16.5K photos
779 videos
18 files
1.01K links
Наманган муҳандислик-қурилиш институти ректори Эргашев Шарифжон Тўланович
Download Telegram
Namangan shahridagi "Xotira maydoni"da bo'lib o'tgan marosimda Namangan muhandislik-qurilish instituti vakillari ham ishtirok etdi.

"Motamsaro ona" haykali poyiga gul qo'yilib, o'tganlar xotirasi yodga olindi.
Institutda voleybol boʻyicha xotira turniri yakuniga yetdi

Xotira va qadrlash kuni arafasida oʻtkazilgan voleybol boʻyicha turnir oʻz nihoyasiga yetdi. Unda saralash bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar oʻzaro bellashdi.

Qizgʻin bahslarga boy oʻtgan musobaqa yakunida Transport fakulteti jamoasi birinchi, Mashinasozlik fakulteti ikkinchi va Qurilish fakulteti jamoasi uchinchi oʻrinlarni egalladi.

Gʻolib va sovrindorlarga turnir tashkilotchilarining tashakkurnomalari va esdalik sovgʻalari topshirildi.

NamMQI media markazi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Video

NamMQI media markazi taqdim etadi:
Institutda o'tkazilgan voleybol boʻyicha xotira turniri.
Institutda “Halollik vaksinasi – taraqqiyot garovi” mavzusidagi davra suhbati o'tkazildi

Davra suhbatida institut rektori, prorektorlar, rektor maslahatchilari, psixologlar, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida mavzu boʻyicha rolik namoyish etildi. Talabalar bilan ushbu rolik va halollik haqidagi tushunchalari yuzasidan muloqot oʻtkazildi.

Institut rektori oliy oʻquv yurtida korrupsiyaga toqatsizlik muhiti shakllangani va bu borada olib borilayotgan targʻibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi haqida gapirdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi Ilhomjon Payziyev yoshlarni “halollik vaksinasi” bilan emlash ustuvor vazifa ekanligi, bu kabi tadbirlar esa oʻziga xos eslatma ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Davra suhbati yakunida talabalarning mavzu yuzasidan savollariga batafsil javoblar berildi.