My Biblo
70 subscribers
147 photos
70 videos
5 files
448 links
Shunchaki holis deb oʻylagan fikrlarim...
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tupoycha steriotiplardan biri shokoladni qizlar yeydi degan gap.
Qizlardan boshqasi yeyish mumkin emasday😂
📓 @My_Biblo
Til oʻrganish bizga nima uchun kerak?

1. Har qanday tilni oʻrganish davomida, unga ega xalq madaniyati haqida ham maʼlumotga ega boʻlamiz va h.
Dunyoqarashimiz oshadi.
2. Koʻproq maʼlumot qabul qila olamiz, axir hamma maʼlumotlar ona tilimizda emas-ku!?
3. Zamonaviy kasblarning barchasiga koʻpincha ingliz tili kerak boʻladi.
4. Til bilganing senga maʼlum vaziyatlarda foyda keltiradi. Masalan, ishda oylik oshishi.
5. Sayohat. Albatta chet tilini bilishing kerak, boradigan joyingdagi.

P.s Hullas, qachon post chiqar ekan deb, kanalga qarayvermay til oʻrgan, hoh mustaqil, hoh shogird boʻlib😁
#maslahat #tavsuyu

📓 @My_Biblo
Forwarded from adkxamov IMHO
Матрицадаги баг.

Пляжда дам олишни битта минус тарафи пляжда дам олётганинг. Лекин у ерда яшасен, бу энди минус эмас, бу эртак. Кундузги дим хаво, иссиқ ва танани куйдирса анча зиён қиладиган пляж қуёшидан қочиб юриб оҳири кечга яқин кўчага чиққандим, чиройли бир манзарани кўриш учун. Энди ташқарига чиқсам битта рус бола салом берди, шунчаки худди Ўзбекистондаги каби салом берди (албатта русчада), сўрашиб қўйиб манзара томошасига кетиб бир соатлардан кейин қайтсам ўша бола ана шу турган жойида турипти. Эътиборхам бермапман, яна бир марта салом берганди қараб "Қалай?" десам "А у вас есть насвай?" дейди.
>Россия
>Рус бола
>Мендан нос сўраяпти. Ўзбекистонда эмаслигимни тушинишим учун 3-4 сония кетди. Хақиқий матрица синиши бўлди менда.
Kimnidir uzoq vaqt koʻrishni, eshitishni hohlamasang unga qarz ber. Izlab ham topa olmaysan😂

📓 @My_Biblo
Forwarded from 🎬 Movioteka
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Forrest Gump
Davlati: AQSh
Tili: Ingliz
Janri: Drama, Romantik
Reyting: 8.8/10
Davomiyligi: 2soat 22daqiqa

Spoyler: Shart emas menimcha! Ha mayli,
Alibaba asoschisi Jek Ma shu kinoni koʻrib hayotda maqsadi paydo boʻlgan😁

Rejissyor: Robert Zemeckis
Senariy: Uinston kuyovi Erik Rot
Rollarda: Tom Xenks Robin Rayt Gari Sinis
Koʻzingga uyqu kelmayotgan boʻlsa, bilki bunga nimadir sababchi, faqat sevgi emas.
2 chashka qahva yoki 2 ta "Red Bull" ichvogandursan. Yoki boʻlmasam xalqona achchiq bir choynak qora choy ichvorgandursan adashib.

Lekin yodingda tut, har qanday sabab boʻlishi mumkin, lekin sevgi emas😂

#fiqrlarim😆

📓 @My_Biblo
Jilmayishda davom eting va bir kuni hayot sizni xafa qilishdan charchaydi :)

©Jim Kerri

📓 @My_Biblo
Forwarded from Hammaga kerak
Hayotdan motivatsiya qidirib oʻlib ketma...
@Everyone_needs
Bu seni hayoting...
Unga daxl qilishlariga, ustingdan hukm qilishlariga yoʻl qoʻyma!

Tolerant boʻlishga harakat qil. Bu soʻzning maʼnosini bilishdan boshlanadi.

Biron nimani tushunish uchun "abezatelna" xato qilishing shart emas. Maslahatlashish yaxshi narsa, faqat yaxshi maslahat beruvchi boʻlsa.

Pul bilan muomala qilishda xushyor boʻl, lekin bir narsani unutma, u qancha koʻp boʻlsa shuncha yaxshi...

Foydasi tegsa, kimgadir ulash👌

#maslahat

📓 @My_Biblo
Barchaga(oʻqishga topshirgan)!!!
Hali hayot oldinda doʻstim. Oʻqishni erta kechi yoʻq. Siqilma Top 4000 universitet ichida yoʻq boʻlgan oliygohga kirolmadim deb.
Seni biliming, ishtiyoqing bor ekan, hech qanday mandat va oʻsha "Oliygoh"lar kerak emas.

Seni nimada iqtidoring boʻlsa, nimaga juda qiziqishing, oʻshani qil. U hatto farroshlik boʻlsa ham.
Soʻrashdan va bilim olishdan toʻxtamasang, kelajakdan/buguningdan umidingni uzmasang HAMMASI YAXSHI BOʻLADI!

P.s Ilhom aka kelib qolgan edi, birga choy ichib yozib tashadik😂

📓 @My_Biblo
Biz kelib ketuvchi to’garak jahon
Na boshi ma’lum na so’ngi ayon
Hech kimsa rostini aytib berolmas
Biz qaydan keldigu ketarmiz qayon
Keksa yosh hayotga har kimki yetar
Hammasi izma-iz birma-bir o’tar
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar
Kelmoq qo’lda bo’lsa kelmasdim bir dam
Ketmoq qo’lda bo’lsa ketmas edim ham
Juda soz bo’lardi bu g’amxonaga
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam.

(Afsuski yigitchilik mavsumi bitdi
Ko’klam o’tib ketdi, qish kelib etdi
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi
Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.)

©Umar Hayyom

P.s Oxirgi 4qator menga taalluqli emas 😁

📓 @My_Biblo
Bir qo'lda Qur'onu bittasida jom,
Ba'zida halolmiz, ba'zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.

Men keldimu, dunyo ko'rdimi foyda?
Ketsam martabasi osharmi? Qayda!
Hech kim tushuntirib bera olmadi:
Kelishim - ketishim sababi qayda.

Dedim, endi mayi gulgun ichmayman,
May tok qoni, men xun ichmayman,
Keksa aqlim aytdi: Shu gaping rostmi?
Dedim: hazillashdim, nechun ichmayman!

Sen bo'lsang-u, men bo'lsam-u, may bo'lsa,
O'rtada bir qizil gul ham nay bo'lsa,
Nayni chalib navo qilsang nozanin
Jon bermoqqa yurakkinam shay bo'lsa.

O'ylama pulsizu nochor ichmayman,
Rasvolikdin qilib yo or ichmayman,
Men mayni dilxushlik uchun ichardim
Bu kun-chi, qalbim-da sen bor ichmayman!

May ichsang, oqilu dono bilan ich,
Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich.
Oz-oz ich, goh-goh ich ham yashirin ich,
Ezma, rasvo bo'lma, hayo bilan ich.

Tong chog'ida turgil, nozanin go'zal,
Maydalab ichaylik, rubbobingni chal,
Dunyoda bor odam uzoq turmaydi,
Ketganlari qaytib kelmas hech mahal.

Mastni ta'na qilma, ichmasang sog'ar,
G'iybat - doston qilma, bo'lma hiylagar
Kekkaya ko'rma hech may ichmayman deb,
Sening qilmishlaring bundan beshbattar.

May ichsa gado ham sulton bo'ladi,
Tulki ichsa, sheri g'oron bo'ladi,
Yosh ichsa keksalik sharafin quchar,
Keksa ichsa yoshu chaqqon bo'ladi.

Ichkilik kekkaygan boshni qilur xam
Maydan yechilmagan biror tugun kam.
Bir qultum may ichgan bo'lsaydi shayton,
Ming sajda qilardi odamga ul ham.

©"May". Umar Xayyom
#sheʼr

P.s Umar Xayyom dahosiga ehtirom bilan 🙂

📓 @My_Biblo
Bruno Mars - Talking To The Moon ( Audio )
Bruno Mars - Talking To The Moon
#musiqa

📓 @My_Biblo
Siyosat haqida soatlab gapirib, amalda hech narsa qilmaslik, o'layotgan odamga nimalar qilsa omon qolishini o'lguncha gapirish bilan teng. Shunday ekan, nolishdan, bilib-bilmay gapirishdan, hukumatni yomonlashdan to'xta. Qo'lingdan amaliy hech narsa kelmasa chetda tur. Gapirishni(ayniqsa O'zbekistinda) deyarli foydasi yo'q. Unda nima qilish kerak, hammasi shunday ketavermaydi-ku deyishing mumkin. Sen o'qi, ota-onang aytgan yuriditskiy yoki medinstitutda emas, o\zing xoxlagan, iqtidoring bor bo'lgan joyda o'qi, u Oliygoh bo'lid=shi shart ham emas, muhimi bilim bera olsin. Keyin shaxsan meni oldimga kel, nima qilishingni aytaman, bu shart bo'lmasligi ham mumkin. O'zingni extiyot qil🙂 #fikrlarim #maslahat

📓 @My_Biblo
Eʼtibor bersang, koʻchalar tunda/yomgʻir yoqqanda/tongda va qor yoqqanda chiroyli koʻrinadi. Koʻrib, sayr qilib, oʻzingda qandaydir yengillik paydo boʻlganini sezasan.

Sayr qilib turish kerak 🌝

#life

📓 @My_Biblo
Qanchalar alamli boʻlmasin sen va shu qatorda men i vobshe butun dunyoni zarrachalik qadri qimmati yoʻq.

Shunday ekan siqilishga sabab topib yashaymiz, ich etimizni yeb bitirgudek qiynalamiz. Lekin bir soniya boʻlsin, bunga arzishi yoki arzimasligi haqida oʻylab koʻrmaymiz.

Oʻqishga kirolmadim(yogʻi ham qolmadi shu mavzuni), yaxshi koʻrgan qizim/yigitim tashlab ketdi/hiyonat qildi deb oʻkinamiz, yaqinlarimizni yoʻqotganimizda sinib qolganday boʻlamiz.

Yon atrofimizdagi "odamlar"ning gaplarini koʻnglimizga olib xafa boʻlamiz, ular bunga arzishmasa ham.

Bunga sabab nima?
Biz oʻzimiz kimligizni bilmaymiz, yoʻq sen allaqanday Samandar yoki Noila emassan, kasbing yoki oʻqish joying ham seni kimligingni belgilamaydi, ayniqsa odamlarni senga va oʻzingning oʻzingga bergan bahoing boʻyicha ham biror kim boʻlmaysan.
Sen kim boʻlishni hohlasang oʻsha boʻlasan, seni kim boʻlishniqattiq istasang oʻsha boʻlasan.

Sen, men, biz va shu paytgacha boʻlgan barcha odamlar hayotga nima uchun kelganimiz haqida aniq va toʻgʻri fikrda boʻlishmagan. Buni aniqlashni iloji ham yoʻq. Demak, yashashing uchun ham asos shu boʻlishi kerak, nima uchun bu yerdaligingni bilish...

#fikrlarim

📓 @My_Biblo
Qoliplardan chiqish vaqti keldi, sen buni avvalroq qilishing kerak edi. Barcha odatiy usullaringni o'zgartir, biror ishni boshqacha va o'z bilganingcha qilishga urinib ko'r, xatolar qilishing mumkin, lekin bu xatolar sen uchun foyda.

Bilim olishdan va izlanishdan qochma, odamlardan yordam so'ramaslikka harakat qil. Iloji boricha o'zing uchun kerak narsani o'zing top.
#fikrlarim
📓 @My_Biblo
Ha aytganday, qadrli futbol muhlislari, Ronaldo Yuventusga o'tganda Real baletchilari ham o'tishi sababini, Messi PSJga o'tganda orqasidan PSJga fanat bo'lganlar juda qattiq tushunsa kerak? A labbay😁? Nima bo'lganda ham "Hala Madrid" #shunchaki

📓 @My_Biblo