Nasaf Muxlislari
13K subscribers
19.6K photos
1.95K videos
9 files
4.31K links
NASAF

📅 Анонслар
📷 Фотолар
📹 Видеолар
📄 Натижалар
📉 Статистикалар

Reklama @Nasaf_reklama_shartlari

@Qabulhona


https://t.me/joinchat/Vqd-HVvEnSft3oMl
Download Telegram
“Markaziy” stadionda yong‘in o‘chirish bo‘yicha amaliy-taktik mashg‘ulot o‘tkazildi

Kuni kecha “Nasaf” futbol klubiga qarashli “Markaziy” o‘yingohda Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda yong‘inni o‘chirish bo‘yicha amaliy-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotiga klubning ishchi-xodimlari ham jalb qilindi. Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda xodimlarning to‘g‘ri harakat qilishi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish hamda birlamchi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.

Ushbu mashg‘ulotning asosiy maqsadi – favqulodda vaziyatlarda xodimlarning tezkor va to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
9👍5
⚽️🇺🇿 Superliga 2-tur ramziy terma jamoasi

♻️ Artel | 💳 Uzcard | ⚫️ Apex | 🔴 Coca-Cola
👍122😁2
Hurmatli va aziz onajonlar, opa singillar!

"Nasaf" futbol klubi sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaydi!

Siz hayotimizning mazmuni, baxt va ezgulik manbai, oilaning tayanchi, jamiyatimizning eng muhim va bebaho a’zolarisiz! Sportga, ayniqsa, futbolga bo‘lgan mehringiz va qo‘llab-quvvatlashingiz biz uchun juda muhim.

Yuzingizdan tabassum, qalbingizdan baxt, hayotingizdan ezgulik arimasin! Har kuningiz bahoriy shodlik va quvonchlarga to‘la bo‘lsin!

Hurmat bilan,
"Nasaf" futbol klubi jamoasi
18🔥8🎉6
#moziyga_qaytib

Sevimli Nasafimiz safida to‘p surgan Sergey Elefertovich Lebedev jahon terma jamoasida Papen, Matteus, Reyna, Vea, Shukur va boshqa yulduzlar bilan birga o‘ynaganini bilarmidingiz?

Qiziq fakt. Lebedev shu paytgacha o‘zbekistonlik futbolchilar orasida Jahon terma jamoasida to'p tepgan yagona futbolchi hisoblanadi.

Sergey Elefertovich Lebedev 1969-yil 31-yanvar kuni Farg'ona shahrida tug'ilgan.

1994-2000 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

2 karra Osiyo kubogi qatnashchisi.

1994-yilda milliy terma jamoamiz bilan Osiyo o'yinlarida oltin medallarni qo'lga kiritgan.

4 karra O'zbekiston chempioni. 2 karra O'zbekiston kubogi sohibi.

Faoliyati davomida Dinamo (Kirov), Neftchi, Shinnik, Nasaf, So'g'diyona va Metallurg jamoalarida to'p surgan.

"Shuhrat" medali sohibi.

Foto: @hasanPirmuhamedovHP

@nasaf
👍2621🔥6🎉2
"Nasaf" U21 jamoasi yoshlar birinchligi 3-tur doirasida Samarqandning "Dinamo" U21 jamoasi bilan bellashadi. Uchrashuv "Mehnatchi" stadionida soat 14:00 da start oladi.

📱@nasaf
18🎉7👍5🔥1
Uchrashuvdan fotolar📸

📲@nasaf
👍61
Uchrashuvdan fotolar📸

📲@nasaf
👍82