my.gov.uz
219K subscribers
1.57K photos
116 videos
2 files
2.55K links
Rasmiy kanal

Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/mygovuzb
Instagram:
https://www.instagram.com/my.gov.uz/
Download Telegram
📣 E’lon!

⚙️Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida pensiya va nafaqalar tayinlashga doir davlat xizmatlarining integratsiya jarayonlari to'liq yakunlaniga yetkazilishi munosabati bilan 2024-yil 11-15-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)dagi Pensiya va nafaqa tayinlash uchun ariza berish xizmatlarida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkinligi ma'lum qilamiz.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherzod Shermatov
C1 darajada chet tillarini bilgan yoshlarimiz yuqori daromadli ishga ega bo’lishlari aniq, Xalqaro imtihon xarajatlari davlat tomonidan qoplab berilishi yo’lga qo’yilgan bo’lsada, lekin sertifikat olayotgan yoshlarimiz soni yetarli emas. Bu xizmat haqida eshitganmisiz?

my.gov.uz da Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berilishiga doir davlat xizmati ishga tushirilgan: https://my.gov.uz/uz/service/413

Bugun sizlarning fikringizni bilmoqchimiz. Xizmatdan foydalanib ko‘rdingizmi? Biror muammoga duch kelganmisiz?

Xizmatni yanada soddalashtirish bo’yicha takliflar ham biz uchun muhim: https://bit.ly/49Q8txr
Bilasizmi?

📱my.gov.uz – aholimiz hayotini sezilarli darajada osonlashtirib borayotgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.

⌨️ Avvallari odamlar davlat xizmatlarini olish uchun behuda vaqt sarflab, turli tashkilotlarga qatnab, navbatlarda sarson yurgan bo‘lsa, bugun ular my.gov.uz tufayli keng turdagi raqamli xizmatlardan istalgan vaqtda va joyda, hatto uydan chiqmagan holda foydalanish imkoniyatiga ega.

💻 Portalning asosiy afzalliklari:

📱Qulay va foydalanish imkoniyati keng. Ayni kunlarda my.gov.uz orqali 590 dan ziyod davlat xizmatlaridan onlayn tarzda, tashkilotlarga qayta tashrif buyurmasdan, navbatlarda turmasdan foydalanish mumkin.

🔔Xizmatlar xilma-xilligi. my.gov.uz – aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlariga 18 ta soha bo‘yicha, xususan, sog'liqni saqlash, ta'lim, ijtimoiy himoya, transport, kadastr, soliq va bojxona kabi yo‘nalishlarda keng ko'lamli davlat xizmatlarini taklif etadi.

💰Elektron to‘lovlar. Portal orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati ham mavjud. Bu davlat xizmatlari uchun to‘lovni soddalashtiradi, banklarga tashrif buyurish zaruriyatini kamaytiradi.

📝Ariza va murojaatlar holatini kuzatish. Fuqarolar o‘z so‘rov va murojaatlari holatini portal orqali kuzatib borishlari mumkin. Bu ularga xizmatlarni ko‘rsatish jarayonidan xabardor bo‘lish imkonini beradi.

📲Shaffoflikni oshirish. my.gov.uz shaffoflikni oshirishga va korrupsiyani bartaraf etishga yordam beradi. Chunki davlat xizmatlarini onlayn olish lavozimdagilar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotni qisqartiradi hamda tanish-bilishlik ehtimolini yo'qotadi.

📱Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatishda davom eting!

  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
JShShIR nima?

✔️ JShShIRda shaxsimizni tasdiqlovchi pasportdagi 14 ta raqam tanlab olingan va barcha turdagi davlat, bank va ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning yagona identifikator raqami hisoblanadi.

⌨️ JShShIR raqamlari noyob bo‘lib, o‘zgartirishning imkoniyati yo‘q. Ya’ni u birinchi o‘rinda pasportda ko‘rsatilgan jins va tug‘ilgan asr indeksi, keyin tug‘ilgan sana, shahar yoki region kodi, fuqaroning seriyasi hamda tekshirish raqamlarini o‘z ichiga oladi.

🔐 Shuning uchun ham uni qalbakilashtirib bo‘lmaydi.

Eslatib oʻtamiz, shaxsiy maʼlumotlaringiz xavfsizligi avvalo oʻz qoʻlingizda!

▶️ https://youtu.be/P_sW_88gaf8

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Eʼlon!

❗️my.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda

📱21 – 24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

⚙️ Shu munosabat bilan my.gov.uz portali va uning xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan barcha modullar, xususan, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan dxa.gov.uz axborot tizimi faoliyati cheklanadi.

🟡 Sizga bayram kunlarini maroqli oʻtkazishni tilaymiz! Bu vaqt ichida biz elektron davlat xizmatlarining ishlashini yanada yaxshilashga intilamiz!

📱Qoʻshimcha savollar boʻlsa, 1242 raqamiga murojaat qiling.

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pedagoglar uchun kasbiy sertifikat❗️

👩🏻‍🏫 Birinchi marta pedagogik kasbga ishga qabul qilinadigan oliy ma'lumotli kadrlardan 1 yil muddat ichida kasbiy sertifikatga ega bo'lishlik talab etiladi.

📱 Buning uchun talabgor my.gov.uz portalidagi "Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash" xizmatidan onlayn foydalangan holda so‘rovnomani to‘ldirib, ro‘yxatdan o‘tadi.

📆 Ro‘yxatga olish davriyligi kamida bir oy davom etadi.

💻 Birinchi marta kasbiy sertifikat olish bo‘yicha ariza yo‘llash va nazorat sinovida ishtirok etish bepul.

▶️https://youtube.com/shorts/pl8i4Sx97BE

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Профессиональный сертификат для педагогов ❗️

👩🏻‍🏫Персонал с высшим образованием, впервые трудоустроенный по педагогической профессии, обязан получить профессиональный сертификат в течение 1 года.

📱 Для этого претендент заполняет анкету и регистрируется онлайн с помощью услуги «Профессиональная сертификация педагогических кадров государственных общеобразовательных организациях» на портале my.gov.uz.

📆Срок регистрации длится не менее одного месяца.

💻Подача заявки на получение профессионального сертификата впервые и участие в контрольном тестировании представляется бесплатно.

▶️https://youtube.com/shorts/pl8i4Sx97BE

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talaba stipendiyasi haqidagi ma’lumotlarni my.gov.uz orqali olishi mumkin

📱 Buning uchun my.gov.uz portaliga kiring!

👨‍💻 “Ta’lim” bo‘limidan “Stipendiya haqida ma’lumot” xizmatini va kerakli davrni tanglang hamda ushbu davr bo‘yicha hisoblangan stipendiyalar haqidagi ma’lumotga ega bo‘ling.

❗️Eslatma: Ushbu xizmat faqat hozirda tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. O‘qishni tugatgan yoki talaba bo‘lmagan shaxslar uchun stipendiya ma’lumotlari mavjud emas.

📱Stipendiya ma’lumotlari Iqtisodiyot va moliya vazirligining UzASBO tizimi orqali olinmoqda.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Eʼlon!

🔵 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi server qurilmalarida texnik ishlar olib borilayotgani sababli my.gov.uz orqali ko'rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

⚙️ Ayni paytda mutaxassislar tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qulay_hayot

📱«Zoomrad mobil ilovasida 16 ta davlat xizmatlarini joriy qildik» — Farrux Mahkamov

📱 Raqamli texnologiyalar hayotimizning turli sohalariga tobora chuqurroq kirib bormoqda va bank sektori ham bundan mustasno emas.

🏦 Bank tizimini raqamlashtirishning asosiy maqsadlaridan biri mijozlar uchun bank xizmatlarining qulayligi va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashdan iboratdir. Mobil qurilmalar va Internetning rivojlanishi bilan mijozlar istalgan vaqtda va istalgan joyda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishni xohlashadi. Raqamli innovatsiyalar banklarga mobil ilovalar va onlayn-banking orqali keng ko‘lamli xizmatlarni taklif qilish imkonini beradi, bu esa moliyaviy boshqaruvni yanada moslashuvchan va qulay qiladi.

🎬 “Qulay hayot” loyihasining navbatdagi sonida bugunga kelib bank sektori qanday rivojlanayotgani va uni qanday kelajak kutayotganini muhokama qilamiz.

🌐 Bank tizimida raqamlashtirish jarayonlari, yangiliklar va mavjud muammolar xususida Aloqabank AT boshqaruv raisi o‘rinbosari Farrux Mahkamovga yuzlanamiz.

▶️Video: https://youtu.be/u6JOFzwD7Vo

📝 Batafsil: https://egov.uz/news/zoomrad-mobil-ilovasida-16-ta-davlat-xizmatlarini-joriy-qildik-farrux-mahkamov-1261

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from my.gov.uz
📣Eʼlon!

❗️my.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda

📱21 – 24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

⚙️ Shu munosabat bilan my.gov.uz portali va uning xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan barcha modullar, xususan, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan dxa.gov.uz axborot tizimi faoliyati cheklanadi.

🟡 Sizga bayram kunlarini maroqli oʻtkazishni tilaymiz! Bu vaqt ichida biz elektron davlat xizmatlarining ishlashini yanada yaxshilashga intilamiz!

📱Qoʻshimcha savollar boʻlsa, 1242 raqamiga murojaat qiling.

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Объявление!

❗️Устройства серверов портала my.gov.uz переносятся

📱С 21 по 24 марта будут проведены организационно-технические работы по переносу серверных устройств Единого портала интерактивных государственных услуг (my.gov.uz) в Центр обработки данных Центра «Цифровое правительство».

⚙️В связи с чем, будет ограничена работа портала my.gov.uz и всех модулей, специализирующихся на предоставлении его услуг, в частности, информационной системы dxa.gov.uz, используемой при оказании услуг Центрами государственных услуг.

🟡 Желаем вам приятного отдыха! За это время мы еще больше улучшим процесс предоставления электронных государственных услуг!

📱Если у вас есть дополнительные вопросы, звоните по номеру 1242.

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Goʻzal diyorimizga barchamiz orziqib kutgan Navroʻzi olam kirib kelmoqda.

🌺 Shunday fayzli kunlarda yurtdoshlarimizni bayram bilan chin qalbdan tabriklaymiz.

🇺🇿Sharqona Yangi yilimiz har bir xonadonga, el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱“Tonirovka”ga ruxsatnomani smartfon orqali olish qulay❗️

☀️ Quyoshli kunlar yaqinlashgan sari haydovchilar o‘z avtotransportlari oynalari tusini o‘zgartirish haqida ko‘proq bosh qotirishadi.

📲 Qo‘l telefoniga my.gov.uz mobil ilovasini yuklab olganlar uchun bu oson va qulay. Mobil ilovada “Avto oynalari tusini o‘zgartirish” xizmati tanlanib, ruxsatnomani 5 daqiqada rasmiylashtirish mumkin.

🚗 Yodda tuting! Ruxsatnomani ko‘cha-ko‘yda pul evaziga rasmiylashtiraman deb, shaxsiy ma’lumotlaringizni firibgarlar qo‘liga topshirib qo‘ymang. Uni shaxsan o‘zingiz onlayn rasmiylashtiring.

▶️Videoyo‘riqnoma: https://youtu.be/bM8RE20Tf48

👉 My.gov.uz bilan vaqtingiz va naqdingizni tejang!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 #yangi_xizmat

🗺Agro xizmatlar sohasida malaka oshirishni istaysizmi?

⌨️ Endilikda jismoniy shaxslar Agroxizmatlar markazi (AKIS) o‘quv kurslarida malaka oshirishga my.gov.uz orqali onlayn ariza topshirishi mumkin.

🧑‍💻Bunda talabgor o‘z xohishiga ko‘ra, online yoki ofline ta’lim shaklini tanlash imkoniyatiga ega. Malaka oshirish uchun to‘lov undirilmaydi.

👉 Ta’lim yo‘nalishlari quyidagilar:
Baliqchilik;
Bog‘dorchilik va uzumchilik;
Chorvachilik;
Gulchilik;
Issiqxona xo‘jaligi;
Parrandachilik;
Sabzavot va polizchilik;
Urug‘chilik va ko‘chatchilik.

🪪 Mazkur kurslarni muvaffaqiyatli bitirganlarga sertifikatlar beriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz!
Ushbu sertifikatga ega fuqarolarga e-auksion platformasi orqali qishloq xo’jaligidan yer sotib olishda 3 ballik imtiyoz belgilangan.

🔵 Tegishli xizmat Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan koʻrsatiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 #новая_услуга

🗺Хотите повысить квалификацию в сфере агроуслуг?

⌨️ Теперь физические лица могут подать онлайн-заявку через my.gov.uz на повышение квалификации на учебных курсах Центра агроуслуг (AKIS).

🧑‍💻 При этом претендент имеет возможность выбрать форму онлайн или офлайн обучения по своему желанию. Плата за повышение квалификации не взимается.

👉 Образовательные направления:
Рыболовство;
Садоводство и виноградарство;
Животноводство;
Цветоводство;
Тепличное хозяйство;
Птицеводство;
Овощеводство и бахчеводство;
Семеноводство и питомниководство.

🪪 Успешно прошедшим данные курсы будут вручены сертификаты.

❗️Напоминаем!
Гражданам, имеющим этот сертификат, предоставляется 3-балльная льгота при покупке земли в сельском хозяйстве через платформу электронного аукциона.

🔵 Данная услуга предоставляется Национальным центром знаний и инноваций в сельском хозяйстве.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▶️ My.gov.uz bilan bu juda oson❗️

Hayotiy vaziyatlarda eng ko‘p to‘qnash keladigan davlat xizmatlaridan ortiqcha ovoragarchiliksiz foydalanishni istaysizmi?

💸 Gaz, svet, ichimlik suvi, issiq suv tarmoqlariga yangi ulanishdan tortib, hisoblagichlarni qiyoslovdan oʻtkazish, yana kommunal toʻlovlarni toʻlash deysizmi – barini onlayn hal qilsa bo‘ladi.

💻 Ijro boʻyicha qarzdorlik bor-yoʻqligini tekshirish, pasportni ID-kartaga almashtirishga ariza topshirish, yashash joyidan tortib, harbiy xizmatga roʻyxatga qoʻyish yoki undan chiqish kabi xizmatlarni ham my.gov.uz bilan bitirasiz.

💰 Pensiya haqida maʼlumot, sanatoriylarga yoʻllanma, nafaqa tayinlash yoki ipoteka krediti uchun subsidiya ajratilishi bilan bog‘liq xizmatlarni ham shu manzildan olasiz.

📱 Davlat xizmatlaridan my.gov.uz orqali foydalanib, hayotingizni yengillashtiring!

🎬https://youtube.com/shorts/mMVTYLMu0jc?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli foydalanuvchi❗️

💻 Agar Siz my.gov.uz dan foydalanish jarayonida texnik nosozliklarga duch kelgan yoki portal faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar yoʻllamoqchi boʻlsangiz,🚀Telegram dagi @MyGovRasmiyBot botiga murojaat qilishingiz mumkin.

🔵 Shu oʻrinda Sizdan my.gov.uz nomidan ish yurituvchi boshqa botlarga murojaat etmaslikni, turli botlar orqali shaxsga doir (pasport) maʼlumotlaringizni ulashmaslikni soʻrab qolamiz.

Hurmat bilan,
my.gov.uz jamoasi

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Уважаемый пользователь❗️

💻 Если вы столкнулись с техническими проблемами при использовании my.gov.uz или хотите отправить предложения для совершенствования портала, вы можете обратиться 🚀 к боту @MyGovRasmiyBot в Telegram.

🔵 Вместе с тем, просим вас не обращаться к другим ботам, работающим от имени my.gov.uz, не делится личными (паспортными) данными в разных ботах.

С уважением,
команда
my.gov.uz

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▶️ С my.gov.uz это очень просто❗️

Хотите без особых хлопот пользоваться госуслугами, с которыми чаще всего сталкиваетесь в жизненных ситуациях?

💸С нового подключения к сетям газа, электричества, питьевой воды, горячего водоснабжения, до сверки счетчика, а также, оплата счета за коммунальные услуги – все это можно сделать онлайн.

💻 С помощью my.gov.uz можете получить такие услуги, как проверка наличия задолженности по исполнению, подача заявления на замену паспорта на удостоверение личности от места проживания, до постановки на военную службу или выхода из нее.

💰Также с данного портала можете получить информацию о пенсиях, направлениях в санатории, а также, услуги, связанные с выделением льгот или субсидий по ипотечным кредитам.

📱 Пользуйтесь госуслугами на my.gov.uz и сделайте свою жизнь проще!

🎬https://youtube.com/shorts/mMVTYLMu0jc?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM