Nasaf Muxlislari
11.1K subscribers
20.3K photos
2.04K videos
9 files
4.34K links
NASAF

📅 Анонслар
📷 Фотолар
📹 Видеолар
📄 Натижалар
📉 Статистикалар
️
Reklama @Nasaf_reklama_shartlari

@Qabulhona


https://t.me/joinchat/Vqd-HVvEnSft3oMl
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz bugun futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlash, ruhini ko‘tarish har qachongidan ham muhimligini ta’kidladi.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤13👍1😢1
1992-yil 2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi tarixidagi muhim sanalardan biri. Aynan shu kuni mamlakatimizning mustaqilligi va suvereniteti ramzlaridan biri bo‘lgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi rasman qabul qilingan.
❤4👍2
Nazorat uchrashuvi: "Nasaf" 2:1 "Buxoro"

"Nasaf" jamoasi Superliga ikkinchi davrasiga tayyorgarlik doirasidagi navbatdagi nazorat uchrashuvida "Buxoro"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

📍 Nazorat uchrashuvi | Qarshi
📅 01.07.2026 | 18:00

"Nasaf" 2:1 "Buxoro"

Gollar:
⚽ 16' — Asadbek Jo‘raboyev (0:1)
⚽ 30' — Zafarmurod Abdirahmatov (1:1)
⚽ 85' — Yusuf Otubanjo (2:1)

"Nasaf" tarkibi:
Samandar Muratbayev, Dilshod Murtazayev, G‘olib G‘aybullayev, Quvonchbek Xushvaqtov, Zafarmurod Abdirahmatov, Sharof Muhitdinov, Oybek Rustamov, Murodbek Rahmatov, Diyorbek Abdunazarov, Yashnarbek Berdirahmonov, Bobir Abdixoliqov.

Zaxiradan maydonga tushganlar:
Bekjon Rahmatov, Yusuf Otubanjo, Akramjon Komilov, Zafar Sa'dullayev, Bahodir Xalilov.

📱@nasaf
❤32👍6
🖥 “Nasaf” jamoasi stadioniga VAR texnikasi o‘rnatildi.

Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan VAR tizimidan foydalanish uchun maxsus texnikalarni o‘rnatish ishlari jadal davom etmoqda.

Hozirda "Nasaf" stadioniga VAR texnikalarini joylashtirish ishlari to‘liq yakunlandi.

Mazkur sa’y-harakatlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta’minlash, shuningdek, o‘zbek futbolining xalqaro standartlarga mosligini oshirishga xizmat qiladi.

⚽️ UzFHM | 🌟 Euroasia Insurance
👍16❤5
Qashqadaryo viloyatida kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi "Axborot texnologiyalari yordamida sodir etilgan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ–153-son qarori hamda 2026-yil 5-yanvardagi "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun "Nasaf" futbol klubida targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbir davomida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi mas’ul xodimlari, podpolkovnik Azizjon Berdiyorov hamda mayor Sardor Xudoyberdiyev klub ishchi-xodimlariga bugungi kunda keng tarqalayotgan kiberjinoyatlar, ularning turlari, firibgarlik sxemalari hamda bunday jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Uchrashuv davomida internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, shubhali havolalar va soxta qo‘ng‘iroqlarga nisbatan hushyor bo‘lish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

📱@nasaf
❤8
Nazorat uchrashuvi. "Nasaf" 2:1 "BuxDU"

Bugun jamoamiz navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bu galgi raqibimiz ProLiga vakili — "BuxDU" jamoasi bo‘ldi. Mazkur bellashuvda murabbiylar shtabi asosan yosh futbolchilarga imkoniyat berib, ularning o‘yin amaliyotini sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv "Nasaf"ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Hisobni dastlab mehmonlar penalti zarbasi orqali ochishdi. Shundan so‘ng "ajdarlar" safida Zafar Sa'dullayev va Yashnarbek Berdirahmonov bittadan gol urib, jamoamizga g‘alabani taqdim etishdi.

Nazorat uchrashuvi

"Nasaf" 2:1 "BuxDU"

⚽️ Gollar:

Behro‘z Shodmonov
Zafar Sa'dullayev
Yashnarbek Berdirahmonov
👍9❤6🔥1