Nasaf Muxlislari
13.6K subscribers
19.5K photos
1.93K videos
9 files
4.3K links
NASAF

📅 Анонслар
📷 Фотолар
📹 Видеолар
📄 Натижалар
📉 Статистикалар

Reklama @Nasaf_reklama_shartlari

@Qabulhona


https://t.me/joinchat/Vqd-HVvEnSft3oMl
Download Telegram
Jamoamiz odatdagi tartibda mashg'ulotlarni olib bormoqda.

📱@nasaf
👍224
Mashg'ulotlarga yoshlar ham jalb etilgan!

📱@nasaf
👍27🔥31🎉1
Sharof Muhitdinov bilan shartnoma uzaytirildi!

Mohir yarim himoyachimiz Sharof Muhitdinov jamoamiz bilan shartnomasini uzaytirdi va yana bir yil "ajdarlar" sharafini himoya qiladi.

O‘zining paslari va shedevr gollari bilan muxlislar ko‘nglidan joy olgan futbolchimizga va jamoamizga omad tilaymiz!

📱@nasaf
👍6624😢6
Jamoamiz posboni o‘z o‘rnida!

Bugun jamoamizning asosiy kiperi milliy jamoa a'zosi Abduvohid Ne‘matov bilan ham 1 yillik shartnomaga imzo chekildi.

O‘zining seyvlari va gollari bilan qalbimizdan chuqur joy egallagan darvozabonimizga klubimiz bilan birga yana ko‘plab sovrinlar yutishiga tilakdoshmiz! Muxlislaringni ajoyib va yorqin o‘yinlaring bilan xushnud etishda davom et, Abduvohidjon!

📱@nasaf
👍10127🎉6
🔵“Nasaf” 23-dekabr kuni 2025-yildagi so‘nggi rasmiy uchrashuvini o‘tkazadi. Ushbu kunda “ajdarlar” ⚽️OChL Elit turnirining 6-turi doirasida Saudiya Arabistonining yana bir grandi — 🇸🇦“Al-Ittihod” jamoasi mehmoni bo‘lishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:15 da boshlanadi.

📱@nasaf
35👍28😢5🔥1🎉1
⚽️ OChL Elit 2025/26 | 6-TUR

🇸🇦AL ITTIHOD - NASAF 🇺🇿

📆 23.12.2025

23:15

🏙 Jidda

🏟 "Qirol Abdulla" stadioni

📺 📺📺
👍4622😢5🤩3🔥1
⚽️⚽️ Superliga. 2025-yilgi mavsumda to‘p uzatmalarning aniqligi bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkichga ega jamoalar

| 🔴 Coca-Cola | ⚫️ Apex | ⚫️ Macron | 🔵 BMB
🔥2718😱3🎉1
"Nasaf" futbol klubi O‘zbekiston xalqini, xususan, qadrli qashqadaryoliklar va sadoqatli jamoamiz muxlislarini kirib kelayotgan yangi 2026-yil bilan chin dildan tabriklaydi!

Yangi yil yurtimizga tinchlik, farovonlik va baxt olib kelsin! Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz bilan jamoamiz har doimgidek oldinga intilib, yanada katta yutuqlarga erishish yo‘lida o‘zining bor imkoniyatlarini safarbar etadi!

2026-yil barcha orzu-niyatlaringiz amalga oshadigan, yangi zafarlarga boy yil bo‘lsin! Biz esa sizning ishonchingizni oqlash uchun maydonda jonimizni berib kurashamiz. "Nasaf"ga o‘xshashi yo‘q!
Olg‘a "Nasaf", olg‘a "ajdarlar".

Kirib kelayotgan yangi yil muborak bo‘lsin! 🎉⚽️

@nasaf
51👍30🎉4
Sherzod, barchasi uchun rahmat!

“Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, jamoamiz himoyachisi Sherzod Nasrullayev jamoamiz bilan xayrlashmoqda.

Sherzod “Nasaf” safida to‘p surgan yillari davomida O‘zbekiston Superligasida ikki marta kumush, ikki marta bronza va bir marta oltin medallarni, shuningdek uch marta O‘zbekiston Kubogi hamda uch marta O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Erishilgan barcha ushbu yutuqlardagi hissasi uchun Sherzodga alohida minnatdorlik bildiramiz va uning keyingi faoliyatida ulkan omad tilaymiz!

📱@nasaf
😢6224👍20