Jamoamiz posboni o‘z o‘rnida!
Bugun jamoamizning asosiy kiperi milliy jamoa a'zosi Abduvohid Ne‘matov bilan ham 1 yillik shartnomaga imzo chekildi.
O‘zining seyvlari va gollari bilan qalbimizdan chuqur joy egallagan darvozabonimizga klubimiz bilan birga yana ko‘plab sovrinlar yutishiga tilakdoshmiz! Muxlislaringni ajoyib va yorqin o‘yinlaring bilan xushnud etishda davom et, Abduvohidjon!
📱@nasaf

👍101❤27🎉6
🔵“Nasaf” 23-dekabr kuni 2025-yildagi so‘nggi rasmiy uchrashuvini o‘tkazadi. Ushbu kunda “ajdarlar” ⚽️OChL Elit turnirining 6-turi doirasida Saudiya Arabistonining yana bir grandi — 🇸🇦“Al-Ittihod” jamoasi mehmoni bo‘lishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:15 da boshlanadi.
📱@nasaf
📱@nasaf
❤35👍28😢5🔥1🎉1
"Nasaf" futbol klubi O‘zbekiston xalqini, xususan, qadrli qashqadaryoliklar va sadoqatli jamoamiz muxlislarini kirib kelayotgan yangi 2026-yil bilan chin dildan tabriklaydi!
Yangi yil yurtimizga tinchlik, farovonlik va baxt olib kelsin! Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz bilan jamoamiz har doimgidek oldinga intilib, yanada katta yutuqlarga erishish yo‘lida o‘zining bor imkoniyatlarini safarbar etadi!
2026-yil barcha orzu-niyatlaringiz amalga oshadigan, yangi zafarlarga boy yil bo‘lsin! Biz esa sizning ishonchingizni oqlash uchun maydonda jonimizni berib kurashamiz. "Nasaf"ga o‘xshashi yo‘q!
Olg‘a "Nasaf", olg‘a "ajdarlar".
Kirib kelayotgan yangi yil muborak bo‘lsin! 🎉⚽️
@nasaf

❤51👍30🎉4
Sherzod, barchasi uchun rahmat!
“Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, jamoamiz himoyachisi Sherzod Nasrullayev jamoamiz bilan xayrlashmoqda.
Sherzod “Nasaf” safida to‘p surgan yillari davomida O‘zbekiston Superligasida ikki marta kumush, ikki marta bronza va bir marta oltin medallarni, shuningdek uch marta O‘zbekiston Kubogi hamda uch marta O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Erishilgan barcha ushbu yutuqlardagi hissasi uchun Sherzodga alohida minnatdorlik bildiramiz va uning keyingi faoliyatida ulkan omad tilaymiz!

😢62❤24👍20
Javohir Sidiqov jamoamizni tark etdi
2023-yilda jamoamiz safiga kelib qo‘shilgan Javohir Sidiqov qisqa vaqt ichida klubimiz yutuqlariga munosib hissa qo‘shdi.
Javohirning mehnati va fidoyiligi evaziga jamoamiz muhim sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Buning uchun klubimiz hamda muxlislarimiz nomidan unga samimiy minnatdorlik bildiramiz va futbolchilik faoliyatining keyingi bosqichida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

👍42😢23❤9
Suhrob Nurulloyevga omad tilaymiz!
Klubimiz safida to‘p surgan davrida jamoa sharafini munosib himoya qilgan hamda jamoamizning sovrinlar qo‘lga kiritishida munosib hissa qo‘shgan Suhrob Nurulloyev jamoamizni tark etdi.
Uning klubimiz erishgan yutuqlardagi hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz va professional faoliyatining keyingi bosqichida omad, barqarorlik hamda katta yutuqlar tilaymiz!
📱@fcnasaf

😢33👍18❤16
Oybek Bozorovga chuqur minnatdorlik bildiramiz
“Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, jamoamiz yarim himoyachisi Oybek Bozorov klubimiz safidagi faoliyatini yakunlamoqda.
Oybek “Nasaf” sharafini himoya qilgan yillar davomida O‘zbekiston Superligasida bir marta chempionlik, ikki marta kumush va ikki marta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u jamoa bilan birgalikda uch bor O‘zbekiston Kubogi hamda uch bor O‘zbekiston Superkubogida zafar quchdi.
Maydondagi fidoyiligi va jamoa yutuqlariga qo‘shgan hissasi uchun Oybek Bozorovga samimiy tashakkur izhor etamiz hamda uning professional faoliyatida omad tilaymiz.

😢91❤24👍15
Igor Golban “Nasaf”dagi faoliyatini yakunladi
Mahoratli himoyachi Igor Golban “Nasaf” futbol klubidagi faoliyatini yakunladi. U jamoamiz safida to‘p surgan davrida klubimiz sharafini munosib himoya qildi va muhim yutuqlarga erishishda o‘z hissasini qo‘shdi.
Futbolchiga jamoamiz uchun qilgan xizmatlari va fidoyiligi uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz hamda uning keyingi faoliyatida omad tilaymiz.
Желаем Игорю Голбану удачи и больших успехов в дальнейшей карьере!

👍91❤41😢22😱4🔥3