my.gov.uz
213K subscribers
1.61K photos
119 videos
2 files
2.59K links
Rasmiy kanal

Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/mygovuzb
Instagram:
https://www.instagram.com/my.gov.uz/
Download Telegram
Maqsadli qabul nima?

🟡 Talab yuqori bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari uchun oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasi parametrlari asosida viloyat (shahar, tuman) kesimida maqsadli qabul amalga oshiriladi.

👨‍🎓Bunda maqsadli qabulni tanlab, o‘qishga qabul qilingan talabaga (tegishli hokimlik bilan tuziladigan shartnomaga muvofiq) belgilangan muddatgacha ishlab berish majburiyati yuklatiladi.

Shuningdek, maqsadli qabulni tanlagan abituriyentga mazkur ta’lim yo‘nalishida ham maqsadli, ham umumiy tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣E’lon!

⚙️ Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 4-avgust 13:00 gacha profilaktika ishlari o‘tkaziladi.

📱 Shu sabab my.gov.uz portalidagi soliq va soliqqa tortish borasidagi elektron davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️my.gov.uz da hayotiy vaziyatlarda yordam beruvchi telefon raqamlar!

🟡 Tezkor yordam xizmatlari – doim yoningizda!

📱Hayotingizda noxush hodisalar ro‘y berganda sarosimaga tushmang! Quyidagi raqamlarni bilib qo‘ying va kerakli vaziyatda tezkor foydalaning:

🚑 Tez tibbiy yordam: 103
🚓 Ichki ishlar organlari: 102
🚒 Yong‘in xavfsizligi: 101
☎️ Qutqaruv xizmati: 1050
🔥Favqulodda gaz xizmati: 104
🧑‍🎓Prokuratura ishonch telefoni: 1007
⚖️ Huquqiy maslahat: 1008

👉 Bu ro‘yxatni yaqinlaringizga ham ulashing!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Номера телефонов помощи в жизненных ситуациях на my.gov.uz!

🟡 Службы экстренной помощи – всегда рядом!

📱Не расстраивайтесь, когда в вашей жизни происходят неприятные события! Запомните следующие цифры и быстро используйте их при необходимости:

🚑Скорая медицинская помощь: 103
🚓 Органы внутренних дел: 102
🚒 Служба пожарной охраны: 101
☎️ Служба спасения: 1050
🔥 Аварийная служба газовой сети: 104
🧑‍🎓 Горячая линия прокуратуры: 1007
⚖️ Юридическая консультация: 1008

👉 Поделитесь этим списком со своими близкими!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘z o‘zini band qilish uchun ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz orqali juda qulay❗️

💰 Bunga ortiqcha vaqt va naqd sarflanmaydi.

💻Ushbu xizmatdan foydalanish bir qancha imkoniyatlarni taqdim etadi.

🗂 Masalan, faoliyat turlari bilan qonuniy shug‘ullanish, ma’lumotnoma olish, yangi mehnat faoliyati turini qo‘shish va hokazo.

📱 Agar siz ham o‘z o‘zini band qilgan shaxslardan bo‘lsangiz, faoliyatingizni my.gov.uz orqali rasmiylashtirib qo‘yishni unutmang!

▶️ Ushbu tartib bilan videoqo‘llanmada tanishing:

🎬 https://youtu.be/-94wXaBYegk

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Bolnichniy" olmoqchimisiz

▶️Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini olish haqidagi videolavhamizni tomosha qiling❗️

💻O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoniga muvofiq, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari ma’lumotnomalari elektron shaklga o‘tkazilgan.

👩‍⚕️Tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarning kasalligi sabab beriladigan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalarini olish uchun ushbu muassasalarga qayta borish shart emas.

📱 Shunchaki, my.gov.uz portali orqali “Sog’liqni saqlash” bo’limidan kerakli xizmatni tanlab, mehnatga layoqatsizlik varaqalarini onlayn yuklab olish kifoya.

Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Shuningdek, mutlaqo bepul va qulay!

🎬https://youtu.be/ydGTu7ZAsXc

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️“083/h ma’lumotnoma”ni olish uchun tibbiyot muassasiga qayta borish shart emas!

💻 Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoniga muvofiq, tibbiy ma’lumotnomalarni berish bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkazilmoqda.

👩‍⚕️Tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarning transport vositasini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risida beriladigan 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnomani olish uchun ushbu muassasalarga qayta borish shart emas.

🧑‍💻 Shunchaki, my.gov.uz orqali "Sog‘liqni saqlash" bo'limidan kerakli xizmatni tanlab, 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnomani onlayn yuklab olish kifoya.

📆 Ma’lumotnoma unda ko‘rsatib o‘tilgan muddatgacha amal qiladi.

Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Mutlaqo bepul va qulay!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💻 Sug’urta polisini my.gov.uz orqali rasmiylashtiring❗️

🚘 Yagona portalda “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash” xizmatidan onlayn foydalanish imkoniyati yaratilgan.

🚗 My.gov.uz orqali avtotransport vositalarini majburiy sugʻurtalash qulay, tez va ishonchlidir.

Ortiqcha hujjatlarsiz va vaqtingizni tejagan holda avtotransport vositasining majburiy sugʻurta polisini my.gov.uz orqali onlayn rasmiylashtiring.

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga asosan transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlar, jumladan, fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta polisi bo'lmasdan harakatlanish jarima solishga sabab bo'ladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 E‘lon!

💻Elektron xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida 2024-yil 10-avgust soat 00:00 dan 11-avgust soat 23:59 ga qadar navbatdagi profilaktika ishlari olib boriladi.

👨‍💻Shu munosabat bilan my.gov.uz da mazkur tashkilotning elektron xizmatlaridan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkinligini inobatga olishingizni so‘raymiz.

⚙️ Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ilmiy unvon va darajalar bo‘yicha hujjatlarni my.gov.uz orqali onlayn olish mumkin

💻 Buning uchun portalda "Ilmiy unvon va darajalar (PhD, DSc, professor, dotsent va katta ilmiy xodim) bo‘yicha davlat namunasidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish" xizmati ishga tushirilgan.

Mazkur xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul, yana hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Xizmat natijasi esa bir zumda taqdim etiladi.

📆 Hozircha xizmatdan 2023-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy daraja va ilmiy unvonlar olgan shaxslar foydalanishi mumkin.

🪪 Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan elektron ma’lumotlar bazasi to‘liq shakllantirilganidan so‘ng ushbu xizmatdan boshqa yillarda ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan shaxslar ham foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

👨‍💻 Xizmat juda oson va qulay!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kredit tarixingizga e'tiborli boʻling❗️

💰Kredit tarixi har kimda mavjud boʻlib, banklar va mikromoliya tashkilotlariga qarz oluvchining qanchalik ishonchli ekanini baholashga yordam beradi.

Kredit tarixi yomon boʻlgan fuqarolar istalgan paytda banklardan qarz olish imkoniyatini yoʻqotadi.

💻Oʻzbekistonliklarning kredit tarixi “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi tomonidan doimiy baholab boriladi.

📊Qarz oluvchilar 0 dan 500 gacha boʻlgan oraliqdagi skoring ball orqali baholanadi va ushbu oraliq 5 guruhga boʻlinadi:

💬 A – aʼlo (400-500 ball;
💬 B — yaxshi (300-400 ball);
🟡 C — oʻrtacha (200-300 ball);
💬 D — qoniqarli (100-200 ball);
💬 E — yomon (0-100 ball).

📱Kredit tarixini my.gov.uz orqali (xizmat narxi 15 300 soʻm) tekshirish mumkin. Xizmatdan bir yilda bir marta foydalanish esa bepul.

⌨️ Tayyor hisobotlarni “harakatlar tarixi” boʻlimidan yuklab olish yoki kuzatish mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Будьте внимательны к своей кредитной истории❗️

💰Кредитная история есть у каждого и помогает банкам и микрофинансовым организациям оценить надежность заемщика.

Граждане с плохой кредитной историей теряют возможность брать кредиты в банках в любое время.

💻Кредитная история узбекистанцев постоянно оценивается кредитным бюро «Кредитно-информационный аналитический центр».

📊Заемщики оцениваются по скоринговому баллу в диапазоне от 0 до 500, и этот диапазон делится на 5 групп:

💬 A – отлично (400-500 баллов);
💬 B – хорошо (300-400 баллов);
🟡 C — средний (200-300 баллов);
💬 D – удовлетворительно (100-200 баллов);
💬 E – плохо (0–100 баллов).

📱Кредитную историю можно проверить через my.gov.uz (стоимость услуги 15 300 сум). Услугой можно воспользоваться бесплатно один раз в год.

⌨️Готовые отчеты можно скачать или просмотреть в разделе «история действий».

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

📆 2024-yil 27–29-sentabr kunlari ingliz va arab tillaridan malaka imtihonlari o‘tkaziladi.

Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 15-avgustdan boshlab my.gov.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 14-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.

❗️Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining 1.5 baravarida to‘lov undiriladi.
15-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi muddati sanaladi.

🌐
  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlar diqqatiga❗️

⚡️Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish boʻyicha yakuniy natijalar (mandat) eʼlon qilindi!

📱Hoziroq 2024-2025-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari natijalarini bilish uchun my.gov.uz portali yoki
uning mobil ilovasi (MyGov)dagi “Abituriyent test sinovlari natijasi bilan tanishish” xizmatidan foydalaning.

🌐
  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Hurmatli tadbirkorlar

🎉 Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi nomidan sizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – Tadbirkorlar kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!

🇺🇿 Sizning fidoyiligingiz, tashabbuskorligingiz va mehnatingiz yurtimiz ravnaqi va farovonligining mustahkam poydevoridir.

🔵Biz sizlarning hayotingizni osonlashtirish va biznesingizni rivojlantirishga ko‘maklashish uchun doimo yangi imkoniyatlar yaratishga intilamiz.

📱Shu munosabat bilan, sizlarni my.gov.uz portalida tadbirkorlar uchun yaratilgan keng qamrovli xizmatlar bilan tanishishga chorlaymiz.

💻Portal orqali siz:

O‘z biznesingizni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz;
Litsenziya va ruxsatnomalar olishingiz;
Soliqlar va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishingiz;
Davlat xaridlarida ishtirok etishingiz;
va yana ko‘plab boshqa imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin.

my.gov.uz – vaqtingizni tejab, biznesingizni yuksaltirishda eng yaqin ko‘makchingiz!

▶️https://www.youtube.com/watch?v=SvFOFCAL5-Q

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika

❗️Yoz jaziramasida “tonirovka”ga talab yuqori boʻldi: 200 mingga yaqin ruxsatnoma rasmiylashtirildi

☀️ Oʻzbekiston yozi bu yil yanada qaynoq keldi. Quyosh nurlari, ayniqsa, avtomobillar ichini qizdirib, yoʻlda yurishni sinov darajasiga yetkazdi. Shuning uchun haydovchilar 🚗 avtotransport oynalari tusini oʻzgartirishga har qachongidan koʻproq murojaat qilishdi.

📊 my.gov.uz portali orqali jami 199 036 ta ruxsatnoma onlayn taqdim etildi. Bu oʻtgan yillarga nisbatan sezilarli darajada koʻpdir.

📱Ushbu koʻrsatkich, avvalo, xizmatdan my.gov.uz orqali oson va qulay foydalanish imkoniyati yaratilgani bilan bogʻliq.

👉 my.gov.uz orqali ruxsatnoma olganlarning:
182 215 nafari jismoniy shaxs;
16 821 nafari yuridik shaxs boʻldi.

⚡️ Yengil avtomobillar ustunlik qilmoqda

Ruxsatnomalarning aksariyati yengil avtomobillarga tegishli boʻlib, ular soni 199 011 tani tashkil etdi. Avtobus va mikroavtobuslar uchun esa 45 ta ruxsatnoma taqdim qilindi.

⚡️ Eng koʻp ruxsatnoma Toshkent shahriga toʻgʻri kelgan

📍Hududlar kesimida eng koʻp ruxsatnoma Toshkent shahrida (78 615 ta) berilgan. Undan keyingi oʻrinlarni Samarqand (17 443) va Fargʻona (14 832) viloyatlari egalladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
my.gov.uz orqali qaysi ma’lumotnomalarni bepul olish mumkin?

💻Bugungi kunda ish haqi, pensiya, mehnat daftarchasidan ko‘chirma yoki yashash joyi bo‘yicha ma’lumotnoma olish uchun vaqt ham, naqd ham sarflamaysiz.

📱 Shunchaki, internetga ulangan qurilma (kompyuter, mobil telefon) orqali my.gov.uz dan ro‘yxatdan o‘tasiz. Xizmat uchun ariza yuborgan zahotingiz esa ma’lumotni ko‘rasiz.

👉 Quyida mutlaqo bepul va bir zumda taqdim etiladigan xizmatlar bilan tanishing:

Ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma
Unda fuqaroning ish haqidan olgan daromadi, to‘langan daromad solig‘i miqdori aks etgan bo‘ladi.

Jamg‘arilgan pensiya to‘g‘risidagi ma’lumotnoma
U orqali shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga majburiy va ixtiyoriy tartibda undirilgan pul mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin.

Pensiya (nafaqa) haqidagi ma’lumotnoma
Fuqaroning pensiya fondi hisobida turish-turmasligi, to‘langan pensiyalar (nafaqalar) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinadi.

Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha ma’lumot
Fuqaroning doimiy va vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha ma’lumot olish.

Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish
Fuqaroning mehnat faoliyati va ish staji bilan bog‘liq ma’lumotlarni olish mumkin.

🧑‍💻my.gov.uz bilan vaqtingiz va naqdingizni tejang!

Biz bilan har doim oson, tez va qulay ekanligini unutmang!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM