my.gov.uz
219K subscribers
1.58K photos
117 videos
2 files
2.55K links
Rasmiy kanal

Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/mygovuzb
Instagram:
https://www.instagram.com/my.gov.uz/
Download Telegram
📣Diqqat, e’lon❗️

⚙️Xalqbanki server qurilmalarida rejalashtirilgan texnik ishlar munosabati bilan joriy yilning 13-14-yanvar kunlari my.gov.uz orqali ko’rsatiladigan “Ish haqi to’g’risida ma’lumotnoma olish”, “Jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti bo‘yicha hisobga qo’yish” xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

💁🏻 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Eʼlon❗️

⚙️ Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining server va tarmoq qurilmalarida rejalashtirilgan profilaktika ishlari munosabati bilan 14-yanvar soat 08:00 dan 15-yanvar soat 08:00 ga qadar my.gov.uz orqali mazkur tashkilotning elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

💁🏻 Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin ❗️

🇺🇿Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganiga 32 yil toʻldi.

Yurt himoyasini eng oliy va ulugʻ burch deb biluvchi mard va jasur harbiylarimiz, vatanparvar aka-ukalarimiz hamda fidoyi yurtdoshlarimizni Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

☀️Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo va hayotimiz farovon boʻlsin!

my.gov.uz  egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook  📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🪪 Biometrik pasportni ID-kartaga almashtirish muddati yaqinmi? Marhamat, onlayn ariza topshiring!

❗️Ko'pchilikka ma'lumki, 2014-2015-yillarda amaldagi biometrik pasportlarning aksariyati 10 yil muddatga berilgan. Ularning amal qilish muddati yaqinligi sabab joriy yildan passportlarni ID-kartalarga almashitirishga bo'lgan talab sezilarli darajada oshadi.

📱 Shu bois biz yurtdoshlarimizga my.gov.uz orqali “Biometrik pasportni ID-kartaga almashtirish uchun ariza topshirish” xizmatidan onlayn foydalanib, o’z vaqtlarini tejashni tavsiya etamiz.

📱 Bu jarayon atigi 2 bosqichdan iborat:

Xizmatdan foydalanish shartlari bilan tanishib chiqib, tasdiqlaysiz;
Migratsiya bo‘limiga borish sanasi, vaqti va hududini belgilaysiz.

🪪 Ma'lumot uchun: ID-karta egasi my.gov.uz portalida avtomat ro‘yxatdan o‘tgan hisoblanib, elektron davlat xizmatlaridan ortiqcha ovoragarchiliksiz foydalana oladi.

▶️ https://www.youtube.com/watch?v=-B-wt5dOiVo

my.gov.uz  egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook  📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

▶️ Avtomobil boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma berish ham, uni bekor qilish ham endi juda oson!

🚗 My.gov.uz orqali bu xizmatdan foydalanganingiz uchun chegirmaga ega bo‘lish barobarida ishonchnomani bekor qilishni ham aynan shu portal orqali amalga oshirishingiz mumkin.

my.gov.uz  egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook  📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 my.gov.uz olamidagi yangiliklar!

📆 2023-yilda fuqarolarimiz my.gov.uz orqali eng faol foydalangan ommabop xizmatlar haqida bilishni istaysizmi?

👨‍💻 Bu bizga aholi orasida qaysi xizmatlarga talab yuqori ekanligini va davlat oʻz fuqarolari hayotini qanday yengillashtirayotganini yaxshiroq tushunish imkonini beradi.

“Doimiy yashash joyi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish”

📱 Bu yil davomida eng ommalashgan xizmatlardan biri boʻldi. my.gov.uz orqali 2,2 milliondan ortiq ariza koʻrib chiqildi va qanoatlantirildi. Bu fuqarolarimizning oʻz yashash joylarini qonuniylashtirishga va doimiy roʻyxatga turishga intilayotganini koʻrsatadi.

“Hisoblangan ish haqi summalari toʻgʻrisidagi maʼlumot”

💰 Eng koʻp murojaat qilingan xizmatlardan biri: 1,6 milliondan ortiq maʼlumotnoma onlayn taqdim etildi. Bu ushbu elektron tizimning oʻz daromadlari hisobini yuritmoqchi boʻlgan fuqarolar uchun ishonchli va qulay vositaga aylanganidan dalolatdir.

“Soliqlar va yigʻimlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish”

📊 Tashriflar boʻyicha uchinchi oʻringa chiqqan xizmat: 1,45 milliondan ortiq ariza muvaffaqiyatli koʻrib chiqilgan. Bu fuqarolarning moliyaviy ahvoli va soliq majburiyatlariga rioya etilishini tekshirishda elektron resurslardan faol foydalanayotganini anglatuvchi koʻrsatkichdir.

💻 Siz ham elektron davlat xizmatlaridan my.gov.uz orqali foydalanib, hayotingizni osonlashtiring!

my.gov.uz  egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook  📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Новости из мира my.gov.uz!

📆Хотите узнать о популярных услугах, которыми наиболее активно пользовались граждане через my.gov.uz в 2023 году?

👨‍💻 Это позволит нам лучше понять, какие услуги пользуются большим спросом у населения и как государство облегчает жизнь своим гражданам.

«Выдача справки о постоянном месте жительства»

📱 Это одна из самых популярных услуг в течении года. На my.gov.uz было рассмотрено и одобрено более 2,2 миллиона заявок. Это свидетельствует о том, что наши граждане пытаются легализовать места своего проживания и остаться в списке постоянного проживания.

«Сведения о начисленной заработной плате»

💰 Одна из самых востребованных услуг: онлайн предоставлено более 1,6 млн. справок. Это свидетельствует о том, что данная электронная система стала надежным и удобным инструментом для граждан, желающих отслеживать свои доходы.

«Выдача справки о наличии или отсутствии налоговой задолженности по налогам и сборам»

📊На третьем месте по посещаемости услуга: успешно обработано более 1,45 млн заявок. Это показатель, который показывает, что граждане активно используют электронные ресурсы для проверки своего финансового состояния и соблюдения налоговых обязательств.

💻 Пользуйтесь электронными государственными услугами на my.gov.uz и сделайте свою жизнь проще!

my.gov.uz  egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook  📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Milliy sertifikat imtihonlariga talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz orqali amalga oshiriladi

📝 Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida“ 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga o‘zgartirish kiritildi.

📱 Unga ko‘ra, umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlariga talabgorlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.

🌐 Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz orqali amalga oshirilgani sababli talabgordan belgilangan to‘lovning 90 foizi (10 foizi chegirma) undiriladi.

👨🏻‍🦽 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llanadi.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:

70 balldan yuqori ball olgan talabgorga — A+ daraja;
65 - 69,9 ball olgan talabgorga — A daraja;
60 - 64,9 ball olgan talabgorga — B+ daraja;
55 - 59,9 ball olgan talabgorga — B daraja;
50 - 54,9 ball olgan talabgorga — C+ daraja;
46 - 49,9 ball olgan talabgorga — C daraja.

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi.

🔖 B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

my.gov.uz  egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook  📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 My.gov.uz portalida yana bir qulaylik yaratildi

🏠 Mehmon uyi, xostel, o‘tovli va chodirli oromgoh faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun my.gov.uz orqali “Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o'tovli va chodirli oromgohlar tashkil etish uchun ruxsatnoma” olish xizmati ishga tushirildi.

💻 Xizmatdan foydalanish siz o‘ylagandan ancha sodda:

📞 my.gov.uz orqali ariza topshirasiz va 5 kun muddatda reyestrdan ko‘chirmani elektron shaklda yuklab olasiz.

📝 Mehmon uyi, xostel, o‘tovli va (yoki) chodirli oromgoh reyestridan ko‘chirma Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-son qarori bilan tasdiqlangan “Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom”da keltirilgan me’zonlarga mos keluvchi talabgorlarga taqdim etiladi.

❗️Xizmat mutlaqo bepul.

📱 my.gov.uz bilan hujjat ishlarini bitirish yanada oson, tez va qulay!

my.gov.uz  egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook  📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 На портале my.gov.uz создано еще одно удобство

🏠 На my.gov.uz запущена услуга получения «Разрешения на организацию семейных гостевых домов, хостелов, юрта и палаточных лагерей» для индивидуальных предпринимателей и юридических лиц, изъявивших желание организовать деятельность гостевых домов, хостелов, юрта и палаточных кемпингов.

💻 Пользоваться услугой проще, чем вы думаете:

📞 Подаете заявление через my.gov.uz и в течение 5 дней скачиваете из реестра выписку в электронном виде.

📝 Выписка из реестра гостевых домов, хостелов, юрт и (или) палаточных кемпингов, выдается претендентам, соответствующим критериям, указанным в «Положении об организация деятельности семейных гостевых домов, хостелов, палаточных кемпингов» утвержденного Постановлением Кабинета Министров № 622 от 27 ноября 2023 года.

❗️Услуга абсолютно бесплатна.

📱Работать с документами на my.gov.uz проще, быстрее и удобнее!

my.gov.uz  egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook  📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 my.gov.uz olamidagi yangiliklar

❗️ 2023-yilda ishga tushgan yangi ommabop xizmatlar

💻 Quyida 2023-yilda Yagona portalda muvaffaqiyatli joriy etilgan yangi elektron xizmatlar roʻyxatini taqdim etmoqdamiz. Bu maʼlumotlar fuqarolar orasida qaysi xizmatlar koʻproq ommalashgani va elektron tizim ularning hayotini qanday soddalashtirishini koʻrish imkonini beradi.

🚗 Haydovchilik guvohnomasini yangilash

🪪 Bu koʻpchilikning eʼtiborini tortgan yangi xizmatlardan biri boʻldi. Yil davomida 55 mingta haydovchilik guvohnomalar my.gov.uz orqali yangilandi. Endi fuqarolar yangilangan haydovchilik guvohnomasini hech qanday muammosiz va navbatlarsiz Yagona portal orqali olishlari mumkin.

🏅 Sportchi pasportini berish

🏆 Katta qiziqish uygʻotgan xizmatlardan yana biri – sportchiga onlayn tarzda pasport berishdir. My.gov.uz orqali ushbu xizmatga 66 mingdan ortiq ariza topshirildi. Bu xalqaro musobaqalarda qatnashuvchi sportchilarga kerakli hujjatlarni tez va samarali tarzda qoʻlga kiritish uchun qulaydir.

🏠 Talabalar turar joyiga joylashish

👨‍🏫 Yagona portal orqali talabalar turar joyiga joylashish xizmati ham yoʻlga qoʻyildi. Qisqa muddatda 28 mingdan ortiq yoʻllanma onlayn tarzda taqdim etildi. Bu talabalarni qabul qilish va joylashtirish jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi, shuningdek, taʼlim muassasalari uchun maʼmuriy tartiblarni qisqartiradi.

✍️ Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnoma maʼlumoti

🎓 Eʼtiborga loyiq boʻlgan navbatdagi yangi xizmat - bu umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma maʼlumotini olish. Elektron tizim tufayli 8 mingdan ortiq shahodatnoma maʼlumoti onlayn tarzda taqdim qilindi. Bu bitiruvchilarga vaqtni tejash va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirishga yordam beradi.

Yagona portalda joriy etilayotgan bu kabi xizmatlar elektron tizim rivojlanishda davom etayotganidan dalolat beradi.

📱 Siz ham my.gov.uz xizmatlaridan foydalanib, hayotingizni osonlashtirishda davom eting!

my.gov.uz  egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook  📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari diqqatiga!

🆕 Attestatsiyadan oʻtish va malaka toifalarini olish onlayn boʻldi

👩‍⚕️ Endi tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari hujjat topshirish va attestatsiyadan oʻtish uchun poytaxtga ovora boʻlib kelib yurmaydi. Vaqti va mablagʻini behuda sarflamaydi.

👩‍💻Ular ham my.gov.uz orqali uydan chiqmagan holda attestatsiyadan oʻtish va malaka toifalarini olish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

💻 Xizmatdan foydalanish uchun:
💬 Ariza beruvchi my.gov.uz da roʻyxatdan oʻtadi va soʻrov yuboradi.

🗂 Hujjatlardan:
malaka attestati nusxasi;
malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi boʻlsa bas.

💰Yagona portal orqali ariza yoʻllanganda 10 foiz chegirma hisobiga:
Shifokor va farmatsevtlar – 612 000 soʻm (1.8 BHM);
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari shifokor va farmatsevtlari – 153 000 soʻm (0.45 BHM);
“Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika xodimlari – 61 200 soʻm (0.18 BHM) toʻlaydilar.

📱my.gov.uz bilan barchasi oson, tez va qulay!

my.gov.uz  egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook  📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Вниманию медицинских и фармацевтических работников!

🆕 Прохождение аттестации и получение квалификационных категорий теперь осуществляется онлайн

👩‍⚕️Теперь медицинские и фармацевтические работники могут не приезжать в столицу для подачи документов и прохождения аттестации, зря трача свое время и деньги.

👩‍💻Для них создана возможность пройти аттестацию и получить квалификационные категории, не выходя из дома, через my.gov.uz

💻Чтобы воспользоваться услугой нужно:
▫️ зарегистрироваться на my.gov.uz;
▫️отправить запрос.

🗂 Из документов требуются:
копия квалификационного аттестата;
копия свидетельства о присвоении квалификационной категории.

💰Стоимость услуги:

для врачей и фармацевтов – 612 000 сум (1,8 БРВ);
для врачей и фармацевтов учреждений первичной медико-санитарной помощи – 153 000 сум (0,45 БРВ);
для медсестр по специальности «Высшее медсестринское дело», средних медицинских и средних фармацевтических работников – 61 200 сум (0,18 БРВ).

🆓 При подаче заявки через Единый портал предоставляется скидка в 10 процентов.

📱С my.gov.uz все легко, быстро и удобно!

my.gov.uz  egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook  📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Axborot-kutubxona sohasidagi xizmatlardan ham onlayn foydalanish mumkin❗️

📚Nashriyotlar, kitob chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar, ilmiy ish qiluvchi jismoniy shaxslar kitobning xalqaro standart tartib raqami, davriy nashrlarning xalqaro standart raqami hamda kutubxona klassifikatsiya indekslarini olish uchun elektron ariza berish imkoniyatiga ega.

🏛 My.gov.uz portalida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining quyidagi davlat xizmatlari ishga tushirilgan:

Kitobning xalqaro standart raqamini (ISBN) berish;
Davriy nashrlarga xalqaro standart raqamini (ISSN) berish;
Kutubxona-bibliografik klassifikatsiya indeksini (KBK) berish;
Universal o‘nlik klassifikatsiya indeksini (UO‘K) berish.

💰Xizmatlardan foydalanishda tegishli tartibda to‘lov undiriladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣E’lon!

⚙️ Soliq qo‘mitasining Ma'lumotlarni qayta ishlash markazi axborot tizimida yuklamalar ortishi sabab my.gov.uz portalidagi soliq va soliqqa tortish borasidagi elektron davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

📱 Mutaxassislar yuklamani barqarorlashtirish va elektron xizmatlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash ustida ish olib borishmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱Теперь информационно-библиотечными услугами также можно воспользоваться онлайн❗️

📚Издательства, юридические лица, занимающиеся изданием книг и физические лица, занимающиеся научной деятельностью, имеют возможность подать электронную заявку на получение международного стандартного порядкового номера книг, международного стандартного номера периодических изданий и библиотечных классификационных индексов.

🏛На портале my.gov.uz запущены следующие государственные услуги Национальной библиотеки Узбекистана имени Алишера Навои:

Предоставление международного стандартного книжного номера (ISBN);
Присвоение международного стандартного сериального номера (ISSN);
Предоставление индекса Библиотечно-библиографической классификации (ББК);
Предоставление индекса Универсальной десятичной классификации (УДК).

💰При использовании услуг взимается соответствующая плата.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pedagoglar attestatsiyadan o‘tish va malaka toifasini olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin❗️

👩🏻‍🏫 Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim hamda maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi pedagog kadrlar attestatsiyadan o‘tish va malaka toifasi (lavozim) olish bo‘yicha hujjatlarni my.gov.uz orqali topshirishlari lozim.

🔑 Chunki, ularga qog‘oz shaklidagi attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikat berish amaliyoti bekor qilinib, o‘rniga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikat berish tartibi joriy etilgan.

📝 Ariza topshirish: har yili yanvar-fevral, avgust-sentyabr oylarida amalga oshiriladi.

Muhimi, pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

💰 Navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilganda esa davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov to‘lanadi. My.gov.uz orqali murojaat qilinganda, 10 foiz chegirma beriladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nima uchun JShShIR?

✔️ JShShIR barcha turdagi davlat, bank va ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning yagona identifikator raqami hisoblanadi. Buning uchun shaxsimizni tasdiqlovchi pasportdagi 14 ta raqam tanlab olingan.

🤷‍♂️Shu o‘rinda ko‘pchilikda savol tug‘ilishi mumkin: Nima uchun aynan shu raqamlar yoki buni komputer tanlaydimi?

⌨️ JShShIR noyob bo‘lib, o‘zgartirishning imkoniyati yo‘q 14 ta raqamdan iboratdir.

📁Ya’ni u birinchi o‘rinda pasportda ko‘rsatilgan jins va tug‘ilgan asr indeksi, keyin tug‘ilgan sana, shahar yoki region kodi, fuqaroning seriyasi hamda tekshirish raqamlarini o‘z ichiga oladi.

🔐Shuning uchun ham uni qalbakilashtirib bo‘lmaydi.

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Почему ПИНФЛ?

✔️ ПИНФЛ — единый идентификационный номер гражданина для всех видов государственных, банковских и социальных услуг. Для этого были выбраны 14 номеров из наших паспортов.

🤷‍♂️Здесь может возникать много вопросов: Почему именно эти номера или их выбирает компьютер?

⌨️ПИНФЛ является уникальным и состоит из 14 цифр, которые нельзя изменить.

📁Он включает в себя индекс пола и века рождения, указанные в паспорте, затем дату рождения, код города или района, порядковый номер гражданина и контрольную цифру.

🔐Поэтому его невозможно подделать.

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💬 50 foizlik chegirmaga haqli shaxslar bor

Eslatib o‘tamiz, Yagona portal (my.gov.uz) va DXM orqali davlat xizmatlaridan foydalanilganda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan va I-II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma joriy etilgan.

📱 Muhim jihati, buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi!

🔔 Yagona portalda (my.gov.uz) ariza yuborish jarayonining "To‘lovga imtiyoz" bandida tegishli bo‘limni tanlash orqali ma’lumotlar avtomatik tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi.

Namuna: https://telegra.ph/cr-01-29-2

🧑‍💻 Faqat!

ℹ️Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno.

❗️ Yagona portal – davlat xizmatlaridan foydalanishda ishonchli hamkor!

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM