NAMOZ O'QISH TARTIBI
4.48K subscribers
189 photos
414 videos
10 files
596 links
Assalomu alaykum Namoz o'qish tartibi kanaliga xush kelibsiz.
Kanal admini bilan bog'lanish uchun: @Namoz_Jannat_Kalitibot ga yozing
Download Telegram
INSON XUQUQLARI offical
Oʻzbekiston boʻylab

HUQUQIY

SAVOL va JAVOB

Maqsad Fuqarolarni VAQTLARINI SERMAZMUN OʻTKAZISH VA OʻZ HUQUQLARI BOʻYICHA QAYERGA QANDAY MUROJAT QILISHLARINI BILDIRISH.
https://t.me/MARKAZGA_MUROJAT
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tavba haqida

Manba instagram: Islomiy_maruzalarr

📚 Сиз учун махсус Канал ⤵️
📚 @Nomoz_organamiz

📚 https://t.me/joinchat/LNxKXMx2Njo3YmRi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ibratli ta'sirli foydali

Manba Instagram

📚 Сиз учун махсус Канал ⤵️
📚 @Nomoz_organamiz

📚 https://t.me/joinchat/LNxKXMx2Njo3YmRi
Forwarded from NAMOZ O'QISH TARTIBI

NAMOZ O‘QISH TARTIBI

Bir kunda besh vaqt (bomdod, peshin, asr, shom va xufton) namoz o‘qish har bir musulmonga farzdir.

BOMDOD NAMOZI

Bomdod namozi ikki rakat sunnat, ikki rakat farz – jami to‘rt rakatdan iborat.
Bomdod namozining ikki rakat sunnati quyidagicha o‘qiladi:


1. «Alloh rizoligi uchun qibla tomonga yuzlanib, bugungi bomdod namozining ikki rakat sunnatini o‘qishni niyat qildim», deb ko‘ngildan o‘tkaziladi.


2. «Allohu akbar», deb iftitoh takbiri aytiladi. Bu takbirda erkaklar qo‘llar kaftini qiblaga qaratib, bosh barmoqlarining uchini quloqlarining yumshoq joyiga tekkizishadi . Ayollar qo‘llarini yelka barobarida ko‘taradilar.

3. Qo‘llar bog‘lanadi. Erkaklar o‘ng qo‘l kaftini chap qo‘l ustiga qo‘yishadi. O‘ng qo‘lning bosh va kichik barmoqlari bilan chap qo‘l bilagini ushlashadi .
Ayollar o‘ng qo‘lni chap qo‘l us-tida tutib, qo‘llarini ko‘krakka qo‘yadilar . Bu hol «qiyom» deyiladi. Qiyomda (tik turgan holda) sajda qilinadigan joyga qarab, navbati bilan, quyidagilar o‘qiladi.

SANO DUOSI

Subhanakallouhumma va bihamdika va tabarokasmuka va taa’la jadduka va la ilaha g‘oyruk.
Ma’nosi: «Allohim! Sening noming muborakdir. Shon-sharafing ulug‘dir. Sendan o‘zga iloh yo‘qdir».

FOTIHA SURASI

A’uzu billahi minash shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym. Al hamdulillahi robbil ‘alamiyn. Ar-rohmanir rohiym. Maliki yavmiddiyn. Iyyaka na’budu va iyyaka nasta’iyn. Ihdinas sirotol mustaqiym. Sirotollaziyna an’amta ‘alayhim g‘oyril mag‘zubi ‘alayhim valazz``olliyn.

Mazmuni: Allohning dargohidan quvilgan shayton yomonligidan Allohning panohiga qochaman. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Hamd olamlar rabbi Allohgakim, (U) mehribon, rahmli va hisob-kitob kuni (Qiyomat)ning egasidir. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so‘raymiz! Bizni shunday to‘g‘ri yo‘lga boshlaginki, (U) Sen in’om (hidoyat) etganlarning (payg‘ambarlar, siddiq va shahidlarning) yo‘lidir, g‘azabga uchragan (Muso qavmidan itoatsizlarining) va adashgan (Iso qavmining «Allohning farzandi bor» deydigan)larning emas!
Fotiha surasidan so‘ng bir zam (qo‘shimcha) sura o‘qiladi.
Yangi o‘rganuvchilar quyidagi kichik suralardan birini zam qilishsa bo‘ladi:

KAVSAR SURASI

Inn
a a’toynakal-kavsar. Fa solli lirobbika vanhar. Inna shania’ka huval abtar.

Mazmuni: «(Ey Muhammad,) darhaqiqat, Biz Sizga Kavsarni* berdik. Bas, Rabbingiz uchun namoz o‘qing va (tuya) so‘yib qurbonlik qiling! Albatta, g‘animingizning o‘zi (barcha yaxshiliklardan) mahrumdir».
(Kavsar — jannatdagi bir ajib daryo yoki hovuzning nomi. Uning suvi asaldan totli, qor va suvdan oq. Undan ichgan kishi abadiy chanqoqlik ko‘rmaydi.)

IXLOS SURASI

Qul huvallohu ahad. Allohus-somad. Lam yalid. Va lam yuvlad va lam yakullahu kufuvan ahad.

Mazmuni: (Ey Muhammad,) ayting: «U — Alloh yagonadir. Alloh behojat, (lekin) hojatbarordir. U tug‘magan va tug‘ilmagan ham. Shuningdek, Unga teng biror zot yo‘qdir».

FALAQ SURASI

Qul a’
uzu birobbil falaq. Min sharri ma xolaq. Va min sharri g‘osiqin iza vaqob. Va min sharrin-naffasati fil ‘uqod. Va min sharri hasidin iza hasad.

Ma’nosi: «(Ey Muhammad,) ayting: “Panoh tilab iltijo qilurman tong Parvardigoriga yaratgan narsasi yovuzligidan, tugunchaga dam uruvchi ayollar yovuzligidan hamda hasadchining hasadi yovuzligidan”».

AN-NOS SURASI

Qul a’
uzu birrobin-nasi malikin-nasi ilahin-nasi min sharril vasvasil xonnas. Allaziy yuvasvisu fiy sudurin-nasi minal jinnati van-n`as.

Ma’nosi: «(Ey Muhammad,) ayting: “Panoh tilab iltijo qilurman odamlar Parvardigoriga, odamlar Podshohiga, odamlar Ilohiga yashirin vasvasachi (shayton) yovuzligidanki, (u) odamlarning dillariga vasvasa solur. (O‘zi) jinlar va odamlardandir”».

4. Zam sura tugagach, «Allohu akbar», deb ruku qilinadi. Erkaklar tirsaklari va tizzalarini bukmasdan, barmoqlarini ochgan holda, tizzalarini mahkam changallab egiladilar.
Ayollar erkaklarga nisbatan ozroq egiladilar. Tizzalarini bir oz bukadilar. Barmoqlarini jamlab tizzalarini tutadilar.

Davomi pastdagi Xabarimizda
👇👇👇👇👇

Manba: Muslim taqvimi Dasturi

📚 BIZGA QO'SHILING ⤵️

📚
@Nomoz_organamiz
Forwarded from NAMOZ O'QISH TARTIBI
Davomi.


Rukuda uch marta «Subhana robbiyal aziym» (Ey buyuk Robbim, Sen barcha nuqsonlardan poksan), deyiladi.

5. Rukudan «Sami’allohu liman hamidah» (Alloh Uni hamd etganlarni eshitguvchidir), deb qad ko‘tariladi, bu holat «qavma» deyiladi.
Qavma holida: «Robbana lakal hamd» (Ey Robbimiz, har turli hamd-sanolar yolg‘iz Sengadir), deyiladi .

6. «Allohu akbar» deb avvalo tizzalar, ke-yin qo‘llar, so‘ng peshona va burun yerga tekkizilib, sajda qilinadi. Sajda qi-linayotganda oyoq panjalari qiblaga qaratiladi, erkaklarning tirsaklari yerga tegmaydi . Ayollar tirsaklarini yerga qo‘yadilar . Sajdada uch marta: «Subhana robbiyal a’la» (Ey ulug‘ Robbim, Sen butun nuqsonlardan poksan), deyiladi.

7. «Allohu akbar» deb sajdadan bosh ko‘tariladi va tiz cho‘kkan holda bir oz o‘tiriladi, bu holat «jalsa» deyiladi. Jalsada qo‘llar, barmoqlar o‘z holicha tutilib, songa qo‘yiladi. Barmoq uchlari tizza bilan teng bo‘lishi lozim .
Erkaklar chap oyoqlari ustiga o‘tiradilar. O‘ng oyoq panjalari qiblaga qaratiladi . Ayollar oyoqlarini o‘ng tarafdan chiqarib o‘tiradilar .

8. «Allohu akbar», deb ikkinchi marta sajda qilinadi. Sajdada uch marta: «Subhana robbiyal a’la», deyiladi. Shu bilan birinchi rakat tugaydi.

9. «Allohu akbar», deb qiyomga (tikka) turiladi.

10. Qiyomda «Bismillahir rohmanir rohiym»dan boshlab, Fotiha surasi, orqasidan bir zam sura o‘qiladi.

11. «Allohu akbar», deb ruku qilinadi. Rukuda uch marta «Subhana robbiyal aziym», deyiladi.

12. «Sami’allohu liman hamidah», deb tik turiladi, ketidan «Robbana lakal hamd», deyiladi.

13. «Allohu akbar», deb sajdaga boriladi. Sajdada uch marta «Subhana robbiyal a’la», deyiladi.

14. «Allohu akbar», deb sajdadan bosh ko‘tariladi va bir oz o‘tiriladi.

15. «Allohu akbar», deb ikkinchi bor sajda qilinadi. Sajdada uch marta: «Subhana robbiyal a’la», deyiladi.

16. «Allohu akbar», deb sajdadan bosh ko‘tarilib qa’dada o‘tiriladi va quyidagilar o‘qiladi:

«ATTAHIYYAT» DUOSI

Attahiyyatu lillahi vas-solavatu vattoyyibat. Assalamu ‘alayka ayyuhan-nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ibadillahis-solihiyn. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh.

Mazmuni: Mol, badan, til bilan ado etiladigan butun ibodatlar Alloh uchundir. Ey Nabiy! Allohning rahmati va barakoti Sizga bo‘lsin. Sizga va solih qullarga Allohning salomi bo‘lsin. Iqrormanki, Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Va yana iqrormanki, Muhammad, alayhissalom, Allohning quli va elchisidirlar.

SALOVOT

Allohumma solli ‘ala Muhammadiv-va ‘ala ali Muhammad. Kama sollayta ‘ala Ibrohima va ‘ala ali Ibrohim. Innaka hamidum-majid.
Allohumma barik ‘ala Muhammadiv-va ‘ala ali Muhammad. Kama barokta ‘ala Ibrohima va ‘ala ali Ibrohim. Innaka hamidum-majid.

Mazmuni: Allohim, Ibrohim va uning oilasiga rahmat etganing kabi, Muhammad va ul zotning oilasiga rahmat ayla, Sen hamdu maqtovga loyiq va buyuk Zotsan.
Allohim, Ibrohim va uning oilasiga barakotingni ehson etganing kabi Muhammad va ul zotning oilasi ustiga ham barakotingni ehson ayla. Sen hamdu maqtovga loyiq va buyuk Zotsan.

DUO

Robbana atina fid-dunya hasanatav-va fil axiroti hasanatav-va qina azaban-nar.

Mazmuni: «Ey Robbimiz, bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni do‘zax olovi azobidan saqlagin».


17. Avval o‘ng, keyin chap yelkaga qarab: «Assalamu alaykum va rohmatulloh» deb salom berilib namozdan chiqiladi.

Shu bilan bomdod namozining ikki rakat sunnati tugaydi.
Bomdod namozining ikki rakat farzi ham xuddi shu tartibda o‘qiladi. Farqi — avvalo, erkaklar niyatdan oldin (boshqa farz namozlari oldidan ham) quyidagi iqomat takbirini aytishadi:

Allohu akbar, Allohu akbar,
Allohu akbar, Allohu akbar.
Ashhadu alla ilaha illalloh,
Ashhadu alla ilaha illalloh.
Ashhadu anna Muhammadar rosululloh,
Ashhadu anna Muhammadar rosululloh.
Hayya ‘alas-solah, hayya’alas-solah,
Hayya ‘alal-falah, hayya’alal-falah.
Qod qomatis-solah, qod qomatis-solah
Allohu akbar, Allohu akbar,
La ilaha illalloh.


Manba: Muslim taqvimi Dasturi

📚 BIZGA QO'SHILING ⤵️

📚
@Nomoz_organamiz
Forwarded from NAMOZ O'QISH TARTIBI
Iqomat takbirining lafzlari azonnikiga o‘xshaydi, farqi — bunisi tez aytiladi.
Bomdod namozining farziga quyidagicha niyat qilinadi: «Alloh rizoligi uchun bomdod namozining ikki rakat farzini o‘z vaqtida o‘qishni niyat qildim».
Qolgan qismi sunnat bilan bir xil davom etaveradi.


Manba: Muslim taqvimi Dasturi

📚 BIZGA QO'SHILING ⤵️

📚
@Nomoz_organamiz
Forwarded from NAMOZ O'QISH TARTIBI
PESHIN NAMOZI

Peshin namozi to‘rt rakat sunnat, to‘rt rakat farz va ikki rakat sunnatdan iborat.
To‘rt rakat sunnat quyidagicha o‘qiladi:
1. Niyat qilinadi.
2. Iftitoh takbiri aytiladi.
3. Sano duosi o‘qiladi.
4. Fotiha surasi. Keyin birorta zam sura.
5. Ruku.
6. Sajda.
7. «Allohu akbar» deb turib, yana Fotiha surasi, zam sura.
8. Ruku.
9. Sajda.
10. O‘tirib «Attahiyyat» o‘qiladi.
11. «Allohu akbar» deb yana turib, Fotiha surasi va zam sura.
12. Ruku.
13. Sajda.
14. «Allohu akbar» deb to‘rtinchi rakatga turiladi. Yana Fotiha surasi va zam sura.
15. Ruku.
16. Sajda.
17. O‘tirib, «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari o‘qiladi.
18. Salom berib namozdan chiqiladi.
Peshin namozining farzi ham ayni shu tartibda o‘qiladi. Faqatgina niyat qilinayotganda «Alloh roziligi uchun peshin namozining to‘rt rakat farzini o‘qishga niyat qildim», deyiladi. Bundan tashqari, farzda uchinchi va to‘rtinchi rakatlarda «Fotiha»dan keyin zam sura qo‘shilmaydi.
Peshin namozining ikki rakat sunnati bomdod namozining sunnati kabi o‘qiladi.

ASR NAMOZI

Asr namozi to‘rt rakat farzdan iborat. Bu namoz bilan peshin namozi farzining o‘qilishi bir xil. Niyatda «Asr namozining to‘rt rakat farzini...» deyilsa bo‘ldi.

SHOM NAMOZI

Shom namozi uch rakat farz va ikki rakat sunnatdan iborat. Uch rakatli farzning o‘qilishi:
1. Niyat.
2. Iftitoh takbiri.
3. Sano.
4. Fotiha, zam sura.
5. Ruku.
6. Sajda.
7. Turib, Fotiha, zam sura.
8. Ruku.
9. Sajda.
10. O‘tirib, «Attahiyyat».
11. Turib, faqat Fotiha.
12. Ruku.
13. Sajda.
14. O‘tirib, «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari.
15. Salom.
Shom namozining ikki rakat sunnati bomdod namozining ikki rakat sunnati kabi o‘qiladi.

XUFTON NAMOZI

Xufton namozi to‘rt rakat farz, ikki rakat sunnatdan iborat.
Xufton namozining to‘rt rakat farzi peshin namozining farzi kabi o‘qilib, faqat niyatda farq bo‘ladi. Xuftonning ikki rakat sunnati ham yuqorida o‘rganganimiz bomdod va shom namozlarining ikki rakat sunnatlari kabi bir xil tartibda o‘qiladi.

VITR NAMOZI

Vitr namozi uch rakatli bo‘lib, vojib ibodat sanaladi. Farzdan quyiroq, sunnatdan ulug‘ turadi. O‘qilishi shart. Biror sabab ila vaqtida o‘qilmay qolsa, qazosi o‘qiladi. Vitr namozi xufton namozidan keyin o‘qiladi.
Quyidagi tartibda ado etiladi:
1. Niyat.
2. Iftitoh takbiri.
3. Sano.
4. Fotiha, zam sura.
5. Ruku.
6. Sajda.
7. Ikkinchi rakatga turib, «Fotiha», zam sura.
8. Ruku.
9. Sajda.
10. O‘tirib, «Attahiyyat» duosi.
11. Uchinchi rakatga turib «Fotiha», zam sura.
12. Zam suradan keyin o‘sha tik turgan holda «Allohu akbar», deb quloq qoqiladi.
13. Qo‘l qovushtirilib, Qunut duosi o‘qiladi.

QUNUT DUOSI

Allohumma inna nasta'inuka va nastag‘firuk. Vanu'minu bika va natavakalu ‘alayka va nusniy ‘alaykal xoyr. Kullahu nashkuruka va la nakfuruk. Va naxla'u va natruku may-yafjuruk.
Allohumma iyyaka na'budu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka nas'a va nahfidu narju rohmatak(a). Va naxsha ‘azabaka inna ‘azabaka bil kuffari mulhiq.

Ma'nosi: Allohim! Biz Sendan yordam istaymiz, gunohlarimizni afu etishingni so‘raymiz. Allohim! Senga imon keltiramiz, ishlarimizda Senga suyanamiz va Senga tavakkal qilamiz. Va Senga hamd aytamiz. Butun yaxshiliklar Sendandir. Bizlarga berganing shuncha ne'matlar tufayli Senga shukrona aytamiz va nonko‘rlik qilmaymiz. Senga qarshi nonko‘rlik qilgan gunohkorlardan ayrilamiz, ular bilan aloqani uzamiz.
Allohim! Biz yolg‘iz Sengagina qullik qilamiz, namozni Sen uchungina o‘qiymiz. Sengagina sajda qilamiz. Sengagina intilamiz. Ibodatni xushu'-kamtarlik bilan ado etamiz. Rahmating ko‘p bo‘lishini so‘raymiz, azobing-dan qo‘rqamiz. Hech shubha yo‘qki, Sening azobing kofirlargadir.

14. Ruku.
15 Sajda.
16. O‘tirib «Attahiyyat», «Salovot», «Robbana» duolari.
18. Salom.



Manba: Muslim taqvimi Dasturi

📚 BIZGA QO'SHILING ⤵️

📚
@Nomoz_organamiz
Forwarded from NAMOZ O'QISH TARTIBI
NAMOZDAN KEYINGI ZIKRLAR

Namoz salom bilan tugaydi. Salomdan keyingi amallar (tasbehotu duolar) majburiy emas, ammo nihoyatda savoblidir.
Farz namozlaridan keyin quyidagi duoni o‘qish sunnatdir:

Allohumma antas-salam va minkas-salam. Tabarokta ya zaljalali val ikr`om.

Mazmuni:
Ey Allohim, Sen barcha ayb-nuqsonlardan poksan. Barcha salomatlik va rahmat Sendandir. Ey azamat va qudrat egasi bo‘lgan Allohim, Sening shoning ulug‘dir.
Umuman, har vaqt namozni tugatgandan so‘ng Oyatal kursi o‘qilsa, tasbehot qilinsa, savobi ulug‘ bo‘ladi.


Manba: Muslim taqvimi Dasturi

📚 BIZGA QO'SHILING ⤵️

📚
@Nomoz_organamiz
Forwarded from NAMOZ O'QISH TARTIBI
OYATAL KURSI

A'uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym.
All
ohu la ilaha illa huval hayyul qoyyum. La ta'xuzuhu sinatuv-va la navm. Lahu ma fis-samavati va ma fil arz. Manzallaziy yashfa'u ‘indahu illa bi'iznih. Ya'lamu ma bayna aydihim va ma xolfahum va la yuxituna bi shay'im-min ‘ilmihi illa bima sha'a. Vasi'a kursiyyuhus-samavati val arz. Va la ya'uduhu hifzuhuma va huval ‘alliyyul ‘aziym.

Mazmuni:
Alloh — Undan o‘zga iloh yo‘qdir. (U hamisha) tirik va abadiy turuvchidir. Uni na mudroq tutar va na uyqu. Osmonlar va Yerdagi (barcha) narsalar Unikidir. Uning huzurida hech kim (hech kimni) Uning ruxsatisiz shafoat qilmas. (U) ular (odamlar)dan oldingi (bo‘lgan) va keyingi (bo‘ladigan) narsani bilur. (Odamlar) Uning ilmidan faqat (U) istagancha o‘zlashtirurlar. Uning Kursiysi osmonlar va Yerdan (ham) kengdir. U ikkisining hifzi (tutib turishi) Uni toliqtirmas. U oliy va buyukdir.

TASBEH

Subhanalloh
(33 marta)
Alhamdulillah
(33 marta)
Allohu akbar
(33 marta)

KALIMAI TAVHID

L
a ilaha illallohu vahdahu la sharika lah, lahul mulku va lahul hamd. Va huva ‘ala kulli shay'in qod`ir.

Mazmuni:
Allohdan o‘zga iloh yo‘q. U yagonadir, sherigi yo‘q, butun mulk Unikidir. Hamd-maqtov Unga xosdir. Va U har narsaga qodir zotdir.


Manba: Muslim taqvimi Dasturi

📚 BIZGA QO'SHILING ⤵️

📚
@Nomoz_organamiz
NAMOZ O'QISH TARTIBI pinned « NAMOZ O‘QISH TARTIBI Bir kunda besh vaqt (bomdod, peshin, asr, shom va xufton) namoz o‘qish har bir musulmonga farzdir. BOMDOD NAMOZI Bomdod namozi ikki rakat sunnat, ikki rakat farz – jami to‘rt rakatdan iborat. Bomdod namozining ikki rakat sunnati quyidagicha…»
Forwarded from NAMOZ O'QISH TARTIBI (Odilbek)
🔊 Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar. Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida @Nomoz_Organamiz Telegram Kanalimiz Mundarijasini tuzdik.

#Mundarija_Tahorat

🎥 Video dars orqali Tahorat olish tartibini o'rganish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/639 👈

📄 Tahorat olish tartibini yozuvli ma'lumotlar orqali o'rganish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/609 👈

📄 Tahoratni buzadigan hollar bilish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/610 👈


#Namoz_Mundarijasi_Erkaklar_uchun

🌙 Bomdod namozi ikki rakat sunnat, ikki rakat farzdan iborat.

📚 Bomdod namozini ikki rakat sunnatini o'qilish tartibini video orqali o'rganish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/652 👈

📚 Bomdod namozini ikki rakat farzini o'qilish tartibini video orqali o'rganish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/653 👈

🌙 Peshin namozi to'rt rakat sunnat, to'rt rakat farz, ikki rakat sunnatdan iborat.

📚 Peshin namozini to'rt rakat farzini o'qilish tartibini video orqali o'rganish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/634 👈

📚 Peshin namozini to'rt rakat sunnati, to'rt rakat farzi, ikki rakat sunnatini o'qish tartibini video orqali o'rganish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/654 👈

🌙 Asr namozi to'rt rakat farzdan iborat.

📚 Asr namozini to'rt rakat farzini o'qilish tartibini o'rganish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/635 👈

📚 Asr namozini to'rt rakat farzini o'qilish tartibini yana boshqa video orqali o'rganish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/655 👈

🌙 Shom namozi uch rakat farz, ikki rakat sunnatdan iborat.

📚 Shom namozini uch rakat farzini o'qilish tartibini video orqali o'rganish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/636 👈

📚 Shom namozini uch rakat farzi, ikki rakat sunnatini o'qilish tartibini video orqali o'rganish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/656 👈

🌙 Xufton namozi to'rt rakat farz, ikki rakat sunnatdan iborat.
Vitr namozi uch rakatli bo‘lib, vojib ibodat sanaladi. Farzdan quyiroq, sunnatdan ulug‘ turadi. O‘qilishi shart. Biror sabab ila vaqtida o‘qilmay qolsa, qazosi o‘qiladi. Vitr namozi xufton namozidan keyin o‘qiladi.

📚 Xufton Namozini to'rt rakat farzini o'qilish tartibini video orqali o'rganish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/637 👈

📚 Xufton Namozini to'rt rakat farzi, ikki rakat sunnatini, uch rakatli Vitr vojib namozini, hamda boshqa namozlarni o'qilish tartibini o'rganish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/638 👈

#Namoz_Mundarijasi_Namozni_buzadigan_hollar

📚 Namozni buzadigan hollar bilish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/94 👈

📚 Namoz o'qishni o'rgatuvchi maxsus dastur quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/459 👈
Forwarded from NAMOZ O'QISH TARTIBI (Odilbek)
🔊 Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar. Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida @Nomoz_Organamiz Telegram Kanalimiz Mundarijasini tuzdik.

#Mundarija_Tahorat

🎥 Video dars orqali Tahorat olish tartibini o'rganish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/639 👈

📄 Tahorat olish tartibini yozuvli ma'lumotlar orqali o'rganish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/609 👈

📄 Tahoratni buzadigan hollar bilish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/610 👈

#Namoz_Mundarijasi_Ayollar_uchun

🌙 Bomdod Namozi ikki rakat sunnat, ikki rakat farzdan iborat.

📚 Bomdod namozini ikki rakat sunnatini, ikki rakat farzini o'qilish tartibini video orqali o'rganish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/640 👈

🌙 Peshin namozi to'rt rakat sunnat, to'rt rakat farz, ikki rakat sunnatdan iborat.

📚 Peshin namozini to'rt rakat sunnati, to'rt rakat farzini, ikki rakat sunnatini o'qilish tartibini video orqali o'rganish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/641 👈

🌙 Asr namozi to'rt rakat farzdan iborat.

📚 Asr namozini to'rt rakat farzini o'qilish tartibini video orqali o'rganish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/642 👈

🌙 Shom Namozi uch rakat farz, ikki rakat sunnatdan iborat.

📚 Shom namozini uch rakat farzini, ikki rakat sunnatini o'qilish tartibini video orqali o'rganish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/643 👈

🌙 Xufton namozi to'rt rakat farz, ikki rakat sunnatdan iborat.
Vitr namozi uch rakatli bo‘lib, vojib ibodat sanaladi. Farzdan quyiroq, sunnatdan ulug‘ turadi. O‘qilishi shart. Biror sabab ila vaqtida o‘qilmay qolsa, qazosi o‘qiladi. Vitr namozi xufton namozidan keyin o‘qiladi.

📚 Xufton namozini to'rt rakat farzini, ikki rakat sunnatini, hamda uch rakatli Vitr vojib namozini o'qilish tartiblarini video orqali o'rganish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/644 👈

📚 Uch rakatli Vitr vojib namozini o'qilish tartibini video orqali o'rganish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/645 👈


#Namoz_Mundarijasi_Namozni_buzadigan_hollar

📚 Namozni buzadigan hollar bilish uchun:
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/94 👈

📚 Namoz o'qishni o'rgatuvchi maxsus dastur quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.
👉 https://t.me/Nomoz_Organamiz/459 👈
Forwarded from NAMOZ O'QISH TARTIBI (𝐒𝐡𝐨𝐤𝐢𝐫𝐨𝐯 𝐎𝐝𝐢𝐥𝐛𝐞𝐤 lЗ:З٦ )
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tahorat Olish Tartibi

🎥 #VIDEO_MA'LUMOT

📚 BIZGA QO'SHILING ⤵️

📚 @Nomoz_organamiz

📚 https://t.me/joinchat/AAAAAFGzcvLVVgCmUgHJdA
Forwarded from NAMOZ O'QISH TARTIBI (Shokirov Odilbek)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📗 Bomdod Namozi ikki rakat Sunnat, ikki rakat Farz

#Video_Ma'lumot

🎥 Videoda Bomdod Namozining ikki rakat Sunnatini O'qilish Tartibi Ko'rsatilgan.

📚 BIZGA QO'SHILING ⤵️

📚 @Nomoz_organamiz

📚 https://t.me/joinchat/AAAAAFGzcvLVVgCmUgHJdA
Forwarded from NAMOZ O'QISH TARTIBI (Shokirov Odilbek)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bomdod Namozini ikki rakat Farzini o'qilish Tartibi.

#Video_Ma'lumot

🎥 Videoda Bomdod Namozining ikki rakat Farzini O'qilish Tartibi Ko'rsatilgan.

📘 Bomdod namozining ikki rakat farzi ham xuddi shu tartibda o‘qiladi. Farqi — avvalo, erkaklar niyatdan oldin (boshqa farz namozlari oldidan ham) quyidagi iqomat takbirini aytishadi:

Allohu akbar, Allohu akbar,
Allohu akbar, Allohu akbar.
Ashhadu alla ilaha illalloh,
Ashhadu alla ilaha illalloh.
Ashhadu anna Muhammadar rosululloh,
Ashhadu anna Muhammadar rosululloh.
Hayya ‘alas-solah, hayya’alas-solah,
Hayya ‘alal-falah, hayya’alal-falah.
Qod qomatis-solah, qod qomatis-solah
Allohu akbar, Allohu akbar,
La ilaha illalloh.

📚 Iqomat takbirining lafzlari azonnikiga o‘xshaydi, farqi — bunisi tez aytiladi.
Bomdod namozining farziga quyidagicha niyat qilinadi: «Alloh rizoligi uchun bomdod namozining ikki rakat farzini o‘z vaqtida o‘qishni niyat qildim».
Qolgan qismi sunnat bilan bir xil davom etaveradi.

📚 @Nomoz_organamiz
Forwarded from NAMOZ O'QISH TARTIBI (Shokirov Odilbek)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Peshin Namozi to'rt rakat Sunnat, to'rt rakat Farz, ikki rakat Sunnatdan iborat.

Peshin Namozining O'qilish Tartibi. Erkaklar uchun.

📚 BIZGA QO'SHILING ⤵️

📚 @Nomoz_organamiz

📚 https://t.me/joinchat/AAAAAFGzcvLVVgCmUgHJdA
Forwarded from NAMOZ O'QISH TARTIBI (Shokirov Odilbek)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Peshin Namozi to'rt rakat Sunnat , to'rt rakat Farz, ikki rakat Sunnat

#Video_Ma'lumot

🎥 Videoda Peshin Namozini to'rt Rakat Farzini o'qilish Tartibi Ko'rsatilgan

📚 BIZGA QO'SHILING ⤵️

📚 @Nomoz_organamiz

📚 https://t.me/joinchat/AAAAAFGzcvLVVgCmUgHJdA
Forwarded from NAMOZ O'QISH TARTIBI (Shokirov Odilbek)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Asr Namozi to'rt rakat Farzdan iborat.

Asr Namozining O'qilish Tartibi. Erkaklar Uchun.

#Video_Ma'lumot

📚 BIZGA QO'SHILING ⤵️

📚 @Nomoz_organamiz

📚 https://t.me/joinchat/AAAAAFGzcvLVVgCmUgHJdA
Forwarded from NAMOZ O'QISH TARTIBI (Shokirov Odilbek)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Asr Namozi to'rt rakat Farzdan iborat

#Video_Ma'lumot

🎥 Videoda Asr Namozini to'rt Rakat Farzini O'qilish Tartibi ko'rsatilgan

📚 BIZGA QO'SHILING ⤵️

📚 @Nomoz_organamiz

📚 https://t.me/joinchat/AAAAAFGzcvLVVgCmUgHJdA
Forwarded from NAMOZ O'QISH TARTIBI (Shokirov Odilbek)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shom Namozi uch Rakat Farz , ikki rakat Sunnatdan iborat.

#Video_Ma'lumot

🎥 Videoda Shom Namozining uch Rakat Farzini o'qilish tartibi Ko'rsatilgan

📚 BIZGA QO'SHILING ⤵️

📚 @Nomoz_organamiz

📚 https://t.me/joinchat/AAAAAFGzcvLVVgCmUgHJdA