Бахт ва омадга йўл
111 subscribers
3.25K photos
1.33K videos
92 files
6.65K links
Психолог, Калбшунос, Бизнес Леди Тошпулатова Назокат. Мурожат учун: +998881523339 @Tashpulatova_Nazokat
Download Telegram
• Siz erisholmagan natija va yutuqlarga - boshqalar erishayotgan va erishgan bo'lsa, bu yolg'on yoki bo'lishi mumkin emas degani emas.

• Siz bunday ma'lumotlarga ishonsangiz ham, lekin ba'zilar bor, siz kabilar - ular ishonsa ham, bunday natijalarni tan olishmaydi.

Yaqinlaringizga ulashing👇
https://t.me/NBAXTVAOMAD
Maqsad sari to'xtamang

– Garchi hamma sen yurayotgan yo'ldan teskari yo'lda bo'lsa ham taraddudlanma... Yolg'iz o'zing qolsang ham yo'lda davom et. Boshqalarni rozi qilish uchun o'zingga qarshi borib yashashdan yolg'izlik yaxshi!

© Jubron Halil Jubron

Yaqinlaringizga ulashing👇

https://t.me/NBAXTVAOMAD
BAHONA

1. Jek Ma (Alibaba) shunday degan: Biznesdagi muvaffaqiyat bilimga emas, donolikka bog'liq. Ilm olish uchun siz o'qishingiz kerak. Va donolik tajriba bilan birga keladi.

2. Shuning uchun ham biron bir ishni qilishni boshlashdan oldin o'rganishni istagan odamlar meni hayratda qoldiradilar. Aytishlaricha, Ilon Mask SpaceXni ishlab chiqish jarayonida tajribali raketa muhandisiga aylangan.

3. Va siz avval buni o'rganishim kerak degan bahona bilan siz hali nimani boshlamadingiz?

Yaqinlaringizga ulashing👇

https://t.me/NBAXTVAOMAD
🎯 50/30/20 QOIDASI NIMA?

Ushbu qoida sizdagi Moliyaviy Intellektni juda katta tezlikda rivojlantiradi va sizning kelajakdgi moliyaviy muvvaffaqiyatingiz uchun asos bo'ladi, hamda shu bilan birgalikda, irodangizni doimiy kuchaytirib boradi.

📌 Siz bu metoddan foydalanish uchun quyidagilarni qilishingiz kerak:

▪️ Oylik daromadingizning 50% barcha zarur xarajatlarga sarflang: uy-joy, transport, oziq-ovqat, majburiy kredit to'lovlari, kommunal xizmatlar;

▪️ Siz keyingi 30% ni kelajak uchun o'zingizga sarmoya tarzda saqlab qo'yishingiz kerak. Undan faqatgina bilmingizga investitsiya kiritish uchun ( Treninglar, mashg'ulotlar va kitoblar) va biror kichik yoki o'rta biznesga Investitsiya uchun foydalanishingiz mumkin.

▪️ Qolgan 20% ni esa hayriya qilishingiz zarur.

📮 Ushbu tamoyil senator Elizabeth Uorren tomonidan ommalashtirildi
va samarali ekanligi minglab insonlar tomonidan amalda qo'llanilib, isbotlandi.

📕 Ushbu qoidani hayotingizda tatbiq etishga harakat qiling!

🎯 https://t.me/NBAXTVAOMAD
Muvaffaqiyatni orzu qilmang!

– Siz uni orzu qilib o'tirguningizcha o'zgalar unga harakat qilmoqda.
Zero malibu olishni orzu qilishdan ko'ra, hech bo'lmaganda nexia olish uchun harakat qilgan afzal :)

"Men hech qachon muvaffaqiyatni orzu qilmadim, balki men unga harakat qildim".

©Esteè Lauder

P.s. Sizning fikringiz qanday?

Yaqinlaringizga ulashing 👇
https://t.me/NBAXTVAOMAD
Ko'p narsaga ko'nikib, rivojlanmaslik bu ― Aqlsizlik kabidir...

Shunday insonlar borki ularga o'zgarishning va o'zgartirishning, hozirgi zamonaviy til bilan aytganda rivojlanishning deyarli qizig'i yo'q. Bu esa xuddi bir aqlsizlik kabidir.

O'z ustida ishlash, yangilanishlarga tayyor turish, har bir ishdan muvaffaqiyat qidirish har bir inson uchun yaxshi bir odat bo'lishi kerak. Hech bir inson rivojlanishdan to'xtab qolmasligi zarur.

Yaqinlaringizga ulashing👇

https://t.me/NBAXTVAOMAD
Hayotda yashashingizdan maqsad nima?

– Ehtimol yaxshi mashina minish, yoki kattakon uy solishdir. Balki siz yaxshi ayolga uylanishni xohlarsiz?

• Lekin bu narsalarning barchasiga erishgan odamlar son mingta. Ammo ularning bazilari baxtsiz, bilasizmi nega?

– Chunki ular nisbiy narsani o'zining maqsadi deb o'ylagan. Aslida ularning barchasi o'tkinchidir.

P.s. Sizning maqsadingiz nima?

👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD
#Maqsad

Insonda ikki xil maqsad bo'ladi. Birinchisi shaxsning o'z maqsadi o'zi uchun muhim va foydali bo'lgan maqsad. Ikkinchisi esa unga jamiyat tomonidan singdirilgan maqsad.

Sening hozir o'ylab yurgan maqsading o'zing uchunmi yoki odamlarni hayron-u lol qoldirish uchunmi? Aniqlash esa juda oson.

Tasavvur qil sen xohlagan maqsadingga hozir erishding. Faqat bitta sharti bor! Bu haqida hech kimga absolute hech qayerda gapira olmaysan. Na do'stlaringga, na dushmanlaringga, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlar orqali buni ovoza qilish mumkin emas.(Men 8.5 IELTS oldim, yangi mashina, chet elda sayohatdaman) deb maqtana olmaysan)).

Ana shu joyida qanday maqsad qo'yarding?!
Think about it.


👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD
UMID va ISHONCH

Uzoq vaqt hastalanib yotgan kishiga shifokorlar endi sog‘ayib ketishi imkonsiz ekani haqida aytishdi. Shunda u kishi batamom umidsizlanib, o‘limini kuta boshladi. Bu holni ko‘rgan do‘stlari tog‘-u toshlarda yashovchi dong‘i ketgan tabib huzuriga borib, umidsizlanib, hasta yotgan do‘stini davolashni iltimos qildilar. Tabib bu iltimosni yerda qoldirmay bemor oldiga kelib, uni ko‘rgach: - Sen albatta sog‘ayib ketasan. Men seni davolayman. Faqat buning uchun o‘zing ham harakat qilishing kerak. Sen muolajalaringni to‘xtatma, men senga tog‘dan bir giyoh topib keltiraman, o‘sha giyoh senga yordam beradi. Bu giyoh yordamida shu hastalikka chalingan ko‘p bemorlar sog‘ayib ketgan. - dedi. Bemor tabib aytganlarga quloq tutib, davolanishda davom etdi. Bir haftadan so‘ng tabib o‘sha giyoh damlamasini bemorga keltirib berdi. Oradan vaqtlar o‘tib bemor sog‘ayib ketdi. Shunda bu holni ko‘rgan shifokorlar tabib huzuriga borib: - Sen sog‘ayishi mushkul bo‘lgan bemorni davolabsan. Bizga aytchi unga qanday damlama ichirding? Biz ham bemorlarni davolashda sening usulingdan foydalanaylik, unga nima berganding?! Tabib bu so‘zlarga shunday javob qaytardi:
- Men unga sizlar bera olmagan narsani berdim, ya’ni: «Umid va ishonch». Agar sog‘ odam ham batamom umidsizlikka tushib qolsa, hastalanib yiqilib qolishi hech gap emas. Agar inson biror narsaga erishmoqchi bo‘lsa va erisha olishiga qattiq ishonsa, u albatta erishadi. Bemorga tayyorlab bergan damlamam esa, oddiy choy va tol bargining aralashmasi edi.

👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD
Aqlli va dono insonlarning farqi!

– Aqlli inson kerak paytda nima deyishni juda yaxshi biladi, dono inson esa kerak bo'lgan paytda nima deyishni va kerak bo'lmagan paytda ham nima demaslikni biladi.

– Aqlli inson o'z vaqtida nima yeyishni juda yaxshi biladi. Dono inson esa o'z vaqtida nima yeyish kerak-u, qaysi vaqt nima yeyishlikni ham biladi.

– Aqlli inson charchasa yotib uxlash kerakligini biladi. Dono inson esa har doim charchasa ham yotib uxlash kerak emasligini biladi.

P.s. Siz aqllimisiz yoki dono?

👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD
Istarasi issiq odam

Istarasi issiq odam - bu ruhi toza inson.

Doim yaxshilik qiladigan, mehribon, ko'ngli toza va taqvodor insonlar - istarasi issiq insonlar. Ularning yuzlaridan nur taralib turadi.

Agar inson ko'p gunoh ishlarni qiladigan, xasadgo'y, ichiqora bo'lsa, undan-da sovuqroq inson yo'q.


👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD
#motivatsiya
Ҳеч қачон кеч қолмадингиз!
Бир неча марта йўлдан қайтган бўлсангиз ҳам,
бир неча марта йўлдан қайтарилган бўлсангиз ҳам,
дунёнинг барча гуноҳларини орқалаб олган бўлсангиз ҳам,
ҳаётингиздаги ҳар нарсада ўзингизни айбдор ҳис қилсангиз ҳам,
ўзингизни "Қалбингиз" тарафидан қабул этилишингизга ишонмасангиз ҳам,
сиз "Ўзингизга, Қалбингизга" қараб юринг!
Ҳеч ким сизга ишонмаса ҳам, сиз ўзингизга ишонинг
.

👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD
kanalini kuzatib boring!
Harakatlaringizni rejalashtiring!

Bu juda oddiy.
Ertangi kuningiz uchun bajarish kerak bo’lgan ishlarni daftarga yozib chiqing. Ushbu ishlarni 4 guruhga bo’ling. Bu guruhlar quyidagicha:

1. Shoshilinch va muhim;
2. Muhim, ammo shoshilinch emas;
3. Shoshilinch, ammo juda muhim emas;
4. Ahamiyatsiz va shoshilinch bo’lmagan.

Bajariladigan ishlarni ushbu kategoriyalar bo’yicha bo’lib chiqing va kun oxirida ushbu ishlarni holatini tekshirib chiqing.

📍Kechagi ish samaradorligi bilan taqqoslang. Ana shunda o'sish bo'ladi,
ana shunda rivojlanishni his etasiz!


👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD
kanalini kuzatib boring!
Biznesni nimadan boshlash kerak?

Biznes - tavakkal ish. Unda katta yutuqlarga erishishingiz ham mumkin, boringizdan ayrilishingiz ham mumkin. Bilib bo'lmaydi.

Lekin, biznesdagi muvaffaqiyatsizliklarning oldini olishning bir siri bor. U ham bo'lsa - ota-ona duosi.

Ota-onangiz duosi sizni har qanday balo-qazolardan asraydi. Ishlaringizga rivoj beradi.

Shu sababli, biznes boshlash istagida bo'lsangiz, birinchi navbatda ota-onangiz duosini oling-da, keyin "Allohga tavakkal" deb boshlang. ☺️

👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD

kanalini kuzatib boring!
Men senga o’zing bilgan bitta narsani aytay. Dunyo
faqat charaqlagan quyosh
va kamalaklardan iborat emas,
u juda yomon va rasvo joy. Qanchalik kuchli ekanligingning ahamiyati yo’q, u seni urib tiz cho’ktiradi va qarshilik qilmasang abadiy tiz cho’kkan holingda saqlab turadi. Sen, men yoki boshqa hech kim hayot urganchalik qattiq urolmaydi! Gap sening qanchalik qattiq ura olishingda emas, qanchalik qattiq urishganda harakatni davom ettira olishingda, qanchalik zarbalarni olib… yo’lingda davom eta olishingda. G’alabaga mana shu yo’l bilan erishiladi! Agar o’zing nimaga arzishingni bilsang bor va o’zing arziydigan narsani qo’lga kirit! Ammo sen zarbalarni olishga tayyor bo’lishing kerak va zarba yeganda u tufayli shunday bo’ldi, bu tufayli shunday bo’ldi deb boshqalarga barmoq o’qtalmasliging kerak. Qo’rqoqlar shunday qiladi
va sen qo’rqoq emassan!
Sen ulardan yaxshiroqsan!

👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD

👇👇👇
kanalini kuzatib boring!
Tushun va tushunarli bo'l

Inson ijtimoiy mavjudot uning yakka o'zi uzoqqa bora olmaydi. Demak uning hayotidagi eng muhim jihat bu munosabatlardir.

Bizning hayotimiz ota-ona, do'stlar, qarama-qarshi jins vakillari, ustozlar hattoki haydovchi, sotuvchi va yana shunga o'xshash yuzlab insonlar bilan bo'lgan munosabatlardan iboratdir.

Munosabat ikki tomon uchun ham yutuqli(win-win) bo'lishi uchun ikki muhim jihat bor. Bular: E'tibor(tushunish uchun), Jasorat(tushunarli bo'lish uchun).

Eng avvalo tushunishga harakat qil, e'tiborli bo'l. Ikkinchi tomonni nima xohlayotganini bilsang uning senga bo'lgan ishonchi va hurmatini qozonasan. E'tiborli bo'ldingmi, endi jasoratli bo'lishga ham kuch top. O'z hissiyotlaring va xohishlaringni dadil bildira olishing juda muhim! Agar shunday qilmasang ular seni hech qachon tushunishmaydi va bunda ularning umuman aybi yo'q.

Hammasi oddiy, yoqmasa yoqmayapti, vaqtingni olsa vaqtimni olyapsan, ha meni xafa qilding deb aytishni o'rganishing va sen bilan hisoblashishlari kerakligini eslatib qo'yishing kerak.

👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD
👆👆👆
Kanalimizni kuzatib boring 🤩
Boshlash uchun hech qachon kech emas!

P.S.: Agar yurayotgan yo'lingiz sizni boshqa joyga olib borayotganga o'xshasa, to'xtab boshqa yo'lni tanlang. Yo'nalishni o'zgartirish uchun hech qachon kech emas.

👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD

Kanalimizni kuzatib boring 🤩👆
HECH QACHON MAQSADSIZ QOLMANG.

— Agar hayotdan zerikkan bo'lsangiz, ertalab uyqudan ishtiyoq bilan turmasangiz, demak sizda maqsad yetishmaydi.

— Agar hayotda o'z maqsadingiz bo'lmasa, maqsadi borlar uchun ishlashga majbur bo'lasiz.

— Maqsadlarimiz bizga har kuni uyqudan turishga va oldinga qadam bosishga yordam beradi.

Maqsadsizlik esa o'rtacha hayot uchun eng zo'r retsept.

👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD

Kanalimizni kuzatib boring 🤩👆
Men oddiy odamman. Xatolar qilaman, ulardan xulosa chiqarguncha. Yiqilaman. Lekin o‘rnimdan turaman. Sevib qolishim ham mumkin. Yaxshi do‘st bo‘lmasligim mumkin, ammo har doim do‘stimga yordam kerak bo‘lganda yonida bo‘laman.

Jahlim chiqqanida xafa qilishim mumkin, daqiqalar o‘tgach bu ishimdan afsuslanaman ham. Orzu qilishni yaxshi ko‘raman, unga harakat qilish kerakligini ham bilaman. Ota-onamni jonimdan ortiq yaxshi ko‘raman, lekin tilimda ayta olmayman ularga.

Meni har doim sindirishga intilishadi birovlar, ammo bilishmaydiki, ular meni toblashyapti. Hayotimdan chiqib ketayotganlarga indamayman, bu ularning xohishi. Menga keraklilar va men kerak bo‘ladiganlar har doim yonimda. Ideal bo‘lishga intilmayman, chunki o‘zim bo‘lib qolish yoqadi.

Men shunchaki 7 mlrd odamlarning bittasiman.

👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD

Kanalimizni kuzatib boring 👆🤩
Sizni ruhlantiradigan 8 ta savol!
Xohlasangiz tez-tez oʻqib turing, xohlasangiz koʻrinadigan joyga rasmini ilib qoʻying.


1) Siz haqiqatdan xohlayotgan ishingizni qilyapsizmi?

2) Siz qancha va'da bergansiz-u qanchasini bajargansiz?

3) Kim/nima uchundir qoidalarni buzgan boʻlarmidingiz?

4) Aytaylik biror narsani qoʻyib yuborishingiz kerakligini bilasiz-u, lekin haligacha olib yuribsiz, Sizga shunaqa holat tanishmi?

5) 10 yil oldin kimni yomon koʻrgansiz, hozir u ahamiyatga egami?

6) Agar hozir oʻlishingizni bilsangiz, Sizda qandaydir armonlar qolib ketadimi?

7) Agar jazo belgilanmagan boʻlsa, Siz xato qilishdan qoʻrqarmidingiz?

8) Siz va atrofingizdagilar oʻrtasida qandaydir farq bormi?

👉 https://t.me/NBAXTVAOMAD

Kanalimizni kuzatib boring 🤩👆